|
Mdya – maydonli tranzistorlar (mosfet)
|
Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 141,82 Kb. | | #122366 |
Bog'liq 8-МАVZU. MDYA-MAYDONLI TRANZISTORLAR(MOSFET). MDYA – maydonli tranzistorlar (MOSFET) Maydon effekti – elektr maydonining zaryad tashuvchilarga ta’sir ko‘rsatish hodisasidir. Bu hodisadan maydonli tranzistorlarda (ing.FET) foydalaniladi. Bipolyar tranzistorlardan farqli, maydonli tranzistorlarda faqat bir turdagi zaryad tashuvchilardan foydalaniladi va shuning uchun ular unipolyar tranzistorlar deb ataladi. Maydonli tranzistorlarning afzalligi shundaki, tokni zaryad tashuvchilarsiz (faqat maydon bilan) boshqarish mumkinligidir. Kambag’allashgan rejm - Zatvorga manfiy kuchlanish berilganda, kanalda yuzaga kelgan elektr maydon elektronlarni kanaldan taglikga itarib chiqaradi va kanal tok tashuvchi elektronlardan kambag‘allashadi. Shu bilan kanalning o‘tkazuvchanligi kamayadi.
Maydonli tranzistorning kanali zaryad tashuvchilardan kambag‘allashgan rejimi Kambag‘allashgan MOSFET zaryad tashuvchilarga boyitish rejimida Maydonli tranzistordagi kambag’allashgan rejim - Zatvorga musbat kuchlanish berilganda, kanaldagi elektr maydoni yo‘nalishi teskari tomonga o‘zgaradi va bu maydon istok, stok sohalardan hamda taglikdan elektronlarni tortib olib, kanalni tok tashuvchilar bilan boyitadi. Shu bilan kanal kengayib, o‘tkazuvchanligi ortadi.
Bu yerda, n sohalar p soha bilan ajratilgan, zatvor SiO2 bilan izolyatsiya qilingan va bu qatlam yuzaga keladigan kanalni to‘la qamrab olmagan (qoplamagan).
|
| |