“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali




Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana25.10.2022
Hajmi0.81 Mb.
#28075
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13 Rejapov 137-144
6-ona-tili-2-chorak, 3-mavzu, 905, 3- mavzu..., 8-amaliy mashg\'ulot, 3-синтез серных свяжущих на основе местного сырья, десертатсия, 3 laboratoriya Jadvala redaktorlardan iqtisodiy masalalarni yechish (2), 6-laboratoriya (3), 14-Amaliy mashgulot, ADSORBSIYA, eyuf ariza namuna, falsafa2, Donayeva Bibisoira, 1234
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 
http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
  
141
 
- ish beruvchilar uyushmalari bilan oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro 
aloqadorlikning mavjudligi; 
- oliy taʼlim xizmatlarining mehnat bozori talablariga yo‘naltirilganligi; 
- kasbiy standartlarni shakllantirishda davlatning minimal ishtiroki va ish beruvchilar 
uyushmalarining ushbu sohadagi ustuvorlikka egalagi[9]. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan oliy taʼlim xizmatlari ko‘rsatishning davlat tomonidan bozor 
iqtisodiyoti dastaklari orqali tartibga solishning jamoaviy modeli uchun xos bo‘lgan 
xususiyatlar bugungi kunda taraqqiy etgan mamlakatlar amaliyotida keng qo‘llaniladi. 
Oliy taʼlim xizmatlari ko‘rsatishning davlat tomonidan bozor iqtisodiyoti dastaklari 
orqali tartibga solishning ommaviy modelida yuqorida keltirib o‘tilgan jamoaviy modelga 
nisbatan davlatning ishtiroki ko‘p bo‘lib, ushbu model uchun quyidagi xususiyatlar xos 
hisoblanadi: 
- oliy taʼlim muassasalari faoliyatini tartibga solishda davlatning bevosita ishtiroki va 
davlat tomonidan oliy taʼlim xizmatlarini ko‘rsatish amaliyotini markazlashgan boshqaruvga 
asoslanganligi; 
- oliy taʼlim tizimida davlat mulkining ustuvorligi. Yaʼni, oliy taʼlim muassasalari davlat 
tasarrufidagi taʼlim tashkilotlari hisoblanadi; 
- oliy taʼlim muassasalarining tashkiliy tuzilishi qatʼiy belgilangan iyerarxik tuzilishga 
asoslanadi; 
- oliy taʼlim muassasalari bilan ish beruvchilar uyushmalari o‘rtasidagi o‘zaro 
aloqalarning yo‘qligi; 
- kasbiy taʼlim berishda anʼanaviy usullarga asoslanish va mehnat bozori talablariga 
nomuvofiqlikning yuqoriligi
- oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlashda davlat buyurtmasiga asoslanish. Boshqa so‘z 
bilan aytganda, oliy taʼlim muassasalari uchun qabul kvotalari davlat mutasaddi tashkilotlari 
tomonidan tasdiqlanadi[10]. 
Tahlillarga ko‘ra, oliy taʼlim xizmatlari ko‘rsatishning davlat tomonidan bozor 
iqtisodiyoti dastaklari orqali tartibga solishning ommaviy modeli asosan bozor iqtisodiyoti 
shakllanayotgan va rivojlanayotgan, shuningdek, kam daromadli mamlakatlar guruhlarida 
keng qo‘llaniladi.
Oliy taʼlim xizmatlari ko‘rsatishning davlat tomonidan bozor iqtisodiyoti dastaklari 
orqali tartibga solishning jamoaviy va ommaviy modellarining qiyosiy tahliliga asoslangan 
holda aytish mumkinki, jamoaviy model bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida amal qilib, 
ushbu modelda yuqori malakali, sifatli kadrlar tayyorlash imkoniyati ommaviy modelga 
nisbatan yuqori hisoblanadi. Ommaviy model har taraflama bozor iqtisodiyoti talablariga 
to‘liq javob bera olmaydi. Jumladan, ushbu model oliy taʼlim xizmatlari sifatini keskin tushib 
ketishi bilan birgalikda, oliy taʼlim xizmatlari bozoridagi sog‘lom raqobat muhitini 
shakllanishiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. 
Keyingi yillarda mamlakatimiz oliy taʼlim xizmatlari bozorida amalga oshirilayotgan 
islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, oliy taʼlim muassasalari boshqaruvining 
zamonaviy tizimlarini joriy etish, ularning akademik va moliyaviy sohadagi mustaqilligini 
taʼminlash, nodavlat oliy taʼlim muassasalari faoliyatini rivojlantirish kabiy chora-tadbirlar 
oliy taʼlim tizimini bozor iqtisodiyoti tamoyillariga moslashtirish borasida qo‘yilayotgan 
muhim qadamlardan hisoblanadi. Avvalga yillarda mamlakatimizda oliy taʼlim xizmatlari 
ko‘rsatishning davlat tomonidan bozor iqtisodiyoti dastaklari orqali tartibga solishning 



Download 0.81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali

Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish