Mavzu: Yangi pedagogik texnologiya va faol pedagogik metodlar asosida dars ishlanmalarini
tuzish va tahlil qilish
Mavzu: Yangi pedagogik texnologiya va faol pedagogik metodlar asosida dars
ishlanmalarini tuzish va tahlil qilish .
O’zbеkiston Rеspublikasining "Ta'lim to’g’risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi" yosh avlodni tarbiyalashning asosiy istiqbol va yo’nalishlarini bеlgilab bеrdi. "Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi"da ta'limni tubdan isloh qilishning asosiy yo’nalishlari ko’rsatib bеrildi.
Unda "Uzluksiz ta'lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali
raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart - sharoitlar yaratadi", dеb
ko’rsatilgan. Birinchi Prеzidеntimiz I.A. Karimov "Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va
xalqimiz faravonligini yuksaltirishdir" mavzusidagi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi
nutqida: "Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma'naviy sog’lom o’sishi, balki ularning
eng zamonaviy intеllеktual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr
talablariga to’liq javob bеradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yеtishi uchun zarur barcha
imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz", - dеgan edi.
Bunday ulug’ maqsadni amalga oshirish sohasidagi vazifalar "Barkamol avlod yili" Davlat
dasturida xam bеlgilab bеrildi. Prеzidеntimiz tomonidan kеlajak avlod tarbiyasiga bеrilayotgan
bunday katta e'tibor ta'lim tizimi va pеdagoglar zimmasiga ulkan vazifalarni yuklaydi. Bu
vazifalarni amalga oshirish chuqur bilim va katta mahoratni talab etadi. Ta'lim tizimiga
yangiliklarni olib kirish, zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalardan unumli foydalanish bugungi
kun ta'limi oldiga quyilgan muhim vazifalardir. Pеdagogik tеxnologiyalarni ta'lim jarayonida
joriy etish, ta'lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kuning extiyojiga
aylandi. Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kеlayotgan boshlang’ich sinflarda
o’qituvchining mahorati, uning pеdagogik tеxnologiyalarni ta'lim jarayoniga mohirona tadbiq eta
olishi, ta'limning yangi - yangi yo’l va usullarini izlashi, ilg’or pеdagogik tajribalardan ijodiy
foydalana olishi juda muhimdir. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi. Boshlang’ich sinflarda
"Kеys" tеxnologiyasi asosida ta'lim samaradorligiga erishishning nazariy asoslarini ishlab
chiqish hamda amaliyotga tadbiq etish. Shu jarayonda quyidagi vazifalarni amalga oshirishni
lozim dеb topdik. Mavzuga oid pеdagogik - psixologik mazmundagi adabiyotlarni o’rganish,
taxlil qilish. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini mustaqil fikrlashga o’rgatish va ijodiy tafakkurni
rivojlantirish. Boshlang’ich sinflarda "Kеys" tеxnologiyasi asosida ta'lim samaradorligiga
erishishning samaradorligini aniqlash. "Kеys" tеxnologiyalaridan foydalanish usullari bo’yicha
o’qituvchilar uchun mеtodik tavsiyalar tayyorlash va ularni ta'lim jarayoniga tadbiq etish.
Boshlang’ich sinflarda "Kеys" tеxnologiyasi asosida ta'lim samaradorligiga erishishda elеmеntar
tushunchalarni shakllantirish. Bitiruv malakaviy ishning ob'еkti. Umumiy o’rta ta'lim
maktabining boshlang’ich sinf o’quvchilari. Bitiruv malakaviy ishning prеdmеti. Umumiy o’rta
ta'lim maktabining boshlang’ich sinf o’quvchilarida "Kеys" tеxnolgiyasi asosida ta'lim
samaradorligiga erishish ko’nikmalarini shakllantirish. Bitiruv malakaviy ishni amalga
oshirishda foydalanilgan mеtodlar.
Pеdagogik taxlil.
Kuzatish.
Ankеta.
Savol - javob.
suhbat. Bitiruv malakaviy ishning mеtodologik asoslari. O’zbеkiston Rеspublikasi "Ta'lim
to’g’risida"gi Qonun "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Pеdagogik ta'lim konsеptsiyasi".
O’zbеkiston Rеspublikasining Prеzidеnti nutqlari, asarlarida bayon qilingan fikrlari, O’zbеkiston
Rеspublikasi hukumatining Qarorlari, O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o’rta maxsus hamda
xalq ta'limi vazirligining buyruqlari mavzusiga oid pеdagogik manbalar. Bitiruv malakaviy
ishning ilmiy jixatdan yangiligi: Boshlang’ich sinflarda "Kеys" tеxnologiyasi asosida ta'lim
samaradorligiga erishishning mazmuni va tarbiyaviy ahamiyati ilmiy nazariy asoslab bеrildi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida "Kеys" tеxnologiyasi asosida ta'lim samaradorligiga erishish
bo’yicha mashg’ulot ishlanmalari, mеtodik tavsiyalar yaratildi. Bitiruv malakaviy ishning
nazariy va amaliy ahamiyati. Boshlang’ich sinflarda "Kеys" tеxnologiyasi asosida ta'lim
samaradorligiga erishish, shakl va uslublari bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi; Boshlang’ich
sinflarda "Kеys" tеxnologiyasi asosida ta'lim samaradorligiga erishishning nazariy jixatlari
qisman boyitildi. Boshlang’ich sinflarda "Kеys" tеxnologiyasi asosida ta'lim samaradorligiga
erishishga oid ilmiy manbalar, adabiyotlarning taxdili asosida xulosalar ishlab chiqildi. Bitiruv
malakaviy ishning to’zilishi. Bitiruv malakaviy ish "Kirish", 2 bob, "Xulosa va tavsiyalar",
"Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati" va "Ilovalar"dan iborat. 1.Bob. Pеdagogik
tеxnologiyalarning umumiy asoslari. 1.1. Pеdagogik tеxnologiyalarning paydo bo’lishi va
rivojlanishi. Bu tushuncha XX asrda paydo bo'ldi va 1940-1950 yillarda "Ta'lim texnologiyasi"
tarzida qo'llanilib, mazmunan o'quv jarayonida audio-viziial texnika vositalaridan foydalanishni
anglatgan. Atama dastlab AQShda qo'llana boshladi. Keyinchalik "Ta'lim texnologiyasi" o'rniga
"Dasturlashtirilgan ta'lim" atamasidan foydalanish keng yoyildi. So'ngra pedagogik texnologiya -
loyihalashtirilgan ta'lim va aniq maqsadga qaratilgan o'quv jarayonini ifoda eta boshladi. O'tgan
asrning 80- yillarida pedagogik texnologiya kompyuterli va axborot texnologiyalari bilan
sinonim tarzda ishlatila boshladi. Keyingi o'n yilliklarda pedagog olimlar va o'qituvchilar
diqqatini jalb qilgan masalalardan biri pedagogik texnologiya (PT) hisoblanadi. Bu mavzuning
ilmiy ishlarda, hisobotlarda, maxsus davriy nashrlarda qizg'in o'rganilayotganligi,
bahsmunozaraga sababchi bo'layotganligi ham ta'lim-tarbiyada uning o'rni naqadar muhimligiga
guvohlik beradi. Mavjud materiallarni jamlash, uning nazariy va amaliy jihatlarini O'zbekiston
Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
talablari asosida tahlil qilish, pirovard natijada, qator konseptual texnologiyaning empirik asosini
yaratishga harakat qilish, shuningdek, uni ilmiy bilimlar doirasiga o'tkazish kabi ishlar ham jadal
davom ettirilmoqda. Avvalo, nega bugunga kelib pedagogik texnologiyaga qiziqish shunchalik
kuchaydi, degan savol tug'iladi. Aytish mumkinki, rivojlanayotgan davlatlarda, birinchi
navbatda, pedagogik texnologiyaga ta'lim sohasidagi siyosatning bosh vazifasi sifatida qarab
kelingan. Bunday yondashish YUNESKO tomonidan ham ma'qullandi va 1972-yilda «Ta'limni
rivojlantirish masalalari» bo'yicha Xalqaro Komissiya tashkil topdi. Bu komissiya zamonaviy
texnologiya-ta'limni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir, deb baholadi. Muhimi
shundaki Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan milliy dasturni ro'yobga chiqarish bosqichlari
har jihatdan ilmiy asoslab berildi va uning ikkinchi bosqichida «o'quv-tarbiyaviy jarayonini ilg'or
pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash» muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi. Xo'sh
pedagogik texnologiya nima? Uni amaliyotga qanday joriy qilish mumkin? Dastlab
«Texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so'z fanga 1872 yilda kirib keldi va grekcha
ikki so'zdan - «texnos» -hunar va «logos»-fan so'zlaridan tashkil topib «hunar fani» ma'nosini
anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to'liq tavsiflab bera olmaydi.
Texnologik jarayon deyilganda-mehnat qurollari bilan mehnat vositalariga ta'sir etish natijasida
mahsulot yaratish bo'yicha qilingan mehnat va jarayonlar tushuniladi. Demak, bu ta'rifni
istalgancha sharhlash mumkin, bunda: pedagogik texnologiya-bu o'qituvchi tomonidan o'qitish
vositalari yordamida o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda
muayyan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni, deb ta'riflasak xato bo'lmaydi. Qator yillardan
beri, pedagogik texnologiyaga o'quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb
qarab kelindi. Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushuncha yangicha talqin
etila boshlandi. Texnologiya deganda, subyekt tomonidan obyektga ko'rsatilgan ta'sir natijasida
subyektda sifat o'zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy
vositalar va sharoitlardan foydalanib, obyektga yo'naltirilgan maqsadli amallarni muayyan
ketmaketlikda bajarishni ko'zda tutadi. Ushbu tushunchalarni o'quv jarayoniga ko'chiradigan
bo'lsak. O'qituvchi (pedagog)ning o'qitish vositalari yordamida o'quvchi-talabalarga muayyan
sharoitlarda ko'rsatgan tizimli ta'siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo'lgan va oldindan
belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa, deb ta'riflash
mumkin. Ta'riflar nazariyasi bo'yicha bunday ijtimoiy hodisani pedagogik texnologiya, desa
bo'ladi.
Pedagogik ijodiyot-o'z mohiyatiga ko'ra yangi bilimlarni hosil qilish va takomillashtirish
bo'yicha ijodiy ishining kasbiy, maxsus ifodasidir. Pedagogik izlanish o'qitishda doimo ma'lum
yo'nalishdagi subyektga nisbatan aniqlashtirilgan bo'ladi. Pedagogik izlanish natijasida
yangilikning asosiy namoyon bo'lish shakllari kundalik o'quvtarbiyaviy muammolarning
nostandart yechimlari, pedagogik ta'sir usullarining metodik va nazariy jihatdan mukammal
ishlab chiqilishi, ixtiro etilishi va takomillashuvi hamda ulardan samarali foydalanishda
ko'rinadi. Yangi ta'lim tizimi mazmuniga o'tmishning qimmatbaho ma'naviy qadriyatlarini
kiritish va unutilayozgan yoki taqiqlangan ba'zi birlarini qayta tiklashdan maqsad o'tmish oldida
egilish emas, balki unga tayanib, ijodiy foydalangan holda rivojlanishning yangi pog'onasiga
chiqish demakdir. Bugun biz yangi ko'rinishdagi ta'lim tizimini ishlab chiqishda Turkiston
sivilizatsiyasining eng ko'p gullab-yashnagati davridagi, ya'ni VII-XII asrlardagi inchnat va kasb
ta'lim tajribalariga tayanmog'imiz lozim. O'sha davr madaniyati va fanining asosini ta'lim tashkil
etgan, rivojlanishning eng ynqori cho'qqilariga erishish yo'lida faylasuf va pedagoglarning aniq
va konseptual g'oyalari sliakllangan edi. Hozirgi zamon atamasi bilan aytganda, ta'lim va tarbiya,
ilm — bu uzluksiz ravishda ma'naviy, jismoniy va aqliy salohiyatini rivojlantirish jarayonidir.
O'sha davr faylasuflari insonning ma'naviy, jismoniy va aqliy xususiyatlarini yakka
mujassamlikda, deb belgilashgan. Bunday falsafiy pedagogik konsepsiya ta'lim jarayonini
shaxsning ma'naviy-axloqiy xususiyatlarini boshlab beruvchi omil deb, e'tirof etadi. Bu
konsepsiyalarning mazmuni faqatgina faylasuflar ishlarida emas, balki mehnat va ijodning turli
vakillari asarlarida ham o'z aksini topgan edi. Masalan, risola - bu hunarmandlar va ularning
o'quvchilari uchun mo'ljallangan qo'llanma bo'lib, unda urf-odat, rasm-rusum, turli udumlar
majmuasi aks ettiriladi. Risolalar kichik hajmdagi kitobcha shaklida bo'lib ularning mazmuni
ushbu soha hunarmandchiligi bo'yicha mashg'ulotlar va ba'zi bir pandu nasihatlarni o'zida
mujassamlashtirgan. Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, deyarli barcha risolalar bir xil qolipda
to’zilgan bo'lib odatda, kitobchaning boshlaridabutun olam egasi bo'lgan Alloh, payg'ambarlar va
lining barcha choriyorlarini ko'klarga ko'tarib maqtash, so'ng ushbu hunarmandchilikning Alloh
ne'mati ekanligi, keyin esa hunarmand ishi boshlanadigan va har bir xatti-harakati yoki lozim
bo'lgan Qur'on oyatlari yoki jarayondan oldin aytish lozim bo'lgan Qur'on oyatlari yoki boshqa
duolar usta-hunarmandlarning ma'naviy - axloqiy sifatlari yoritiladi. Risolalarni tadqiq etish
natijasida ularning o'rta asr hunar- mandligida o'ziga xos pedagogik qo'llanma sifatida xizmat
qilganligiga, risolalarda zamonaviy til bilan aytganda, hunarmand kasbiy faoliyatning
mazmunini aks etganligiga guvoh bo'larniz. O'zbekiston mustaqillikka erishgan davrda milliy
mafkurani shakllantirish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash eng
muhim vazifalardan bo'lib qolmoqda. Chunki davlatning asosini ma'naviyat tashkil etadi,
ma'naviyatiga e'tibor bermagan davlatning kelajagi ham bo'lmaydi. Milliy pedagogika
tajribalariga murojaat qilish esa bunday maqsadlarga erishishning asosiy omillaridan biridir.
Yoshlarni mustaqil bilim olishga o'rgatish-bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridan
biridir. Shu o'rinda ta'kidlash lozimki. bugungi kunda yoshlarni ma'naviy-intellektual
rag'batlantirishning ahamiyati kattadir. Ma'naviy intellektual sifatlarni zamonaviy usullarda
aniqlash tarbiyaviy jarayonga samarali o'zgarishlar kiritadi. O'quvchi yoshlarning, talabalarning
ma'naviy-intellektual shakllanish sifatlaridagi yutuq va kamchiliklarni odilona baholash tizimi
larbiya mazmuni, usullari va uning tashkiliy shakllarini yaxshilashga doir tuzatishlar kiritishi
lozim. O'quvchi va talabalarning bilimini, iqliy holatlarini nazorat qilish va baholash davlat
miqyosidagi muhim ahamiyatga ega ishdir. Shu bilan birga, nazorat va baholash jarayoni
o'quvchi bilimining boyishiga, ular shaxsining rivojlanishiga hamda tarbiyasiga ta'sir ko'rsatadi.
Pedagogika fani bilimlarni o'z vaqtida nazorat qilish va baholashning 3 vazifasi borligini alohida
uqtiradi: 1. O'zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab davlat ta'lim
standartlarining qanday bajarilayotganligi to'g'risida xulosa chiqariladi va galdagi vazifalar
belgilanadi. 2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o'quvchi-talabalarda bilimlar
yanada kengayadi. 3. Ta'lim sohasidagi yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ijobiy ta'sir
ko'rsatadi. Ularda ko'tarinki ruh, o'z kuchiga bo'lgan i .hunch va qiziqishlar paydo bo'ladi.
Jahonning ilg'or tajribalari va ko'plab pedagoglar mehnatining natijasi o'laroq, reyting uslubi
bugungi kunning cng maqbul nazorat mezoni deb qabul qilindi. Reyting deganda – baholash,
tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan ko'rsatkich bo'yicha
baholash tushuniladi. Reyting nazoratida test usuli ham samarali qo'llaniladi. Test deganda aniq
vazifaning takomillashganlik darajasini aniqlash hamda sifat va miqdoriy o'lchamlarda belgilash
imkonini beradigan, faollikning biron shaklini paydo qiluvchi va biron aniq topshiriq shaklidagi
sinov quroli tushuniladi. Testning afzalligini quyidagicha belgilash mumkin:
nazorat uchun
kam vaqt sarflanadi;
nazorat va amaliy bilimlar darajasini obyektiv sharoitda aniqlash imkonini
beradi;
ko'p sonli talabalar bilan bir vaqtning o'zida nazorat olib borish mumkin;
bilim
natijalari o'qituvchi tomonidan tezkorlik bilan tekshiriladi va h.k. Reyting nazorat tizimining
asosi sifatida o'quv rejasiga kiritilgan. Har bir fan bo'yicha talaba o'zlashtirishining sifat
ko'rsatkichlari ballar bilan ifodalanadi. Har bir semestrdagi fanlardan to'plangan ballar yig'indisi
tarzida talabaning o'zlashtirishini baholash jarayoni chorak va semestr davomida muntazam
ravishda olib boriladi va quyidagi nazorat turlari shaklida tashkil etiladi:
joriy nazorat;
oraliq
nazorat;
yakuniy nazorat. Joriy nazorat - bu o'rganiladigan mavzularning o'quvchi, talabalar
tomonidan qanday o'zlashtirayotganini dars jarayonida muntazam ravishda nazorat qilishdan
iborat.
Bu nazorat o'qituvchi tomonidan qanday o'zlashtirganini muntazam ravishda dars jarayonida
nazorat qilishdan iborat. Bu nazorat o'qituvchi tomonidan o'tkazilib, talabaning bilim darajasini
shu fanning har bir niavzusi bo'yicha aniqlab borishni ko'zda tutadi. Oraliq nazorat - bu mazkur
fan bo'yicha o'tilgan bir necha mavzularni o'z ichiga oladi va shu qism bo'yicha talabaning
bilimini aniqlashga xizmat qiladi. Oraliq nazorat darsdan tashqari vaqtda o'tkaziladi va
talabalarga o'zlashtirish ko'rsatkichlarini oshirish imkonini beradi. Yakuniy nazorat - bu nazorat
semestr uchun belgilangan mavzular to'liq o'qitib bo'lingach o'tilgan mavzular bo'yicha yozma
yoki og'zaki usullarda, shuningdek, test sinovlari shaklida o'tkaziladi. Talabaning fan bo'yicha
semestrdagi reyting bahosi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarda to'plangan ballari bo'yicha
aniqlanadi. O'quv, pedagogik, ishlab chiqarish va diploma oldi amaliyotlari davrida olingan
bilimlar ham reyting ballari bilan baholanadi. Mustaqil O'zbekiston bugungi kunga kelib jahonga
o'z nomini tanitdi. Iqtisodiy - siyosiy jihatdan yuksaldi. Shu bilan birga, O'zbekistonning
rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olishi uchun bugungi kunda kelajak ruhiga mos bo'lgan
zamonaviy kadrlarga ham ehtiyoj sezila boshladi. Mustaqil davlat o'zining muhim tarixiy
hujjatlariga ham ega bo'ldi va ular orasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» alohida o'rin
tutadi. Dasturda e'tirof etilgan kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarida
shu narsa alohida belgilandiki, ta'lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish ta'lim
– tarbiya dasturlarining intellektuallashuvini ta'minlaydi. Demak, yangi asr- informatsion
texnologiyalar asri bo'lishi bilan bir qatorda ularning o'quv jaryonlariga keng ko'lamda
aralashuvini ham ta'minlaydi. Pedagogik texnologiyaning paydo bo’lishi va rivojlanishi .
