Mavzu: Zamonaviy dars va unga qo’yiladigan talablar. Reja




Download 107 Kb.
Sana06.04.2024
Hajmi107 Kb.
#189760
Bog'liq
16 Mavzu
физика тарихы лекция, Matnshunoslik 2. v, H jamolxonov, Bayonnoma, Hasanov Saidbek, 54a367d629152b720749e187b3eaa11b, Qaddi olshew aspab (1), reymbaeva surayyo, Begmonova Darixa Elektr, 5 tema anemiya, 2-3 Mavzu. Analitik usul validatsiyasining validatsion parametrl, Uzaqova Ozoda, 7prez, Ismatova Raʼno Аxadovna, 6

Mavzu: Zamonaviy dars va unga qo’yiladigan talablar.
Reja:



  • Dars rivojlanishining asosiy tendensiyalari.

  • Zamonaviy darslar quyidagi talablar.

  • O’quvchining bilish faoliyati, o’qituvchi faoliyati, pedagogik texnologiyalar, sub’ekt, ta’lim jarayoni, bilish imkoniyatlari, o’quv vaziyati, didaktik yondashuvlar, psixologik yondashuv, psixologik-pedagogik xususiyatlar.

Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga erishishga yo’naltiriladi: o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq ifodalanadi.


Didaktik (yoki ta’lim) iy talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko’rinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o’quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ qayta aloqani ta`minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish, ilmiy mo’ljal va darsni mahorat bilan o’tkazishni ta`minlash kabilar kiradi.
Darsga nisbatan qo’yiladigan tarbivaviy talablar o’quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo’lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo’yish, faqat o’quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviymasalalarni belgilash, o’quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, maspuliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish, o’quvchilarga diqqat- e’tiborli munosabatda bo’lib, pedagogik odob talablariga amal qilish, o’quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor bo’lishdan iborat.
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi talablarga o’quvchilarda o’quv-o’rganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik, shakllantirish hamda rivojlantirish, o’quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini o’rganish, hisobga olish, «rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish», «o’zib ketish» darajasidagi o’quv mashg`ulotlarini tashkil etish, rivojlanishidagi yangi o’zgarishlarni rag`batlantirish, o’quvchilarning intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko’ra bilish, boshlanayotgan o’zgarishlarni hisobga olish asosida o’quv mashg`ulotlarini operativ qayta qurish kabilar kiradi.
4.Darsko’rinishlari va ularni tuzilishi. Noan’anaviy darslar
Ta’limni tashkil etish shakllari va ularning didaktikada rivojlanishi.
Jahon pedagogik fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli
shakllari mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta’limni tashkil etishga o’z ta`sirini o’tkazadi.
Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko’rsatiladi: individual, individual-guruhli, sinf-dars, leksion-seminarli va sinfdan tashqari, auditoriyadan tashqari, maktab va maktabdan tashqari. Ular o’quvchilarni qamrab olishi, o’quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va o’qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko’ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi:
individual;
sinf-darsli;
ma`ruza-seminarli.
Qadim zamonlarda mavjud bo’lgan o’qitishning eng qadimgi shakli ta’limning individual shakli hisoblanadi. Hayotiy tajribalarni ajdodlardan-avlodlarga uzatish ibtidoiy jamiyatda yuzaga kelgan. Yozuv paydo bo’lishi bilan qavm boshlig`i turli belgilar yordamida o’zining tajribalarini yoshlarga o’rgatgan. O’qituvchi va o’quvchining bevosita va individual aloqasiga misol sifatida repetitorlikni ko’rsatish mumkin. O’qishni tashkil etishning individual shakli antik davr va o’rta asrlarda yagona usul bo’lgan, undan ba`zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanilib kelingan.
Individual ta’lim bir qator afzalliklarga ega, shuning uchun bu usul bizning davrimizgacha repetitorlik shaklida saqlanib qolgan. Uning ustunligi o’quv faoliyati mazmuni, metodi va suratini to’la individuallashtirish, aniq bir masalani hal etishda uning har bir harakati va operatsiyalarini kuzatib borishga imkon berishidan iborat. Individual ta’lim o’qituvchining yuqori pedagogik malakaga ega bo’lishini talab etadi.
