|
Mbbt arxitekturasi
|
bet | 3/3 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 120,5 Kb. | | #272214 |
Bog'liq Mbbt arxitekturasiTARMOQLI TIZIMLAR
Bu tizimning tipik vakili Integrated Database Management System (IDMS) tizimidir. 1970-yillar bir nechta tizimlar yaratildi, ular orasida IDMS ham bor edi. Bu tizim ko‘pchilik operatsion tizimlarni boshqarishda IBM firmasi mashinalarini ishlatish uchun mo‘ljallangan. Tizimning arxitekturasi Integrated Database Management System (IDMS) dasturlash tili bo‘yicha Conference on Data Systems Languages (CODASYL) tashkiloti taklifiga ko‘ra tuzilgan. Bu tashkilot Kobol dasturlash tiliga mas’uldir. Ma’lumotlarning tarmoqli strukturasi Ma’lumotlarni tashkil qilishga bo‘lgan tarmoqli yondashish iyerarxik kengaytmali bo‘ladi. Iyerarxik strukturali yozuv — avlod bitta ajdodda aniq bo‘lishi kerak. Ma’lumotlarning tarmoqli strukturasida esa avlodlar ajdodlarda istalgan sonda bo‘lishi mumkin. Tarmoqli MBda yozuvlar va ular orasidagi bog‘lanishlar tashkil topgan, ya’ni yanada aniqrog‘i MB strukturasining har bir tipidagi nusxalar to‘plamidagi yozuvlar turi to‘plami va berilgan aloqa turlari to‘plamidagi har bir turdagi nusxalar to‘plamini taskil qiladi. Bog‘lanishlar ikki xil turdagi yozuvlar uchun aniqlanadi: ajdod va avlod. Aloqa turi nusxasi ajdod yozuv turining bitta nusxasi va avlod yozuv turi tartiblangan nusxalar to‘plamidan tashkil topadi. P ajdod yozuv turi va C avlod yozuv turi bilan berilgan L bog‘lanish turi uchun quyidagi ikki shart bajarilishi kerak:
- P turning har bir nusxasi faqat bitta ko‘rinishdagi L ning ajdodi hisoblanadi;
- Har bir Ñ ko‘rinishdagi nusxa bittadan ortiq bo‘lmagan L ko‘rinishning avlodi hisoblanadi.
MB tarmoqli sxemasiga oddiy misol:
Ma’lumotlar bilan ish yuritish
Taxminiy amallar to‘plami quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- bir xil turdagi yozuvlarga ega to‘plamda aniq yozuvni topish;
- ayrim bog‘lanishlar yordamida ajdoddan birinchi avlodga o‘tish;
- ayrim bog‘lanishlar yordamida keyingi avlodga o‘tish;
- ayrim bog‘lanishlar bo‘yicha avloddan ajdodga o‘tish;
- yangi yozuv yaratish;
- yozuvni o‘chirish;
- yozuvni modifikatsiyalash;
- bog‘lanishni tashkil etish;
- bog‘lanishni olib tashlash;
- boshqa bog‘lanishni tashkil qilish va boshqalar.
Butunlikka cheklovlar. Umuman olganda butunlikka cheklov talab qilinmaydi, låkin ayrim hollarda butunlik murojaat bo‘ycha talab qilinadi (xuddi iyerarxik modåldagiga o‘xshab).
|
| |