• Ishdan maqsad
  • Simlarning uchida halqa hosil qilish mashqi.
  • Yo‘g‘on va qattiq
  • Simlardan prujinalar tayyorlashda
  • Maxsulot tayyorlash texnologiyasi




    Download 2.23 Mb.
    Sana13.02.2023
    Hajmi2.23 Mb.
    #42040
    Bog'liq
    Amaliy mashg\'ulot N 1
    Подходы к формированию личности, Abdirahmanova F. tasdiqlangan avt-t, 1-laboratoriya, 2-Mavzu, Taqdimot (1) (4), 1-Amaly mashgulot, 3-Mavzu, 2 JM-22K-O‘zbekistonning eng yangi tarixi, Jismoniy tarbiya jarayonida qaddi-qomatni shakllantirish, 235382, 5-маъруза, Ta\'lim texnologiyalari, jahon mamlakatlari talimi tarbiya tizimi (5), Falsafa tarixi dastur

    1.AMALIY MASHG’ULOT
    MAVZU: SIMLAR BILAN ISHLASH VA ULARDAN TURLI XIL BUYUMLAR TAYYORLASHNI O’RGANISH
    Maxsulot tayyorlash texnologiyasi

    Reja 1. Simlarni to’g’rilash usullari. 2. O’lchash va rejalash asboblaridan foydalanish. 3. Ombur yordamida burchak hosil qilish va to’g’ri tutish. 4. Simlarning uchida xalqa va ilmoq hosil qilish.