Individual o’qitishning ustunliklari bilan bir qatorda bir qator kamchiliklari ham mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
vaqtning tejamli emasligi;
o’qituvchi ta`sirining cheklanganligi (o’qituvchining vazifasi o’quvchiga topshiriq berish va uni bajarilishini tekshirishdan iborat);
boshqa o’quvchilar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu holat ijtimoiylashishi jarayoniga salbiy ta`sir ko’rsatadi);
jamoada ishlash tajribasining shakllanmasligi.
Mazkur sabablar XVI asrdan boshlab individual o’qitish usulining ahamiyati pasayib, uning o’rnini ta’limning individual-guruhli shakli egallashiga imkon berdi.
Ta’limning individual-guruhli shaklidan Yevropada, XVI asrda keng foydalana boshladilar. Markaziy Osiyo davlatlarida bu usuldan qadim davrlarda ham foydalanganlar. Bunga Avesto davri misol bo’la oladi, bu davrda o’quvchilar uchun asosiy o’quv qo’llanma zardushtiylikning muqaddas manbayi «Avesto» (eramizdan avvalgi VII—XVI asrlar) bo’lib kelgan. Avesto davri jamiyatidagi maktablarda individual o’qitish jamoali o’qitish bilan birga olib borilar edi. O’qituvchi «Avesto» kitoblaridanbirini ochadi va o’quvchilar navbatma-navbat kelib ovoz chiqarib o’qiydilar, keyin esa hamma birgalikda o’qilganni takrorlaganlar, mashqlarni maxsus taxtachalarda yozganlar. Aqliy mashqlar o’qituvchining o’quvchi bilan erkin suhbati davomida olib borilgan. Jismoniy tarbiyalash individual va jamoali mashg`ulotlar shaklida amalga oshirilgan. Jismoniy tarbiyaning maqsadi yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashdan iborat bo’lgan. Otda yurish, ov qilish, qilichdan foydalanishni bilish, suvda suzish, yugurish, nayza otish va shu kabilar harbiy tayyorgarlikning majburiy turlari hisoblangan. Ta’lim olish jarayoni kun chiqqandan kun botgungacha davom etgan, uy vazifalari mavjud bo’lmagan1.
XI asrdayoq Abu Ali ibn Sino o’zining «Tadbiri manzil» nomli ilmiy asarining maxsus «Amuzish va parvarishi modrasas farzand» («Bolalarni maktabda o’qitish va tarbiyalash») bo’limida o’quvchilarga jamoali o’qitish haqida quyidagi tavsiyalarni beradi:
agarda o’quvchilar birgalikda o’qisalar, ular zerikmaydilar, fanni o’rganishga qiziqish kuchayadi; ularda bir-birlaridan ortda qolmaslik uchun o’zaro musobaqalashish istagi rivojlanadi, ular bolaning o’qishi yaxshilanishiga yordam beradi;
o’zaro suhbatlarda o’quvchilar kitobdan o’qish yoki kattalardan eshitgan qiziqarli ma`lumotlarni bir-birlariga aytib beradilar;
bolalar birgalikda, yig`ilganlarida bir-birilari bilan do’stlashadilar va bir-birlarini hurmat qiladilar; ular faqatgina musobaqalashmaydilar, balki bir-birlariga o’quv materiallarini o’zlashtirishda yordam beradilar; bu bilan bolalar mag`rurlanadilar, bir-birlaridan yaxshi odatlarni o’rganadilar2.
