O’zbekiston bilan xalqaro moliyaviy tashkilotlar munosabatlarining zamonaviy tendensiyalari




Download 61.03 Kb.
bet7/8
Sana28.02.2023
Hajmi61.03 Kb.
#43747
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MT-kurs-ishi
sun-iy-intellekt-va-uning-imkoniyatlari
O’zbekiston bilan xalqaro moliyaviy tashkilotlar munosabatlarining zamonaviy tendensiyalari

Bugungi kunda xalqaro moliyaviy institutlarning amaliy aloqalariga qisqacha to’xtaladigan bo’lsak, ulardan Xalqaro Valyuta Fondi (XVF), Jahon banki, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YeTTB), Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) kabi yirik moliyaviy tashkilotlar bilan juda izchil va faol ishlar olib borilmoqda. Mazkur tashkilotlar biz tanlagan yo’l va amalga oshirilayotgan islohotlarning to’g’ri ekanligiga qat’iy ishonch hosil qilganliklari uchun ham yaqin hamkorlik aloqalarini olib bormoqdalar.
1992-yil sentyabr oyidan boshlab O’zbekiston Respublikasi Jahon bankining teng huquqli a’zosi hisoblanadi. 1992-yil 2-iyulda O’zbekiston Respublikasining “Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro taraqqiyot assosiatsiyasi, Xalqaro moliya korporasiyasi, Investisiyalarni kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama agentlikda O’zbekiston Respublikasining a’zoligi to’g’risida”gi qonuni kuchga kirdi. Hozir Toshkentda Jahon bankning vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda.
GFCI Xalqaro moliya markazlari global indeksi Toshkentga “Uyushgan xalqaro moliya markazi” maqomini berdi. Bu haqida Strategik islohotlar agentligi ma’lum qildi.
GFCI reytingi xalqaro moliya markazlarining raqobatbardoshligini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholaydi: moliya bozori, biznes-muhit, inson kapitali, infratuzilma, obro‘. 
Reyting tuzuvchi tashkilotning moliyaviy-investitsion hamjamiyati – Z/Yen Group 30 ming nafar moliya sektori vakillarini, dunyoning 138 ta mamlakatlaridan 5 mingta xalqaro korporatsiyalarni o‘z ichiga oladi.16
Respublika poytaxtining indeksga kiritilishi xalqaro investorlar va biznes vakillari tomonidan investitsion qarorlarni qabul qilishda O‘zbekistonni kapital kiritish uchun yurisdiksiya sifatida tanlashga rag‘batlantiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi (SIA) tashabbusi bilan Kasablanka (Marokash Qirolligi) shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon moliya markazlari Alyansi (WAIFC)ning soʻnggi direktorlar kengashida Toshkentning WAIFC faoliyatida xalqaro moliya markazi sifatida ishtirok etish va Toshkentning WAIFC “kuzatuvchisi” maqomini olishi masalasi koʻrib chiqildi.
WAIFC direktorlar kengashi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan Toshkent Jahon Alyansining Xalqaro moliya markazlari “kuzatuvchisi” maqomini oldi. Xalqaro moliya markazi sifatida Toshkent shahrining rasmiy vakili maqomi SIA ga berildi.
Toshkentning xalqaro moliya markazi sifatida Alyans faoliyatida ishtirok etishi quyidagilarni nazarda tutadi:
- Toshkent shahridagi Xalqaro moliya markazi (TXMM) faoliyati va rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash uchun xalqaro hamkorlar jamoasini shakllantirish. Alyansda ishtirok etuvchi moliya markazlarining ekspertizasidan foydalanish imkoniyati;
- moliyaviy bozorni rivojlantirish va raqamlashtirish, investitsiya siyosati maqsadlarini amalga oshirish sohasida Alyans aʼzolarining ishchi guruhlari va qoʻshma loyihalarida ishtirok etish;
- Oʻzbekiston Respublikasining investitsion salohiyatini ragʻbatlantirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi (SIA) tashabbusi bilan Kasablanka (Marokash Qirolligi) shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon moliya markazlari Alyansi (WAIFC)ning soʻnggi direktorlar kengashida Toshkentning WAIFC faoliyatida xalqaro moliya markazi sifatida ishtirok etish va Toshkentning WAIFC “kuzatuvchisi” maqomini olishi masalasi koʻrib chiqildi.
