-mavzu: G’oyaviy-badiiy izchillik va mahorat uchun kurash. (1960-1990)




Download 3.69 Mb.
bet14/17
Sana25.03.2017
Hajmi3.69 Mb.
#2313
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
15-mavzu: G’oyaviy-badiiy izchillik va mahorat uchun kurash. (1960-1990)

Reja.


1.Adabiy jarayondagi etakchi tamoyillar.

2.Adabiy tanqidda yozuvchi va kitobxon, badiiy asar va kitobxon muammolarining ilmiy-estetik talqini.

3.70-80 yillar tanqidchiligida yangicha ilmiy tafakkur tamoyillari.

Tayanch tushunchalar: adabiy tank,idning etakchi xususiyati, etakchi tamoyillar, talqin turlari, davr va tanqidiy qarashlar, badiiy asar takomilidagi o’rni, badiiy nochor asarlarga ta’siri.

Adabiy tanqidning siyosiy-mafkuraviy tobelikdan ozod bo’lish yo’llarini izlash va professional tanqid mahoratini oshirish tomon yuzlanishi. 20-50 yillarda kommunistik firqa adabiy tanqidni o’ziga tamoman bo’ysindirishga intilgan bo’lsa, 60-yillardan shu tazyiq doirasida faoliyat ko’rsatgan holda, imkon boricha badiiy adabiyot haqida uning ichki qonuniyatlari asosida fikr yuritishga intilish, asarning badiiy himmatiga qarab baho berish tamoyillari yildan yilga ko’zga tashlana borgani.

Sotsialistik realizm metodidagi inqirozning badiiy asarlardagi ilk ko’rinishlari. Bunday asar, ularning adabiy tanqidga va tanqidning bunday yo’nalishdagi asarlarga ko’rsatgan ta’siri. Roman janri istiqboli, sho’ro adabiyotida gumanizm va go’zallik muammosi xususidagi bahslar. qahramon muammosining tanqidchilikdagi yangi talqinlari.

Janrlar haqidagi bahslar. Yoshlar she’riyati va adabiy tanqid. Bir guruh shoirlar (Evg. Evtushenka, And. Voznesenkiy, Bella Axmadullina, R.Rojdestvenskiy, E.Vohidov, A.Oripov, G.Nurillaeva, Oljas Sulaymonov) ijodida modern qarashlarning shakllanishi va ularga tanqidchilikning munosabati. Lirikadagi izlanishlarning tanqidchilikda aks etishi. O.Sharafiddinovning “Nihollar” maqolasi. M.Qo’shjonovning Oybek romanlari haqidagi maqolalari. N.Shukurovning she’riyat talqiniga qo’shgan hissasi.

Prozada lirizm, etnik ko’lam tahliliga e’tiborning kuchayishi. A.Muxtor, P.Qodirov, O.Yoqubov, O’.Umarbekov asarlarining talqini asosida o’zbek tanqidchiligida yangi tamoyillarning ko’rinishi. o’zbek nasrining qahramoni haqidagi bahs. Tanqidchilik markazida davr va qahramon muammosi.

Tanqidchilikda sharoit va xarakter muammosiga yangicha yondashuvlar. Badiiy asar poetikasi, xarakter, syujet, kompozitsiya, badiiy til va h.k. haqidagi tadqiqotlar.

Dramatik asar va uning sahna talqinida konflikt haqqoniyati va hayotiyligi masalalarining o’rganilishi.

Berdiali Imomovning o’zbek teatr tanqidchiligidagi o’rni. 60-70 yillar o’zbek dramalaridagi qahramon muammosi B.Imomov talqinida. Ichki konfilikt va tashqi konflikt haqidagi B.Imomov qarashlari.

Hafiz Abdusamatov (1925)- o’zbek tanqidchiligi va adabiyotshunosligining taniqli vakili sifatida. A.Qahhor ijodining o’rganilishi. Xamza nomidagi (Hozirgi O’zbekiston milliy) akademik drama teatrida so’nggi yarim asr davomida sahnalashtirilgan asarlar H.Abdusamatov talqinida. H.Abdusamatov H.H.Niyoziy va Komil Yashin ijodining yirik tadqiqotchisi. Olimning drama nazariyasi va O’zbekiston Qahramoni Zikr Muhammadjonov ijodi haqidagi tadqiqotlari. Munaqqidning O’lmas Umarbekov va Alp Jamol ijodiga bag’ishlangan yangi asarlari.

Tanqidchilikda milliy adabiyotlar aro hamkorlik va aloqalar masalasining ishlanishi.

O’zbek tanqidchiligida “O’tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Qutluq qon” singari asarlarning qayta talqin qilinishi. Etuk asarlarning har bir zamonda yangicha o’qilishi va yangi talqinlari topilishi. Navoiy asarlarining zamon va adabiy jarayon bilan bog’lab yangicha talqin etilishi.