Burhoniddin Zarnuji (XII asr) «Bilim olish yo’lida o’quvchiga maslahatlar» nomli o’zining ilmiy asarida dars olib borish bo’yicha tavsiyalar beradi. Uning ko’p yillik dars o’tish tajribalari asosida mazkur ilmiy asar yaratilgan va XX asrgacha o’ziga xos pedagogika darsligi sifatida Markaziy Osiyo madrasalarida foydalanilib kelingan. Asarda maktabda dars taxminan bir soatlar davom etishi kerakligi yoziladi. O’qituvchi maktabda darsga tushinish va o’zlashtirish mumkin bo’lgan o’quv materiallarini tanlab olishi, darsda o’rganiladigan materiallarni tushuntirib berishi kerak. O’quv materiali shunday tanlanishi kerakki, u ikki marotaba takrorlanganda o’zlashtirilsin. Shuning uchun u katta matnlarni qismlarga bo’lish va boshqa darslarda uni albatta takrorlashni taklif etadi3.
XV asrda jamoali o’qitishni tashkil etish g`oyasini Muhammad Tarag`ay Ulug`bek davom ettiradi. Mutafakkir o’zining madrasalarida individual mashg`ulotlar tizimini bekor qiladi va «jamoa» sinf-dars tizimiga yaqin bo’lgan shaklini joriy qiladi. Umumiy ma`ruzani 50—70 nafar kishidan iborat katta guruhga odatda, o’z sohasida mashhur bo’lgan olim mudarris (o’qituvchi-professor) o’qiydi, amaliy mashg'ulotlarni esa 10—15 kishidan iborat kichik guruhda kichik mudarris (o’qituvchi) olib boradi. O'qitishning muhim metodlari munozara va tortishuvlar hisoblangan . Samarqand madrasasida ma`ruzalarni allomaning o’zi va Qozizoda Rumiy, Mavlono Muhammad, Ali Qushchi, Avaz Kirmani kabi va boshqa mashhur olimlar o’qiganlar. Muhammad Tarag`ay Ulug`bek va uning izdoshlari tomonidan matematika, metafizika, astronomiya, geografiya, tarix fanlaridan yangi darsliklar yaratildi, bu darsliklar oddiy va tushunarli shaklda yozilgan. Lekin «jamoa» usulida ham o’zining salbiy tomonlari bo’lgan. Jamoa usulida XX asr maktabida mashhur bo’lgan guruhli- laboratoriya metodida bo'lgani kabi o'zlashtirishini individual xususiyati hisobga olinmagan. Yaxshi o’zlashtirmagan ba`zi shogirdlar ham ilg`orlar qatorida bir qo’llanmani o’rganishdan boshqasini o'rganishga o’z- o'zidan o’tavergan, kerakli bilimni egallay olmagan holda madrasani bitirib chiqadilar.
Individual-guruhlishakliningmazmunimashg`ulotlarnio’qituvchibiro’quvchibilanemas, balkitayyorlikdarajasiturlichabo’lganturliyoshdagibolalarguruhibilanolibborishidaniboratedi. O’qituvchi navbat bilan har bir o’quvchidan o’tilgan materialm so’raydi, yangi savollarni tushuntiradi, mustaqil ishlash uchun individual topshiriqlar
beradi, qolgan bolalar o’z ishlari bilan shug`ullanadilar. O’qishni bunday tashkil etishda, bolalar mashg`ulotlarga yilning turli davrlarida hamda kunning turli vaqtlarida kelishlari mumkin bo’lgan.
XV va XVI asrlar davomida, Yevropada ishlab chiqarishning rivojlanishi kuzatildi. Ushbu o’zgarishlar bolalarga ta’lim berishning ommaviv shakli yuzaga kelishiga zamin yaratdi.
Ulardan biri bolalarni guruhli (jamoali) ta’lim sanaladi. U G`arbiy Rossiya (hozirgi Belorussiya va Ukrainaning g`arbiy qismlari) birodarlik1 maktablarida ilk bor qo’llanilgan va o’qish sinf-darsli shaklining asosi bo’lib qolgan. Bu tizimlar XVII asrda Yan Amos Komenskiy tomonidan «Buyuk didaktika» asarida nazariy jihatdan
asoslab berildi va ommaviylashtirildi. Olim pedagogikaga o’quv yili, o’quv kuni, dars, mashg`ulotlar orasidagi tanaffus, o’quv ta`tillari kabi tushunchalarni kiritdi. Quyosh it yulduzlari turkumida bo’lganida bolalarni dam olishga yuboradilar («ta`til» lotinchada — kunlarning eng qizigan davri deganini bildiradi).
Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo’lsada, bugungi kunda ham keng ko’lamda qo’llanilib kelinmoqda.
Sinf-dars tizimining mazmuni o’quv ishlarini tashkil etish o’ziga xos shakli sifatida, quyidagilardan iborat:
bir xil yoshdagi va taxminan bir xildagi tayyorgarlik darajasiga ega bo’lgan o’quvchilar sinfni tashkil etadi. Bu sinf maktabda o’qishning umumiy davriga asosan doimiy tartibini saqlab qoladi;
sinf faoliyati yagona yillik reja va dastur asosida, doimiy dars jadvali bo’yicha tashkil etiladi, buning natijasida bolalar maktabga yilning bir vaqti va oldindan belgilangan kun soatlarida kelishlari kerak bo’ladi;
mashg`ulotlarning asosiy birligi dars hisoblanadi;
dars odatda bir fan yoki mavzuga bag`ishlangan bo’ladi, shu bois o’quvchilar sinfda bitta material ustida ishlaydilar;
darsda o’quvchilarning ishiga o’qituvchi rahbarlik qiladi, u o’z fani bo’yicha o’qish natijalari, har bir o’quvchini alohida bilimini baholaydi va yil oxirida o’quvchini keyingi sinfga o’tishi haqida qaror qabul qiladi.
Sinf-dars tizimi K.D.Ushinskiy tomonidan yanada rivojlantiriladi. U bu shaklning hamma ustunliklarini ilmiy asoslab berdi. Dars, ayniqsa, uning tashkiliy qurilishi va tipologiyasining ixcham nazariyasini yaratdi.
K.D.Ushinskiy har bir darsning bir-biri bilan ketma-ket bog`langan quyidagi uchta qismini ajratib ko’rsatadi:
ilgari o’rganilgan bilimlar asosida yangi bilimlarni anglashni amalga oshirish va o’quvchilarda materialni jadal qabul qilishga maqsadliko’rsatmani yaratishga qaratiladi. Darsning bu qismi K.D.Ushinskiyning fikricha darsga go’yoki «eshik» hisoblanadi.
asosiy masalani hal etishga yo’naltiriladi va darsning muhim, markaziy qismi hisoblanadi.
amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasash va bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlashga qaratiladi.
XVI—XVII asrlarda G`arbiy Rusiyada birodarlik va diniy-ma`rifatparvarlik deb ataluvchi tashkilotlar paydo bo’ladi.
Darsni tashkil etish ilmiy asoslarini ishlab chiqishga A.Disterveg ham katta hissa qo’shdi. U o’qituvchi va o’quvchining faoliyatiga taalluqli o’qitish tamoyillari va qoidalari tizimini ishlab chiqdi, o’quvchilarning yoshi imkoniyatlarini hisobga olishning zarurligini asoslab berdi.
Ta’limning sinf-dars tizimi alohida o’quv fanlarini o’qitish metodikasi va didaktikasiga oid asarlarida uning afzallik va kamchiliklarini ko’rsatib berdi.
Afzalliklari: yaxlit o’quv-tarbiyaviy jarayonning tartibli ketishini ta`minlovchi aniq tashkiliy tizim: jaravonlarning oddiy boshqarilishi: muammoning jamoa bo’lib muhokama qilinishi, masalaning yechimini birgalikda izlashjarayonida bolalar o’rtasida o’zaro munosabatlarning shakllanish imkoniyati; o’qituvchining o’quvchilar va ularning tarbivasiga doimiy emotsional ta`sir ko’rsatishi; ta’limning emotsionalligi (zero, o’qituvchi bir vaqtning o’zida o’quvchilarning katta guruhi bilan ish olib boradi), o’quv faoliyatiga musobaqalashish elementlarini kiritish uchun sharoitning yaratilishi, bilimsizlikdan bilimlarni o’zlashtirish sari harakatlarning muntazamligi va ketma-ketligi.
