• Turli usullarda yigirilgan iplarning oziga xosligi
  • Mavzu: yigirish tizimi va usullari




    Download 25.7 Kb.
    bet1/2
    Sana01.08.2021
    Hajmi25.7 Kb.
    #16663
      1   2

    9-MA’RUZA

    MAVZU: YIGIRISH TIZIMI VA USULLARI

    Reja;


    1. Turli usullarda yigirilgan iplarning o'ziga xosligi

    2. Yigirish tizimini va usulini asoslash

    3. Texnologik jihozlarning texnik tavsifi


    Turli usullarda yigirilgan iplarning o'ziga xosligi

    Tolalardan ip yigirishda texnologik jarayonlar tolalari parallel joylashgan piltacha-michka hosil qilish va uni eshib ipga aylantirish hamda uni biron shaklda orab olish bilan yakunlanadi. Aynan ushbu jarayonlarni bajarish tartibi, ularni ketma-ketligi ip yigirish usullarini takomillashtirish omili va muammolari bo'lib qolmoqda.

    Halqali usulda ip yigirishni tezligi urchuqning tezligi bilan cheklab qo'yilgan bo'lsa, urchuqsiz usullarda yigirish qurilmalarini (rotorlar, kameralar,) aylanish soni bir necha marta ortiq bo'ladi. Halqali usulda ip yigirishda pishitish va o'rash jarayonlari birgalikda amalga oshirilishi ip o'raladigan naychaning olchamlarini cheklab qo'yadi. Shu sababli ip yigirishda unumdorlikni oshirishni eng maqbul yo'li pishitish va orash jarayonlarini bajarilishini alohida mexanizmlar yordamida amalga oshirish hisoblanadi. Bunday imkoniyatga ega bo lgan mashinalarda urchuqdan foydalanilmaydi va shuning uchun ham ularni urchuqsiz usullar deb yuritiladi.

    Halqali usulda yarim tayyor mahsulot - pilik hosil qilinib undan chozish asbobi yordamida kerakli chiziqli zichlikgacha ingichkalashtirilib chozilgan piltachani urchuq, halqa va yugurdak yordamida pishitib ip hosil qilinadi.

    Urchuqsiz usulda ip yigirishda yarim mahsulotni ingichkalashtirish chozish usulida emas, balki piltadagi tolalarni tarab ajratish yo li bilan amalga oshiriladi. Ushbu tolalardan kerakli chiziqli zichlikdagi ip hosil qilish uchun tolalar maxsus kameralarga uzatiladi va u yerda kop marta qoshilib piltacha-michka hosil qilinadi. Michkani pishitish va orash jarayonlari ham amalga oshirish tartibi va mohiyatiga kora farq qiladi.

    Pnevmomexanik usulda yigirilgan ipni tuzilishi halqali usulda yigirilgan ipdan farqlanadi. Bunday ipda tolalarning asosiy qismi ipning o zagini tashkil etadi, tolalarning bir qismi ushbu o zakni qurshab olgan o rama qatlamni hosil qiladi.

    Aynan o'rama qatlamni mavjudligi pnevmomexanik usulda yigirilgan ipning uzilish kuchini xalqali yigirish mashinasidan olingan ipga nisbatan 20% gacha kam bo'lishga sabab bo'ladi. Bunday farq bo'lishi o'rama qatlamdagi tolalarni uzish kuchiga qarshilik ko'rsatmasligi bilan izohlanadi. Agarda halqali va pnevmomexanik usulda yigirilgan iplarning chiziqli zichliklari bir xil bo'lsa, pnevmomexanik usuldagi ipning ko'ndalang kesimidagi tolalarning bir qismi o'rama qatlimni tashkil etgani uchun o'zakdagi tolalar soni kam bo'lishi ko'rinadi. Shuning uchun pnevmomexanik usulda tayyorlangan ipda uzulish kuchiga qarshilik ko'rsatuvchi tolalar soni oz bo'ladi.

    Uzulish kuchi oz bo'lsada, pnevmomexanik usulda yigilgan ipning notekisligi kam bo'ladi. Amaldagi tajribalar ipning notekisligini 15% gacha kamligi ko'rsatdi. Bunday ijobiy sifat ko'rsatkichini yuzaga keltiruvchi asosiy omil yigirish kamerasida davriy qo' shilishni amalga oshirilishidir.

