Media va axborot savodxonligi




Download 342.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana06.03.2023
Hajmi342.75 Kb.
#44487
  1   2   3   4   5
Bog'liq
6-10
8-sinf test, Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/  Volume–19_Issue-7_December_2022 

MEDIA VA AXBOROT SAVODXONLIGI 
 
Xalikova Nilufar Mirkadirovna
Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o'gatish milliy markazi, 
"Aniq va tabiiy fanlar metodikasi" katta o'qituvchisi
nilushkhalik59@gmail.com 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada media va axborot savodxonligi haqida 
ma'lumotlar berilgan. 
Kalit so'zlar: Media, axborot, savodxonlik, axborot texnologiyalari, axborot, 
kompyuter savodxonligi, kutubxona savodxonligi 
Media va axborot savodxonligi – «soyabon», ya’ni bir tushuncha mazmunida ikki 
ma’no birlashgan atama sifatida YUNESKO tomonidan tavsiya etilgan. Uning 
mohiyatini anglash uchun har bir tushuncha o’zagini bilish zarur. «Media» atamasi 
(lotincha - medium, ya’ni vosita, vositachi, usul) turli ko’rinishdagi kommunikatsiya 
va axborot vositasini anglatadi. Media tushunchasi mazmuniga axborotni yaratish, 
nusxalashtirish, tarqatish vositasi hamda mualliflar va ommaviy auditoriya o’rtasida 
axborot almashinuvining texnik vositalari kiradi. Bugungi kunda media atamasidan 
OAV yoki mass-media tushunchalarining sinonimi sifatida foydalaniladi. Hozirgi 
zamon jamiyati taraqqiyotiga medialarning ta’siri yil sayin oshib borib, ular vositasida 
insonlar atrof-voqelikni ijtimoiy va ruhiy jihatdan anglamoqda va baholamoqda. 
Zamonaviy medialarning asosiy jihatlari sirasiga tadqiqotchilar kreativlik 
(yaratuvchanlik, ijodkorlik) va innovatsiyalarni kiritmoqda. Mazkur atamaga aynan 
shunday tavsif www.edu.jobsmarket.ru saytida keltirilgan. Shu bilan birga boshqa 
manbalarda ham media istilohiga shu tarzdagi tavsiflar berilganini ko’ramiz. 
«Media - ommaviy axborot vositalari, ham keng, ham maxsus auditoriyaga 
mo’ljallangan ko’ngilochar takliflarni tavsiya etuvchi, yangilik, axborot va reklama 
axborotini tarqatishga yo’naltirilgan ko’p sonli va serqirra funksiyalarni amalga 
oshiruvchi kommunikatsiya kanallaridir». Aksariyat hollarda mutaxassislar media 
atamasi o’zagida aynan ushbu tavsifni ko’radi. SHunga qaramasdan, mazkur 
istilohning tor mazmuni ham mavjud. Ayrim tadqiqotchilar mazkur atama mazmunida 
alohida axborot muhiti sifatida aynan OAVni, boshqalari esa – aniq axborot 
tashuvchini nazarda tutadi. Kommunikatsiya kanali sifatida medialar sirasiga 
mutaxassislar bosma nashrlar, elektron OAV, shu jumladan Internet, reklamaning 
tashqi vositalari va, xatto, pochta tarqatmasini, ya’ni, tovar yoki xizmatlar sotuvchisi 
va iste’molchi o’rtasidagi hayotmamot zvenosi funksiyasini bajaruvchi barcha 
omillarni kiritadi” 



Download 342.75 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 342.75 Kb.
Pdf ko'rish