|
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnaliBog'liq 13 Rejapov 137-144 6-ona-tili-2-chorak, 3-mavzu, 905, 3- mavzu..., 8-amaliy mashg\'ulot, 3-синтез серных свяжущих на основе местного сырья, десертатсия, 3 laboratoriya Jadvala redaktorlardan iqtisodiy masalalarni yechish (2), 6-laboratoriya (3), 14-Amaliy mashgulot, ADSORBSIYA, eyuf ariza namuna, falsafa2, Donayeva Bibisoira, 1234“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali
http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
139
xizmatlari tushunchasining mohiyati, mazmuni va tasnifi, taʼlim xizmatlari bozorida
raqobatni shakllanishi, taʼlim xizmatlariga talab va taklifning shakllanishi, oliy taʼlim
muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish”[9] masalalarini o‘rgangan.
Tadqiqot metodologiyasi
Tadqiqot ishini amalga oshirishda oliy taʼlim muassasalari tomonidan
tayyorlanayotgan oliy maʼlumotli mutaxassislarga qo‘yilayotgan malaka qobiliyatlari, kasbiy
qobiliyatlari va ish beruvchilar tomonidan ularning qobiliyatlariga qo‘yilayotgan talablar
statistik, empirik tahlil qilish asosida mavjud muammolar aniqlab olingan hamda oliy taʼlim
va mehnat bozorini bog‘liqligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Tahlil va natijalar
Tahlillarga ko‘ra, mehnat bozorida mehnatni tashkil etish, uning mazmuni va mohiyati
o‘zgarib borgani sari, oliy taʼlim xizmatlarini ham ularga moslashtirib borish talab etiladi.
Yaqin xorijlik iqtisodchi olim YU.B. Rubin o‘z ilmiy tadqiqotlarida mehnat bozoridagi
munosabatlarning turli rivojlanish bosqichlarida amal qilgan oliy taʼlim xizmatlarini tashkil
etish modellarini ajratib ko‘rsatadi. Ushbu yo‘nalishdagi guruhlashni amalga oshirish orqali
olim mehnat bozori va oliy taʼlim xizmatlarining o‘zaro bog‘liqlikdagi rivojlanish
tendensiyasiga ega ekanligini isbotlaydi (1-jadval).
1-jadval
Mehnat bozorining turli rivojlanish bosqichlarida oliy taʼlim xizmatlarini tashkil
etish modellari[6]
Model nomi
Amal qilish
davri
Xususiyatlari
Amal qilish mexanizmi
Klassik
universi-
tetlar
XIX asrning
boshlaridan
1917 yilga qadar
Kasbga yo‘naltirilganlik va
nodavlat oliy taʼlim
muassasalarining mavjudligi
Mehnat bozori talablarini
qondirishga yo‘naltirilgan
kasbiy taʼlim berish
Kasbga
yo‘naltiril-
gan klassik
universi-
tetlar
XX asrning
o‘rtalaridan
1990 yillarning
boshiga qadar
Bozor tamoyillarini nisbatan
inkor etilishi, oliy taʼlim
muassasalari o‘rtasida
raqobatning yo‘qolishi va
yashirin sektorning
rivojlanishi
Nufuzli universitetlarning
shakllanishi natijasida oliy
taʼlim muassasalari
o‘rtasidagi raqobatning
yo‘qolishi va taʼlim
sifatining pasayishi
Kasb bo‘yicha
ixtisoslashtiril
gan universi-
tetlar
1990 yillardan to
bugungi kunga
qadar
Oliy taʼlim muassasalari
faoliyatini davlat tomonidan
taribga solish, Oliy taʼlim
muassasalari o‘rtasida
raqobat kurashining
kuchayishi va taʼlim
xizmatlarining kasbga
ixtisoslashuvi bo‘yicha
differensiatsiyalashuvi
Oliy taʼlim xʼizmatlari
bozorida chuqur tarkibiy
islohotlarni amalga
oshirish va mehnat bozori
talablaridan kelib chiqqan
holda, kasb bo‘yicha
ixtisoslashgan oliy taʼlim
xizmatlarini yo‘lga qo‘yish
1-jadval maʼlumotlariga ko‘ra, XIX asrdan to bugungi kunga qadar oliy taʼlim xizmatlari
bilan mehnat bozorining integratsiyalashuvining rivojlanish bosqichlarida klassiy
universitetlar, kasbga yo‘naltirilgan klassik universitetlar va kasb bo‘yicha ixtisoslashgan
universitetlar modellari shakllangan bo‘lib, ular quyidagi tartibda tasniflanadi:
- XIX asrning boshlarida 1917 yilga qadar bo‘lgan davr. Bunda oliy taʼlim xizmatlarini
ko‘rsatishda klassik universitetlar shakllangan bo‘lib, ular tomonidan mehnat bozoridagi
|
| |