WAIFC direktorlar kengashi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan Toshkent Jahon Alyansining Xalqaro moliya markazlari “kuzatuvchisi” maqomini oldi. Xalqaro moliya markazi sifatida Toshkent shahrining rasmiy vakili maqomi SIA ga berildi.
Xalqaro moliya markazlarining Butunjahon Alyansi moliya sanoatidagi ixtisoslashgan tashkilotlarni birlashtirgan xalqaro notijorat tashkilotdir. WAIFC raqamlashtirish jarayonini hisobga olgan holda moliyaviy sektorni rivojlantirish uchun qulay muhit va infratuzilmani yaratish boʻyicha umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish boʻyicha dunyoning yetakchi moliya markazlari oʻrtasidagi hamkorlikning asosiy platformasi boʻlib xizmat qiladi. Alyansga moliya markazlari va shaharlar maʼmuriyatlari, moliya bozori assotsiatsiyalari, ixtisoslashgan biznes hamjamiyatlari kiradi. 2022-yil oktyabr holatiga koʻra, Alyans 21 aʼzo va 7 kuzatuvchidan iborat. Jumladan, Nyu-York, London, Frankfurt, Parij, Gonkong, Dubay, Abu-Dabi, Qatar, Toronto, Pusan, Kasablanka, Ostona va boshqalar. Alyans aʼzolari 60 000 dan ortiq investitsiya firmalari, 8 000 banklar va 20 000 fintech startaplarini birlashtiradi.
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi keng koʻlamli va chuqur islohotlarni oʻz ichiga olgan. Kelgusidagi oʻzgarishlar mamlakatni iqtisodiy, texnologik va ijtimoiy rivojlantirishning yaxlitligi va oʻzaro bogʻliqligi tushunchasiga asoslangan. Moliya sektori 100 ta umummilliy maqsadlardan 39 tasiga erishishga hissa qoʻshadi hamda Strategiyaning barcha yetti yoʻnalishida ishtirok etadi.17
Xususan, YAIMda xususiy sektor ulushini 2026-yilgacha 45 foizdan 80 foizgacha oshirish, davlat ulushi mavjud boʻlgan tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini yakunlash, xususiy sektorning bank tizimi aktivlaridagi ulushini 15 foizdan 60 foizgacha oshirish vazifalari mavjud. Bozor iqtisodiyotining bunday keskin oʻsishi Oʻzbekiston moliya bozoriga xorijiy investorlar eʼtiborini jalb qilish, milliy bozorning xorijiy savdo maydonchalari bilan aloqa oʻrnatishi uchun koʻpriklar tashkil qilish, yangi xalqaro moliya oqimlarini jalb qilish kabi noyob tarixiy imkoniyatni beradi. Bunga esa Toshkentda xalqaro moliya markazi maydonchasini rivojlantirish hisobidan erishish mumkin.
Oʻzbekistonning “yashil” tarmoqlari xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishi mumkin. Bugun dunyoda moliya bozorlari “Yashil iqtisodiyotning” samarali yondashuvini va rivojlanishini taʼminlaydi. Xalqaro investorlar yashil investitsiyalar hajmini oshirmoqdalar. 2021-yilda dunyoda barqaror obligatsiyalarning chiqarilishi 859 mlrd AQSH dollariga yetdi, bu 2020-yilning koʻrsatkichidan 1,5 baravar ortiq. Ushbu trend boʻshayotgan ichki investitsiya resurslarini iqtisodiyotning boshqa sohalariga yoʻnaltirish imkonini beradi.