Kamchiliklari: tizimning asosan bilimlarni o’rtacha darajada o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun mo’ljallanganligi, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun qiyinchiliklarning yuzaga kelishi va kuchli o’zlashtiruvchi o’quvchilar qobilivatlarining rivojlanish surpatining ortga surilishi; o’qituvchi uchun o’qitish mazmuni va o’qitish sur’atlari hamda metodlari bo’yicha individual ishlarni tashkil etish, shuningdek, o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishda qiyinchilikning yuzaga kelishi; katta va kichik yoshli o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlarning qaror topmasligi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida, aqliy rivojlanishida farqi bo’lgan o’quvchilarni o’qitishda individuallashtirishga ahamiyat qaratish masalasi ayniqsa dolzarb xususiyat kasb etdi. Shunga mos ravishda tanlab o’qitish shakli yuzaga keldi (AQSHda Batov, Yevro’ada Maingeyms tizimi).
Yevropa va AQSHda, XX asr boshida o’quvchilarning individual, faol, mustaqil o’quv ishlarini ta`minlashga qaratilgan ko’plab ta’lim tizimlarining samaradorligi sinab ko’rilgan. 1905-yili Dalton shahrida (Massachusets shtati) o’qituvchi Yelena Park Xerst tomonidan birinchi bor qo’llanilgan ta’limning individuallashtirilgan tizimi ular orasida eng radikal hisoblangan. Bu tizim dalton-reja nomi bilan pedagogika va maktab tarixiga kirdi. Uni ba`zan laboratoriva yoki ustaxonalar tizimi deb ham ataydilar.
Bu tizimning mazmuni quyidagilardan iborat: o’quv faoliyatining muvaffaqiyati maktabda ishlash sur’atining har bir o’quvchining imkoniyatlari, ularning qobiliyatlariga moslashtirilishiga bog`liq; ta’lim faoliyati ustun turadigan o’qishni an’anaviv tashkil etish o’quvchining mustaqil o’quv faoliyatining markaziy hisoblanishi o’qituvchi vazifasining faoliyatni odob bilan tashkil etishdan iboratligi sinf laboratoriyalarining ustaxonalar bilan almashtirilishi, darslarning bekor qilinishi o’qituvchining yangi materialni tushuntirmasligi, o’quvchining laboratoriva yoki ustaxonalarda o’qituvchidan olingan topshiriq asosida mustaqil shug`ullanishlari va zarur bo’lgan paytda o’qituvchidan yordam so’rashlari.
Mazkur tizim bir qator kamchiliklariga ko’ra keskin tanqidga uchragan.
XX asr 20-yillarida maktab ishlari Ilmiy tekshirish instituti ta’limning loyihali tizimini targ`ib qila boshladi. Uni amerikalik U.Kilpatrik ishlab chiqqan. O’qitish bu tizimining mazmuni o’quvchilarning o’zlari loyiha ishlari mavzuni tanlab olishlaridan iborat. U mavjud haqiqiy hayot bilan bog`langan bo’lishi va o’quv guruhi ixtisoslashishlariga qarab (yo’nalishlari) ijtimoiy-siyosiy, xo’jalik-ishlab chiqarish yoki madaniy- turmush tomonlarini aks ettirishi kerak bo’lgan.
60-yillarda Tramk rejasi juda mashhur bo’ldi. Uni amerikalik professor pedagog Lyuyd Tramk ishlab chiqqan. O’qitishni tashkil etishning bu shakli katta auditoriyalarda (100—150 odam) mashg`ulotlarni, 10—15 kishilik guruhlarda va o’quvchilarning individual ishlarini birgalikda olib borishni taklif etadi. Turli xildagi texnik vositalardan foydalanib umumiy ma`ruzalarni olib borishga o’quv vaqtining 40%i ajratiladi. Kichik guruhlarda mashg`ulotlarga (seminarlar) — 20 % i kabinet va laboratoriyalarda individual mustaqil ishlarni bajarishga 40 % i ajratiladi.
