• Gidrotsilindr
  • Mazvu: Gidravlikaning shartli grafik belgilari gidronasoslar




    Download 0.7 Mb.
    Sana27.03.2023
    Hajmi0.7 Mb.
    #46856
    Bog'liq
    Mazvu Gidravlikaning shartli grafik belgilari gidronasoslar
    kreativ ISBILERMENLIK 111

    MAZVU: Gidravlikaning shartli grafik belgilari

    1. GIDRONASOSLAR

    2. GIDROMOTORLAR

    3. GIDROSILINDIRLAR

    4. BOSIM KLAPINLARI

    5. QUVVATNI UZATUVCHU VA YORDAMCHI QURILMALAR

    1.GIDRONASOSLAR.


    Nasos — suyuqlikni bosim ostida soʻrish va haydash, gazlarni siqish yoki siyraklantirish, sochiluvchi jismlarni soʻrish va haydash uchun ishlatiladigan qurilma (gidravlik yoki pnevmatik mashina, apparat yoki asbob). Suyukdiklarni bosimsiz harakatlantirish uchun moʻljallangan qurilmalar suv koʻtarish mashinalari deb ataladi. Nasosning asosiy parametri — maʼlum vaqt ichida (vaqt birligida) haydaladigan suv, gaz yoki havo miqdori. Baʼzan nasoslar uchun bosim (R va Ya), isteʼmol quvvati N va f. i. k. ham muhim. Hajmiy nasosda suyuqlik nasosning berk boʻshligʻidan quvurlarga porshen (plunjer), shesternya, vint, kulachok va boshqa taʼsirida oʻtkaziladi. Nasosga kirayotgan va undan chiqayotgan suyuqlikning solishtirma energiyalari farqi bosim deyiladi. Hajmiy nasosning porshenli (plunjerli), membranali, rotorli va boshqa xillari bor. Proshenli nasosda suyuqlik ish kameralari hajmining oʻzgarishi hisobiga harakatlanadi. Rotorli nasos shesternyali, plastinkali va boshqa xillarga boʻlinadi. Nasoslar suv taʼminoti tizimlarida, neft chiqarish, neft mahsulotlari va gazlarni haydashda, kema va gidropress qurilmalarida, avtomobillarda, binolarni shamollatishda hamda texnikaning boshqa sohalarida keng qoʻllaniladi. Nasos stansiyasi - suyukliklarni yuqoriga koʻtarish uchun moʻljallangan bino; nasos agregati va quvurlardan iborat inshoot. Nasosga boshkarish apparatlari, elektr nasos yeda esa taqsimlash qurilmalari, pasaytirish podstansiyalari, yigʻish-soʻrish va bosim kollektorlari, qoʻshimcha jihozlar (asosiy nasoslarni ishga tushiradigan vakuumnasoslar, yongʻinga qarshi ji-hozlar, moy xoʻjaligi va boshqalar) kiradi. Nasos agregati soʻrish quvuri, nasos, dvigatel, uzatish mexanizmi, teskari klapanli bosim truboprovodi va zulfindan iborat boʻladi. Me-liorativ (sugʻorish) Nasosning qoʻzgʻalmas va suzuvchi xillari bor. Suzuvchi nasos yeda nasos va kuch qurilmalari ponton yoki barjalarga oʻrnatiladi. Kema qatnaydigan yirik kanallarni suv bilan taʼminlash, suv omborlarini suv bilan toʻldirish, sugʻorish inshootlari va boshqa uchun yirik Nasos qoʻllaniladi. Vodoprovod Nasos suvni manbadan suv taʼminoti joyiga koʻtaruvchi va undan vodoprovod inshootlariga yoki rezervuarga hamda tozalangan suvni vodoprovod tarmogʻiga uzatuvchi koʻtarish st-yalaridan iborat. Kanalizatsiya Nasos panjarali va maydalagichli rezervuar, mashina zali (nasosxona) va boshqalardan iborat. Bunday Nasos yer ustiga va yer ostiga oʻrnatiladi. Xalq xoʻjaligida Nasosning ahamiyati katta. Ayniqsa, baland joylarga suv chiqarishda Nasos juda qoʻl keladi.

    a) RUXSAT ETILGAN NASOS
    b)O’ZGARUVCHAN NASOS
    c)TUTQICHLI NASOS

    2. GIDROMATOR


    Gidromatorlar-suyuqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvch qurulma bo‘lib, ularning korpusi ichda joylashgan ish bajarvchi mexanizmi bo‘yicha tishli, porshenli (plunjerli) va kurakli turlari mavjud: Balining aylanishlar sonini o‘zgartiradigan va o‘zgartirmaydigan turlari ham mavjud. Gidromatorlar (dvigatellar) reversivligi (balining chapga va o‘ngga aylanish) bilan boshqa dvigatellardan farq qiladi.

    3.GIDROSILINDRLAR


    Gidrosilindrlar-moyning bosimida biror mexanizmni ko‘chirish uchun xizmat qiladi (8-rasm). Shtokning bir va ikki tomonga harakatlantiruvchi turlari mavjud. Gidrotsilindr —porsheni ilgarilama-qaytma harakatlanadigan gidravlik dvigatel. Bir va ikki tomonlama harakatlanadigan, porshenli, plunjerli, membranali, teleskopli va b. xillari bor. Stanoklarda asosiy harakatni uzatishda, osma mashinalar, qurilish, yoʻl qurilishi va q.h. mashinalarining organlarini siljitishda, prokat stanoklarining qisish qurilmalarini yopibochishda keng qo’llaniladi.





    1. BOSIM KLAPINLARI

    Bosim klapan (gidravlik valf) - suyuqlik oqimining ta'siri ostida o'chirish va boshqarish elementining o'rnini o'zgartirish orqali gidravlik qurilmaning oqim maydonini o'zgartirish orqali suyuqlik oqimining parametrlarini tartibga solish uchun mo'ljallangan gidravlik qurilma. (to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita).



    QUVVATNI UZATUVCHU VA YORDAMCHI QURILMALAR
    MATOR, DIVIGATEL, FILTR, BAK, GIDROAKUMILYATOR, MANOMETR, DACHIKLAR ISSIQLIK O’LCHAGICHLAR UZATISH VA ULANISH QUVURLARI.

    6.GIDRO TAQSIMLAGICHLAR

    Moy taqsimlagichlar-moyni (dastak va zolotkok yordamida) gidroyuritmalarga uzatish va qaytarish vazifasini bajaradi (6,7-rasmlar). Ularning bir, ikki, uch va to‘rt qatorli konstruksiyalari bo‘ladi. Konstruksiyasi korpus, uning ichida zolotnik va ehtiyut klapanlari joylashgan bo‘ladi. Zolotniklar dastak yordamida harakatga keltiriladi.

    Foydalanilgan adabiyotlar:


    1. Latipov K.Sh, Arifjonov O.M. Gidravlika va gidravlik mashinalar.Toshkent 2011, 336 b.
    2. Vafoyev S.T. Melioratsiya mashinalari (Darslik). Toshkent. «Fan va texnologiyalar». 2013, 304 b. 3. 4.
    3.ziyonet.uz
    Download 0.7 Mb.




    Download 0.7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mazvu: Gidravlikaning shartli grafik belgilari gidronasoslar

    Download 0.7 Mb.