Oʻzbekiston Respublikasida 850 mingdan ortiq odamlar aksiyalar sohiblari hisoblanadilar. Shulardan 5 mingdan ortigʻi fond bozorida operatsiyalarni amalga oshiradi. Mamlakatda investorlarning keng bazasi oʻrtasida IPO oʻtkazish bilan bogʻliq ijobiy tajriba mavjud.18
Xorijiy moliyaviy investorlar Oʻzbekistonni investitsiya kiritish hududi sifatida koʻrmoqdalar. Oʻzbekiston aksiyador kapitalining taxminan 2,5 foizi xorijiy investorlarga tegishli. Oʻzbekiston Respublikasining obligatsiyalari sakkizta xalqaro ETF (Exchange traded fund) portfeliga kiritilgan.
Xalqaro valyuta fondining prognoziga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi 2021-2026-yillarda YAIMning nominal hajmining oʻzgarish surʼati boʻyicha top-10 mamlakatlar qatoriga kiradi. Ularning ichida iqtisodiyot hajmi boʻyicha respublika toʻrtinchi oʻrinni egallaydi. Bu xalqaro investorlarning yurtimizga boʻlgan eʼtiborini kuchaytiradi.
TXMM koʻp tomonlama moliyaviy muloqot va hamkorlik maydonidir. Markaz uchun uchta maqsadli hamkorlik yoʻnalishlari, yaʼni – Markaziy Osiyo mintaqasi ichidagi hamkorlik, Osiyo va Gʻarb mamlakatlari bilan oʻrnatiladigan hamkorliklar koʻrib chiqilmoqda.
Birinchidan, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish. Bunda Oʻzbekiston kuchli oʻrinlarga ega. Oʻzbekistonga mintaqaning 50 foiz aholisi va 20 foiz YAIM toʻgʻri keladi. Mamlakat ham mintaqaning ichida, ham mintaqa va xalqaro moliya bozori oʻrtasida moliyaviy xab xizmatini taklif qilishi mumkin. Oʻzbekiston kompaniyalarining aksiya bozorlari ochiqligi tufayli ularning Markaziy Osiyo bozoridagi kapitallashuvi oshadi. TXMMning global investorlar bilan doʻstona aloqalari mintaqadagi boshqa mamlakatlar kompaniyalarini xalqaro bozorda ilgari surish imkonini beradi.
Ikkinchidan, Osiyo mintaqasi oʻzligi doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish. Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasining taxminan 70 foizi Osiyo mamlakatlariga toʻgʻri keladi. Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Turkiya, Janubiy Koreya mamlakatlari asosiy savdo hamkorlari hisoblanadi. TXMM Oʻzbekiston va hamkor mamlakatlar moliyaviy infratuzilmalarining “yaqinlashuvini” va bu bilan savdo hamkorlari boʻlgan mamlakatlar oʻrtasida moliyaviy oqimlar harakatlarining tranzaksiya xarajatlarining pasayishini taʼminlashi, Oʻzbekistonga mahsulot yetkazib beruvchilarni mahalliylashtirish uchun ularning kapitallarini jalb qilishi, oʻzbek mahsulotlarini import qiluvchilarni korxonalarimizni birgalikda kengaytirishga qiziqtirishi mumkin.19
Islomiy oʻzlik MENA mintaqasidan kapital jalb qilish, islomiy va noislomiy moliyalar oʻrtasida koʻprik boʻlish, TXMMning Yaqin Sharq moliya markazlari boʻlmish Dubay, Kasablanka, Abu-Dabi, Er-Riyad, Qatar, Kuvayt kabi moliya markazlari bilan hamkorligi Oʻzbekistonning investitsiya salohiyatini rivojlantirish imkonini beradi.
