Barqaror iqtisodiy rivojlanish va makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish usullarining bozor instrumentlaridan foydalanish asosida tubdan qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan ichki bozordagi narxlar barqarorligini ta’minlash pul-kredit siyosatining bosh maqsadi sifatida belgilandi.Bunda inflyatsiya sur’atini pasaytirish va uni past darajada saqlab turish o‘rta muddatli istiqbolda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda asosiy shart sifatida qaraladi.Ichki valyuta bozorining liberallashtirilishi pul-kredit siyosatining tamoyil va usullarini bosqichma-bosqich inflyatsion targetlashga qaratish uchun zarur bo‘lgan asosni yaratadi. O‘rta va uzoq muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini ta’minlashda inflyatsion targetlash samarali usul hisoblanadi.
pul-kredit siyosatini yuritish, ya’ni transmission mexanizm samaradorligini oshirish;
valyuta bozori faoliyatini yanada liberallashtirish va takomillashtirish;
pul-kredit siyosatining mavjud instrumentlarini takomillashtirish va yangi zamonaviy bozor instrumentlarini joriy etish;
banklararo pul bozori faoliyatining shaffofligini oshirish va rivojlantirish;
makroiqtisodiy prognozlash va tahlil qilish salohiyatini mustahkamlash;
pul-kredit siyosatining pirovard maqsadi va qo‘llaniladigan instrumentlar to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida pul-kredit siyosatining aniqligi va shaffofligini oshirish;
kommunikatsion siyosatni takomillashtirish;
Markaziy bankning institutsional bazasini rivojlantirish moliya bozorini, shu jumladan, davlat qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish;
makroiqtisodiy siyosatni samarali muvofiqlashtirish;
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tarkibiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish.