Windows operatsion tizimining




Download 46,77 Kb.
bet9/10
Sana11.02.2024
Hajmi46,77 Kb.
#154561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-Mavzu WINDOWS OS standart dasturlari

Windows operatsion tizimining standart amaliy dasturlari
Operatsion tizim aniq amaliy masalalarni bajarish uchun mo`ljallangan vosita mavjud bo`lishini talab qilmaydi, buning uchun amaliy dasturiy ta’minotlar mavjud. Shunday bo`lganda ham, Windows operatsion tizimida chekli amaliy dasturlar kiritilgan, yanada kuchliroq dasturiy vositalarni kompyuterga o`rnatgunga qadar ular yordamida ayrim kundalik oddiy masalalarni yechish mumkin. Windows tarkibiga kiruvchi bunday dasturlar, standart amaliy dasturlar deyiladi. Ularni oddiyligi tufayli o`rganish uchun qulay dastur sifatida ham ko`rish mumkin. Standart ilovalar bilan ishlash murakkabroq dasturiy ta’minotlarni o`rganishga yordam beradi.
Windows operatsion tizimi oddiy va o`rnatilgan talay dasturlarga ega, shaxsiy kompyuterdan foydalanishni boshlayotganlar uchun bu dasturlar yaxshi platforma va o`qituvchi bo`la oladi. Standart dasturlar yordamida chizish, matnli xujjatlar terish, elektron pochtaga murojaat qilish, filmlar ko`rish, musiqa eshitish mumkin. Bularga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:
1) Bloknot dasturi. Bu- oddiy matnli redaktor bo`lib, uni mantli fayllarni ko`rish vositasi sifatida juda qulaydir. Matnli xujjatlarni yaratishda undan kam foydalaniladi (faqat kichik matnlar uchun), ammo bu dasturni klaviatura bilan ishlash maxoratini oshirish uchun foydalanishga qulay. Dasturni ishga tushirish Pusk-Dasturlar-Standart-Bloknot orqali amalga oshiriladi.

Bloknot

2) Paint dasturi grafikli ma’lumotlarni yaratish va redaktorlashga mo`ljallangan. Paint-oddiy grafik redaktor. Ўz imkoniyatlari bilan bugungi kun talablariga javob bermaydi, ammo oddiyligi va o`rganish osonligi tufayli operatsion tizim tarkibida muxim komponenti sifatida qolmoqda. Bu dasturning boshqaruv tamoyillarini tartibga solgach, qolganlari grafika bilan ishlaydigan yanada ko`p funksiyali ta’minotlarni o`zlashtirish osonroqdir. Dasturni ishga tushirish Pusk-Dasturlar-Standart-Paint orqali amalga oshiriladi.



Paint


3) WordPat matnli protsessori. Matnli protsessor, matnli redaktor kabimatnli xujjatlarni yaratish, redaktorlash va ko`rib chiqish uchun mo`ljallangan. Biroq ular yana bitta muhim funksiyani bajaradi-xujjatni tuzish. WordPat dasturi – bu zamonaviy, nisbatan yengil matnli protsessor. Matnli protsessor WordPat Bloknot retaktoriga nisbatan ko`proq imnoniyatlarga ega.


WordPad
4) Kalkulyator. Kalkulyator dasturini ikki xil ko`rinishda foydalanish mumkin: asosiy arifmetik amallarni bajaruvchi standart kalkulyator ko`rinishida va qo`shimcha funksiyalarni bajaruvchi muxandislik kalkulyatori ko`rinishida. Kalkulyatorni sichqoncha va klaviaturaning yuqori qatoridagi sonlari yoki sonlar blokidagi klaviatura orqali ishlatish mumkin, buning uchun (NumLock tugmasini bosish orqali bajariladi, sonlarni klaviatura orqali kiritish ko`p hisoblash ishlari bajarilganda qulay hisoblanadi).





Download 46,77 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 46,77 Kb.