Uchinchidan, Gʻarb bilan hamkorlikni rivojlantirish (AQSH, YEI mamlakatlari, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya). TXMMning Nyu-York, London, Parij, Frankfurt kabi ilgʻor gʻarb moliya markazlari bilan hamkorligi Oʻzbekiston investitsiya salohiyatining va real hamda moliya sektori kompaniyalarining rivojlanishini taʼminlaydi.
Geosiyosiy oʻzgarishlar sababli xalqaro investorlarda emitentlarning geografik diversifikatsiyasiga boʻlgan talab oshadi. Oʻzbekistondagi ESG-loyihalar ilgʻor mamlakatlar iqtisodiyotining ESG-transformatsiyasi majburiy sekinlashgani sababli qoʻyilmalar uchun yangi aktivlar izlayotgan moliyaviy investorlarning eʼtiborini jalb qiladi. Oʻzbekistonning oʻsayotgan iqtisodiyotining qimmatli qogʻozlariga investitsiya kiritish xorijiy investorlarga oʻz iqtisodiyotlaridagi xavflardan qochish imkonini beradi. Bu boʻlajak TXMMning geografik ixtisoslashuvini belgilashdagi keng yondashuv foydasiga qoʻshimcha dalil hisoblanadi.
Triada – rivojlangan ichki moliya bozori, xorijiy investorlar va moliyaviy texnologiyalar (moliya xizmatlaridagi texnologiya va innovatsiyalar) – Oʻzbekistonning moliya sanoatini oʻzgartiradi. Sunʼiy intellekt (SI), blokcheyn, bulutli hisoblash va katta maʼlumotlarni qayta ishlash moliya institutlarining raqobatbardoshligini belgilaydi, ularning mijozlariga moliya xizmatlarini olishda yengillik beradi, investitsiyalar boʻyicha turli imkoniyatlar taqdim etadi. Toshkentda xalqaro moliya markazini tashkil qilish jarayonida Oʻzbekiston milliy farovonlikni oshirish vazifasini hal qilishda ushbu ilgʻor tajribalardan, institut va texnologiyalardan foydalana oladi.
Xalqaro moliya markazi – bu yuqori sifatli xalqaro eʼtirof, shuningdek emitentlar, investorlar va moliya institutlari, majoritar va minoritar aksiyadorlar, sudlar, daʼvogarlar va javobgarlar oʻrtasida oʻzaro munosabatlar madaniyatini rivojlantirish, mijozlarga yoʻnaltirilgan moliyaviy infratuzilma xizmatlari, mehmondoʻstlik va biznesga eʼtibordir. TXMMnng tashkil etilishi Yangi Oʻzbekistonning global ijtimoiy muhitini shakllantirish loyihasidir.
Toshkentdagi Xalqaro moliya markazi mamlakatga qoʻshimcha investitsiyalar jalb qilish va iqtisodiyotning yangi tarmoqlarini rivojlantirish orqali Oʻzbekistonning taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadi. TXMM ishga tushirilgan islohotlar dasturlarini kuchaytiradi, moliya sektorining taraqqiyoti va uning islohotlarga bogʻliqligi hisobidan milliy iqtisodiyotni rivojlantirib, Oʻzbekiston fuqarolarining bir necha avlodlari farovonligini oshiradi.

Xulosa
Xalqaro moliya markazlari global savdo va moliyaning oʻzgaruvchan modelida oʻsish va mintaqaviy rivojlanish uchun koʻplab imkoniyatlarga ega boʻlgan ushbu oʻzgarishlarning markazidir. Xalqaro moliya markazlari investitsiyalar uchun infratuzilmani hamda sanoat va jamiyatlar boʻylab tadbirkorlik va iqtisodiy oʻsishni taʼminlash uchun zarur boʻlgan resurslarni taʼminlaydi. Ular moliya sohasidagi innovatsiyalarni qabul qiladilar va sohadagi o'zgarishlarga faol hissa qo'shadilar. Xalqaro moliya markazlari iqtisodiy va moliyaviy xizmatlarda mukammallik va tajriba klasterlari bo'lib xizmat qiladi va integratsiyalashgan tarmoqning bir qismi sifatida barqaror rivojlanishni ta'minlashga intiladi. Ular, shuningdek, samarali operatsiyalar orqali yirik ichki va transchegaraviy operatsiyalarni osonlashtirish uchun ko'p madaniyatli va fanlararo guruhlarni taqdim etadilar.
