Mavzu: Xodimlarni boshqarish tizimi




Download 409,81 Kb.
Sana24.05.2024
Hajmi409,81 Kb.
#252219
Bog'liq
61.Xodimlarni ish bilan ta\'minlash tizimi

Mavzu: Xodimlarni ish bilan ta'minlash tizimi

Reja

Kirish.

Asosiy qism.

  • Xodimlarni boshqarish.
  • Xodimlarni tanlash.
  • Martabani boshqarish va xodimlardan foydalanish.
  • Xulosa.

    Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish

Kirish

Xodimlarga ishlab chiqarish yoki boshqaruv operatsiyalarini bajaruvchi va mehnat vositalaridan foydalanish, mehnat predmetini qayta ishlash bilan band bo`lgan barcha ishlovchilar kiradi.

Xodimlar quyidagilar ajratiladilar


Rahbarlar
Ishchilar
Mutaxassislar
Texnik ijrochilar

1 Xodimlarni boshqarish

1 Xodimlarni boshqarish

Xodimlarni boshqarish — bu jamoa va alohida xodimlarga ulardan muvofiq foydalanish, ularni faoliyat yuritishi va rivojlanishi bo'yicha maqsadga qaratilgan, tashkilot maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatishdir.

Xodimlarni boshqarishning texnologik jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi

— odam resurslarini rejalashtirish;

— xodimlarni tanlash;

— xodimlarni tanlab olish va baholash;

— xodimlarga haq to‘lash va rag‘batlantirish;

— kasbga qayta yo‘naltirish va moslashuv;

— xodimlarning rivojlanishi;

— mavjud xodimlarni baholash;

— rahbar xodimlarni tayyorlash, martabani rejalashtirish;

— ko‘tarish, pasaytirish, boshqa ishga o‘tkazish, ishdan

bo‘shatish;

— xodimlardan foydalanish.

Avvalo tashkilot xodimlariga bo‘lg‘usi ehtiyojlarini rejalashtirish vazifasi turadi. Ular asosida quyidagilar yotadi:


Tashkilotning ishlab chiqarish dasturi
Mahsulotni ishlab chiqarish (sotish)ni rejalashtirish strategiyasi
Tashkilot xodimlarining vujudga kelgan ta’minlanganligi,
tuzilishi va sifati

Tashkilotning kelgusi davrdagi xodimlarga ehtiyojlarini rejalashtirishda


hisoblash usuli
ekstropolyatsiyalash usuli
ekspert baholari usuli

Rejani quyidagilar kesmasida turkumlashtirish kerak

2 Xodimlarni tanlash Xodimlarni to‘g‘ri tanlashga bir tomondan bo‘sh lavozimga rasmiy talablar, boshqa tomondan xodimlar haqidagi axborotlar, ularni asoslangan ravishda birlash- tirishni bajarish uchun mavjudligi asos bo‘ladi

Xodimlarni tanlashning ichki va tashqi manbalari mavjud: masalan, quyidagilar xodimlar tanlashning tashqi manbalari bo‘ladilar.

Xodimlarni tanlashning ichki va tashqi manbalarini solishtirish

Xodimlarni tanlashning muhim bosqichi malakali xodim tanlab olinishidan iborat bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagilarni oladi

  • xodimlar komissiyasini tashkil etish;
  • uni egallashi lozim bo‘lgan xodimga lavozim va talablarni bayon qilish;
  • ommaviy axborot vositalarida tanlov haqida e’lon qilish;
  • nomzodlarning salomatligi va ishlash qobiliyatini tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish;
  • har bir nomzodni baholash;
  • nomzodlarni reyting bo‘yicha majmuaviy baholash;
  • bo‘sh lavozimga nomzodlarni tanlash bo‘yicha xodimlar komissiyasining xulosasi;
  • lavozimga tasdiqlash va shartnoma tuzish;
  • xodimning hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni xodimlar bo‘limiga topshirish.

3 Martabani boshqarish va xodimlardan foydalanish Martabani boshqarish — xodimni lavozimlar yoki ish joylari iyerarxiyasi bo‘yicha ma’lum vaqt oralig‘ida, uning motivatsiyasi, kasbiy mahorati, tajribasi, bilim va ko‘nikmalari shakllanishi hamda korxona rivojlanishining talablari, strategiyasi va rejalarini hisobga olish bilan tashkiliy ilgari siljitishdir.

Martabali boshqarishni oqilona yoki va lavozimlarni egallashning me’yoriy muddatlarini xodimning istaklari va shaxsi hamda korxona ehtiyojlarini hisobga olish bilan ilmiy asoslashni ko‘zda tutuvchi rejalashtirishdan boshlash kerak.

Xodimlardan foydalanish — xodimlarning mehnat salohiyatini samaraliroq amalga oshirish uchun sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan tadbirlar majmuasidir

Xodimlardan oqilona foydalanish quyidagilarni ko‘zda tutadi

  • Ish joylari va xodimlarning miqdoriy va sifatiy muvofiqlashtirilganligiga erishish;
  • Bandlikning egiluvchan shakllarini qo‘llash;
  • Xodimlardan foydalanish chegaralarini tashkilotning joriy va bo‘lajak ehtiyojlarini hisobga olish bilan aniqlash;
  • Xodimlarning mehnat salohiyatini aniqlash, mehnatni to‘liqroq amalga oshirilishiga ko‘maklashuvchi ish sharoitlari va tashkil etishni ta’minlash;
  • Bandlik tizimiga m ehnat qobiliyatining turli darajalariga ega xodimlarni kiritishga tabaqalashtirilgan yondashuvni qo‘llash.

Xulosa

Biz mustaqil ta`lim darsida tayyorlagan taqdimotimizda xodimlarni boshqarish tizimini o`rgandik va xodimlarni boshqarish tizimi ishchi-xodimlarning ma'lumotlarini muntazam va hujjatlashtirmasdan tizimlashtirish, tizimdagi nomzodlarning mavjud ma'lumotlari asosida xodimlarni tanlab olish, xodimlarning ish jadvalini tuzish, davomatni kuzatib borish, ish faoliyatini tegishli tartibda va motivatsiya bilan tashkil etish va ish yuritishni amalga oshirishga imkon berishini o`rgandik.

Foydalanilgan adabiyotlar.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. O‘zbekiston, 1992.

2. O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi qonu- ni. «Adolat», 1998.

3. Y.Abdullayev. «Bozor iqtisodiyoti», 1996.

4. M.Rasulov. «Bozor iqtisodiyoti asoslari».Toshkent: O‘zbekiston, 1999.

5. https://oliygoh.uz/

6. http://www.ziyonet.uz/

7. https://vikipediya.uz/


Download 409,81 Kb.




Download 409,81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Xodimlarni boshqarish tizimi

Download 409,81 Kb.