• Xalqaro moliya bozorlarining mohiyati, mazmuni va rivojlanish xususiyatlari
  • Mavzuning dolzarbligi




    Download 61.03 Kb.
    bet2/8
    Sana28.02.2023
    Hajmi61.03 Kb.
    #43747
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    MT-kurs-ishi
    sun-iy-intellekt-va-uning-imkoniyatlari
    Kurs ishining maqsadi. Xalqaro moliya markazlarining mohiyati, mazmuni va rivojlanish xususiyatlarini o’rganish, tadqiq va tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish bo’yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish tadqiqot ishining maqsadi hisoblanadi.
    Kurs ishining vazifalari. Tadqiqot oldiga qo’yilgan masadga erishish uchun quyidagilar tadqiqot vazifalari sifatida belgilab olindi:

    • Xalqaro moliya bozorlarining mohiyati, mazmuni va rivojlanish xususiyatlarini o’rganish;

    • Xalqaro moliya markazlari va ularning jahon iqtisodiyotidagi rolini ko’rib chiqish;

    • O’zbekiston bilan xalqaro moliyaviy markazlari munosabatlarining zamonaviy tendensiyalar;


    1. Xalqaro moliya bozorlarining mohiyati, mazmuni va rivojlanish xususiyatlari

    Moliya bozorlari, ya’ni aksiya va obligatsiyalar bozori moliyaviy resurslar oqimini, moliyaviy resurslardan qanday samarali foydalanish yo’lini topa olmayotgan subyektlardan, tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga joylashtirish imkoniyatiga ega bo’lgan subyektlar tomonga yo’naltirish orqali, iqtisodiyot samaradorligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Moliya bozorlarini samarali faoliyat ko’rsatishi iqtisodiy o’sishni yuqori darajaga erishishda muhim omil bo’lsa, moliya bozorini yetarli darajada rivojlanmaganligi dunyodagi ko’pgina mamlakatlarning kambag’alligi sabablaridan biridir. Moliya bozorlardagi xodisalar to’g’ridan-to’g’ri fuqarolar faravonligi, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar xulq-atvoriga, iqtisodiy rivojlanish darjasiga ta’sir etadi1. Moliya bozorlarining hududlarni qamrab olinishidan kelib chiqib, ichki yoki xalqaro bo’lishi mumkin. Amerika firmalari uchun qisqa muddatli yevrodollar bozori va uzoq muddatli yevroobligatsiyalar bozori yanada muhim hisoblanadi. Ushbu bozorlarda mahalliy yoki xorijiy firmalar yetarli miqdordagi amerika dollarida qarz olishi yoki qarz berishi mumkin. AQSh va boshqa mamlakatlarning yirik moliya institutlari, savdo-sanoat kompaniyalari, institutsional investorlar tomonidan Amerika ichki bozorlari va xalqaro bozorlarda amalga oshirilgan kelishuvlar tufayli resurslarni doimiy harakati yuz beradi.
