• Tayanch tushunchalar
  • Mavzu: Yangi texnika va ilg’or texnologiya asoslari. Reja: O’zbekiston xalq xo’jaligida,sanoatda qo’llaniladigan yangi texnikalar




    Download 20.29 Kb.
    bet1/2
    Sana13.02.2023
    Hajmi20.29 Kb.
    #42090
      1   2
    Bog'liq
    Mavzu Yangi texnika va ilg’or texnologiya asoslari. Reja O’zbe
    Fayillar, 2 5426897117882876650, diskret, avesto, xizmat2019, Azamov Farxod obyevtivka, O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazi-fayllar.org, talaba-varaqasi-391201100478, niso sevgilisi dastur, Mavzu O\'zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari (2), Yuksak ma\'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O\'rta Osiyo allomalarining (2), Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv tizimida (2), Odob-axloq qoidalari, Molekulyar kimyo asoslari

    Mavzu: Yangi texnika va ilg’or texnologiya asoslari.
    REJA:
    1.O’zbekiston xalq xo’jaligida,sanoatda qo’llaniladigan yangi texnikalar.
    2.Xalq xo’jaligida ilg’or texnologiyalarni qo’llash asoslari.
    3.Ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyalarni qo’llashni samarali usullari.


    Tayanch tushunchalar: xozirgi zamon texnikasi, ishlab chiqarish, texnologik jarayon, mashinasozlik, transport vositalari, sochiladigan, suyuq, og’ir yuklar, yuk ko’targichlar, elektrokaralar, to’qimachilik.

    Hozirgi zamon texnikasining asosini mashinalar tashkil etadi. Ular qanday ishni bajarishiga ko‘ra bir–biridan farqlanadi va energetika mashinalari (turbina, ichki yonish dvigateli, elektrodvigatel, elektrogenerator va boshqalar), ishchi mashinalar (stanok, urug‘ sepish mashinasi va boshqalar): transport mashinalari (samolyot, avtomobil, vertolyot, velosiped va boshqalar): axborot mashinalari (turli kompyuterlar) kabi turlarga bo`linadi.