Integratsiyalashgan tizimlar va barqaror rivojlanish va keng jamoatchilik manfaati uchun moliyaviy inklyuzivlik va inson kapitalini yaxshilashga tobora ko'proq hissa qo'shadi.
Aynan kontsentratsiya yoki klaster ta'siri va moliyaviy markazlar o'rtasidagi hamkorlik dunyoning yanada rivojlangan va rivojlanayotgan bozorlarini rivojlantirish kun tartibini boshqarishga imkon berdi. Rivojlanayotgan bozorlardagi bir nechta markazlar o'zlarining moliyaviy xizmatlarini taklif qilish va ishga tushirishni yaxshilash uchun birgalikda harakat qilishdi
Xalqaro moliya markazlari va bankni tartibga solish rejimlarini takomillashtirish bo‘yicha transchegaraviy bitimlarni imzolash lozim. Bu butun dunyodan banklar, kompaniyalar, xorijiy investorlar va yuridik firmalarni jalb qilishga yordam berdi.
Xalqaro moliya markazlari ham xuddi shunday texnologiyaga ko‘proq tayanib, bu xizmatlar mijozlar tomonidan qanday qabul qilinishi va qabul qilinishiga, shuningdek, biz ularning institutlar tomonidan taqdim etilishiga ta’sir qiladi. Bu ularning e'tiborini yuqori texnologiyali, dinamik joylarga qaratdi va ayniqsa, rivojlanayotgan bozorlar uchun ko'plab imkoniyatlarni ochib berdi.
Xalqaro moliya markazlari faoliyatining samaradorligi muayyan darajada a’zo mamlakatlarning xukumati va davlat tashkilotlari va bilan bo’ladigan o’zaro munosabatga bog’liq bo’ladi. Shunday ekan xalqaro moliya tashkilotlarining investision faoliyati ko’p hollarda yirik xalqaro loyihalar bo’yicha risklarni boshqarish va sug’urtalashni amalga oshiruvchi davlat tashkilotlari bilan yaqin xamkorlikni talab etadi.
Mamlakatimizga global investisiya bozoridan moliyaviy resurslarni keng jalb etish uchun jahonda yetakchi xalqaro reyting agentliklarining yuqori darajadagi suveren kredit reytingi bahosini olishi, bozor islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish zarur.
Respublikamiz bilan xalqaro moliya markazlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish mamlakatimizning kelajakda iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga hamda jahon iqtisodiy tizimi integrasiyasidagi o’rnining yanada oshishiga asos bo’ladi.
Xalqaro moliya markazlari bilan hamkorlikda ekologik muammolarni hal qilishga alohida e’tibor berish lozim.
Milliy xo’jalikning ijtimoiy, siyosiy, ekologik va resurs imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni rivojlantirish nuqtalarini aniqlash orqali uzoq muddatli iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish zarur. Ularni shakllantirishda xalqaro kredit tashkilotlarining kreditlaridan samarali foydalanish masalalarini ham to’liq aks ettirish lozim.
Xalqaro moliya markazlari tomonidan ajratilayotgan kreditlarni hududlarga jalb qilishda mahalliy hokimiyat organlari investisiyalarni jalb qilish bo’yicha hududlarning uzoq muddatli investisiya dasturlarini ishlab chiqishlari va amaliyotga tatbiq etishlari lozim.


Download 61.03 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 61.03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston bilan xalqaro moliyaviy tashkilotlar munosabatlarining zamonaviy tendensiyalari

Download 61.03 Kb.