Metallarga ishlov beradigan yonilg’i pechlarning ishlash printsiplari Reja




Download 67.5 Kb.
bet1/4
Sana19.04.2023
Hajmi67.5 Kb.
#52592
  1   2   3   4
Bog'liq
6-ref
Ne\'matov Muslimbek 2023, O, 1, Shaxtali pechlar, 12, ANGREN UNIVERSITETI, Gaparova Nozanin Jasur qizi

Metallarga ishlov beradigan yonilg’i pechlarning ishlash printsiplari

Reja.
1.1. Domna va martin pechlari, ularning hususyatlari.
1.2. Metal prakatlarni tayorlash pechlarning tavsifi


Tayanch iboralari: Martin pechi, konvertor pechi, chuyan, shlak

1.1. Domna va martin pechlari, ularning hususyatlari.

Domna pechining yangi konstruktsiyalari 8-10 yilgacha kecha - yu kunduz to’xtovsiz ishlaydi. Domna pechining to’xtovsiz ishlash vaqtiga kompaniya davri deb ataladi. Kompaniya davrida domna pechining qanday ishlayotganligi kontrol-o’lchash asboblari yordamida aniqlab turiladi. Domna pechidan suyuq chuyan nov (1) orqali (19-rasmga qarang) har 3-4 soatda, suyuq shlak esa nov (2) orqali har 1,5-2 soatda chiqarib turiladi. Chuyan chiqarish uchun, o’tga chidamli material bilan urib qo’yilgan teshik (darcha), shlak chiqarish uchun esa teshik ochiladi, buning uchun maxsus asboblardan foydalaniladi. Shlak va chuyan har gal chiqarilgandan keyin bu teshiklar maxsus asbob yordamida o’tga chidamli materiall bilan yana bekitib qo’yiladi.


Suyuq chuyan domna pechida maxsus transport (vagonetka, kovsh va x.k.) larga tushiriladi va transportlarda pulat olish sexiga yuboriladi yoki kovshlarga solinib, ulardan qoliplarga qo’yiladi. Pulat olish sexiga suyuq chuyan mikser, deb ataladigan idishlar orqali to’ldirib keltiriladi.
Domna pechidan olinadigan mahsulotlar jumlasiga chuyan, shlak, domna gazi va koloshnik changi kiradi. Bu mahsulotlarning har biri bilan alohida tanishib o’tamiz.
Chuyan. Domna pechidan olinadigan asosiy mahsulotdir. Uning tarkibida 2,14 % dan 4,5 % gacha uglerod, 0,50 % dan 4,25 % gacha kremniy, 0,2 % dan 3,5 % gacha marganets, 0,10 % dan 1,30 % gacha fosfor, 0,02 % dan 0,20 % gacha oltingugurt va juda oz miqdorda boshqa ba’zi elementlar bo’ladi. Binobarin, chuyan temir bilan uglerodning murakkab qotishmasidir. Ishlatish soxasiga ko’ra, chuyan uchta asosiy gruppaga bo’linadi: qayta ishlanuvchi chuyan, qo’ymakorlik chuyani va ferro qotishmalar (maxsus chuyanlar)dir.
Bu chuyan domna pechidan olinadigan barcha chuyanning 80 % dan ortig’ini tashqil etadi. Qayta ishlanuvchi chuyan tarkibidagi uglerodning hammasi yoki ko’p qismi temir bilan ximiyaviy birikkan holda, ya’ni temir karbid (tsementit) Fe3C holida bo’ladi. Uning suyuq holatda oquvchanligi past, shuning uchun u qolipning nozik joylarini yaxshi to’ldira olmaydi. Bunday chuyanning siniq joyi oqish tusda bo’lganligi uchun uni oq chuyan deb ham ataladi. Oq chuyan qayta ishlanib, undan pulat olinadi. Uning qayta ishlanuvchi chuyan deb atalishining sababi ham ana shundadir.
Pulat olish usuliga ko’ra, qayta ishlanuvchi chuyan uch turga: marten, bessemer, tomas chuyanlariga bo’linadi.marten chuyani М-1 va М-2 bilan, bessemer chuyani B-1 va B-2 bilan, tomas chuyanni esa T-1 bilan markalanadi. Qayta ishlanuvchi chuyanlardan ba’zilarning ximiyaviy tarkibi 9- jadvalda keltirilgan.

Download 67.5 Kb.
  1   2   3   4




Download 67.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metallarga ishlov beradigan yonilg’i pechlarning ishlash printsiplari Reja

Download 67.5 Kb.