Inson va mashina hamkorligi




Download 164.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/21
Sana25.03.2024
Hajmi164.19 Kb.
#177075
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
5-МЕХНАТ
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5
Inson va mashina hamkorligi
Inson va mashina hamkorligining to‘zilishi materialga ishlov berishda 
mumkin bo‘lgan harakat usullarini tanlash yo‘li bilan faoliyatning obyektiv 
vazifasini fikran aniqlash yoki ishlov berish texnologiyasida aytilganlarni hotirada 


qayta tiklash, Harakatlar tartibi haqida bir fikrga kelish hamda ularning natijalarini 
oldindan bilish va boshqalar.
Inson mehnat jarayonida ishchi tushunchasi tarkibiga kiradigan xar xil 
xususiyatlarni namoish qilishi mumkin. U jamoaning oddiy a’zosi yoki 
peshkadami, shogird, mustakil ishchi yoki ishlab chiqarish, raxbari bo‘lishi 
mumkin. O‘zi boshqaraetgan mashina bilan hamkorlik qilib operator bo‘lib koladi. 
Mehnat faoliyatida operator ishning bosh obyektlari-u uzgartiradigan material 
(xom-ashe, yarim fabrikat, buyum yoki boshqa materiallar) mashina ( 
stanok,agregat yoki texnologik kurilma) ning texnik xolati hamda ish rejimidir. 
Bunda operatorning vazifasi kuyidagilardan iborat bo‘ladi: 
1) materialning xususiyatlarini bilish, hamda uni ishlash tajribasi asosida 
to‘g‘ri va aniq baxolash.
2) mashina konstruksiyasini bilim asosida tekshirib kurish, ishlashni kuzatish 
va tekshirish yuli bilan uning ishga tayyorgarligini aniqlash.
3) mashinani boshqarish malaka va boshqarish o‘quvi yordamida ishlashga 
mos texnik rejimini urnatish. Mazkur rejimlardan chetlashishni uz vaqtida paykash 
va barham berish maqsadida mashinaning ishla protsessini kuzatish.
Vazifalarni bajarishda operator faliyatining keraqli sturkturasi asosan 
kuyidagi harakat va operatsiyalardan iborat.
a) materialni kayta ishlashda mumkin bo‘lgan harakat usullarini tanlash yuli 
bilan faoliyatning obyektiv vazifasini fikran aniqlash yoki ishlov berish 
texnologiyasida aytilganlarni xotirada kayta tiklash.
b) xarakaitlar tartibi haqida bir fikrga kelish, hamda ularning natijalarini 
oldindan bilish.
v) mashina ishlashining borishi haqida axborot signallarini idrok etish. Eng 
jiddiylarini tanlash, ularni ahamiyatini takkoslash va baxolash.
g) mashinaning ishlash rejimini sozlash va mashinaga komanda axborotlarini 
berish va ayni chokda mashinani boshqaruvchi ta’sirning natijalarini kuzatish 
buyicha karorlarni ishlab chiqish. Tashqi muhit, operator va mashina urtasidagi 
axborot almashinish. Biroq, bu hamkorlikning operatorga bo‘lgan asab psixik 


yukining, uning emmotsional sohasiga ta’sirining aqliy qobiliyati, bilimi, malaka 
va kunikmasiga kuyiladigan talablar xususiyatlari u tomondan katta ishlanadigan 
materiallarning xususiyatiga, rejimlarning murakkabligi, kuvvati, harakatchanligi, 
eskirganligi, chidamliligi va mashinaning boshqariluvchanligi, shuningdek ishlab 
chiqaraetgan materialar va mashinaning ish rejimidagi o‘zgarishning borishi 
haqida signal beruvchi indekatorlarning yetarli va aniq ishlashiga bog‘liq. Operator 
tomonidan mashina vositasida ishlov berilaetgan material oddiy va murakkab 
xavfsiz va xavfsizli, oson va kiyin uzgaruvchan bo‘lishi mumkin. Uning xossalari 
va uzgartirishning sermehnatliligiga ko‘ra operatorning ishi oson va kiyin bo‘lishi 
mumkin. Material qanchaliy murakkab bo‘lsa, operator uning xususiyatlarini 
shunchalik bilishi talab kilinadi, uning harakati shunchalik xilma - xil bo‘ladi, 
shunchalik ko‘prok malaka va kunikma talab kilinadi. Material qanchalik xavfli 
bo‘lsa, operatorda asab psixik taronalik shunchalik kuchli bo‘ladi, material bilan 
ishlaganda u shunchalik extietkor va e’tiborli bo‘lishi lozim, undan shunchalik 
xissiy barkarorlik uz vaqtida xatosiz harakat qilishi talab etiladi.
Mashinaning xossasi operator faoliyatiga material xossasining ham ko‘prok 
ta’sir etadi, chunki operator ish jarayonida u Bilan bevosita munosabaida bo‘ladi. 
Mashina qanchalik murakkab, kuvvatli va serharakat bo‘lsa, uning ishlash rejimlari 
kam barqaror, boshqarilishi kiyin va omon bo‘lsa operatorning asab psixik 
tarangligi va xayajoni shunchalik yukori, uning o‘z-o‘zini tuta bilishi, bilishi, 
malaka va ko‘nikmasi shunchalik takomillashgan, xissiet va barkaror iroda kuchli 
shunchalik takomillashgan bo‘lishi lozim. Unday umumiy va kasbiy kobiliyat 
shunchalik ko‘p talab kilinadi, hamda uning xatolari shunchalik xavfli bo‘ladi. 
Texnologik jarayon qanchalik murakkab va mashinaning ishlash sur’ati qanchalik 
yukori bo‘lsa, materialga ishlov berish haqida mashinaning ishlash rejimi va unga 
bo‘lgan boshqaruv ta’siri natijasi haqida operatorni xabardor qiladigan indikatsiya 
vositalari operator faoliyatiga shunchalik ko‘p ta’sir qiladi.
Operatorga axborot beruvchi induksiya yetarli bulmasa, uning asab psixik 
tarangligi ortadi. Signallar chastotasi xaddan tashqari yukori bo‘lishi xatolarni 
ko‘paytiradi. Signallarni ko‘rishga xalaqit bo‘lsa, ularni kurish vaqti tuziladi


