Ме?Нат ва му?Андислик пси-яси




Download 164.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/21
Sana25.03.2024
Hajmi164.19 Kb.
#177075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
5-МЕХНАТ
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5
Malakalar ‒ biron ish-harakatning mustahkamlangan va avtomatlash-gan 
yo‘l va usullari bo‘lib, bu yo‘l va usullar, odatda, murakkab ongli fao-liyatni 


bajarishda qo‘llanadi. Kishining har qanday ongli faoliyati bir butun malakalar 
tizimi yordami bilan amalga oshiriladi. Shuningdek, malakalar xatti-harakatning 
avtomatlashish darajasi jihatidan ham o‘zaro farqlanadi.
Malakalar maxsus zo‘r berishsiz hamda ongli harakatlarga nisbatan tez sodir 
bo‘lishi tufayli, faoliyatning ayrim turlari va murakkab ko‘nikmalarning amalga 
oshirilishini yengillashtiradi.
Ammo avtomatlashgan harakatlar bo‘lgan malakalarni ongli ravishda amalga 
oshiriladigan harakatlardan batamom ajratib tashlash yaramaydi. Har bir malaka 
muayyan bir sharoitdagi faoliyat jarayonida ongli harakatga aylanishi mumkin. 
Aksincha, juda ko‘p ongli harakatlar faoliyat jarayonida malakaga aylanib qolishi 
ham mumkin. Hosil qilingan malakalardan ratsional foydalanilsa, ular yanada 
ortiqroq takomillashgan, ongli ijodiy faoliyat uchun asos va sharoit bo‘lib xizmat 
qilishi mumkin.
Odatda, harakatlar anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda amalga oshirilishi 
kuzatiladi. Harakatni bajarishda ong borgan sari kamroq ishtirok etishi tufayli ishni 
amalga oshirish avtomatlasha boshlaydi, ayrim mayda-chuyda qismlarga nisbatan 
e’tibor (nazorat) kamayadi. Shuning uchun inson faoliyatida, maqsadga 
yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarni ijro etish va bosh-qarishning aynan bir narsa emas, 
albatta. Chunki sa’y-harakatlarning yuksak darajada avtomatlashuvi uning o‘z 
tarkibidagi harakatni ongli ravishda idora qilish bilan uyg‘unlashib ketadi. 
Patologik holatlardan tashqari, barcha faoliyat turlari ong bilan boshqarilib turadi.
Harakat 
tarkiblarining 
avtomatlashuvi: 
birinchidan, 
ongli 
ravishda 
yo‘naltirilgan 
obyektni 
almashtiradi. 
Ikkinchidan, 
harakatning 
umumiy 
maqsadlarini, uning ijro etilishi shart-sharoitlarini, natijalarni nazorat qilishni
uchinchidan, ularni baholashni ong uning tasarrufi doi-rasiga kiritadi.
Harakatning qisman avtomatlashuvi tufayli uning to‘zilishida ayrim sifat 
o‘zgarishlari yuz beradi va ular quyidagilardan tashkil topgandir:
Sa’y-harakatlarning ijro etilishi usullari o‘zgaradi;
Harakatni sensor (hissiy) nazorat qilish usullari o‘zgaradi;
Harakatni markazdan turib boshqarish usullari o‘zgaradi.


Yuqorida sanab o‘tilgan o‘zgarishlarga misollarda kengroq tushuncha 
beramiz.

Download 164.19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Download 164.19 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ме?Нат ва му?Андислик пси-яси

Download 164.19 Kb.
Pdf ko'rish