70-yillarda o’qishni tashkil etish noanpanaviy shakllarini izlash davom ettiriladi. Tajriba va sinov maktablarini izlash birinchi navbatda sinf-dars tizimini modernizatsiyalashtirish fikri bilan bog`liq bo’lgan. Izlanishlar asosiy masalasi — o’qishni individuallashtirish edi.
Birinchi universitetlar paydo bo’lishi bilan ta’limning ma`ruza- seminar tizimi yuzaga kela boshlaydi. U yaratilgan paytdan beri hali deyarli hech bir katta o’zgarishlaiga ega emas. Ma`ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari, konsultatsiya va tanlagan kasbi bo’yicha amaliyot hozirgacha leksion-seminar tizim sifatida o’qishning asosiy shakllaridan biri bo’lib kelmoqda. Leksion-seminar tizimi o’zining sof ko’rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta’lim amaliyotida qo’llaniladi. O’zbekistonda uch yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tatbiq etilishi bilan leksion-seminar tizimidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida foydalanila boshlandi. Oxirgi paytlarda leksion-seminar tizimi elementlaridan o’rta maktab katta sinflarida ham qo’llanila boshlandi.
Darsda o’quvchilar o’quv faoliyatini tashkil etish zamonaviy shakllarining turlari. Turli dars tuzilmalaridan yanada samaraliroq foydalanish yo’llarini izlashda darsda o’quvchilar o’quv faoliyatlarini tashkil etish shakllari alohida ahamiyatga ega bo’lmoqda. Pedagogik adabiyotlar va maktab amaliyotida asosan uchta shunday shakllari qabul qilingan — ommaviy, guruhli va individual.
Ta’limning ommaviv shakli sinfdagi jami o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligi ostida birgalikda harakatlarini ko’zda tutadi. Guruhli shaklida esa o’quvchilar 3—6 kishidan iborat guruhlar yoki juftliklarda ish olib boradilar. Guruhlar uchun topshiriqlar bir xil yoki turlicha bo’lishi mumkin. Individual shakli har bir o’quvchining alohida mustaqil ishlashini ko’zda tutadi.
O’qitish frontal shaklida, o’qituvchi bir vazifa ustida ishlayotgan butun sinf o’quv faoliyatini boshqarib boradi. U o’quvchilarning hamkorliklarini ta`minlaydi va hamma uchun bir bo’lgan ish surpatini belgilaydi. Frontal ishlashning pedagogik samaraliligi ko’p jihatdan o’qituvchining butun sinfni nazorat qila bilishiga va shu bilan bir vaqtda har bir o’quvchining ishini ko’zdan qochirmasligiga bog`liq bo’ladi. Agarda o’qituvchi ijodiy jamoali ishlash muhitini yarata olsa, o’quvchilar diqqatini va faolliklarini ta`minlab tura olsa samarasi yana oshadi. Ammo frontal ishlash individual farqlarni hisobga olmaydi, u o’rta o’quvchiga mo’ljallangan. Shuning uchun ba`zi o’quvchilar berilgan ish sur’atidan ortda qoladilar, boshqalari esa zerikib, qiynalib ketadilar.