Respublikamiz hukumati tomonidan ta'limni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor sohasi deb
e'lon qilinishi, ijtimoiy hayotning barcha sohalarining demokratlashuvi va insonparvarlashuvi
hamda "Ta'lim to'g'risida"gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi
ta'lim tizimining rivojlanishiga asos bo'ldi va ta'lim tizimida tub islohotlar uchun keng
imkoniyatlar yaratdi. Ijtimoiy voqelik ta'limni boshqarish muammolarini ko'rib chiqish va hal
qilishni mustaqil yo'nalish sifatida ajratib olish, ta'lim- tarbiya jarayonini boshqarishning
asoslangan usul, vositalarini ishlab chiqish va joriy qilish zaruratini belgilab berdi. Uning
o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish o'rtasidagi tashkiliy-boshqaruv, axborot aloqalari; ijtimoiy
jihatdan ahamiyatga molik shaxsni shakllantirishdagi yaxlit jarayonning tarkibiy qismlari
sifatidagi ahamiyatini oshirdi. Bugungi kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy-siyosiy
hayotda ongli ravishda va faol ishtirok etishga qodir yosh avlodni shakllantirish - «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi»ning asosiy ustuvor yo'nalishidir. Bu esa mamlakatning ijtimoiy-
siyosiy hayotiga demokratik asoslarni joriy etish, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishni
tezlashtirish imkonini beradi. Dastur ta'lim muassasalari mustaqilligini kengaytirish orqali ta'lim
boshqaruvini demokratlashtirishni o'z ichiga oladi. O'qish, o'qitish — inson faoliyatining boshqa
sohalari singari ijtimoiy foydali faoliyatdir. Iqtisodiy tizimlar nima ishlab chiqarayotgani
bilangina emas, balki qanday ishlab chiqarayotgani va qanaqa mehnat qurollari yordamida ishlab
chiqarayotganligi bilan biri ikkinchisidan farq qiladi, degan g'oya o'qish-o'qitish faoliyatiga ham
taalluqlidir. Pedagogika fanida ta'lim usullari rivojlanishiga shu nuqtai nazardan qarab, uni
shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: 1. Muallim «o'z qo'l kuchi» bilan o'qitish
bosqichi, ya'ni o'quvchi uchun axborot manbai — o'qituvchining o'zi bo'ladigan jarayon. 2.
O'quv kitoblari, darsliklar yaratilgan va keng qo'llanilgan bosqich. 3. Audiovizual vositalar
qo'llanilgan bosqich. 4. O'qitishni boshqarishda oddiy avtomatlashtirish vositalarini qo'llash
bosqichi. 5. O'qitishni zamonaviy АКТ lari vositasida boshqarishning avtomatlashtirilgan
bosqichi. Insoniyatning rivojlanish davrlari almashganda pedagogik texnologiyalar butunlay yo'q
bo'lib ketmaydi, balki pedagogik texnologiyalar keyingi davrlarga assotsiatsiya orqali fikran
bog'lanadi, yangi sifatlar, xususiyatlarga ega bo'lib, kuchayadi va boyiydi. Ushbu jarayon borgan
sari tezlashib boradi. Kishilik tarixida I-bosqich uzoq muddat davom etgan. Unda o'qituvchi o'z
kuchiga, o'z bilim va mahoratiga asoslanib ish bajargan. Keyinchalik dunyoviy va diniy
mazmundagi qo'lyozma kitoblar yaratildi, lekin o'quvchi ularning mazmunini o'qituvchi faoliyati
vositasida o'zlashtiradi. 2-bosqich, ya'ni qog'oz va o'quv kitoblari davri hali nihoyasiga
yetkazilgani yo'q darsliklar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyasi esa hamon mukammal
emas. Lekin o'qitishning 1,2,3- bosqichlariga xos ta'lim vositalari maktablarga jadal kirib
bormoqda. O'quv adabiyotlarini joriy etish qarama-qarshiliklar kurashi natijasida sodirbo'lgan.
Keyingi davrlarda ham ta'lim sohasidagi jiddiy o'zgarishlar kurashsiz amalga oshmagan, bunday
o'zgarishlar oson kechmagan. Bugungi kunda ham l-bosqich texnologiyasi ruhida shakllangan
ayrim pedagoglarda keyingi davrlarda vujudga kelgan o'quv vositalarini o'zlashtirib olishga,
ta'lim-tarbiya jarayonini shu asosda tashkil etishga intilish sust darajada. l-bosqich o'quv
vositalari o'qituvchidan ko'p mehnat talab etadi va o'quvchining bilim tayyorgarlik darajasi
yuqori bo'lmaydi. Bu pedagogik bosqichlarning har birida ta'lim metodlari takomillashtirila
borganligi tufayli o'qituvchi mehnatining samarasi ortib, zamonaviy texnologiyani
qo'llaydiganlar safi kengaya borgan. Bugungi kunda respublikamizni rivojlangan davlatlar
darajasiga chiqarish maqsadida bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi. Ta'lim O'zbekiston
davlati siyosatining ustuvor sohasiga aylandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida rivojlangan
mamlakatlar darajasida raqobatbardosh, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni egallagan, yuqori
malakali kadrlar tayyorlash maqsadi va vazifasi kun tartibiga qo'yildi. Auditoriyalarga kirib
o'quv jarayonini kuzatgan kishi mavjud pedagogik tizim birinchi va ikkinchi bosqichlarga xos
ekanligiga ishonch hosil qiladi. Pedagogik texnologiyaning asosiy elementlari quyidagilardan
iborat: 1. Pedagogik muloqot texnologiyasida o'qituvchi (pedagog)ning o'quvchi – talabalar bilan
muloqoti. Muloqotning vazifalari:
shaxsni tanish, axborot almashish;
kelgusi pedagogik
muloqotni modellashtirish va tahlil etish;
muloqotdan olinadigan tasavvurlar;
muloqot
yuzasidan fikrlash va fikr almashish;
pedagogik muloqotni tashkil etishning texnikasi va
texnologiyasi;
ishga ijodiy yondashish va boshqalar. Pedagogik talab texnologiyasi.
«pedagogik talab» tushunchasi, uning o'ziga xos xususiyatlari;
xulq-atvor va ijtimoiy-madaniy
qoidalarning namoyon bo’lishi;
o'quvchi-talabaga bo'lgan hurmat va talab;
pedagogik
talabning psixologik tamoyillari va mezonlari. 2. Baholash texnologiyasi, pedagogik baho va uni
mezonlash.
xatti-harakatlardan olingan taassurot, voqelikni, obyekt va subyektni qabul qilish;
baho berish usullarini tanlash, o'qituvchi(pedagog)ning o'z imkoniyatini tahlil etishi va ta'sir
samaradorligini oshirishi);
-pedagogik baholash texnologiyasi. 3. Axborotning ta'sir ko'rsatish
texnologiyasi.
nutqiy-axborot berish, «ratsional axborot berish» tushuncha- lari,
demonstratsion va ko'rgazmali vositalar-axborot olish vosi- talaridan biri sifatida;
nutqiy ta'sir
etish, suhbat, hamkorlik, tezis, argument, ko'tgazmalar va obrazlar;
nutqiy ta'sir etish
texnologiyasi;
demonstratsion va ko'rgazmali vositalar, etik, iqtisodiy, este- tik, gigienik
materiallar;
qabul qilishning fiziologik va psixologik xususiyatlarini demon- stratsiya qilish
texnologiyasi. 4. Pedagogik vaziyatlarni yaratish va uni yechish texnologiyasi.
pedagogik
konflikt tushunchasi — konflikt pedagogik texnolo- giya elementi sifatida, konflikt subyektlari
orasidagi qarama-qarshi- liklar, bo'sh va mazmunli konflikt;
holat tahlili (voqeani aniqlash);
konflikt;
konfliktning xilma-xilligi (norozilik, qarshi chiqish);
konfliktni yechish shakllari
(yumor, hazil, mutoiba). Pedagogik texnologiyaning qo'shimeha elementlari: 1. Psixologik muhit
yaratish texnologiyasi. 2. Guruh faoliyatini tashkil etish texnologiyasi. 3. MuvafTaqiyatli va
muvafYaqiyatsiz holatlarni tashkil etish texnologiyasi. 4. O'quvchining xatti-harakatiga
pedagogik reaksiya qilish texnologiyasi. 5. Xulqi va odobi yomon o'quvchi-talabalar bilan
ishlash texnologiyasi. 6. Etik himoya texnologiyasi. 7. Muammoli vaziyatlar yaratish
texnologiyasi. 8. Pedagogik vosita texnologiyasi. 9. Pedagogik improvizatsiya texnologiyasi.
Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didaktik olim o'z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda
ta'rif bergan. Hali bu tushunchaga to'liq va yagona ta'rif qabul qilinmagan. Ushbu ta'riflar ichida
eng maqsadga muvofig'i YUNESKO tomonidan berilgan ta'rif sanaladi. Pedagogik texuologiya -
ta'lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonining
inson salohiyati va texnik resurslarni qo'llash, ularning o'zaro ta'sirini aniqlashga imkon
beradigan tizimli metodlar majmuasidir. Shuningdek, texnologiya deganda, subyekt tomonidan
obyektga ko'rsatilgan ta'sir natijasida subyektda sifat o'zgarishiga olib keluvchi jarayon
tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, obyektga
yo'naltirilgan aniq maqsadli amallarni muayyan ketma - ketlikda bajarishni ko'zda tutadi.
Yuqorida keltirilgan tushunchalarni o'quv jarayoniga ko'chiradigan bo'lsak,
o'qituvchi(pedagog)ning o'qitish vositalari yordamida o'quvchi-talabalarga muayyan sharoitlarda
ko'rsatgan tizimli ta'siri natijasida ularda jamiyat uchun zamr bo'lgan va oldindan belgilangan
ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa yoki boshqacha aytganda,
o'qituvchi tomonidan o'qitish vositalari yordamida o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat
inahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni deb
ta'riflash mumkin. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi,
texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko'chirilgan tasviri, ta'lim jarayonining muayyan
standartlashuvi hisoblanadi (B.L.Farberman). Pedagogik texnologiya – turli mualliflar
(manbalar)ning barcha ta'riflari mazmunini o'zida mujassam etuvchi umumlashtirishdan iborat.
"Texnologiya" tushunchasi keng ma'noda insonning barcha antropogen faoliyati natijasida
mahsulot yaratilishi jarayonlarini qamrab oladi. Texnika va texnologiya, sanoat va transport,
mashinasozlik va aviatsiya, kimyo va metallurgiya, tibbiyot va farmatsevtika, qishloq xo'jaligi va
chorvachilik, umuman, yaratuvchanlik va ijodkorlik mehnati va metod, usul, vosita hamda
jarayonlar majmuasini ifodalash uchun shu kungacha cheklanmagan miqyosda foydalanib
kelinayotgan ushbu atamaning mazmun va mohiyati keng ko'lamga ega bo'lib qoldi. Pedagogik
jarayonlar uchun tatbiq qilinuvchi texnologiyaning an'anaviy va noan'anaviy, tarixiy, klassik,
yangi va zamonaviy turlari farq qilinmoqda. Asosiy maqsad - shaxsning ta'lim va tarbiyasi
hamda uning aqlan va jismonan rivojlanishi bilan bog'liq kasbiy faoliyat ekanligini nazarda
tutsak qanday nomlanishidan qat'iy nazar, pedagogik texnologiya komil inson tushunchasiga
mazmunan singib ketishi lozim. Pedagogik texnologiyaning manbalari, metodologik asoslari va
uning turlari. Ta'lim mazmunini o'zlashtirishda o'quvchilarning bilim saviyasi, o'zlashtirish
qobiliyati, ta'lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda og'zaki, ko'rgazmali va
amaliy kabi uch guruhga bo'linadigan metodlarning quyidagi variantlari qo'llaniladi:
o'qitishning ma'ruza (suhbat) metodi;
o'qitishning amaliy ishlar metodi;
laboratoriya ishlari
metodi;
mustaqil ishlar metodi;
muammoli-evristik modellashtirish metodi;
ilmiy-tadqiqot
metodlari;
o'qitishning muammoli-izlanish va reproduktiv metodi;
o'qitishning induktiv va
deduktiv metodi;
o'qitishning nazorat va o'z-o'zini nazorat qilish metodi. Yuqoridagilarga
asoslangan holda shuni aytish mumkinki, ta'lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalar,
zamonaviy o'qitish tislublaridan foydalanib, jahon talablari darajasida o'quvchi va talabalarni
o'qitish mumkin. Pedagogik muloqot deganda, odatda, o'qituvchining o’quvchi bilan dars
mobaynida va darsdan tashqari bo’ladigan aniq pedagogik funksiyalarga ega va qulay psixologik
muhitni yaratish, shuning bilan birga, boshqa xildagi psixologik optimal ilmiy faoliyat va
pedagog bilan o'quvchilar uchun o'rtasidagi munosabatlar uchun yo'naltirilgan professional
muloqot shakli tushuniladi.
Pedagogik texnologiyaning o'z tarkibi va mazmuni bo'yicha takomillashuvi, uning kasbiy
faoliyat sifatida samaradorligining ortishi uzluksiz davom etadi. Bunday dinamik jarayon ta'lim
tizimida sodir bo'ladigan o'zgarishlar bilan garmonik tarzda kechadi. Pedagogik texnologiyaning
umumiy tavsifi va tarkibiy mazmuni uning ijtimoiy hodisa ekanligida namoyon bo'ladi va ta'lim-
tarbiya masalalari bilan bog'liq maqsad va vazifalar, motiv va ehtiyojlar, talab va manfaatlar,
qiziqish va xohishlarni amalga oshirishda ro'y- rost ko'rinadi. Pedagogik texnologiya tamoyillari.
Asosiy tamoyil-pedagogik texnologiyaning O'zbekiston Respublikasida ta'limning uchta turi
umumiy o'rta. o'rta maxsus, kasbhunar va oliy ta'lim uchun yaratilgan va amaliyotga joriy
etilayotgan davlat ta'lim standartlari hamda ta'limning boshqa turlari uchun tegishli davlat
dasturlari va talablarini bajarishga yo'g'rilganligidir. Pedagogik texnologiya tamoyillarining
manbalari ijtimoiy-ma'naviy o'zgarishlar, yangi pedagogik- psixologik evrilishlar, pedagogika-
psixologiya va barcha turdagi fanlarning integrativ va differensiativ rivojlanishi, dunyo
pedagogikasi va milliy (mahalliy) pedagogikaning boy va ilg'or tajribasi, etnopedagogika(xalq
pedagogikasi)ning tarixiy va zamonaviy merosidan kelib chiqadi. Pirovard natijada, pedagogik
texnologiya pedagogikaning asosiy («oltin») qoidasini bajarishga, ya'ni ta'lim va tarbiyaning
birligini ta'minlashga xizmat qilishi lozim. Bunda izchillik, maqsadlilik, umumiylik kabi
tamoyillar bilan bir qatorda pedagogik texnologiyaning ijtimoiy, falsafiy, metodologik, didaktik.
