2015 yili har bir amerikalik internetda kuniga 8,4
soat o‘tirib, mediakontent bilan tanishgan bo‘lsa,
filippinliklar bunga 10,6 soat, rossiyaliklar 4,6 soat, yurtimizda 1,6 soatni ajratishmoqda. So‘nggi
ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda internet foydalanuvchilarining soni 2,6 milliardni tashkil etgan bo‘lsa,
O‘zbekistonda mazkur raqam 19 milliondan oshdi va shundan 7 million nafari mobil
foydalanuvchilardir.
OAV orqali tarqatilayotgan axborotning manipulyativ ta’siri kuchliligini
bugun hech kim inkor etmaydi. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak,
OAV orqali tarqatilayotgan xabarning haqqoniyligiga ishonish ilk
gazetalar paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelganligini ko‘rish mumkin.
1874 yilning 9 noyabr kuni New York Herald gazetasida reportyor
T.B.Konneri tomonidan Sentral Park hayvonot bog‘ida yirtqichlar
chiqib ketib, “ikki yuzga yaqin odam jarohatlangan, toptalgan bo‘lib,
oltmish nafari og‘ir ahvolda. Ulardan uchtasi ertalabgacha yetib
bormasligi mumkin. O‘n ikkita yirtqich hayvon hamon erkinlikda. Ular
qaerga yaqinlashganligi hozircha noma’lum” deya yolg‘on xabar bosib
chiqarilib, uning oxirida gazeta mushtariylari xavotirga tushmasliklari,
bularning barchasi uydir
ma ekanligi yozilgan edi. Ammo ko‘pchilik
xabarning aynan shu joyigacha yetib kelmay, yashirinishga, ba’zilar
esa qo‘lga qurol olib yirtqichlarni o‘ldirish uchun hattoki ko‘chaga
chiqishgan. 1939 yili CBS radiostantsiyasi Orsona Uelles tomonidan
Mercury te
atrida Gerbert Uellsning “Dunyolar urushi” romani asosida
qo‘yilgan asarining radiopostanovkasini efirga uzatayotgan paytida
ommaviy tartibsizliklar yuz bergan. Roman syujetiga ko‘ra, marsliklar
yerni bosib olib, millionlab insonlarni gaz bilan
zaharlaydilar.
Ko‘pgina odamlar radiopostanovkaning birinchi qismini eshitgan
3
daqiqalardan boshlab qochishga, “dushmanlar”dan yashirinishga
harakat qilishgan. 1835 yili birinchi Amerika tabloidi New York
Sun jurnalist Richard Adame Lokkning ingliz astronomi oyning
yuzasida aqlli jonzotlarni teleskop orqali ko‘rganligi haqidagi
yolg‘on xabarni bosib chiqaradi. Natijada gazetaning adadi o‘sha
payti eng yuqori ko‘rsatkich — 19 ming donaga yetadi. Hattoki,
xristian ayollar jamiyati ularni nasroniy diniga kiritish uchun Oyga
uchish taraddudiga ham tushishadi.
Bugun OAVning ta’siri o‘sha paytdagidan kam emas. Aynan axborotni tahlil
etmay, o‘z holicha qabul qilish oqibatida dunyoning turli chekkalarida
yoshlar jinoyatga qo‘l urmoqda, o‘zini kino asari qahramoni sifatida his
qilganlar esa, “qahramon” xatti-harakatlarini takrorlagan holda qo‘llariga
qurol olib, begunoh insonlar hayotiga zomin bo‘lishmoqda. Masalan,
respublikamiz telekanallari orqali efirga uzatilgan “Jumong” serialidan
so‘ng yosh bolalarning o‘zini “Jumong” his qilib, qo‘lida “qilich” bilan urisha
b
oshlaganliklari, AQShda jangari filmlari va kompyuter o‘yinlarini ko‘rgan
maktab o‘quvchilari haqiqiy qurol bilan sinfdoshlari va ko‘chadagi begunoh
odamlarni otganliklari haqidagi xabarlar tobora ko‘payib bormoqda.
Bugungi kunda terrorchilik guruhlar tomonidan internet orqali jihodga
chaqirgan, “jannat” va’dasini o‘zida mujassam etgan axborotlari yoshlar
ongiga salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Demak, aynan ana shu holatlarning
oldini olish, axborotga ongli ravishda yondoshish bugun zamon talabidir.
3.
AQShda media savodxonlikni oshirish boʻyicha bir-nechta federal agentliklar
tomonidan dasturlar ishlab chiqilgan. Masalan, AQSh federal savdo komissiyasi
tomonidan ishlab chiqilgan Admongo dasturi 8-12 yoshdagi bolalar uchun
moʻljallangan boʻlib, unda bola www.admongo.gov sayti orqali onlayn oʻyinni
oʻynaydi. Bu oʻyin bolalarda media savodxonlik hamda reklamalarni tahlil qilish
qobilyatini oshiradi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Admongoni muntazam
ravishda oʻynab kelgan bolalar, bu oʻyinni oʻynamaganlarga nisbatan media
savodxonlik boʻyicha oʻtkazilgan testda 9 %ga yaxshiroq natija koʻrsatgan.
Finlyandiyada
boshlangʻich taʼlimga media savodxonlik dasturi qoʻshilgan boʻlsa, 1977-yilda oʻrta
maktablarda ham media savodxonlik dars sifatida oʻtila boshlandi. Finlyandiyada mediataʼlim
nafaqat bolalar bogʻchalari
va maktablarda, balki
kutubxonalar, oʻyin xonalari, yoshlar markazlari,
hatto virtual jamoalar va raqamli oʻyinlarda, xullas, bolalar va yoshlar boʻlgan barcha joylarda
amalga oshiriladi. Finlandiyada media savodxonlikni targʻib qiluvchi qariyb 100 ta tashkilot mavjud
boʻlib, ulardan bir Finlyandiya mediataʼlim jamiyati hisoblanadi. Bu tashkilot nafaqat ushbu sohada
milliy miqyosdagi tadqiqot va amaliyotni qoʻllab-quvvatlaydi, balki
aholi orasida media axborot
savodxonligini rivojlantirishga yordam beradi..Yana bir Finlandiyadagi media savodxonlik
targʻibotchilaridan biri Taʼlim va madaniyat vazirligi huzuridagi Milliy audiovizual instituti boʻlib —
Finlyandiya mediataʼlim boʻyicha idorasi boʻlib, uning vazifasi mediataʼlimni targʻib qilishdan iborat
4
Oʻzbekistonda 2021-2022-oʻquv yilidan boshlab 10-11-sinf oʻquvchilarining „Tarbiya“ darsligiga „Media
savodxonlik“ boʻlimi kiritildi. Respublikaning OʻzJOKU, TDShU, OʻzMU, OʻzDJTU, QDU,
SamDChTI kabi
oliygohlarining jurnalistika fakultet va yoʻnalishlarida media savodxonlik darslari oʻtiladi.