Metallar va metall qotishmalari deb




Download 376.14 Kb.
bet1/6
Sana27.05.2022
Hajmi376.14 Kb.
#22133
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-Maruza
Buxoro davlat universiteti, konstitut, 1-10-Ответы на тест, 4-sinf test, mavzu 4, CONSTANCE, Lesson 2, export-to-pdf (34)



11-ma’ruza: Amorf magnit materiallar va ularning xossalari


Amorf magnetiklar va ularnig olinish usullari. Amorf metallar va metall qotishmalari deb qattiq jismning shunday turiga aytiladiki, ularda atomlarning joylashishida uzoq tartib bo’lmaydi. Ya’ni ular tuzilishi jixatidan shishaga o’xshaydi. Shuning uchun bunday moddalar metall shishalar yoki kristall bo’lmagan qotishmalar deb aytiladi.
Amorf metallarga qiziqish ulardagi oddiy metallardan farq qiluvchi fizik xususiyatlari va ulardan magnit materiallar sifatida foydalanish imkoniyatiga bog’liqdir.
Amorf materiallar atomlarida ma’lum tartib bo’lmay, atomlarning tuzilishi suyuq metallarning tuzilishiga yaqin bo’ladi. Demak, amorf materiallarni o’rganish shu materialni suyuq xolatini o’rganishga yordam Beradi.
Amorf magnit qotishmalarda koersitiv kuchning kichik bo’lishi va magnit sindiruvchanlikning katta bo’lishi uning kristall xolatiga nisbatan ustunligini ko’rsatadi. Bular yaxshi magnitoyumshoq material xisoblanib, transformatorlarning o’zagi, elektron asboblarning ayrim elementlari sifatida ishlatilmoqda.
Xozirgi vaqtda shunday amorf qotishmalarning sinfi izlaniyapdiki, ular magnitofonlarda golovka sifatida, elektron texnikada eslab qoluvchi qurilma sifatida ishlatiladi.
Amorf metal qotishmalarning tarkibi va olinish Texnologiyasiga qarab ularning qarshiligi ma’lum TemPeraturada kristall xolatidagidan katta bo’ladi, ularning qarshiligining termik koeffisiyenti (KTK) juda kichik, ayrim xollarda manfiy bo’ladi. Ularning bu xususiyati, ulardan rezistiv material sifatida ishlatilish imkoniyatini beradi. Yana bu materiallarning asosiy afzalligi ulardagi kuchli magnit anizotropiyasi bo’lib, ular praktik jixatdan katta axamiyatga ega, ya’ni amorf Ferromagnitlarni silindrik magnit domenlardagi eslovchi qurilmalarda ishlatiladi (bunda informasiya zichligi yuqori bo’ladi). Bundan tashqari, Termomagnit yozib olish va kontaktli magnit yozib olishda xam amorf ferromagnit qotishmalar ishlatiladi.
Oxirgi vaqtlarda temir gruppasi elementlari va metalloidlardan (B, C, Si, Ge, RZM va boshqalar) iborat amorf qotishmalar o’zining magnit, Mexanik, elektrik xususiyatlari, korroziyaga uchramasligi, xamda olinish texnologiyasining oddiyligi bilan juda qiziqish uygotmoqda.
Xozirgi zamon fan va Texnikasi rivojlanishi yangi kompozision materiallar topish bilan bog’liq. Shunday materiallar ichida 3d-o’tuvchi metallar asosida olingan amorf qotishmalar katta axamiyatga ega.
Adabiyotlardan shu narsa ma’lumki, amorf materiallarni (o’zak va golovka sifatida ishlatish) va ulardagi kompleks fizik xususiyatlar amorf materiallarning tarkibini o’zgarishi va olinish rejimiga bog’liq ekan. Lekin shu vaqtgacha Chet el adabiyotlari va o’zimizdagi adabiyotlarda amorf metallarning tarkibi va fizik xususiyatlarini istalgan rejimda o’zgartiradigan Metodologik prinsiplar yo’q.
Bundan tashqari murakkab tarkibdagi o’tuvchi metallar asosidagi amorf sisTemalarning tarkibi va fizik xususiyatlardagi bog’lanish kam o’rganilgan.
