|
Davlat organlari axborot tizimlari
|
bet | 2/2 | Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 16,27 Kb. | | #105983 |
Bog'liq 13 - Xalqaro axborot bazalari haqida tushunchalar2. Davlat organlari axborot tizimlari
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to’g’risidagi axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini ta’minlashi shart”, deb alohida ko’rsatilgan.
Davlat organlari axborot tizimlari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
· Muayyan davlat organi tomonidan maqsad hamda vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi tranzaksiyali va hisobdagi mavjud quyi tizimlar;
· Milliy axborot tizimi tarkibidagi, davlat organlari o’rtasida axborot tizimlari orqali ma’lumot almashinishga xizmat qiluvchi quyi tizimlar;
· Davlat organi faoliyatida boshqaruv va ish jarayonini osonlashtirishga xizmat qiluvchi resurslarni boshqarishning quyi tizimlari;
· Davlat organlari faoliyatida ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilishga xizmat qiluvchi axborot-tahliliy quyi tizimlar;
· Elektron hujjat almashinuvining quyi tizimlari;
· Hujjatlarning elektron arxivini boshqarishga doir quyi tizimlar;
· Ekspluatatsiyani boshqarish(infratuzilma komponentlarini boshqarish tizimlari)ga oid quyi tizimlar;
· Davlat organi to’g’risida Internet yoki boshqa kanallar orqali axborot yetkazish, jismoniy va yuridik shaxslar o’rtasidagi o’zaro aloqani ta’minlaydigan quyi tizimlar;
· Axborot xavfsizligini ta’minlaydigan quyi tizimlar;
· Hujjat tayyorlash va axborot almashish maqsadida davlat organi xodimlari tomonidan foydalaniladigan idoraviy quyi tizimlar.
Resurs – ma'lum shakllantirish yordamida kutilgan natijalarga erishish imkonini beruvchi shart – sharoitda u yoki bu faoliyatni amalga oshirish mumkinligining miqdoriy ko’rsatkichi. Mamlakat milliy iqtisodiyotining har qanday tarmog’i tahlil etilayotganida uning moddiy, tabiiy, mehnat, moliyaviy, energetik resurslarini ajratib ko’rsatish mumkin. Bu tushuncha iqtisodiy kategoriya sanaladi.
3. Ахbоrоt rеsurslаri, оmmаviy ахbоrоt vа ахbоrоt tizimlаri
Moddiy resurslar jamiyat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun mo’ljallangan mehnat va xomashyolar majmuidir. Masalan, xomashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, yarim tayyor mahsulotlar, detallar va hakozo.
Tabiiy resurslar insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun jamiyat tomonidan foydalaniladigan obyektlar, jarayonlar hamda tabiiy sharoitlardir.
Mehnat resurslari jamiyatda ishlash uchun umumta’lim bilimga ega kisxilar.
Moliyaviy resurslar davlat yoki tijorat tarkibi ixtiyoridagi pul manbalaridir.
Energetik resurslar energiya omillari: ko’mir, neft, neft mahsulotlari, gaz, gidroenergiya, elektroenergiya va hokazo.
Shuni qayd etish lozimki, har qanday ko’lamdagi tashkilotning kerakli darajada ishlashi uchun faqat ushbu resurslarning o’zi yetarli emas, chunki ishlab chiqarish uchun moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari mavjudligining o’zi kifoya qilinmaydi. Uni qanday ishlatishni bilish, bu sohadagi texnologiyalar haqida ko’plab axborotga ham ega bo’lish talab etiladi. Shu bois ham axborot, axborot resurslari hozirgi kunda alohida iqtisodiy kategoriya sifatida qabul qilinmoqda.
Ахbоrоt rеsurslаri, оmmаviy ахbоrоt vа ахbоrоt tizimlаrigа O’zbеkistоn Rеspublikаsining 2003 yil 11 dеkаbrdаgi 560-II sоn “Ахbоrоtlаshtirish to’g’risidа”gi Qоnunigа binоаn quyidаgichа tа’rif bеrish mumkin:
Ахbоrоt rеsurslаri аlоhidа hujjаtlаr, hujjаtlаrning аlоhidа to’plаmlаri, ахbоrоt tizimlаridаgi (kutubхоnаlаrdаgi, аrхivlаrdаgi, fоndlаrdаgi, mа’lumоtlаr bаnklаridаgi vа bоshqа ахbоrоt tizimlаridаgi) hujjаtlаr vа hujjаtlаrning to’plаmlаri.
Оmmаviy ахbоrоt – bungа chеklаnmаgаn dоirаdаgi shахslаr uchun mo’ljаllаngаn hujjаtlаshtirilgаn ахbоrоt, bоsmа, аudiо, аudiоvizuаl hаmdа bоshqа хаbаrlаr vа mаtеriаllаr kirаdi.
Xulosa
Dunyoning etakchi olimlari e’tirof etishlaricha, bugungi kunda sayyoramiz yagona global qishloq, xonadonga aylanib qolgan: u erdagi har bir narsadan hamma xabardor. Va bunda asosiy rolni qudratli ommaviy axborot vositalari, axborot-aloqa texnologiyalari va ularga egalik qiluvchi davlatlar o’ynagan va o’ynamoqda. Shundan foydalanib, ular bu xonadonda o’z qadriyatlari, turmush tarzini joriy etishga zo’r berishayapti.
Tabiiyki, o’ziga xos qadimiy va boy milliy madaniyat, urf-odat va an’analar sohibi bo’lgan, lekin yuqorida aytilgan imkoniyatlar bobida hozircha qo’llari kaltalik qilayotgan va umuman, o’z turmush tarzini boshqalarga tiqishtirish niyatidan yiroq, milliy-ma’naviy erkin hayotni ko’zlagan xalqlar bundan jiddiy havotirga tushmoqdalar.
Shu bois ular jamiyati, davlati, har bir fuqarosini bunday xurujlardan himoya qilishni o’z burchlari deb bilishadi. Bu borada mamlakatimizda ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ilk bora yaratilgan mazkur darslikda bu jabhada xalqaro maydonda shiddat bilan davom etayotgan axboriy kurashning murakkab xususiyatlari va ularga qarshi turishning muhim vazifalari, usul va uslublari, yo’llari haqida so’z yuritilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Begmatov A. Ma’naviyat falsafasi yoxud Islom Karimov asarlarida yangi falsafiy tizimning yaratilishi. T.: “Sharq”, 2000.
2. Bjezinskiy Zb. Velikaya shaxmatnaya doska. Gospodstvo Ameriki i ego geostrategicheskie imperativo’. – M.: “Mejdunarodno’e otnosheniya”, 2000.
21.Brandman E.M. Globalizatsiya i informatsionnaya bezopasnost obhestva. Monografiya. – M.: GPIB, 2007.
3.Bolshaya psixologicheskaya entsiklopediya. – M.: EKSMO, 2007. Gelvetsiy K. Soch. T.1. – M.: “Nauka”, 1973.
4. Zapasnik M. Loj v politike G’G’ “Filosofskie nauki”. - 1991.№8.
5. Zasurskiy Ya.N. Iskushenie svobodoy. – M.: MGU, 2004.
|
| |