Ishlab chiqarishda mikroiqlim ko‘rsatgichlari va ularning gigiyenik me’yorlari




Download 24.97 Kb.
bet4/7
Sana25.10.2022
Hajmi24.97 Kb.
#28066
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 maruza 2 qismi Mehnat qobiliyati
2 maruza 2 qismi Mehnat qobiliyati, C tilida dasturlash, ANTIVIRUS, Mustaqil ish 3-4 (1), KAKT 2 -Mustaqil ish, 1-4 Mustaqil ishlar, мустакил ишлар, Difmanometrli sath o’lchagich ishlash prinsipi-fayllar.org, Materialshunoslik. Safarov Z.N., Shaxs ijtimoiylashuv1, matematika-o-qitish-metodikasi, navoiyshunoslik-amaliy, dotNET praktikum, dars ishlanma 2
2. Ishlab chiqarishda mikroiqlim ko‘rsatgichlari va ularning gigiyenik me’yorlari.

Ma’lum og‘irlikdagi jismoniy mehnat bilan band bo‘lgan kishi o‘zini yaxshi his qilishi, ya’ni u qizib ketmasligi uchun mikroiqlim sharoitlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi kerak. Ish joylaridagi mikroiqlim omilarini harorat, nisbiy namlik, havoning tezligi hamda atmosfera bosimi tashkil etadi. Bu sharoitlarni yaratish GOST 12.1.005-86 «Ish joyining havosi. Umumiy sanitar-gigiyenik talablar» bilan belgilanadi.


Ish joylaridagi namlikning eng maqbul qiymati 40-60 % deb qabul qilingan, lekin turli ishlab chiqarish sharoitlardan kelib chiqqkan holda, ya’ni ba’zi bir texnologik jarayonlar talablari nisbiy namlikning o‘zgarishiga olib keladi.
Havoning odam uchun sezilarli minimal tezligi 0,2 m/s hisoblanadi. Sanitariya-epidemiologiya nazoratining tavsiyasiga ko‘ra ish joylaridagi havo harakatining yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan tezligi ish joyining haroratiga keltirilgan jadvaldagidek bog‘liqdir.
Muhitning haroratini ma’lum vaqt davomida qayd qilib borish uchun termograflardan va lahzaviy o‘lchash uchun termometlardan foydalaniladi.
Ish joylarida havoning harakati ish sharoitini yaxshilashning muhim omillaridan hisoblanadi. Issiqlik yuqori bo‘lgan joylarda havoning harakati organizmdan chiqadigan issiqlikni atrof-muhitga berilishini yaxshilaydi va aksincha, sovuq ish joylarida organizmga salbiy ta’sir qiladi.
Havoning odam uchun sezilarli minimal tezligi 0,2 m/s hisoblanadi. Yilning sovuq paytlarida havoning tezligi 0,2-0,5 m/s, issiq joylarda esa 0,2 -1,0 m/s bo‘lishi tavsiya etilgan. Issiq joylarda bu ko‘rsatkich 3,5 m/s. gacha oshirilishi mumkin.
Mikroiqlimni tashkillashtiruvchi elementlar ko‘rsatkichlarini nazorati uchun turli o‘lchov uskunalardan foydalanadilar. Havoning nisbiy namligini o‘lchash uchun Avgust va Asman aspirasion psixrometrlari va gigrograflardan keng foydalanadilar.
Ish o‘rinlarida havoni almashish harakat tezligini aniqlash anemometrlar yordamida amalga oshiriladi.



Download 24.97 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 24.97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarishda mikroiqlim ko‘rsatgichlari va ularning gigiyenik me’yorlari

Download 24.97 Kb.