Kommunistik partiyaning sotsrealizmni yanada mustahkamlash, yagona sovet adabiyoti asoslarini zo’raytirish yo’lidagi sa’yi-harakatlari. KPSS MK “Adabiy tanqid haqida” (1972,19 yanvar) qarori. “Literaturnoe obozrenie” jurnalining chop etilishi, munaqqid kadrlarni tayyorlash ishlarining kuchayishi.

Tanqidchilikda sotsrealizm metodiga madhiya o’qishning asta-sekin susaya borishi undagi sun’iylik, soxtalik, hayotiylik va haqqoniylikdan uzoqlik ochiq-oydin aytila boshlashi. Rus adabiyotida xorij va ichkaridagi adabiyot tarzidagi bo’linish ro’y berishi.

O.Sharafiddinovning “Zamon, qalb, poeziya”, M.Qo’shjonovning “Abdulla Qodiriyning tasvirlash san’ati”, “Oybek mahorati”, S.Mamajonovning Zulfiya haqidagi, U.Normatovning Abdulla Qahhor ijodiga bag’ishlangan tadqiqotlarida, maqolalarida, avvalgi davrlardagidan farqli o’laroq, endi mavzuga, qahramonning partiyaviy mansubligiga, ishchi yoki dehqon hayoti tasvirlanganiga qarab emas, yozuvchi mahoratiga, uslub tiniqligiga, asarning badiiy tarovatiga qarab baho berish tamoyillarining kuchaygani.

Shuhratning “Jannat qidirganlar”, Turg’un Po’latning “Ichkuyov”, O.Yoqubovning “Diyonat”, P.Qodirovning “Olmos kamar”, O’.Hoshimovning “Nur borki soya bor” romanlarini qiyosiy, tipologik, funtsional tahlil etish asosida o’zbek tanqidchiligida uslubiy rang-baranglikning namoyon bo’lishi. Tanqidchi uslubidagi milliy o’ziga xosliklar.

“Mirzo Ulug’bek”, “Ulug’bek xazinasi”, “Yulduzli tunlar” singari tarixiy romanlar, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Halima Xudoyberdieva she’riyati tahlili misolida o’zbek tanqidchiligida shakllar va janrlar rang-barangligi.

Oshkoralik yillaridagi o’zbek tanqidchiligi. Badiiy adabiyotda paydo bo’la boshlagan yangi tamoyillarga vobosta tanqidiy tafakkurdagi meyorlar yangilanishi.

Sh.Xolmurzaevning nasridagi yangi tamoyillarning tanqidchilikdagi yangi talqinlari. O’.Hoshimovning “Dunyoning ishlari”, “Ikki eshik orasi”, “Qalbinga quloq sol” asarlari bilan o’zbek adabiyotiga kirib kelgan yangiliklarning (xususan, sotsialistik hayotdagi salbiy tomonlarning yoritilib berilishi) tanqidchilik tomonidan aniq va to’g’ri baholanib ommalashtirilishi. M.Muhammad Do’st, X.Sultonov, E.A’zam, U.Azim, Sh.Rahmonning adabiyotga olib kirgan yangiliklarining tanqidchilikda talqin qilinishi. Tanqidchilikning doim badiiy asar orqasidan ergashib bormay, yozuvchi, asar oldiga zamonning yangi-yangi badiiy talablarni qo’yish xususiyati.

O’zbek tanqidchiligida “O’zbeklar ishi”, rahbarlar adabiyoti muammolariga munosabat. V.Zohidov, S.Mirvaliev, N.Vladimirova O.Tog’aev, I.G’afurov, P.Shermuhamedov, N.Xudoyberganov hayoti va ijodi haqida ma’lumot.

60-80-yillar tanqidchiligida Cho’lpon, Fitrat ijodlarini o’rganish bo’yicha olib borilgan kurashlar. Madaniy merosga yangicha qarashlar.

A.Qodiriy ijodining 60-80-yillar tanqidchiligida o’rganilishi. A.Aliev, I.Mirzaev, F.Nasriddinovning qodiriyshunoslik faoliyati.

Xamza ijodiga munosabatda yangicha meyorlarning yuzaga kelishi.

Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar:

1.Qo’shjonov M. "Ijod mas’uliyati", -T.: Fan, 1981 yil

2.Sharafiddinov O. "Birinchi mo’’jiza", -T.: FG’ACH, 1979 yil

3.Xudoyberganov N. "O’z dunyosi, o’z qiyofasi", -T.: "Yosh gvardiya", 1986 yil

4.Xudoyberganov N. "Xahiqat yog’dulari", -T.: G’FACH, 1985 yil

5.Mamajonov S. Saylanma. -T.: FG’ASN, 1981 yil



Download 3.69 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 3.69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: G’oyaviy-badiiy izchillik va mahorat uchun kurash. (1960-1990)

Download 3.69 Mb.