Mehnat qobiliyati




Download 17.74 Kb.
Sana25.10.2022
Hajmi17.74 Kb.
#28065
Bog'liq
2 maruza 2 qismi Mehnat qobiliyati
2 maruza 2 qismi Mehnat qobiliyati, C tilida dasturlash, ANTIVIRUS, Mustaqil ish 3-4 (1), KAKT 2 -Mustaqil ish, 1-4 Mustaqil ishlar, мустакил ишлар, Difmanometrli sath o’lchagich ishlash prinsipi-fayllar.org, Materialshunoslik. Safarov Z.N., Shaxs ijtimoiylashuv1, matematika-o-qitish-metodikasi, navoiyshunoslik-amaliy, dotNET praktikum, dars ishlanma 2

Mehnat qobiliyati - xodimning sogligʻidagi holatidan kelib chiqadigan mehnat faoliyatiga boʻlgan qobili-yati. Xodim bajarishi mumkin boʻlgan ishlarning xususiyatiga qarab Mehnat qobiliyati quy-idagicha farqlanadi: umumiy Mehnat qobiliyati, yaʼni odatdagi sharoitlarda muayyan ishni bajarish qobiliyati; kasbga doyr M.Q., yaʼni muayyan kasb (ixtisos) boʻyicha ishni bajarish qobiliyati; maxsus M.Q;, yaʼni muayyan ishlab chiqarish va ogʻir noqulay tabiiy iqlim sharoitlarida (yer osti ishlarida, noqulay mehnat sharoitidagi ishlar, mehnat sharoiti oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlar va boshqalar) ishni bajarish krbiliyati. Ish koʻlamiga qarab toʻliq Mehnat qobiliyati va cheklangan Mehnat qobiliyati mavjud. 16 yoshga yetgan har bir fuqaro Mehnat qobiliyatiga ega deb hisoblanadi va uni ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi (OʻzR Mehnat kodeksining 77moddasi). Ishga qabul qilishda istis-no tariqasida 15 yoshga toʻlgan oʻsmirlar ham Mehnat qobiliyatiga ega deb eʼtirof etiladi. Qonunga binoan, 14 va 15 yoshga toʻlgan shaxslar ota-onasidan birining yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxsning yozma roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin. Yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasbhunar oʻquv yurtlarining 14 yoshga toʻlgan oʻquvchilarini ota-onalaridan birining yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan bolalar sogʻligʻiga va kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan va taʼlim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishlarni oʻqishdan boʻsh vaqtlarida bajarish uchun ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi. Qonunchilikda ayrim hollarda ishga qabul qilishda va mehnat jarayonida oldindan maxsus va kasbiga doir Mehnat qobiliyatini aniqlash nazarda tutilgan. Bunday tekshirish topshiriladigan ishga xodimning yaroqdiligini aniqlash va kasb kasalligining oldini olish, shaxsiy va ijtimoiy mehnat xavfsizligi, aholi sogʻligʻini muhofaza qilish maqsadida oʻtkaziladi.
Mehnat shartnomasi tuzish chogʻida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqt-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tashkil qilinadi: 18 yoshga toʻlmaganlar; 60 yoshga toʻlgan erkaklar, 54 yoshga toʻlgan ayollar; nogironlar; mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek, transport harakati bilan bogʻlik ishlarida band boʻlganlar; oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band boʻlganlar; umumtaʼlim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga taʼlim yoki tarbiya berish bilan mashgʻul boʻlgan pedagog va xodimlari.
Mehnat sharoiti noqulay ishlar va bajarilayotganda dastlabki tarzda va vaqt-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtilishi lozim boʻlgan boshqa ishlarning roʻyxati va ularni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Bir qator ishlarni bajarishga fatsat tegishli kasb tayyorgarligi yoki maxsus maʼlumoti, guvohnomasi (mas, shifokorlar, farmatsevtlar, uchuvchilar, avtotransport haydovchilari), ayrim hollarda kasbi boʻyicha mehnat staji va ruxsatnomasi — litsenziyaga ega boʻlgan (mas, notariuslar, yuris-konsultlar va boshqalar) shaxslarga ishlashga ruxsat beriladi. Mehnat qobiliyatining turgʻunligi unchalik yuqori darajada buzilmaganda toʻliqsiz M.q- tibbiy maslahat komissiyasi yoki Mehnat qobiliyati juda pasayib, kam malakali yoki oʻz kasbida mehnat sharoitini ancha oʻzgartirish, ishlab chiqarish faoliyati koʻlamini pasaytirishga olib keladigan boshqa ishga oʻtkazish zarurati tugʻilganda Mehnat qobiliyati maxsus tibbiy maslahat komissiyaning tasdigʻi bilan belgilanadi (yana qarang Nogironlik, Mehnatga qobiliyatsizlik, Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik).