    Mashina o‘z vazifasini bajara olishi uchun unda ishchi (ijrochi) organ bo‘ladi. Uning tuzilishi mashinaning vazifasiga va ishlash sharoitiga bog‘liqdir. Masalan, ventilyatorning ishchi organi – parragi, ekskavatorning ishchi organi – kovsh, avtomobilning ishchi organi – g‘ildiraklari hisoblanadi. Mashinalar ishchi organlari yordamida ko‘zlangan foydali ishlarni bajaradi.
    Mashinaning ishchi organi dvigatel harakatga keltiradi. Harakat dvigateldan ishchi organga uzatmali qurilmalar (mexanizmlar) orqali o‘tadi. Buning uchun texnologik va transport mashinalarda ko‘proq mexanik tasmali, zanjirli, tishli, chervyakli, friksion uzatmalardan foydalaniladi. Siz ular bilan maktab ustaxonalarida tanishgansiz. Agar harakatning o‘zgarishi suyuqlik yoki gazlar ishtirokida amalga oshsa, bunday uzatma mexanizmlarni gidravlik yoki pnevmatik uzatmalar deyiladi.
    Odatda uzatma mexanizm dvigatel harakatlantiradigan kirish zvenosi va mashinaning ichki organi yoki asbob ko‘rsatkichiga birikkan chiqish zvenosidan tashkil topadi. Agar texnologik mashinaning ishchi organi, stanok supporti ilgarilama qaytma, val aylanma harakat qilsa, mexanizm konstruksiyasi harakatning uzatilishi va tezlikning o‘zgarishini ta’minlashdan tashqari dvigatel valining aylanma harakatini supportning ilgarilama qaytma harakatiga aylantirilishi ham kerak. Mashinaning ishini boshqarish lozim. Ilgari mashinalarni faqat inson boshqarar edi. Hozir esa ishlab chiqarishda boshqarish vazifasini bajaradigan avtomat moslamalar tobora keng qo‘llanmoqda. Ular oldindan berilgan dastur bo‘yicha ishlaydi, ishchi esa faqat ishlab chiqarishning borishini nazorat qiladi.
    Vazifasi konstruksiyasi va o‘lchamlari har hil barcha mashinalar bitta umumiy xususiyatga ega – ular foydali ishni bajaradi. Ishchi asboblar kabi texnika vositalari o‘zicha ishni bajara olmasligi bilan mashinalardan farqlanadi. Asbob insonning mehnat quroli (masalan, nina, belkurak, va boshqalar) yoki mashinalarni ijrochi organlari (parma, freza va boshqalar) sifatida xizmat qiladi. Ishchi asboblardan tashqari o‘lchash asboblari ham mavjud bo‘lib, siz ular bilan mahsulot sifatini nazorat qilish masalasini o‘rganishda tanishdingiz.
    Ko‘pchiligingiz parmalash stanoklarida ishlashda konduktor deb ataladigan texnik moslamani uchratgansiz. Bu moslama oldin rejalamasdan detalning kerakli joyiga teshik ochish imkonini beradi. Detalning har bir turi uchun maxsus ishlab chiqilgan va tayyorlangan konduktor bo‘lishi kerak. Ana shu moslamalar, maxsus instrumentlar va boshqa asboblar parmalash stanogining uskunalari hisoblanadi. Uskuna deganda, texnologik jihozlarni to‘ldiradigan va texnologik jarayonning muayyan qismini mustahkamlash, zagotovka hamda detallarni uzatish va nazorat qilishni bajarish uchun kerakli texnik moslamalarning hammasi tushuniladi.
    Ishlab chiqarishning har qanday tarmog‘ida qo‘llaniladigan texnika vositalarining katta guruhini nazorat – o‘lchov asboblari tashkil qiladi. Ular qator belgilari: vazifasi, ishlash prinsipi va hokazolar bo‘yicha klassifikatsiyalanadi.
    Moddaning massasini, temperaturani bosim va boshqalarni o‘lchash asboblari o‘lchanadigan kattalikning turiga ko‘ra bir – biridan farqlanadi.
    Ishlash prinsipiga ko‘ra mexanik elektrik, gidravlik, optik, va boshqalar, shuningdek kombinatsiyalashgan (elektromexanik) asboblari bo‘lishi mumkin.
    Ishlab chiqarish sharoitida ko‘pincha kuzatuvchining ko‘zi ilg‘amaydigan jarayonlarning ayrim parametrlarini, masalan, pechlardagi issiqlikni, atom reaktorining holati va boshqalarni o‘lchash zarurati tug‘iladi. Bunday paytlarda asboblarning datchiklari (parametrlarni o‘lchagichlar) bevosita obyektda, asbobning indikatori (o‘lchanayotgan kattalikning ko‘rsatkichi) operatorning maxsus pultida bo‘ladi. Bu xildagi asboblarni masofaviy asboblar deyiladi.
    Ko‘p asboblar o‘lchanayotgan kattalikning ana shu o‘lchash paytidagi qiymatni ko‘rsatadi. Bularni ko‘rsatuvchi asboblar deb ataladi. Ular, masalan, ampermetr, voltmetr, manometr, tarozi va boshqa kabi strelkali yoki indikatsiyali (elektron soatlar tipida) bo‘lishi mumkin.
    Kundalik turmushda ko‘rsatuvchi asboblar juda qulay bo‘lsa, ishlab chiqarishda ko‘pincha o‘lchanayotgan parametrning absolyut qiymatidan tashqari, muayyan vaqt ichida uning o‘zgarishi xarakterini ham bilish zarur bo‘lib qoladi. Ana shunday holatda registratsiya qiladigan: o‘zi yozadigan yoki mashinkali asboblardan foydalaniladi.
    Yuqorida aytilgan barcha texnik qurilmalar mashinalar, asboblar, uskunalar va asboblar ishlab chiqarishni texnikaviy jixozlash vositalari bo‘lib, ular texnologik jarayonni amalga oshirish uchun zarur.
    Download 20.29 Kb.
      1   2




    Download 20.29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Yangi texnika va ilg’or texnologiya asoslari. Reja: O’zbekiston xalq xo’jaligida,sanoatda qo’llaniladigan yangi texnikalar

    Download 20.29 Kb.