    Moliya bozorlari o’z ishtirokchilari uchun o’zlaridagi moliyaviy talabnomalarni pul yoki boshqa turdagi aktivlarga almashtirish imkoniyatini taqdim etadi.
    Moliya bozorlarini turli usullar bilan tasniflash mumkin. Eng ommabop usullardan biri, moliya bozorlarini sotiladigan moliyaviy insturmentlar turiga muvofiq alohida bozorlarga ajratish hisoblanadi: fond bozori, korporativ obligatsiyalar bozori, g’aznachilik veksellari bozori, tijorat qog’ozlari bozori va boshqalar.
    Moliya bozorlarini mazkur tasniflash sxemasi bilan bog’liq qiyinchilik shundaki, bozorlar alohida bo’linma hisoblanib, u yoki bu darajada bir–biri bilan bog’liq emasligidan dalolat beradi. Biroq, alohida moliya bozorlari o’zaro uzviy bog’liq. Turli moliya bozorlarni boshqa tasniflash tizimida, muomaladagi moliyaviy insturmentlarni amal qilish muddatiga asoslanib, pul bozoriga yoki kapital bozoriga ajratilgan.
    Pul bozori (qisqa muddatli kapital bozori) o’zi ichiga bir yil yoki undan kam bo’lgan birlamchi qoplash muddati bilan bo’lgan qimmatli qog’ozlar savdosini oladi. Bunga, g’aznachilik veksellari, tijorat qimmatli qog’ozlari, shuningdek, muomaladagi depozit sertifikatlari (CD) kiritish mumkin.
    Kapital bozoriga (uzoq muddatli kapital bozori) esa bir yildan ortiq birlamchi qoplash muddati bilan bo’lgan qimmatli qog’ozlar kiradi. Bunga misol qilib, korporativ obligatsiyalar, aksiyalar, g’aznachilik nota va obligatsiyalarini keltirish mumkin.
    Moliya bozorlarni tasniflashdagi uchinchi usuli birlamchi bozor va ikkilamchi bozor sifatida tasniflash hisoblanadi. Moliya bozorlarini tasniflashning boshqa bir usuli sharoitlarga muvofiq operatsiyalarni lahzalik va kelajakda amalga oshirish muddatlariga qarab, spot bozori yoki fyucherslar va forvardlar bozoriga ajratishdir. Shuningdek, moliyaviy fyuchers va forvard bozorlarini derivativlar bozori deb ataladi, chunki moliyaviy insturmentlar qiymati (fyuchers va forvard kelishuvlari) bazaviy instrumentlar asosidan kelib chiqib, kelgusidagi muddatlarda sotiladi.2 Fyuchers va forvard bozorlari ikkita asosiy funksiyalarni bajaradi: fyuchers va forvard bozorlaridan bugungi baholarni kelajakda yoki kelajakdagi baholarni o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan risklarni pasaytirish uchun va spekulyatsiya qilish uchun foydalanish mumkin.
    Bozor ishtirokchilari ko’p sonli va turli-tuman hamda ularning ko’pchilik qismi bir vaqtning o’zida ham qarz oluvchi ham kreditor bo’lib, quyidagilarni kiradi3:

