|
I–bosqich. XIX asrning 1860-y
|
bet | 3/8 | Sana | 28.02.2023 | Hajmi | 61.03 Kb. | | #43747 |
Bog'liq MT-kurs-ishiI–bosqich. XIX asrning 1860-y.: tashqi savdoning rivojlanishi. Valyuta bozorining shakllanishi.
II–bosqich. XX asrning 1950-y.: kredit mablag’larining milliy bozorlaridagi operatsiyalarning baynalminallashuvi. 1960-y. xalqaro kredit mablag’lari bozorining shakllanishi.
III–bosqich 1970-y.: uzoq muddatli xalqaro kreditlar bozorining shakllanishi va xalqaro investitsiya bozorini tashkil etilishi. Milliy fond bozorlarining erkinlashuvi. Xalqaro fond bozorlarining shakllanishi. 1980-y. transmilliy bank va kompaniyalarining yuqori sur’atda rivojlanishi. Xalqaro investitsiya va fond bozorining yanada rivojlanishi. Xalqaro sug’urta bozoridagi birinchi tizimli operatsiyalar. Xalqaro kreditlar bozoridagi operatsiyalarning ko’payishi.
IV–bosqich XX asrning 1990-y.: moliya bozorining fond segmentini shiddat bilan rivojlanishi. Xalqaro derivativlar bozorining shakllanishi. XXI asrning 2000-y. xalqaro derivativlar bozorining shiddatli rivojlanishi.
Xalqaro moliya bozorining shakllanishi va rivojlanishi bevosita jahon xo’jaligi aloqalarining rivojlanishi, xususan uning tarkibiy qismi bo’lgan xalqaro savdo bilan parallel ravishda amalga oshgan. Jahon iqtisodiyotining faoliyati uchun zarur sharoit bo’lib, bu jahon bozorida kapitalning erkin harakatidir. XXI asrning ikkinchi yarmiga kelib, milliy iqtisodiyotning internatsionnalashuvi jarayonlarini tezlashuvi jahon iqtisodiyoti tizimining paydo bo’lishiga olib keldi. Jahon valyuta bozori tashkil topishining obyektiv zaruriyati paydo bo’ldi, ya’ni zamonaviy xalqaro moliya bozori shakllanishining tarixiy birinchi bosqichi yuzaga keldi. Jahon valyuta bozori dunyo valyuta tizimining mexanizmi sifatida yetarli darajada uzoq muddat amal qilib keldi. Zamonaviy xalqaro moliya bozorining boshqa segmentlari amalda yuz yildan keyin (xalqaro kredit bozori, xalqaro fond bozori, xalqaro kredit bozori, sug’urta bozori) rivojlana boshladi. Shuning uchun, xalqaro moliya bozorining tarixiy birinchi modeli, jahon valyuta bozori hisoblanadi.
Bretton-Vuds yangi xalqaro valyuta tizimining tashkil topishi, (1950-y. oxiri-1960-y. boshi) xalqaro kredit bozorining sekin-asta rivojlanishiga turtki berdi. Jahon xo’jaligida kapitalni (kredit) joylashishi uchun dastlabki sharoitni paydo bo’lishi davrlarida, xalqaro kredit bozorida qisqa muddatli operatsiyalar amalga oshirilgan, ya’ni pul bozori sifatida shakllangan. XXI asr boshlariga kelib, kredit ko’lamini kengayishi va taklif qilinayotgan kreditning turli tuman shakllari sezilarli darajada xalqaro fond va investitsiya bozorlarini shakllanishiga turtki berdi.
1970-1990-yillar ko’p segmentli xalqaro moliya bozorining shakllanishida muhim o’rin tutgan: xalqaro operatsiyalarida yetakchi valyutalar almashuvchanligining kiritilishi; erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari tizimini o’rnatilishi; yetakchi sanoati rivojlangan mamlakatlarda valyuta rejimining liberalizatsiyalashuvi. Xorijiy valyuta oqimlarining erkin harakati xalqaro moliya bozorini rivojlanishiga olib keldi.
1990-yil kelib xalqaro moliya bozorining to’rtinchi bosqichi hosilaviy moliyaviy insturmentlar bozori jadallik bilan rivojlandi. Xalqaro moliya bozori rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari tahlili quyidagilarni ko’rsatmoqda: ularning jahon xo’jaligining progressiv rivojlanishi va moliya munosabatlarining liberalizatsiyalashuvi va globallashuviga uzviy bog’liqligi, yetarli tartibga solinmasligi, eksport bazasi va rivojlanmagan iqtisodiy struktrasiga ega bo’lgan davlatlar uchun samarasizligi. Ko’pgina tahlilchi va amaliyotchilar global moliya bozorining bunday xarakterda rivojlanishi oxir-oqibatda global moliyaviy inqirozlar bilan tugashi mumkinligi to’g’risida ta’kidlab o’tishgan5.
Hosilaviy moliyaviy insturmentlar bilan savdo dinamikasining o’sib borishi, tez o’zgaruvchi xalqaro iqtisodiy munosabatlar sharoitida moliya bozorining rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan yangi turdagi insturmentlarni jadal sur’atlarda paydo bo’lishiga olib keldi. Global moliya tizimining hosilaviy moliyaviy insturmentlar bozori jahon moliyaviy-iqtisodiy tizimini izdan chiqaruvchi manba bo’lib qoldi.
XXI asrning birinchi besh yilligi (2001–2006-yillar) iqtisodiy va moliyaviy sharoitlari uchun qulay bo’lgan davr (xalqaro foiz stavkalarining pastligi, dunyoda likvidlik darajasi ortiqchaligi, eksportga jahon talabini yuqoriligi) sifatida namoyon bo’lgan. Mazkur qulay holatdan foydalanib, ko’pgina o’rtacha daromadli mamlakatlar o’zining xorijiy valyuta rezervini jamg’arish, joriy to’lov balansini yaxshilash, qarz yukini pasaytirish va qarzni yanada samarali boshqarish (qoplash muddati uzoq bo’lgan qarzlar) hisobidan to’lov qobiliyatini oshirish imkoniyatiga ega bo’lgan. Ko’pgina yirik qazdorlar esa ortiqcha valyuta rezervlaridan foydlanib, katta miqdordagi tashqi qarzlarini sotib olgan.
Jahon moliya bozorining rivojlanishida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qadar to’rtta tendensiyalarni kuzatish mumkin(1-jadval).
|
| |