Nogironlik, invalidlik — kasallik, shikastlanish, mayib-majruhlik, baxtsiz hodisalar tufayli butunlay yoki maʼlum muddat mehnat qobiliyatini yoʻqotish. Jismoniy yoki akliy nuqsonlari borligi sababli ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj shaxs nogiron hisoblanadi. Oʻzbekistonda Nogironlik Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan belgilanadi. Nogironlik mehnat qobiliyatini yoʻqotish darajasiga qarab 3 guruhga boʻlinib, vaqtincha (6—12 oy) yoki muddatsiz qilib tayinlanadi. 1-guruh Nogironligiga mehnat qobiliyatini butunlay yoʻqotgan va boshqaning doimiy parvarishi, yordami, nazoratiga muhtoj boʻlgan shaxslar; 2-guruh Nogironiga mehnat qobiliyatini butunlay yoʻqotgan, lekin boshqalarning doimiy parvarishiga muhtoj boʻlmagan, shuningdek, mehnat turidan qatʼi nazar, unda uzoq muddat ishlay olmaydigan shaxslar; 3-guruh Nogironligiga mehnat qobiliyati sezilarli darajada pasaygan shaxslar kiradi. Nogironlar davlat nafaqasi bilan taʼminlanadi, zarur boʻlganda davolanadi, ularga protezlar beriladi, ishga, maxsus maktablarga joylashtirish uchun sharoit yaratiladi. Nogironlarni tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilish orqali faol hayotga, mehnatga jalb qilish dolzarb masala hisoblanadi.
OʻzR qonunchiligida N.ning quyidagi sabablari nazarda tutiladi: umumiy kasalliklar (ish bilan bogʻliq boʻlmagan) oqibatidagi Nogironlik; turmushdagi baxtsiz hodisalar natijasida shikastlanish oqibatida yuz bergan Nogironlik; ishlab chiqarishdagi jarohatlar va kasb kasalligiga duchor boʻlish natijasidagi Nogironlik; kasb kasalligiga chalinish tufayli yuz bergan Nogironlik; Oʻzbekistonni himoya qilish yoki boshqacha tarzda harbiy burchni bajarish paytida roʻy bergan Nogironlik; harbiy burchni bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan harbiy xizmatni oʻtash davridagi Nogironlik. Bu boradagi tartib-qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-noyabrdagi 317-son qarori bilan tasdiqlangan "Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalari toʻgʻrisida nizom"da koʻrsatib oʻtilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995-yil 11-noyabrda "OʻzRning nogironlarni reabilitatsiya qilish borasidagi chora-tadbirlari Davlat dasturi toʻgʻrisida" qaror qabul qildi. Mazkur qarorning ijrosi nogironlarni reabilitatsiya qilish markazlari sistemasi (Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha reabilitatsiya qilish milliy markazi, Tayanch-harakat sistemasi kasalliklarida nogironlar reabilitatsiya markazi va 10 ta umumiy tipdagi hududiy reabilitatsiya markazlari) tashkil etildi. Bular joylardagi TMEKlar bilan hamkorlikda nogironlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.[1][2][3]
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik — xodimning sogʻligʻiga koʻra nisbatan qisqa muddat davomida ishni bajara olmasligi. OʻzRda mehnat qobiliyati muttasil yoʻqolib, bemorning mehnat faoliyatini umuman yoki uzoq muddatga toʻxtatish yoki mehnat sharoitlarini jiddiy ravishda oʻzgartirishga olib kelgan taqdirda, xodimga Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi tomonidan nogironlik belgilanadi. Xodimlarning , shuningdek mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi, shu jumladan, kooperativ (shirkat), fermer xoʻjaliklarida mehnat qilayotgan fuqarolarning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligini ekspertiza etish tibbiyot muassasalarining shifokorlari yoki tibbiy maslahat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. V. m. q. respublika Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasallik varaqasi b-n, ayrim qonunda koʻrsatilgan hollarda esa, tibbiy maʼlumotnomalar bilan tasdiqlanadi.
Kasallik yoki mehnatda mayib boʻlish oqibatida vaqtincha mehnat qobiliyatini yoʻqotgan yoki protezlash, yaʼni yasama aʼzolar qoʻyish uchun protez ortopediya korxonaning statsionariga joylashtirilgan xodimlar davlat ijtimoiy sugʻurtasi hisobidan nafaqa bilan taʼminlanadi. Shuningdek, xodim sanatoriy-kurortda davolanish uchun yuborilgan, oilaning bemor aʼzosini parvarish qilish zarurati tufayli oʻz mehnat vazifalarini bajarishdai ozod etilgan hollarda, karantin vaqtida ham V. m. q. nafaqasi toʻlanadi.
Download 17.74 Kb.




Download 17.74 Kb.