    • hukumatlar, hukumat muassasalari va markaziy banklar yoki rezerv banki;

    • moliya institutlari, yirik investitsion banklar, tijorat banklari, ipoteka muassasalari, sug’urta kompaniyalari va moliya kompaniyalari;

    • barcha turdagi korporatsiyalar;

    • boy shaxslar va mayda omonatchilar kabi individual xususiy investorlar;

    • brokerlar, bank muassasalari va boshqa vositachilar;

    • derivativlar almashishi kabi bozor infratuzilmasi.

    Moliya bozorlari juda muhim iqtisodiy funksiyani bajaradi, ya’ni ular o’z daromadalariga nisbatan kam xarajatlar qiluvchi uy xo’jaligi, firmalar va davlat organlaridagi resurslarni, resurslarga muhtoj bo’lgan (daromadlaridan ortiq xarajatlarga talabi mavjud) iqtisodiy subyektlarga o’tkazadi.

    1-rasm. Moliya tizimida resurslar oqimi4
    Foiz stavkalari xususiy shaxslar uchun ham, korxonalar uchun ham va butun iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega. Foiz stavkalarining oshirilishi natijasida kredit qiymati ko’tarilsa, ikkinchi tomondan esa yuqori foiz stavkalari jamg’armalar bo’yicha ko’poroq daromad olinishi ta’minlaydi. Korporatsiyalar darajasida esa, ish o’rinlarini yaratadigan yangi ishlab chiqarish zavodlarini qurilishini to’xtab qo’yilishiga sabab bo’lishi mumkin. Foiz stavkasi nafaqat iste’molchi mablag’ini sarf qilishi yoki jamg’arish xohishga, balki shu bilan birga, ishlab chiqaruvchining investitsion qaroriga va iqtisodiyotning umumiy holatiga ta’sir o’tkazadi.
    Xalqaro moliya bozori jahon xo’jaligining ajralmas qismi hisoblanadi. Barchaga ma’lumki, iqtisodiy munosabatlar asosida jahon darajasidagi xalqaro mehnat taqsimoti yotadi hamda u jahondagi resurslardan yanada ratsional foydalanish imkoniyatini beradi va xalqaro ishlab chiqarishda ixtisoslashuvini chuqurlashiga olib keladi. Bu jarayonlar mamlakatlar o’rtasidagi, shu jumladan moliya sohasida hamkorlikning yangi formalari shakllanishiga olib keladi.
    Kapital bozori globallashuvining kuchayishiga quyidagilarni, ya’ni kapitalning mobilligi, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning liberalizatsiyalashuvi hamda yangi inovatsion kommunikatsiya va telekommunikatsiya texnologiyalarni keng qo’llanishini sabab qilib keltirish mumkin. Bugungi kundagi xalqaro moliya tashkilotlari, agentliklar, yirik banklar yaratayotgan kuchli axborot tizimlari kapital oqimlari tezlashuviga hamda moliya, tovar, investitsiya va resurs bozorlarining o’zaro bog’liqligini kuchayishiga olib kelmoqda.
    Xalqaro moliya bozorining rivojlanishi bir qator xususiyatlari bilan, ya’ni xalqaro moliyaviy operatsiyalar masshtabining kattaligi va o’sish tempining yuqorligi, xalqaro moliya bozori faoliyatining aniq bo’shliq va vaqt chegarasi mavjud emasligi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, institutsional nuqtai nazardan xalqaro moliya bozori – bu xorijiy valyuta oqimlari harakatini amalga oshiruvchi barcha moliya tashkilotlari, xalqaro moliya bozori ishtirokchilarining chegaralanganligi, xalqaro moliya bozorida asosan dollar va yevrodan foydalanish, xalqaro moliya bozorining unversalligi va nihoyat xalqaro moliya bozorida kelishuvlarni amalga oshirish jarayonlarini soddalashtirish va standartlashtirish bilan birga, yangi kompyuter va informatsion texnologiyalarni qo’llanishi orqali takomillashtirib borilishi bilan xarakterlanadi. Yuqorida sanab o’tilgan xalqaro moliya bozorining xususiyatlari shuni ko’rsatadiki, xalqaro moliya bozori juda murakkab tizim bo’lib, real tovarlar aylanmasiga bog’liq bo’lmagan xolda xorijiy valyuta resurslari va uning ishtirokchilari mustaqil muomalada bo’ladi.
    Moliyaviy globallashuv jarayonlari natijasida moliyaviy resurslar oqimi, jumladan transchegaraviy oqimi hajmining ortishi, o’z navbatida xalqaro moliya bozorining kengayishi va jahon iqtisodiyotining rivojlanishida ushbu moliyaviy resurslar roli oshmoqda.
    Xalqaro moliya bozori ikki tomonlama bir tomondan boshqa bozorlar faoliyatini ta’minlash uchun xalqaro hisob-kitoblar tizimiga va kreditlashga xizmat ko’rsatsa, ikkinchi tomondan o’z–o’zini ta’minlaydigan (1990 yy. oxiri–2000 yy. boshi) bozorga aylandi, ya’ni iqtisodiyotning real sektoriga bog’liq bo’lmagan holda riskli aktivlarning moliyaviy operatsiyalardan daromad olish orqali faoliyatini amalga oshirmoqda
    Xalqaro moliya bozorining rivojlanishi jahon puli va jahon xo’jaligi aloqalarining rivojlanishi bilan birga parallel ravishda yuz beradi.
    Xalqaro moliya bozori shakllanishning asosiy bosqichlari:

    Download 61.03 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 61.03 Kb.