    To'qimachilik materialshunosligi tasnifiga ko ra ipni xossalari juda ko'p. Bulardan biri ipni ishqalanishga chidamliligidir. Pnevmomexanik usulda yigirilgan ipning ishqalanishga chidamliligi halqali usulda yigirilgan ipga nisbatan yuqoridir. Bunday farq iplarning tuzilishi bilan bog'liq. Halqali usulda yigirilgan ipning tashqi tolalari ishqalanishda tezda suriladi, qisman yemiriladi va ingichkalanib qoladi. Natijada ipni uzilish kuchi tezda kamaya boradi.

    Pnevmomexanik usulda yigirilgan ipda tolalarni uchlari mustahkamroq o'rnashgani uchun ishqalanishda asosan tolalarni yemirilishi hisobiga ip ingichkalana boradi. Demak, ishqalanishda pnevmomexanik ipda tolalari surilmaganligi va tolani yemirilishi uzoq vaqt davom etganligi uchun u ishqalanishga chidamli bo'ladi.

    Halqali va pnevmomexanik usullarda yigirilgan iplarning chiziqli zichligi bir xil bo'lganda ularning diametrlari turlicha bo'ladi. Shuning uchun pnevmomexanik ip hajmdor hisoblanadi va u yumshoq bo'ladi

    Yigirish tizimini va usulini asoslash

    Tolalardan ip hosil qilish ketma-ketligini yigirish tizimi deb atash qabul qilingan. Bunda yigirish tizimi tushunchasi faqat jarayonlar ketma-ketliginigina emas, balki texnologik jihozlar royxatini yigirish korxonalarida qabul qilinish tartibini ham o'z ichiga oladi.

    Tabiiy va kimyoviy tolalardan ip yigirishning quyidagi asosiy tizimlari mavjud: oddiy(kard), qayta tarash va apparat tizimlari. Oddiy yigirish tizimi boyicha ortacha chiziqli zichlikdagi iplar yigiriladi. Bunday iplar keng assortimentdagi ip gazlamalar ishlab chiqarish uchun qollaniladi.

    Loyihada ko'rsatilgan chiziqli zichlikdagi ipni yigirish uchun oddiy tarash tizimini, halqali va pnevmomexanik usullarni qabul qilamiz.

    Ushbu tizim asosida Germaniyaning Truchler va Shlafxorst firmalarining quyidagi jihozlarni qabul qilamiz:


    6-jadval

    Jihozlarning nomlari

    Rusumi

    Avtomatik toy tituvchi mashina

    BO-A

    Ko'p funktsiyali tozalovchi

    SP-MF

    Aralashtiruvchi mashina

    MX-I6

    Tozalovchi mashina

    CL-C3

    Yot aralashmalardan tozalovchi

    SP-FP

    Tarash mashinasi

    TC-11

    Piltalash mashinasi

    T 7

    Piltalash mashinasi

    T -8

    Piliklash mashinasi

    Zinser 670

    Halqali yigirish mashinasi

    Zinser 351

    Iplarni qayta o'rash avtomati

    Autosoner 5

    Iplarni qo'shib orash

    “DONXINT” DX321G

    Pishitish mashinasi

    VTS-09

    Texnologik jihozlarning texnik tavsifi

    Quyida jihozlarning texnik tavsiflari keltirilgan. Tavsiflar Truchler firmasining prospektlari asosida olindi.

    BO-A rusumli avtomatik toy tituvchi mashina Trutzschler firmasining BLENDOMAT turkumiga kiruvchi BO-A avtomatik ta'minlovchi 180 tagacha toyni titishga mo'ljallangan. Uning unumdorligi 1500 kgG’soatgacha oshirish imkoniyatiga ega. Toylarni yuzasini gorizontal yo'nalishda titishni burchak ostida titishga almashtirilishi titishga qo'yilgan toylarni uzluksiz to'ldirib borish imkonini beradi.