pedagogik, psixologik, fiziologik, gigienik, mafkuraviy, huquqiy- me'yoriy, iqtisodiy, tarixiy,
nazariy va amaliy asoslari ham baravariga qatnashadi. O'qituvchi va o'quvchining munosabatiga
daxldor tamoyillarning amal qilishi esa o'quv jarayonining sifat va samaradorligini
ta'minlashning qudratli omilidir. Pedagogik texnologiyaning barcha tamoyillari o'zaro
aloqadorlikda va bir-birini taqozo etgan holda amal qiladilar. Pedagogik texnologiyaning
o'qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida o'quvchilarga ta'sir
ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini
shakllantirish jarayoni desa bo'ladi. Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin
bo'lgan ma'lum pedagogik tizimning loyihasi bo'lib hisoblanadi. Pedagogik texnologiya-ta'lim
texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi pedagogik texnologiya, axborot texnologiyasi,
yangi tajriba, novator o'qituvchilar tajribasi, ta'lim metodlari, tarbiya metodlari kabi
tushunchalarni qamrab olishi bilan birgalikda ta'lim jarayonida oldinga qo'yilgan maqsadga
erishishning yo'li, o'ziga xos instrumentariy bo'lib hisoblanadi. Demak, pedagogik texnologiya
didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish yo'li. Pedagogik
texnologiya va o'qitish texnologiyasi o'zaro bog'liq bo'lishi bilan birga farq qiluvclii tomonlari
ham mavjud. Pedagogik texnologiya ta'lim-tarbiya jarayonining hamma sohalarini qamrab
oluvchi yaxlit tizim bo'lsa, o'qitish texnologiyasi ma'lum fanlarni hozirgi didaktik talablar
asosida o'qitishning yaxlit tizimini tashkil qiladi. Ularning o'zaro bog'liqligi «Ta'lim to'g'risida»gi
qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ishlab chiqilgan davlat ta'lim
standartlarida o'z ifodasini topgan. 1. Yangi pedagogik texnologiyaning metodik asoslari davlat
ta’lim standartlari bo'lib hisoblanadi. Davlat ta’lim standartlarida talaba (o'quvchi) egallashi
lozim bo'lgan bilim, ko'nikma, malakalar mezoni belgilab berilgan. Bilim, ko'nikma va malakalar
DTS talablaridan past bo'lmasligi kerak. 2. Pedagogik texnologiya va o'qitish texnologiyalarining
maqsadi bitta- ijodiy tafakkur sohibini yetishtirishdan iborat. Bu maqsad- davlat ta’lim
standartlarining bosh talabidir. Ta’lim jarayonidagi har bir texnologiya, berilgan topshiriqlar
o'quvchining ijodiy fikrlashiga va ijodiy rivojlanishiga olib kelsin. Shunday vaziyat yaratish
kerakki, o'quvchi (talaba) o'z xohishi bilan izlansin, tafakkurini rivojlantirsin, intilsin, unda fanni
egallashga qiziqish uyg'onsin. 3. Har bir mashg'ulotda beriladigan topshiriqlar umumiy vaqtning
20-25% ini egallasin, o'quvchining ijodiy tafakkur asosida ish olib borishi esa vaqtning 70-80%
miqdoriga to'g'ri kelsin. O'quvchi ko'proq amaliy bilimlarni egallasin va undan nazariy xulosalar
chiqara olsin. 4. O'qitish texnologiyasida bilim berish, bilim olish usulini tanlash va o'rganishga
katta ahamiyat berish, bilim olishning bahs-munozara asosida amalga oshishini ta'minlash. 5.
O'qitish usuli-texnologiyasi yangi pedagogik texnologiyalarning asosi bo'lib hisoblanadi. 6.
Ta’lim jarayonida darslarni bahs-munozara, seminar, o'yinlar, disputlar, quvnoqlar va zukkolar
musobaqasi tarzida va har xil teatrlashgan vaziyatlar shaklida tashkil etish, ya'ni ta'limda
tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish lozim. 7. Ta'lim jarayonining tayanch bilimlarni
amaliyotga tatbiq etib, rivojlantirib borish asosida va tizimli tarzda tashkil etilishi yangi
pedagogik texnologiya va o'qitish texnologiyalarining uzviyligini ta'minlovchi - lokal (bitta
yo'nalish) holatining samara berishiga olib keladi. Hozirgi ilmiy-texnik taraqqiyot asrida ta'limni
texnologiyalashtirish oldiga bir qator vazifalar qo'yilgan. Har bir dars ta'lim beruvchi,
tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi maqsadlarni ko'zda tutib amalga oshiriladi. O'quv jarayonida
motivatsiya, bilish faoliyati, boshqarish faoliyati kabi o'ziga xos texnologik vazifalar mavjud: 1.
Motivatsiya - o'quvchilar diqqatini tortish, ichki tuyg'u-istak, zaruratni shakllantirishdir. O'quv
jarayonida o'quvchi va o'qituvchi uchun ham asosiy harakatlantiruvchi kuch-ichki motivatsiya
bo'lishi kerak. 2. Bilish faoliyatida e'tiborni asosan quyidagilarga qarata borish kerak:
o'quvchilarda tashabbuskorlik, mustaqillik, bilimlarni puxta o'zlashtirish istagini paydo qilish,
zarur malaka va ko'nikmalarni hosil qilishga moyillik tug'dirish, tafakkur rivojiga jiddiy e'tibor
qaratish va h.k.. Boshqarish faoliyat ining vazifalari berilayotgan bilim, ko'nikma va malakalar
ta’limini tashkil etish bilan bog'liqdir. Darsda qo'llanilayotgan texnologiyalarga ularning
monitoringi asosida va pirovard natijasi orqali baho beriladi. Pedagogik innovatsiya-ta'limga
yangiliklarni kiritishdir. Boshqarishda pedagogik innovatsiyaga rioya qilmoq zarur. Pedagogik
texnologiya esa dinamik jarayonlarning in'ikosi sifatida rivojlanadi, takomillashadi va vaqt
mezonida boyib boradi. 2. Bob. Boshlang’ich sinflarda "Kеys" tеxnologiyasi asosida ta'lim
samaradorligiga erishishning shakl va usullari. 2.1. O’qish darslarida "Kеys" tеxnologiyasidan
foydalanish yo’llari. Jamiyat hayotining jadal tarzda rivojlanishi, taraqqiyot ehtiyojlari va
imkoniyatlarining kengayishi, turli-tuman axborotlar oqimining tezlashishini hisobga olib,
pedagogik texnologiya fani pedagogik prognostikaning yangi shakl, vosita va usullaridan
foydalanish mexanizmini yaratishni o'z zimmasiga olmog'i talab etiladi. Bugungi kundaturli
tipdagi ta'lim muassasalarida amalgam oshirilayotgan ta'limning o'rni va darajasini aniqlashga
yo'naltirilgan tadqiqotlarda pedagogik prognostikaning imkoniyatlaridan keng foydalanishni
taqozo qiladi. Shundagina ta'lim jarayonining natijalari fan, ishlab chiqarish, madaniyat, iqtisod
hamda jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga xizmat qila oladi. Pedagogik
prognostikaga tayangan holda yaratilgan nazariyalargina uzluksiz ta'lim jarayonini uning