    Ishdan maqsad: Talabalarni simlarni qirqish, bukish va to’g’rilashga oid ma’lumotlar bilan tanishtirish. Kerakli asbob-uskuna va jihozlar: Adabiyotlar, alyuminiy va po’lat similar, chilangarlik dastgohi, bolg’a ombir. Tayanch iboralar: chilangar, qaychi, ustara, bigiz. Nazariy ma’lumot.
    CHILANGARLIK. Markaziy Osiyoda temirchilik qadimdayoq kasb sifatida shakllangan. Ishlab chiqarish qurollarining takomillashuvi, turli rangli metallarga ishlov berilishi hunarmandlar mehnatining bo‘linishiga olib keldi. Ya’ni, ayrim temirchilar mehnat qurollarini yasagan bo‘lishsa, boshqalari nafis uy buyumlariga sayqal berishgan.
    Qadimda chilangarlar mayda metall buyum (ustara, kaychi, gazan, bigiz, arra, iskana kabi)larni yasashgan. Ushbu buyumlar dastlab hunarmandchilik usulida ishlab chiqarilgan. Bu hunar egalari, asosan, o‘choq, dam, bosqon, bolg‘a, ombur va boshqa asboblardan foydalanardi. Ular sartaroshlik, etikdo‘zlik, mahsido‘zlik, duradgorlik kasblariga kerakli, shuningdek, binokorlik uchun ham ish qurollari yasab berishardi. Zamonaviy chilangarlik — bu dastgohlarda mexanik ishlov berishni to‘ldiradigan yoki metall buyumlar tayyorlashda yakuniy bosqich bo‘lgan mashina va mexanizmlarni yig‘ish hamda sozlash ishlaridir. Mashinasozlikda chilangarlikning ahamiyati katta bo‘lib, ustaning ishtirokisiz mashinasi mexanizm yoki asbobni yig‘ib bo‘lmaydi. Chilangarlik ishlab chiqarishning barcha sohalarida keng qo‘llaniladi, shu bois ishning turiga ko‘ra chilangarlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
    1) mashina va mexanizmlarni yig‘uvchi;
    2) mashina va mexanizmlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi va ta’mirlovchi;
    3) ishlab chiqarish asbob-uskunalarini ta’mirlovchi asbobsoz;
    Simlarning uchini xalqalash; a, b, s, d – simlarning uchida xalqa va ilmoq hosil qilish, Simlarni egish, bukish yo‘li bilan har xil shaklga keltirish mumkin. Simlarning bu xususiyatlaridan foydalanib o‘quv ustaxonalarida ulardan ko‘plab buyumlar, ko‘rgazmali o‘quv qurollari, asboblar tayyorlanadi.
    Simlardan (ularning yo‘g‘on-ingichkaligiga va qattiq-yumshoqligiga qarab) turli maqsadlarda ishlatiladigan ilgaklar, tunuka qutichalarning gardishlari, har xil geometrik shakllar, prujinalar, otvyortka va chizg‘ich kabilar tayyorlanadi.
    Simlarning uchida halqa hosil qilish mashqi.1. O‘rtacha yo‘g‘onlikdagi (diametri 5—6 mm li) yumshoq simlarning uchida halqa hosil qilishda:
    a) simlardan o‘tkir jag‘li ombur bilan keragidan 10—15 mm uzunroq o‘lchamdagi zagotovka qirqib olinadi;
    b) simlarning uchida halqa hosil qilish yumaloq jag‘li omburlar yordamida bajariladi. Ombur jag‘larining yo‘g‘on-ingichkaligiga qarab hosil bo‘ladigan halqalarning diametri turlicha bo‘ladi;
    v) halqalarning sifatli chiqishi uchun simlarning uchi ombur jag‘lari orasiga olib qisiladi (simning uchi ombur jag‘laridan o‘tib ketmasligi kerak); g) katta o‘lchamli (ombur jag‘lari diametridan katta o‘lchamli) halqalarni hosil qilishda simlar yumaloq jag‘li omburlar bilan ketma-ket yegiladi 
    Yo‘g‘on va qattiq simlardan halqa hosil qilishda
    a) simlarning uchidan halqa aylanasi uzunligining yarmiga teng kesma o‘lchanib belgi qo‘yiladi;
    b) halqa diametriga teng yo‘g‘onlikdagi sterjen (moslama) olinadi;
    v) simni moslama bilan birgalikda tiskiga qistiriladi (simga qo‘yilganda ko‘rsatilganidek tiski jag‘laridan yarim halqa uzunligida yuqoriga chiqarib o‘rnatiladi) va bolg‘alab yarim halqa hosil qilinadi;
    g) simlarning ikkinchi uchini yuqoriga qaratib o‘rnatiladi va bolg‘alar to‘la halqa hosil qilinadi .
    d) halqani moslama bilan birgalikda tiskiga qistirib bolg‘alab shakl beriladi.
    Simlardan prujinalar tayyorlashda: a) prujinaning ichki diametriga mos yo‘g‘onlikdagi sterjendan moslama tayyorlanadi Uning uchiga yaqinroq joydan sim o‘tadigan qilib teshik ochiladi;b) kuydirilgan (yumshatilgan) simlarning uchini moslama teshigidan o‘tkazib bukiladi.
    v) moslama tiskiga qistirma orasiga olib o‘rnatiladi va simning ikkinchi uchidan chap qo‘lda yassi jag‘li ombur bilan tutib, o‘ng qo‘lda moslamaning dastasi aylantiriladi.
    Simlardan purjinalar tayyorlash; a, b, v, g – purjina o`rash usullari, d – purjinaning uchini xalqalash, e – purjina torresini to`g`rilash, j – purjinani go`niya bilan tekshirish.
    g) prujinaning uchlari ombur bilan yoki moslamalarga qistirib halqalanadi prujinalarni qo‘lda tayyorlashga qaraganda stanokda tayyorlash qulay. Buning uchun prujina o‘rovchi moslama stanoknnng oldingi va ketingi babkalariga o‘rnatiladi. Simni keskich tutqichga qistirilgan taxtakach orqali o‘tkazilib, moslama teshigiga kiritiladi. Stanokni to‘g‘ri va teskari yo‘nalishda ay-lantirish bilan o‘naqay va chapaqay spirallar (prujinalar) xosil qilinadi. Prujinaning bir tekis o‘ralishini ta’minlash uchun stanokni sekin aylanishga sozlab, surilishni sim diametri (qadami) ga moslanadi.
    Download 2.23 Mb.




    Download 2.23 Mb.