Mavzuni dolzarbligi va asoslanishi




Download 40.53 Kb.
bet1/5
Sana08.05.2023
Hajmi40.53 Kb.
#57456
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzuni dolzarbligi va asoslanishi
1.4 Axborot xavfsizligi, Malakaviy amaliyot 2020, integratsiya-tehnologiy-v-vuze, 7777777, ADP, 55 hgjhg tron, primenenie-informatsionnyh, 55555 uiot, тест-1, Testlar boshi, yangi test, Test 30 ta rus 1, tanladim, bo`ladimi, Oling

Mavzuni dolzarbligi va asoslanishi. Ma’lumki, fanlarni o`qitishda ta'lim texnologiyalaridan foydalanishning asosiy maqsadi - ta'limning sifat va samadorligini oshirishdir. Ta’lim texnologiyalari o'qituvchilarga interaktiv darslar yaratish, multimedia materiallari, o'yinlar va testlardan samarali foydalanish imkonini beradi. Bunday darslar o`quvchilar uchun yanada jozibali bo'lib, o`quv materialini yanada yaxshiroq o'zlashtirishga yordam beradi.
Xorijiy mamlakatlarda o'qitishda ta'lim texnologiyalaridan foydalanish ijobiy amaliyot bo'lib, o'qituvchilarga yanada samarali va interaktiv darslar yaratish va talabalarga yanada moslashuvchan va qulay ta'lim olish imkonini beradi. Xususan, Finlyandiya, Shvetsiya va Daniya kabi mamlakatlarda o'qituvchilar yillar davomida o'qitishda ta'lim texnologiyalaridan foydalanmoqdalar. Bu ularga yanada samarali va interaktiv darslar yaratish, shuningdek, har bir talaba uchun o'rganishni individuallashtirish imkonini beradi. AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Koreya davlatlari umumiy o`rta ta’lim maktablarida o`quvchilarni o`qitishda ta'lim texnologiyalaridan asosan XX asrning 70-yillaridan faol foydalanib kelinmoqda. AQShda ta'lim texnologiyalaridan foydalanishning bir misoli - o'qituvchilarga topshiriqlar yaratish, materiallar almashish va talabalar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi onlayn platforma bo'lgan Google Classroomdan foydalanishidir. Shuningdek, ko'plab o'qituvchilar o'qitish uchun onlayn kurslar va mobil ilovalardan foydalanadilar.
Mamlakatimiz ta’lim tizimida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’lim-tarbiyaning maqsadini yangi yo’nalishga buradi: “…o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos bo’lgan, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash” - deb belgilanadi. Demak, ta’lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilanadi, unga mos holda ta’lim mazmunida ham, pedagogik jarayonda ham yangilanish ro’y bermoqda, yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Yangi metodikalarni talab etadigan va unga o’zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborot-kommunikatsion, audio-vizual vositalar mavjudki, ular ta’lim texnologiyalarini real voqyelikka aylantiradi. Ta’lim texnologiyalari o’quv jarayoni sifat va samaradorligini oshirishga ta’sir ko’satishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. Shuning uchun ushbu tanlangan bitiruv malakaviy ishining mavzusi umumiy o’rta ta’lim maktablarida 10- sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining “Elektron jadvallar” bobini o’qitishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali ta‘lim sifatini ortishiga erishishga qaratilgan bo`lib, dolzarb hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikаsining 23.09.2020 yildаgi O‘PQ-637-son1 “Tа’lim to‘g‘risidа”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining 06.10.2020 yildаgi PQ-4851-son2 “Аxborot texnologiyаlаri sohаsidа tа’lim tizimini yаnаdа tаkomillаshtirish, ilmiy tаdqiqotlаrni rivojlаntirish vа ulаrni IT-industriyа bilаn integrаtsiyа qilish chorа-tаdbirlаri to‘g‘risidа”gi qаrori, 24.04.2019 yildаgi PF-5712-son3 ”O‘zbekiston Respublikаsi Xаlq tа’lim tizimini 2030-yilgаchа rivojlаntirish konsepsiyаsini tаsdiqlаsh to‘g‘risidа”gi, 05.10.2020 yildаgi PF-6079-son4 ”, O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining “2022-2026-yillаrdа Xаlq tа’limini rivojlаntirish bo‘yichа milliy dаsturni tаsdiqlаsh to‘g‘risidа”gi 11.05.2022 yildаgi PF-134-son fаrmoni, “Rаqаmli-O‘zbekiston-2030” strаtegiyаsini tаsdiqlаsh vа uni sаmаrаli аmаlgа oshirish chorа-tаdbirlаri to‘g‘risidа”gi fаrmonlаri hаmdа mаzkur fаoliyаtgа oid boshqа me’yoriy-huquqiy hujjаtlаrdа belgilаngаn vаzifаlаrni аmаlgа oshirishdа ushbu dissertаtsiyа ishi muаyyаn dаrаjаdа xizmаt qilаdi.

Download 40.53 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 40.53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzuni dolzarbligi va asoslanishi

Download 40.53 Kb.