bosqichlari va komponentlarining mazmuni, shakli va vositalarini, ta'lim natijalarining jamiyat
hayotiga ko'rsatadigan ta'sir darajasini oldindan loyihalashtirishga asos bo'la oladi. Demak,
shundagina o'quv-tarbiya jarayonini yangi prinsiplar va yangi mafkuraviy negizda qayta qurish,
ta'lim sohasida islohotlarni amalga oshirish mumkin. Shuningdek, pedagogik texnologiyalar
ta'lim jarayonini tashxis qilish va yaratilgan nazariyalar, o'quv-metodik majmualar tajriba- sinov
asosida amaliyotga joriy qilishning metodologik asoslari, aniq mexanizmlari, usul va vositalarini
ishlab chiqishi kerak. Ta'lim jarayonining tashxis qilish mexanizmi shu jarayonning yutuq va
kamchiliklari, ta'lim natijasining sifat ko'rsatkichlari, ta'lim jarayoniga tatbiq qilinadigan
pedagogik nazariyalar, zamonaviy texnologiyalarning ta'lim amaliyotini rivojlantira olish yoki
ta'limning taraqqiyotiga to'sqinlik qilish darajasini aniqlashga yo'naltirilishi kerak. Pedagogik
tajriba-sinov esa amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining samaradorlik darajasini aniqlashda
alohida ahamiyatga ega. O'tkazilayotgan tajriba-sinovning xarakteri bilan bog'liq tarzda o'quv
dasturlari, darslik va dars ishlanmalari, metodik qo'llanmalar, didaktik ishlanmalar yaratilishi va
tajriba-sinov jarayoniga taqdini etilishi zarur. Agar o'quv dasturi tajribadan o'tkazilayotgan
bo'lsa. kuzatilayotgan ta'lim jarayonini, ya'ni darslik yoki dars ishlanmalari, texnik vositalar,
ko'rgazmali qurollar, o'quv qo'llanmalari bilan ta'minlashga erishish talab etiladi. Bunda asosiy
e'tibor o'qituvchining qaysi metod yoki pedagogik texnologiyani qo'llaganligiga emas, balki
o'quv dasturi doirasida taqdim etilayotgan o'quv materiallarining samaradorligini aniqlashga
qaratiladi. Chunonchi. tajriba-sinov jarayoniga jalb etilgan nazariyalar hamda tajriba sinflaridan
olingan natijalar statistik jihatdan ishlanishi talab etiladi. Amalga oshiriladigan tajriba-sinov
jarayoni va ularning natijasi ekspertizasiga nufuzli ilmiy-pedagogik jamoalar hamda yetakchi
mutaxassislar jalb etilishi talab qilinadi. Keng ko'lamli tajriba-sinovlarning amalga oshirilish
jarayoni va natijalarining ekspertizasi ilmiy-pedagogik jamoalar tomonidan oldindan
tasdiqlangan nizom talablari asosida amalga oshirilishi kerak. Bugungi kunda jamiyatimiz
rivojlanishida pedagogik prognostika o'zining aniq belgilab olingan maqsad va vazifalari,
obyekti va predmeti, tadqiq etayotgan muammolarning mantiqiy asoslari, rivojlanish
qonuniyatlari, o'zining tayanch metodologiyasiga ega bo'lgan pedagogika fanining muhim
tarmog'i sifatida namoyon bo'ladi. Pedagogik prognostika ilmning ustuvor sohasi sifatida davlat
va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan uzluksiz ta'lim tizimini yangidan- yangi pedagogik
nazariyalar negizida vujudga kelgan ta'lim modellari va texnologiyalari bilan qurollantirish
asosida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga yo'naltirilgandir. Pedagogik prognostika o'quvchi
shaxsining yosh xususiyatlari va rivojlanish dinamikasini hisobga olgan holda ta'lim
texnologiyalarini tanlaydi. Tanlab olingan muayyan ta'lim texnologiyalari doirasida o'quvchi-
talabalarga turli darajadagi tushunchalarni hamda mujassamlashgan bilimlarni taqdim etish
yo'llarini, shakl va vositalarini taklif qiladi. Muayyan bir pedagogik texnologiyani nazariy
jihatdan asoslaganda pedagogik prognostika o'quvchi hamda o'qituvchining jonli faoliyat
ko'rsatishini ta'niinlashga, uning erkin fikrlash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishga
yo'naltirilgan ta'lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutmog'i lozim. Ta'lim jarayoniga tatbiq
qilinadigan har qanday pedagogik texnologiya, uning komponentlari xoh ta'lim mazmuni, xoh
o'quv dasturi yoki darslik, xoh o'qituvchi faoliyati orqali o'tishidan qat'iy nazar, o'quvchining
jonli tarzdagi erkin va ijodiy faoliyatini jadal rivojlantirishga xizmat qilishiga erishish talab
qilinadi. Bunda pedagogik texnologiyalar, birinchi navbatda, har bir o'quvchi-talabaning boshqa
o'quvchitalabalar, dars materiallari hamda o'qituvchi (pedagog) bilan erkin tarzda muloqot
qilishini, fikr almashishini ta'minlaydi. Pedagogik texnologiyalar pedagogik amaliyotning
o'quvchi yoki talaba shaxsiga qonunlar majmuini, tabiat va jamiyat hodisalarini, kishilik
madaniyati va axloq-odobini, muayyan fan asoslarini tanituvchi shakli sifatida namoyon bo'lishi
lozim.
Texnologiya murakkab jarayon sifatida qator o'qitish bosqichlaridan, o'z navbatida, bu
bosqichlarning har biri o'ziga xos amallardan iborat bo'ladi. Amal — o'qituvchining sinfda
mavzu bo'yicha o'quv elementlarini tushuntirish borasidagi bajargan ishlar yig'indisi bo'lib,
o'qitish jarayonining shu bosqichida tugallangan qismini tashkil etadi. 1.2. Pedagogik
texnologiyalarning mazmun mohiyati. Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin
bo'lgan ma'lum pedagogik tizimning loyihasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya-ta'lim
texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi pedagogik texnologiya, pedagogik texnologiya,
axborot texnologiyasi, yangi tajriba, ta'lim-tarbiya metodlari tushunchalarini qamrab oladi.
Demak, pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi
maqsadga erishish yo'li bo'lib hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning
ilmiy salohiyatini birlashtirishga imkoniyatlar yetarli darajada. Pedagogik texnologiyani
pedagogika fanining alohida tarmog'i sifatida yoki faqat ta'lim amaliyotini maqbullashtirishiga
yo'naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. Pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va
amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi. Avvalo, pedagogik
texnologiya nimani anglatadi? 1. Pedagogik texnologiya o'quv-tarbiya jarayoni uchun
loyihalanadi va belgilangan maqsadni yechishga qaratiladi. Har bir jamiyat shaxsni shakllantirish
maqsadini aniq belgilab beradi va shunga mos holda ma'lum bir pedagogik tizim mavjud bo'ladi.
Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o'z ta'sirini o'tkazadi va ta'lim- tarbiya maqsadini
umumiy holda belgilab beradi. Maqsadi esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini, o'z
navbatida, yangiiash zaruratini keltirib chiqaradi. 2.Bugungi kunda fan-texnikaning rivojlanishi
bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib boryapti, yangi texnologiyalar kirib
kelmoqda. Sifat o'zgarishlari shundan dalolat beradiki, endilikda yangi metodikalarni talab
etadigan va ta'lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o'zining ma'lum
xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizual, audial vositalar ham
mavjud bo'lib, ular pedagogik texnologiyalarni real voqelikka aylantirdi. Pedagogik texnologiya
mohiyat-e'tibori jihatidan boshqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham
boshqalari qatori o'z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga egadir. Biroq pedagogik
texnologiya inson ongi bilan bog'liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham
tushunarli bo'lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli
texnologiyalardan ajralib turadi. Uning o'ziga xos xususiyati — tarbiya komponentlarini
mujassamlashtirganidir. Pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan
uzluksiz boyib boradi va an'anaviy o'quv jarayoniga uning samarasini oshirishga ta'sir
ko'rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. O'quv-tarbiyaviy jarayonni
texnologiyalashtirish tarixiy voqelik va jarayondir. Axborotlashtirish bu jarayondagi inqilobiy
burilish va uning muhim bosqichidir. Oddiy til bilan aytganda, ta'lim tiziniida axborot
texnologiyasi — bu «o'quvchi yoki talaba — kompyuter» o'rtasidagi muloqotdir. Axborotli
texnologiya pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi bo’lib, u ta'lim jarayonida texnik
vositalarning mukammallashgan zamonaviy turi sifatida qo'llana boshlandi. Axborot
texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo'lgan. Hozirgi zamon
axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta
bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va
moddiy iste'mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ortiq bo'ldi, ya’ni axborot
texnologiyalari barcha mavjud texnologiyalar va xususan yangi texnologiyalar orasida yetakchi
o'rin egallamoqda. Axborot texnologiyalarining rivojlanishida aqliy mehnat vositalarining
o'zgarishi bilan bog'liq ikkita axborot inqilobi hal qiluvchi ta’sir ko'rsatdi. Birinchi inqilob kitob
bosishning paydo bo'lishi bilan ro'y berdi va telefon, telegraf, radioning ixtiro qilinishi bilan
chuqurlashdi. Ikkinchi inqilob elektron-hisoblash mashinalari (EHM ) n i n g paydo bo'lishi va
tez tarqalishi, E H M lokal tarmoqlarining yaratilishi, axborot resurslarini boshqarish
tizimlarining tashkil etilishi bilan bog'liqdir. Shu bois yaqin kelajakda respublikamizdagi mavjud
barcha o'quv yurtlari dasturli mashinalar bilan yetarli darajada ta'minlash muammosi paydo
bo'ldi. Shundagina axborotli texnologiya asosida talabalarning bilish faoliyatini tashkil etish va
boshqarish imkoniyati tug'iladi va u o'qituvchining yaqin ko'makdoshiga aylanadi. Ta'lim-tarbiya
jarayoniga pedagogik texnologiyalarni qo'llash, avvalo, pedagogik munosabatlarni
insonparvarlashtirish va demokratizatsiyalashni talab etadi. Chunki pedagogik munosabat larni
insonparvarlashtirish va demokratizatsiyalashni amalga oshirmay turib qo'llangan har qanday
pedagogik texnologiya kutilgan samarani bermaydi. Pedagogik munosabatlarni
insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya avtoritar
texnologiyaga qarama-qarshi bo'lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g'amxo'rlik, ta'lim
oluvchilar shaxsini hurmat qilish va e'zozlash orqali shaxsning tahsil olishi, ijod bilan
shug'ullanishi va o'zini-o'zi rivojlantirishiga qulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratadi. Mazkur
jarayonda talaba o'z o'quv faoliyatining subyekti sanaladi va pedagog bilan hamkorlikda yagona
ta'lim jarayonining subyekti ta'lim-tarbiya vazifalarini hal etadi. Umuman, pedagogik
texnologiya o'quv jarayoni va uning ishtirokchilari bilan bog'liq barcha maqsadli sa'y-harakatlar
yig'indisini anglatishi lozim. Hozirgi kunda uning mavjud ta'riflari juda ko'p va xilma-xildir:
Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san'atda qo'llaniladigan usullar va yo'llar yig'indisi.
Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o'zgartirish san'ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig'indisi.
Pedagogik texnologiya-o'qitishning, ta'limning shakllari, metodlari, usullari, yo’llari tarbiyaviy
vositalarning maxsus yig'indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar
majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat . Pedagogik
texnologiya-o'qituvchi mahoratiga bog'liq bo'lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay
oladigan, o'quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir Pedagogik texnologiya-
ta'limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti . Ta'lim texnologiyasi –
didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismi. Pcdagogik texnologiya-o'quv jarayonining
o'quvchilar va o'qituvchi uchun so'zsiz qulay sharoitlar ta'minlashni loyihalash, (tashkil qilish va
o'tkazish bo'yicha hamma detallari o'ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli.
Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o'zaro ta'sirini hisobga olgan
holda ta'lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo'yuvchi o'qitish va bilimlarni
o'zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo'llash va aniqlashning tizimli metodi bo'lib
ta'limni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir (YUNESKO). Pedagogik texnologiya –
pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan barcha shaxsiy, uskunali va
metodologik vositalarning tizimli yig'indisini va ularni amal qilish tartibini bildiradi . Pedagogik
texnologiya, bu-so'zsiz rioya qilish evaziga eng yuqori natijani kafolatlaydigan ko'rsatmalar
emas, balki qonuniyatlar bo'lib, ularning amaliy ahamiyatidan iborat . Pedagogik texnologiya –
bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik
jarayonni muayyan bir tizimga keltirishdir. Pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik
maqsad, talab etilgan o'zlashtirish darajasiga erishishdan iborat bo'lib, uni tatbiq etishni hisobga
olgan holda ta'lim jarayonini ilgaridan loyihalashtirishda namoyon bo'ladi. Pedagogik
texnologiya-bu o'qituvchi (tarbiyachi)ning o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida o'quvchi
(talaba)larga rnuayyan sharoit va ketma-ketlikda ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida
ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayonidir. Pedagogik texnologiya-bu
jamiyat extiyojidan kelib chiqib, shaxsning oldindan belgilangan sifatlarini samarali
shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo'naltirilgan o'quv jarayonini tizim sifatida qarab, uni tashkil
etuvchilar, ya'ni o'qituvchi (pedagog)ning o'qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga
ma'lum bir sharoitda muayyan ketmaketlikdan ko'rsatilgan ta'sirini va ta'lim natijasini nazorat
jarayonida baholab beruvchi texnologiyalashgan ta'limiy tadbirdir. Pedagogik texnologiya bu —
obycktiv, moddiy jarayon. Agar biz o'quv-tarbiya jarayonidan uning obyektiv, moddiy
(substansiyalik) jihatini ajrata olsak, shunda biz texnologiyaga, eng kamida, uning tafsilotiga ega
bo'lamiz. Pedagogik texnologiya- bu o'qitishga o'ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir.
http://fayllar.org
|