Maymun chechagi




Download 257.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana03.04.2022
Hajmi257.58 Kb.
#19265
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Maymun chechagi
determinat, ehtimollik nazariyasi, aniq integral, 13-Amaliy Temir yo‘l sisternasidan yuqori qovushqoq neft maxsulotini, M.A.Xoshimxonova, M.A.Xoshimxonova 2, Reference-345211105067


Maymun 
chechagi
 
Umumiy intoksikatsiya sindromi, teri va shilliq pardalarda vezikulyoz-pustulyoz 
toshmalar bilan kechuvchi o’tkir zoonoz yuqumli kasallik hisoblanadi. 
Kasallik qo’zg’atuvchisi Poxviridae oilasi Ortopoxvirus turkumiga mansub virus 
hisoblanadi. Morfologiyasi, antigenlik va kultural xususiyatlari chinchechak 
virusinikiga yaqin. 
Yashirin davri 7-9 kun. Klinikasida o’ta engil (stertaya), engil, og’ir va o’ta og’ir 
shakllari farqlanadi. Kasallik qaltirash va isitmaning tez 39-40°S gacha ko’tarilishi 
bilan o’tkir boshlanadi. Ishtaha pasayishi, astenizatsiya, mialgiya va artralgiyalar 
kuzatiladi. Kasallikning 3-4-kunidan isitmaning remissiya davrida teri va shilliq 
qavatlarda toshmalar toshadi. Avval yuz, qo’lda, so’ng tanaga. Toshma bosqichlari 
– makuladan vezikula, pustula, qaloq va chandiqqacha. Toshma markazdan 
boshlanib periferiyaga tarqaladi (sentrobejnaya lokalizatsiya), monomorf. 
Shilliq qavatlarda toshma tez matseratsiyaga uchrab og’riqli yaraga aylanadi. 
Kasallikning 7-8-kuni pustula paydo bo’lib yana tana harorati yuqori darajagacha 
ko’tariladi (ikkinchi to’lqin). Kasallikning 9-10-kunlaridan qaloq paydo bo’ladi va 
isitma asta tushib boradi. 
Tashxisi epidemiologik anamnez, klinik belgilari va laborator tekshiruvlarga 
asoslanadi. 
Elektron mikroskopiyada toshmadan olingan suyuqlikdan virusni aniqlash. Tovuq 
embrioniga ekib virusologik va serologik reaksiya (RNGA, RTGA, MFA) usullar 
qo’llanadi. 
Bezgak 
Bezgak – bu xurujli isitma, anemiya, jigar va taloqning kattalashuvi bilan 
kechuvchi protozoy antroponoz kasallikdir. 
Qo’zg’atuvchisi Protozoa tipi, Sporozoa avlodi, Plazmodiidae sinfi Plasmodium 
turkumiga mansub. 4 xil qo’zg’atuvchi odamda kasallik chaqiradi. 
1.Plasmodium vivax – 3 kunlik bezgak. 
2.Plasmodium malariae – 4 kunlik bezgak. 
3.Plasmodium falciparum – tropik bezgak. 
4.P.ovale – 3 kunlik tipidagi bezgak. 


Plasmodium vivax ning shimoliy (Plasmodium hibernans) yashirin davri uzoq va 
janubiy (Plasmodium vivax) yashirin davri qisqa bo’lgan variantlari mavjud. 
Bezgaklarning 
antroponoz 
shaklida 
kasallik 
manbai 
bo’lib 
qonida 
plazmodiylarning shizont va gametotsitlarini tutuvchi odam va parazit tashuvchilar 
hisoblanadi. O’tish yuli transmissiv (Anopheles chivini orqali), parenteral (qon 
quyilganda), kam hollarda platsenta orqali (tug’ma). 

Download 257.58 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 257.58 Kb.
Pdf ko'rish