ZAMONAVIY DARS TALABLARI . 1. Dars samarali bo'lishi kerak emas, balki samarali bo'lishi kerak. 2. Material ilmiy asosda taqdim etilishi kerak, ammo erkin shaklda. 3. Darsning qurilishi mavzuga aniq mos kelishi kerak. 4. Darsning berilgan vazifalari - rivojlantiruvchi, o'qitish, tarbiyalash yakuniy natijaga ega bo'lishi kerak. 5. Talabalar ushbu materialni nima uchun va qanday maqsadda o'rganayotganliklarini, hayotda foydali bo'lishini aniq tushunishlari kerak. 6. Darsda o'quvchilarning o'rganilayotgan materialga qiziqishi va qiziqishi muhiti yaratilishi kerak. 7. Talabalarning o'zlari muammoning eng yuqori darajasi bo'lgan bilimlarni qidirish dasturini taklif qilishlarini ta'minlash. 8. Dars davomida sizga quyidagilar kerak: Vizualizatsiya, didaktik material va TCOdan oqilona foydalanish; Ta'limning turli xil faol shakllari va usullari; O'qitishning differentsial yondashuvi; Talabalarning aqliy faoliyatini aniq tashkil etish; Hamkorlik pedagogikasi muhitini, ijodiy muhitni yaratish; Tegishli material ustida ishlayotganda indüksiya va ajratishning to'g'ri balansi. Har bir aniq darsda, birinchi navbatda, darsning maqsadi va turiga bog'liq bo'lgan didaktik vazifalarning mavjudligi. Talabalarning o'zini o'zi boshqarish ko'nikmalarini takomillashtirish; Har qanday turdagi dars nafaqat bilim berish, balki talabalarni ham o'qitishi kerak, ya'ni. barkamol shaxsni tayyorlash. 9. Izchillik, izchillik, o'rganilayotgan materialda asosiy narsani ajratib ko'rsatish, o'ylab javob berishni maqsad qilib, savolni to'g'ri qo'yish qobiliyati. 10. Darsning maqsadlari va uning bosqichlarini izchil belgilash. 11. Yangi materialni o'zlashtirish uchun uy vazifasini tekshirish (bilimlarni yangilash). 12. Oddiy materialdan boshlab va asta-sekin uning murakkabligini oshirgan holda yangi materialni o'rganish. 13. Talabalarni uy vazifalarini qabul qilishga va bajarishga tayyorlang. 14. Uy vazifasini sharhlash. 15. Vizualizatsiya, TCO va boshqalarni uslubiy jihatdan to'g'ri ishlatish. 16. Barcha o'quvchilarni uy vazifalarini tekshirishga jalb qilish uchun so'rovnomaning faol shakllaridan foydalaning. 17. Bilimlarni birlashtirish. 18. Tashkiliy moment. 19. Sinfda o'quvchilarning bilim faoliyatini tashkil etish turlari, shakllari, usullari va shakllarini bilish. O'zaro tashriflar uchun Maqsad bilan darsning borishini kuzatish sxemasi o'qitish sifatini aniqlash. 1. Darsning mavzusi. Ta'lim va tarbiyaviy maqsadlar. 2. O'qituvchini darsga tayyorlash sifati. Zamonaviy darsga qo'yiladigan talablarni bilish. 3. Darsni tashkil qilish, uning tuzilishi, turi, vaqt taqsimoti. 4. o'qituvchi tomonidan didaktik printsiplarni amalga oshirish - sinfda muammoli vaziyatlarni yaratish. 6. Darsning psixologik iqlimi. 7. O'qituvchi va talabalarning darsda ishlash usullari. Bilim, ko'nikma va qobiliyatlarni sinash va baholash. 8. O'quv jarayonida talabalarni o'qitish. 9. Talabalarning mustaqil, ijodiy va uy vazifalari tizimi, talabalarga differentsiatsiyalangan yondashuv. 10. Talabalarni o'z-o'zini tarbiyalash ishlarida ko'nikmalar bilan ta'minlash (o'qituvchi bolalarni o'rganishga qanday o'rgatadi). 11. Dars uchun jihozlar. Uni qo'llash samaradorligi. 12. Darsning sanitariya-gigienik rejimi. Charchoqning oldini olish. 13. O'qituvchining dars uchun texnologik talablarga muvofiqligi. 