Mavzu: Vakuumli uzgichlar. Reja




Download 19.8 Kb.
bet1/2
Sana24.10.2022
Hajmi19.8 Kb.
#27948
  1   2
Bog'liq
Stansiya PEQ V.O\'1
Olti yoshli bolalar bilan matematikaga oid ishlarning mazmuni va metodikasi, Yorug’lik interferensiyasini kuzatish usullari., 13, 222222222222222222222222222222222, 3, 92sgSW4QFOYxgSRMvcamwnvRC3J5jqfUOPOrMK93, 2-мавзу, tibbiy tayyorgarlik, Dildora Toshpo\'latovaassistant.uz, 2.Онорбоев У. Рашидов Б., Мавзу, Moliyaviy hisobotni tayyotrlash va tuzish asoslari



Mavzu: Vakuumli uzgichlar.
Reja:

  1. Vakiramli uzgichlarning afzalliklari.

  2. Vakiramli uzgichlarning qo’llanishi.

  3. VVF -27,5 vakuumli uzgich kamerasining tuzilishi.






Vakiramli uzgichlarning afzalliklari quyidagilardir nominal toklar va qisqa tutashuv toklarini komutatsiya qilishda kontaktlarning yuqori ishqalanib yemirilishiga chidamliligi, elektr yoyidan keyingi elektr chidamliligining katta tezlikda tiklanishi, katta agressiv muhitda ishlaganda ham portlab ketish va o‘t olib ketishga xavfsizligi, atrofmuhit harorati katta oraliqda o‘zgarishiga chidamliligi (-70°C dan+200°C gacha), elektr apparatlarda vakuumli uzgichni xohlagan holatda, ya’ni tik-vertikal, yotiq-gorizontal, og‘ma burchakli, o'rnatish mumkinlik imkoni, juda katta tezlikda ishlashi, chunki harakatdagi kontaktning yurish masofasi kichik, ya’ni bir necha mm ekanligi va harakat qiluvchi qismlar massasining kichikligi yoki harakat massa inersiyasining kichikligi, ekspluatatsiyada capital xizmat ko‘rsatish va ekspluatatsiya xarajatlarining kamayishi; atrofmuhitni ifloslashning umuman yo‘qligi hamda shovqinsiz ishlashi. O‘rtacha kuchlanishda ishlaydigan vakuum uzgichlarini ishlab chiqarish miqdori uzgichlarning umumiy soniga nisbatan Yaponiyada 50+60% ni, Buyuk Britaniyada 30+40% ni, AQSHda 20+30% ni tashkil qilib, tezda o‘sib borish ehtimoli katta. Vakuumli kommutatsion jihozning boshqalaridan farqi shundaki, vakuumda yoy kichik toklarda umuman yonmaydi. Bu kichiklik ma’lum bir chegaraviy qiymatgacha bo‘ladi. U asosan, kontakt materialiga bog‘liqdir. Vakuumli uzgich yuritgichiga quyidagi shartlar qo‘yiladi: ulash jarayonida harakatlanuvchi kontaktning o‘rtacha tezligi v=0,5+1,5m/s bo'lishi; o‘chirish jarayonida v=0,8+3,8m/s bo‘lishi; o‘tuvchi tok miqdori 40-100 kA bo‘lganda elektrodlardagi kontakt bosimi 1000+4000 N bo‘lishi talab qilinadi. VV/TEL turiga tegishli vakuumli uzgich qutbning kesimi o'chirilgan holatda tasvirlangan. VV/TEL turiga tegishli vakuumli uzgichining tashqi ko'rinishi keltirilgan. Vakuumli uzgich KV-1,14 (kontaktor)ning tok himoyasida mikroprotsessor boshqaruvli bloki mavjud bo‘lib, o‘zgaruvchan tok zanjirini o‘chirib-yoqishga, ya’ni kommutatsiyalashga mo‘ljallangan. Zanjirning nominal kuchlanish miqdori 140 V bo‘lishi mumkin. Mazkur ulagich tem ir yo‘l transporti hamda quvur orqali uzatish transportidagi og‘ir sharoitda ishlaydigan elektr jihozlarini boshqarishda qo‘llaniladi. Bundan tashqari, elektroenergetika va neftegaz metallurgiya sohasida qo‘llash ko‘zda tutilgan. Mikroprotsessorli boshqaruv bloki ulagichning qisqa tutashuv toki va fazalar nosimmetriyasi tokidan qo‘shimcha himoyalashni ta’minlab beradi. Vakuumli uzgich (ZAN) ichki qurilm alarda qo'llanishga mo‘ljallangan bo‘lib, 20 kA miqdorigacha nominal tokni uzish imkoniga egadir. Elektr zanjirlarida normal va avariya rejimida elektr tokini uzish uchun ishlatilishga m o‘ljallangan. Bundan tashqari, 2KBE-6 belgili yuqori kuchlanishli tarmoqlagich shkaflarda va KRU hamda KRUN yacheykalarda ishlatiladi. Vakuumli uzgich VBKE-10 prujina yuritkichlik seriyali elektr zanjirlaridagi normal va avariya rejimlarida nominal kuchlanishi 10 kV, chastotasi 50 Hz, nominal toki 20 kA va 31,5 kA bo‘lgan uch fazali o‘zgaruvchan tok tarmog‘ini kommutatsiyalashga mo‘ljallangan. O‘zgaruvchan tokli 27,5 kV tortuvchi podstansiyalarga m o‘ljallangan vakuumli uzgich VVF-27,5 da KDV-10-1600-20UXL2 vakuum kamerasi qo‘llaniladi. U ikki seksiyali izolatsiyalovchi keramik stakan, shaklida bo‘lib, metall flanslar va bilan kavsharlab germetik zich ulangan. Pastki flanes ga qo‘zg‘almas kontakt tok kirishi orqali mustahkam o‘rnatilgan. Yuqorigi flanes ga harakatchan kontakt gofrlangan silfon bilan germ etik kavsharlab o‘rnatilgan bo‘lib, tok qirmasi orqali tashqariga chiqarilgan. O‘chirgich kontaktlari ulangan holatda hamda mazkur kontaktlar ajratilgan holatda ko'rsatilgan. Kontaktlar ajralish-elektr zanjirini uzish vaqtida ularning oralig‘ida elektr yoyi yonadi. Kamera ning izolatsiyalovchi sirtiga yoy paydo qilgan erigan metall zarrachalarining sachrovidan asrash uchun metall ekranlar, o‘rnatilgan. Ulardan ekranlar yuqori kuchlanishli bo‘lib, ekran yerlangandir. Ekran esa gofrlangan silfon sirtini yoy eritib yuborishidan muhofazalash uchun o‘rnatilgan. Kamera yasalish jarayonida unga maxsus vakuum-issiqlik ishlovi beriladi va naycha orqali ichidagi havo so‘rib olinadi.
VVF -27,5 vakuumli uzgich kamerasining tuzilishi.
Download 19.8 Kb.
  1   2




Download 19.8 Kb.