|
moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti
|
bet | 14/14 | Sana | 28.07.2023 | Hajmi | 129.67 Kb. | | #77504 |
Bog'liq Yong`in xavfsizligi 2-mavzu mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimo, апоьтеапкоьыаь, autoref-problema-kulturnykh-istokov-i-ideino-khudozhestvennykh-vzaimosvyazei-esteticheskogo-ideala-v, психодиагностика 2 курс мажмуа 2022, Psixologiya fanining maqsadi va vazifalari, ayollar k.t.o\'q.am.ishchi o\'quv.das.intizormoliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti
Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari hamda yong`in-qutqaruv bo`linmalarining, bundan tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil еtiladigan bo`linmalar mustasno, moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil еtilgan boshqaruv organlari va yong`in-qutqaruv bo`linmalari mazkur tashkilotlarning mablag`lari hisobidan ta’minlanadi.
Idoraviy va ko`ngilli yong`indan saqlash xizmatining moliyaviy hamda moddiy-texnika ta’minoti, shuningdek shaxsiy tarkibning ijtimoiy kafolatlari va kompensatsiyalarini moliyaviy ta’minlash ularning muassislari tomonidan o`z mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.
37-modda. Nizolarni hal еtish
Yong`in xavfsizligi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal еtiladi.
38-modda. Yong`in xavfsizligi to`g`risidagi
qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Yong`in xavfsizligi to`g`risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo`ladi.
39-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo`lgan o`z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko`rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
40-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy е’lon qilingan kundan е’tiboran kuchga kiradi.
O`zbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov
"Xalq so`zi", 2009 yil 1 oktyabr
"O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami", 2009 yil, 40-son, 432-modda.
|
| |