15. dars natijalari, uning natijasi, belgilangan maqsadlarga erishish. Dars ma'lum bir yoshdagi o'quvchilar guruhining faol va tizimli o'quv va kognitiv faolligini ta'minlaydigan, o'quv va tarbiyaviy vazifalarni hal etishga qaratilgan ta'limni tashkil etish shakli sifatida Sovet maktabida ta'limning asosiy tashkiliy shakli sifatida mustahkam o'ringa ega bo'ldi. ... Umumta'lim maktabida qo'llaniladigan o'qitishning xilma-xil tashkiliy shakllari orasida dars etakchi ahamiyatini saqlab kelmoqda. Yaxshi dars, hatto tajribali o'qituvchi uchun ham oson emas. Darslarni o'qitish san'ati ko'p jihatdan o'qituvchining tushunishi va dars qondirishi kerak bo'lgan ijtimoiy va pedagogik talablarning bajarilishiga bog'liq. Ushbu talablar maktab vazifalari, qonunlar va o'qitish printsiplari bilan belgilanadi. Darsga qo'yiladigan umumiy talablarni shartli ravishda uch guruhga bo'lish mumkin: didaktik, o'quv va tashkiliy. Didaktik yoki ta'limiy talablar quyidagilarni o'z ichiga oladi: 1. Darsning umumiy maqsadi va uning tarkibiy elementlari, shuningdek, ma'lum bir darsning umumiy darslar tizimidagi o'rni aniq belgilangan. 2. Talabalarning tayyorgarligini hisobga olgan holda, o'quv fanining o'quv rejasi talablariga muvofiq darsning maqbul tarkibini aniqlash, o'quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarni o'zlashtirish darajasini bashorat qilish, darsda ham, uning individual bosqichlarida ham ko'nikmalarni shakllantirish. 3. O'qitish, rag'batlantirish va boshqarishning eng oqilona usullarini, usullarini va vositalarini tanlash, darsning har bir bosqichida ularning optimal o'zaro ta'siri, kognitiv faoliyatni ta'minlaydigan tanlov, darsda turli xil kollektiv ishlarning o'quvchilarning mustaqil faoliyati bilan uyg'unligi. 4. Sinfda muvaffaqiyatli o'qitishning tamoyillari va shartlarini, xususan, fanlararo aloqalarni amalga oshirish. Ta'lim darslariga qo'yiladigan talablar: 1. Darsning o'quv vazifalarini belgilash, mafkuraviy va siyosiy yo'nalishni, kommunistik mafkura va partizanlikni ta'minlash. 2. Talabalarda olingan ilmiy bilimlar asosida dialektik-materialistik dunyoqarashni, yuksak axloqiy fazilatlarni va estetik didni shakllantirish, ta'lim va hayotning kommunistik qurilish amaliyoti bilan uzviy bog'liqligini ta'minlash. 3. Talabalarning bilimga bo'lgan qiziqishlari, o'quv va kognitiv faoliyati uchun ijobiy motivlar, bilimlarni mustaqil ravishda uzatish, ijodiy tashabbus va faollik ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish. 4. Talabalarning rivojlanish darajasi va psixologik xususiyatlarini har tomonlama o'rganish va ko'rib chiqish (fikrlash turi, xotira, e'tibor, hissiyotlar mavjudligi, xayolot va boshqalar) 5. Pedagog o'qituvchiga xushmuomalalik bilan rioya qilish. Shuni yodda tutish kerakki, maktabning o'quv vazifalarini ifoda etadigan talablar ta'limni tashkil etishning boshqa shakllarida va o'quvchilar bilan maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning butun tizimida maktab va oila tomonidan amalga oshiriladi. Dars uchun tashkiliy talablar: 1 Tematik rejalashtirish asosida puxta o'ylangan dars rejasiga ega bo'lish. 2. Darsning tashkiliy ravshanligi (boshlang'ichning o'z vaqtida bajarilishi, har bir daqiqasidan maksimal darajada foydalanish, o'qishning maqbul sur'ati, mantiqiy uyg'unlik va to'liqlik, dars davomida o'quvchilarning ongli intizomi). 3. Turli xil o'quv qo'llanmalarini tayyorlash va ulardan oqilona foydalanish, shu jumladan TCO. Ro'yxatda keltirilgan talablarni bajarish darsning samaradorligini, ya'ni kerakli natijalarga erishish uchun zarur shartdir. O'qituvchi ushbu talablarni yaxshi bilishi, darsga tayyorgarlik va uni o'tkazishda ularning bajarilishini ta'minlashi kerak.
Download 107 Kb.




Download 107 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Zamonaviy dars va unga qo’yiladigan talablar. Reja

Download 107 Kb.