    7-jadval

    Mashinaning texnik tavsifi



    Ko'rsatkichlar

    BO-A

    1. Unumdorligi, kg/soat




    1000 gacha

    2. Stanina kengligi, mm




    1720G’2300

    3. Balandligi, mm




    2900

    4. Toy balandligi, mm (max)




    1700

    5. Mashina uzunligi, mm:

    max

    50 270




    min

    10 670

    6. O'rnatilgan quvvati, kVt




    10,6 - 12,6

    7. Maksimal unumdorlikda talab qilingan quvvat, kVt

    4 - 6

    8. Vibratsiya koefitsenti




    1,2

    Toylarni titish qurilmasi karetkada ikkita tituvchi valik va uchta yo'naltiruvchi valiklar o'rnatiladi. Ishlash jarayonida tituvchi valiklarning faqat bittasi ishlaydi.

    Karetka o'ng tomonga harakatlanganda chap tomondagi valik 10 mm ga ko'tarilib, o'ng tomondagi valik tishlarini toylarga yaxshi botishini ta'minlanadi.

    Toylardan tolalar bo'lakchalarini yaxshi titib olinishi uchun valiklarning tishlari ularning harakat yo'nalishi tomonga qarab qiyalatib o rnatiladi. Titish samarali bo'lishi uchun yo'naltiruvchi valiklar ustiga halqalar kiydirilgan va tolalar qatlamini bosib turuvchi panjara ornatilgan.

    SP-MF ko'p tarmoqli tozalash texnologik tizimlari

    Truchler firmasining SP-MF ko'p tarmoqli tozalash texnologik tizimlarida og'ir aralashmalar va metall parchalaridan tozalash qurilmalari o'rnatilmoqda. Tozalovchiga tolalar quvur orqali yetkazib beriladi. Ventilyator 2 tortishi hisobiga kelgan tolalar birinchi bosqichda aerodinamik usulda og'ir aralashmalardan tozalanadi. Ajralgan chiqindii kameraga tushadi.

    8-jadval

    Ko'p tarmoqli tozalash mashinasi texnik tavsifi.



    Ko'rsatkichlar

    SP-MF

    SP-PF

    Stanina kengligi, mm

    1200

    1200

    Umumiy uzunligi, mm

    4485

    2460

    Umumiy kengligi, mm

    1664

    1664

    Umumiy balandligi, mm

    1250

    1250

    Urnatilgan elektr kuvvati, kVt

    9

    0,8

    Eng yukori unumdorlik, kg/soat

    2000

    2000

    So'ngra tolalarni quvurning ikkinchi tarmog'i orqali changsizlantirish qurilmasiga uzatiladi. Aynan ushbu tarmoqda yong'in chiqishini oldini olish uchun uchqun borligini nazorat qilish moslamasi o'rnatiladi. Bu moslama tolalar oqimini skaner qilib, unda yong'inga oid o'zgarish bo'lganda tolalarni maxsus konteynerga yuboradi. Boshqa hollarda tolalarni navbatdagi jihozga uzatish davom etadi. Ikkinchi tarmoqda changsizlantirilgan tolalar metall datchigi orqali o'tib, uchinchi tarmoq yordamida navbatdagi mashinaga uzatiladi.

    MX-I rusumli kup kamerali aralashtiruvchi Trutzschler firmasi MX-I modeldagi integrallashgan aralashtirish mashinalarini ishlab chiqara boshladi.

    9-jadval


    Aralashtiruvchi mashinaning texnik tavsifi.

    Ko'rsatkichlar

    MX-U6

    MX- U 10

    1. Kameralar soni

    6

    10

    2. Kamera kengligi, mm

    1200

    1600

    3. Kamera chukurligi, mm

    500

    500

    4. Umumiy kengligi, mm

    2264

    2264

    5. Umumiy uzunligi, mm

    4633

    6632

    7. Urnatilgan kuvvat, kVt

    4,8

    6,3

    9. Eng yukori unumdorlik

    keyingi mashina kuvvatiga karab

    Mashina ikki variantda, 6 yoki 10 kamerali qilib ishlab chiqariladi. Olti kamerali mashinaning unumdorligi 600 kg/soatgacha. Yuqori unumdorlik zarur bo'lganda 10 kamerali mashinadan foydalanish tavsiya etiladi. Universal

    aralashtiruvchi MX-U mashinasi MX-I modeldagidan farqi ta'minlashni boshqarish va kameralar ostidagi uzatuvchi panjarani pnevmatik tizim bilan almashtirilganligida.