Amorf metallarning kristallanish proSessini o’rganishni axamiyati katta. Birinchidan, tashqi faktorlar ta’sirida ajraluvchi fazalarning tarkibsini o’rganish, shu qotishmaning suyuq xolatidagi tuzilishi to’g’risida ma’lumot Beradiki, bu metallurgiya prosesslari uchun katta axamiyatga ega. Ikkinchidan, kristallanish Mexanizmini o’rganib, bu proSessni boshqarishni konkRet rejimini ishlab chiqish mumkin, ya’ni amorf xolatning stabilligiga ta’sir etish mumkin. Uchinchidan, amorf metallarni qizdirishda ularning tarkibi va fizik xususiyatlari o’zgaradi, shuning uchun stabillik va fizik xususiyatlar xamda amorf metallarning ishlatilish rejimlari uchun ularni qizdirganda tarkibiy va magnit o’tishlarni bilish axamiyatlidir.
Amorf metallarni xalq xo’jaligining turli soxalarida ishlatish uchun, olinish Texnologiyasini optimallashtirish va zamonaviy metodlar yordamida tarkibiy va fizik xususiyatlarini o’rganish kerak.
Shuning uchun biz amorf metallarni olinishi, ularning tarkibi va fizik xususiyatlari, ayniqsa, magnit xususiyatlarini taxlil qilamiz xamda ularni texnikada ishlatilish imkoniyatlari ustida to’xtalamiz.
Qattiq jismlarning fizik xususiyatlari (Mexanik, elektr, magnit va boshqalar) shu obyektning Real tarkibiga bog’liq.
Amorf jismlarda kristallga qaraganda kamroq tarkibiy defektlar (yorilish, g’ovaklik, dislokasiya va boshqalar) uchraydi va ularning o’lchami o’rtacha atomlar orasidagi masofadan katta. Ma’lumki bu defektlar fizik xususiyatlarga ta’sir qiladi.
Metall qotishmalarning yupqa yuza qatlami amorflangan bo’lsa ularning ishlatilish imkoniyatlari Kengayadi. Bunday amorflanishni yuzaga keltirish uchun qotishmani bug’ xolatga o’tkazib uni sovuq taglikka kondensasiyalab, ionizasion nurlanish ta’sirida, materialning yuzasida kuchli enerGetik ta’sir etish (masalan impulsli lazer ta’sirida), ximiyaviy yoki elektroximiyaviy "o’tkazish" ta’sirida xosil qilinishi mumkin.
Xamma metall materiallar organik va noorganik materiallardan farqli o’laroq o’zining amorf xolatiga o’tishi uchun 1000 K/c dan yukori sovutish tezligi talab qilinadi. Bir xil sharoitda olingan amorf sistemalarning asosiy paraMetri bu sovutilish tezligi xisoblanadi.
Olinish usuli va materialning ximiyaviy tarkibiga qarab 100 Å dan bir necha millimetr kalinlikdagi pLenkalar olish mumkin. Amorf qotishma olishni asosan 2 ta katta sinfga ajratish mumkin: ya’ni suyuq metal atomlarining bug’i sovuk metal yoki dielektrik yuzasiga kondensasiyalanadi. Suyuk xolatdan toblash yo’li eng ko’p tarqalgan usul bo’lib, bunda sovush tezligi 105 - 108 K/c gacha boradi.
Bunday katta tezlikda sovutilishda suyuq metal kristallanib ulgurmaydi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, amorf xolat olinishi va kristallanish bo’lmasligi uchun suyuk metal bilan sovuq metal taglik bir-biriga Tegib turishi kerak. Tajribada asosan bu usulga talluqli 2 ta xolat bo’lishi mumkin. 1 - 1a va 1b rasm .

1.1- rasm. Suyuq metalni toblash natijasida olinadigan metal shishalarning prinsipial sXemasi. a - suyuq metalni tez aylanuvchi disk yoki barabanning yuzida olib ketilishi;  b - suyuq metaldan aylanuvchi disk yordamida suyuq metalni ajratib olinishi. 1 - suyuq metal; 2 - isituvchi qurilma (induksion Pech); 3 - metal shishaning tasmasi; 4 - kvars trubka.

Download 376.14 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 376.14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metallar va metall qotishmalari deb

Download 376.14 Kb.