axborot ishini va idrokning navbatdangi operatsiyasiga o‘tishni yaqinlashtiradi. 
Signallar fondan qanchalik keskin farq qilsa, axborotni ko‘rish va ishlash vaqti 
shunchalik qisqa bo‘ladi hamda diqqatning boshqa obyektga kuchishi tezlashadi. 
Mashina va material xususiyati shuningdek, texnologik jarayonlar indikatsiya 
sifatida ham operatorlar ishlab chiqarish vazifalarini xal qilishiga, material va unga 
ishlov berish jarayonini baholashga, mashina ish rejimining sozligiga, texnologik 
jarayonni, o‘z-o‘zini nazorat qilish va boshqarishga shu darajada ta’sir qiladi.
Mashinani boshqarish bo‘yicha operator harakatining (mo‘ljallash, ijro etish, 
tuzatish va yakunlash kabilar psixologik sturkturasi (yuqoridagi "faoliyat" bobida 
qarang) ham ko‘p jixatdan ana shu xususiyatlarga bog‘liq. Operator va 
mashinaning hamkorligida mashinaning xususiyatlari katta ahamiyatga ega: bir xil 
konstruksiyadagi mashina) xatto bir xil eskirganda ham rejimning barqarorligi va 
boshqarilishda o‘z xususiyatlariga ega bo‘ladi.
Operator uning "injiqliklari" ni bilishi kerak. Mana shuning uchun ham 
operator o‘ziga o‘zi yoqtilgan mashinaga ega bo‘lishi, ularni almashtirish zarur 
bo‘lgan taqdirda har birining xususiyatlari bo‘lishi lozim. Shuningdek o‘z 
mashinasining joriy remontini o‘zi bajarishi yoki o‘zi nazorat qilishi, saqlashda 
shaxsaan ishtirok etgani ma’qul. Har qanday mashina uzoq o‘zlashtirish va xatto 
unga odatlanishini talab qiladi. Aks xolda u operator uchun xavfli manba bo‘lib 
qolishi ham mumkin. U yoki bu kasbdagi operator va mashina hamkorligining 
konkret taxlilini quyidagi izchilikda amalga oshirish o‘ylaydir.
1) materialga ishlar berishning xususiyatlari va texnologiyasi.
2) mashinaning fazilati va nuqsoni;
3) operatorlar mashina va material xususiyatini belgilash.
4) indikatorlar kursatkichlarini vaqtida idrok etish va to‘g‘ri baholash.
5) mashinani boshqarish bo‘yicha qarorlarning vaqtida va aniq bo‘lishi.
6) ijrochilik harakatlarining aniqligi;
7) harakat natijalarini puxta nazorat qilish va ularga vaqtida tuzatish kiritish;
8) harakat natijalari va maxsulot sifatini obyektiv baholash.


Bunday analiz nafaqat ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish 
mashinani ekspluatatsiya qilish koidalari va xususiyatlari, mehnat unumdorligining 
oshirish buyichagina emas, balki operator tajribasini, uning bilimi, malakasi
ko‘nikmasi va uning o‘qish davridagi maxoratini takomillashtirish bo‘yicha ham 
xulosalar chiqarish imkonini beradi. Operator va mashina hamkorligi asosiy 
qonuniyatlaridan o‘zlashtirilishni tekshirish.
1) Operator faoliyatining asosiy obyekti nima?
2) Ishchi qanday vazifalarni bajarganda operator bo‘ladi?
3) Ishlab berilaetgan material xususiyati operatorga qanday ta’sir ko‘rsatadi.
4) Mashinaning xususiyati operatorga qanday ta’sir ko‘rsatadi.
5) Operator va mashinaning hamkorligini qanday izchilikda tahlil qilgan 
ma’qul?



Download 164.19 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Download 164.19 Kb.
Pdf ko'rish