Texnologik mashinalarining elektr mexanik tizimlari




Download 42.95 Kb.
bet4/7
Sana05.01.2023
Hajmi42.95 Kb.
#37620
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
yo`nalishga kirish
2 5389097823675352453, QAT nazoratlarni topshirish tartibi (sirtqi) 2, shifratorlar, 6-amaliy ish, Euro, Eurooo, Jismlarning tebranma harakati-fayllar.org, Замонавий иqtisodiyot” fanidan test savollari (200 ta) Qadimda i-fayllar.org, boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi, What is information technology, Toksik moddalarni jigarda zararsizlantirilishi (16-maruza)



2. Texnologik mashinalarining elektr mexanik tizimlari

Ishlab chiqarish qurilma va mashinalarning elektr motorlarini quvvati bo`yicha to`g`ri va ishlab chiqarish sharoitiga mos keluvchi elektr motorlar tanlash energiya tejamkorlik nuqtai nazaridan muhim masaladir. Tanlangan motorni ishlatishda yuqori FIK da bo`lishiga erishish maqsad qilib qo`yilgan bo`lishi kerak. Motorning yuklanish momenti va mexanik tavsifi asosiy mezon bo`ladi.


Yuklanishning turg`un momenti motorda turg`un issiqlik rejimini yuzaga keltiradi. Motor pasportida keltirilgan nominal quvvat motorning ruxsat etilgan darajada qizishini ta‟minlaydi va qo`llanilgan izolyasiya sinfiga to`g`ri keladigan haroratdan oshib ketmasdan uzoq muddat ishlashini kafolatlaydi. Motordagi quvvat isrofi natijasida hosil bo`ladigan turg`un qiziganlik darajasi uning ishlash muddatiga albatta ta`sir qilmaydi.
Biroq motor pasportidagi quvvat ishlab chiqarish qurilmasi yoki mashinasining yuklanish quvvatiga hamisha ham mos kelavyermaydi. NEMA standartlari bo`yicha himoyalangan motorlar uchun nominal yuklanganlik koefisiyenti 1,15 ga tengdir, ya‟ni qisqa muddatga motorlarni shuncha marta ortik quvvatli rejimda ishlatishga ruxsat etiladi. Motorning qizishi esa ruxsat etilgan haroratdan oshmaydi. Bu esa iste‟molchiga iqtisodiy nuqtai nazardan ma‟qul motor tanlash imkonini beradi. Motorning yuklanganlik koeffisiyentidan to`g`ri foydalanilganda narxi pastroq bo`lgan motorni qo`llab ham elektr energiyadan iqtisod qilish mumkin.
har soatda motordagi yuklanishning nominalga nisbatan 15% oshishi uning ishlash muddatini 2-3 soatga qisqartiradi. Shuning uchun bunday yuklanganlikda motorning ishlab chiqarish rejimi qisqa muddatli bo`lgandagina samara beradi. Bunday rejim odatda metall kesuvchi dastgohlarinng elektr jihozlarida va kesgich yuritmalarga xosdir.
Harakatga keltirilayotgan mexanizmning inersiya momenti katta bo‟lsa elektryuritma motori o`tish jarayonining cho`zilib ketishiga olib keladi (10 sekunddan ko`p). Shunda motor chulg`amlaridan katta qiymatdagi tok o`tishi motorning qizib ketishiga sabab bo`ladi. Bunday elektryuritmalarda ishga tushirish momenti yuqori bo`lgan motorlarni qo`llash maqsadga muvofiq keladi.
Agar motorning yuklanganligi nominal quvvatiga nisbatan 45% dan kam bo`lsa, u holda nominal quvvati kamroq quvvtlisiga almashtirish hamma vaqt ham maqsadga muvofiq bo`ladi. Motorning yuklanganli nominal quvvatiga nisbatan 70% dan yuqori bo`lsa, u holda motor quvvatiinng tanlanishi to`g`ridir. Motorinng yuklanganligi 45-70% oraliqda bo`lsa, motorni almashtirish yoki almashtirmaslik motordagi quvvat isrofi tahlili asosida amalga oshiriladi.
Elektr motorlarni ishlatish jarayonida uning aylanuvchi qismlarining (rotor va yakor) uzoq vaqt normal ishlashi uchun podshipniklarni mos moylar bilan vaqtida moylab turish va motor korpusi qovurg‟alarini va ular orasidagi ariqchalarni tozalab turish hamda korpus yuzasini issiqlik uzatishni jadallashtirish maqsadida mos rangli bo`yoqda bo`yash ham motorlarning ishlash muddatida mexanik energiya isrofini kamaytirish va ishlash muddatini uzaytirishga olib keladi.
Elektr motorlardagi sovutish jarayonini jadallashtirish maqsadida termosifonlarning qo`llanilishi ushbu motorlarning quvvatidan to`liqroq foydalanish imkonini beradi.
Energiya tejamkor motorlaning yuklanishi o`zgarishining keng diapazonida (0,5 – 1,0) va quvvat va foydali ish koeffisiyentlari nominalga teng bo`lib deyarli o`zgarmay turishi sababli bunday motorlarning elektryuritmalarida qo`llanishi yuqori samara beradi. Garchi bunday motorlarning tannarxi oddiy motorlarning tannarxiga nisbatan bir muncha yuqori bo‟lsa ham ishlatish jarayonida energetik ko`rsatkichlarining yuqori bo`lishi bilan va iqtisod qilgan elektr energiya hisobiga o`zini to`liq oqlaydi.

Download 42.95 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 42.95 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologik mashinalarining elektr mexanik tizimlari

Download 42.95 Kb.