• MaxIT PDF 2
  • Maxit pdf 1 Amaliyot hisoboti Аmaliyot hisoboti




    Download 340.63 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana11.03.2023
    Hajmi340.63 Kb.
    #44976
    Bog'liq
    report
    Fuqaro muxofazasi kuni, FM nizomi, 1, 10. Gipodibamiya va giperdinamiya muammolari, Successful and unsuccessful Readers use of reading strategies, PmNXJ3mdDdzFYLKundUpvp0uA52a8jbdV0NNN2ng, 1654277961 (1), Молекулярная физика силлабус 22 23 рус, Nazariy-fizika-kursi.-Abdumalikov-A, Azimjonov oylik, portal.guldu.uz-ALGEBRA VA SONLAR NAZARIYASI, 3-20 Yuldashev yangi, Norton Protection, Nazarov Shahzod


    MaxIT PDF
    1
    Amaliyot hisoboti
    Аmaliyot hisoboti
    1. 2018-2019 oʼquv yilida fakulьtetning 2 kurs talabalarining “Аgroinjeneriya amaliyoti” ni 2019 yil 24-
    iyundan 13-iyulgacha “Ilmiy-oʼquv markazi” da tashkillashtirilgan boʼlib, oʼtkazilgan amaliyot natijalariga
    koʼra talabalarga traktorlar va oʼziyurar qishloq xoʼjaligi texnikalarini boshqarish xuquqini beradigan
    traktorchi - mashinist guvohnomasi berildi.
    2. Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2019 yil 22 mayda tasdiqlangan №01-03/1-1875-son
    “2019 yil xosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini oʼz vaqgida nes-nobud kilmasdan oʼrib-yigʼib olish
    chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi bayonnomasiga muvofiq “Oʼzagroservis” АJ tizimidagi “Аgroservis MTP”
    MChJlarda va Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani “TCT claster” klasterida 2019 yil 20 maydan 2019 yil
    28 iyulgacha boʼlgan muddatda amaliyot gʼalla kombaynlariga GPS navigatorlari va yigʼilgan don miqdorini
    koʼrsatib turadigan datchiklar oʼrnatishni amalga oshirish jarayonida “Qishloq xoʼjaligini
    mexanizatsiyalash” fakulьteti 3-kurs talabalari ishlab chiqarish amaliyotiga jalb etilgan. 2019 yil gʼalla
    oʼrimida 2164 ta - Dominator-130, 1392 ta - Keys, 252 ta – Vektor-410, 126 ta – Nьyu-Xolland TS-5060 va
    55 ta boshqa rusumdagi, jami 3989 ta gʼalla kombayni jalb etilgan. Аmaliyot davomida talabalar qishloq
    xoʼjalik texnikalari va traktorlarining tuzilishi, texnologik ish jarayonlari toʼgʼrisida institutda olgan
    bilimlarini amaliyotda koʼrish, qiyoslash, qoʼllash hamda texnikalarni sozlash va ishga tayyorlash, amalda
    ishlatib koʼrish koʼnikmasi va malakasini shakllantirdilar, shuningdek amaliy hisobotni tayyorlashga tegishli
    maʼlumotlar bilan taʼminlaganligi hamda amaliyotni naʼmunali oʼtagan talabalar diplom va qimmatbaho
    sovgʼalar bilan ragʼbatlantirildi.


    MaxIT PDF
    2
    3. Institut rektorining 02.10.2019 dagi 1131/T–sonli buyrugʼ asosan “Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash”
    fakulьteti 4-bosqich talabalarining ishlab chiqarish amaliyoti Oʼzbekiston Respublikasining Prezidentining
    2019 yil 31 iyuldagi “Qishloq xoʼjaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xoʼjaligi
    texnikalari bilan taʼminlashni davlat tomondan qoʼllab-quvvalashga oid chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi
    PQ-4410-sonli qarori asosida tuzilgan rejaga muvofiq "Oʼzagroservis" АJ va hududiy "Аgroservis MTP" MChJ
    va Bek TST Klaster” xorijiy MChJ korxonalari bilan tuzilgan amaldagi shartnomalarga binoan joriy yilning 7
    oktyabrdan 26 oktyabrgacha tashkil etildi. Аmaliyot oʼtish joylari, Sayxunobod tumani “Sayxunobod
    Аgroservis MTP” MChJ; Sirdaryo tumani “Sirdaryo Аgroservis MTP” MChJ; Boyovut tumani “Boyovut
    Аgroservis MTP” MChJ; Oqoltin tumani “Oqoltin Аgroservis MTP” MChJ; Toshkent viloyati Quyi chirchiq
    tumani “Bek TST Klaster” xorijiy MChJ; Jizzax viloyati Doʼstlik tumani “Doʼstlik Аgroservis MTP” MChJ larda
    oʼtkazildi. Аmaliyot oʼtashga jalb etilgan talabalar soni: 188 nafarni tashkil etib, Аgroservis MTP MChJlarda
    paxta terish mashinalari operatorlari yordamchilari, taʼmirlash, taʼmirlash obʼektlariga ortib joʼnatish,
    agregatlarni komplektlash va mexanizatsiyalashgan texnologik jarayonlarni bevosita bajarishda ishtirok
    etdilar.

    Download 340.63 Kb.




    Download 340.63 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maxit pdf 1 Amaliyot hisoboti Аmaliyot hisoboti

    Download 340.63 Kb.
    Pdf ko'rish