    Aerodinamik tizim yopiq bo'lib, tolani mashinaga ta'minlash uchun ishlatilgan havo uni chiqarish va navbatdagi mashinaga uzatishda ham foydalaniladi. Kimyoviy tolalarni aralashtirish uchun MX-R mashinasi tavsiya etiladi. Uning o'lchamlarini kichikligi, yagona kameradan qayta titib olinishi texnologik talablarni qondirishda muhim ahamiyatga ega.

    KLINOMAT tozalash mashinasi Tozalash samaradorligini oshirish yo'nalishda tayyorlangan CLEANOMAT CL turdagi tozalash mashinalari bir necha rusumlarda ishlab chiqariladi. Bulardan dag'al tozalash uchun ikkita qoziqli barabanli CL-P mashinasi yirik nuqsonlardan tozalaydi. CL-C turdagi mashinalarda bittadan to'rttagacha tozalovchi baraban o'rnatiladi.

    10-jadval

    KLINOMAT tozalash mashinasi texnik tavsifi.


    Ko'rsatkichlar

    CL-C3

    CL-C4

    Stanina kengligi, mm

    1600

    1600

    Umumiy uzunligi, mm

    2455

    2985

    Umumiy kengligi, mm

    2264

    2264

    Umumiy balandligi, mm

    1250

    1250

    Urnatilgan elektr kuvvati, kVt

    12

    14,5

    Eng yukori unumdorlik, kgG’soat

    1000

    1000









    Barabanlarning sirti ignalar yoki arra tishli qoplamalar bilan qoplanishi mumkin. Tozalash qismida baraban tishlari tutib qolgan tolalar bo'lakchasi bilan

    kuchsiz ilashgan nuqsonlar markazdan qochar kuch hisobiga ajralib chiqib, quvur orqali mashinadan chiqariladi. Tolalarga ilashgan nuqsonlarning bir qismi bo'lakchani pichoqga urilib silkinishi natijasida ajraladi.

    TRUTZSCNLER TC-11 markadagi tarash mashinasi Tolalar tutamini qo'shimcha ravishda tarash va ularni alohhida tolalarga ajratish uchun Ttrutzschler firmasi tarash mashinasida qabul barabani bilan shlyapka polotnosi o'rtasiga to'rtta harakatsiz shlyapka o'rnatilgan.

    11-jadval

    TRUTZSCNLER TC-11 markadagi tarash mashinasining texnik tavsifi



    Unumdorligi, kg/soat

    260 gacha

    Pilta chiziqli zichligi, kteks

    3,57-5,26

    Pilta taxlanadigan idish




    diametri, mm

    600, 1000

    balandligi, mm

    1000, 1200

    Talab etiladigan quvvat, kVt

    20gacha

    (unumdorlikga mos ravishda)




    Mashina massasi, kg

    6700

    Gabarit o'lchamlari, mm

    kengligi

    1700-2800

    uzunligi

    6360

    balandligi

    3360

    Ttrutzschler firmasining takomillashgan tarash mashinalarida piltani cho'zish uchun ko'p zonali cho'zish asbobi o'rnatilgan. Unda asosiy cho'zish bilan birga qo'shimcha zona mavjud bo'lib, pilta chiziqli zichligini o'zgarishiga qarab umumiy chozish oshirib yoki kamaytirib turiladi. Ushbu jarayonni ip yigirishda chiziqli zichlikni rostlash deb ataladi. Jarayonni bajaruvchi mexanizmlar esa rostlagichlar deb yuritiladi. Mashinadan chiqayotgan piltani to la shakklangach cho zish asbobida ishlov berib, so'ngra idishga taxlanadi.

    Pilta taxlanadigan idish diametri va balandligi bilan farqlanadi. Texnologik va iqtisodiy talablar qatorida idishga imkoni boricha ko proq piltani joylash maqsadga muvofiq. Ushbu maqsadda idishning diametri tobora kattalashtirilib borilmoqda. Shu bilan birga pilta to lgan idishni avtomatik tarzda bo sh idish bilan almashtirish masalasi ham hal etilmoqda.



    Download 25.7 Kb.
      1   2




    Download 25.7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: yigirish tizimi va usullari

    Download 25.7 Kb.