• Kirish
  • Maxsus, kasb-hunar




    Download 5.34 Mb.
    bet1/39
    Sana26.08.2022
    Hajmi5.34 Mb.
    #25420
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
    Bog'liq
    19809-elektr-gaz-payvandlash-ishlari-asoslari
    3.53.06.01Payvandlovchielektrgazpayvandlovchi, pourochnik, MBlab-3 jasur, 2 5399973595696869646 (копия), SH.QAYUMOV EKOLOGIYA (копия)

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI


    N. K. Dadaxanov


    ELEKTR-GAZ PAYVANDLASH
    ISHLARI ASOSLARI
    O‘rtа maxsus, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma
    «DAVR NASHRIYOTI»
    Toshkent 2017

    UO‘K: 621.791.754.1(075.32)
    KBK 34.641
    K 25


    Taqrizchilar:
    A. MURODOV Namangan MII dotsenti, texnika fanlari nomzodi
    A. S. POLVONOV — Namangan MPI dotsenti, texnika fanlari nomzodi
    M. MAMADIYEV — Namangan SQXK oliy toifali o‘qituvchisi

    K 25
    Dadaxanov N. K.
    Elektr-gaz payvandlash ishlari asoslari: / O‘rtа maxsus, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma / H.K. Dadaxanov; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi; O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi; —T.: «Davr nashriyoti» – 2017. – 160 b.



    UO‘K: 621.791.754.1(075.32) KBK 34.641ya721
    ISBN 978-9943-5023-6-9
    O‘quv qo‘llanmada “Elektr-gaz payvandlash ishlari asoslari” fanidan nazariy ma’lumotlar berilgan. U 060001 — qishloq xo‘jaligi mashinalari va jihozlaridan foydalanish hamda ta’mirlash ta’limi yo‘nalishida va shu fanni o‘qiydigan boshqa yo‘nalishdagi o‘quvchilar uchun ham mo‘ljallangan.
    ISBN 978-9943-5023-6-9 © «DAVR NASHRIYOTI» MChJ, 2017




    Kirish


    Hozirgi kunda mashinasozlik bilan birga pay- vandlash ham rivojlanib bormoqda. Payvandlash fa- qat mashinasozlikda emas, balki boshqa sohalarda ham keng yo‘lga qo‘yilgan. Uning yordamida yangi konstruksiyalar ishlab chiqiladi, buyum va jihozlar ta’mirlanadi va yana boshqa ishlar ham amalga oshi- riladi. Payvandlash ishlarini zamonaviy usullar bilan yer ustidagi kabi suv ostida ham, kosmosda ham, har qanday fazoviy holatda bajarish mumkin.
    Metallni eritishda “Elektr uchqunlaridan” amal- da foydalanish g‘oyasini, birinchi bo‘lib, 1753-yilda rossiyalik olim G.V. Rixman atmosfera elektrini tekshirishda o‘rtaga tashlagan edi. 1802-yilda Sankt- Peterburglik olim V.V. Petrov elektr yoyi hodisasini kashf qildi va undan amalda foydalansa bo‘ladigan sohalarni ko‘rsatib berdi.
    Metallarni elektr yoyi yordamida payvandlashni amalga oshirish uchun fiziklar va texniklar juda ko‘p yillar birgalikda ish olib borishdi. Bu ishlar elektr generatorlar yaratishga qaratilgan edi. 1882-yilda
    N.N. Benardos elektr yoyi yordamida ko‘mir elektrod bilan payvandlash usulini, 1888-yilda N.G. Slavyanov elektr yoyi yordamida metall elektrod bilan payvand- lash usulini taklif qildi. Bu olimlar keyinchalik pay- vandlashdagi boshqa jarayonlarni va uning turlarini, jumladan, elektrodni yoyga mexanizatsiyalashgan tarzda uzatib turadigan qurilmalarni, payvandlash
    vannasini havodan himoya qilish uchun flyus sifatida- gi maydalangan shishadan foydalanish usulini ixtiro qildilar. 1907-yilda shvetsiyalik olim D.Kelberg pay- vandlash vannasini himoyalash va yoyni barqarorlash- da elektrodlarning qalin qoplamasidan foydalanishni taklif qildi. Flyus yordamida avtomatik payvandlash prinsipini 1892-yilda N.G. Slavyanov ishlab chiqdi. 1927-yilda esa D.A. Dulchevskiy flyus qatlami ostida elektr yoyi yordamida metallarni avtomatik payvand- lash qurilmasini yaratdi.
    Hozirgi kunga kelib qo‘lda yoy yordamida pay- vandlash ancha rivojlandi, shu bilan birga, payvand- lashning ko‘plab turlari va usullari ishlab chiqildi. En- dilikda payvandlash jarayonlari avtomatlashgan usulda va robotlar yordamida bajarilmoqda. Masalan, avto- mobillarni ishlab chiqarish liniyalarida robotlar yor- damida kontaktli payvandlash keng qo‘llanilmoqda. Ko‘plab mashinasozlik zavodlarida va ta’mirlash ish- larida yoy va gaz yordamida qo‘lda payvandlash aso- siy o‘rinni tutadi. O‘quv qo‘llanma payvandlashning nazariy asoslarini va turli materiallarni payvandlash texnologiyasini o‘rganishda yordam beradi.

    I BOB.


    Download 5.34 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




    Download 5.34 Mb.