TADQIQOTLAR MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Metallar deganda oddiy metallar va ularning qotishmalari shuningdek metal buyumlar va
ularning konstruktsiyalarini nazarda tutamiz. Odatda metallar korroziyasi sodir bo’lgan muhit
suyuqlik muhitida yoki gaz muhitida bo’ladi. Korroziya geterogen jarayon bo’lib, u ikki faza
chegarasida sodir bo’ladi: metal-suyuqlik yoki metal-gaz ko’rinishida bo’ladi. Sodir bo’lish
mexanizimiga ko’ra metallar korroziyasi ikki turga: kimyoviy(quruq) va elektrokimyoviy(nam)
korroziyalarga bo’linadi.
Kimyoviy korroziya muhitni tashkil qilgan moddaning molekulalari bilan metall
atomlarining o’zaro tasiri natijasida sodir bo’ladigan jarayon bo’lib, bir vaqtning o’zida
oksidlanish qaytarilish jarayoni sodir bo’ladi [4-6].
Suvsiz suyuqliklar (asosan, suyuq metallar) va atmosfera gazlarining metall yuzasi bilan
ta’sirlashuvi natijasida kimyoviy korroziya namoyon bo’ladi.
Kimyoviy korroziya turlari 3 xil bo’ladi:
1)
Oksidlanish korroziyasi
2)
Gazlar ta’siridagi korroziya
3)
Suyuq metallar tasiridagi korroziya
TADQIQOT NATIJALARI Oksidlanish yoki kislorod ta’siridagi korroziya Bu turdagi kimyoviy korroziya kislorod bilan metal yuzasining ta’sirlashishi natijasida
yuzaga keladi va natijada, metal oksidi shu metal yuzasida hosil bo’ladi (namlik bo’lmagan
muhitda). Oksidlanish korroziyasining sodir bo’lish ehtimoli temperatura ko’tarilishi bilan
yanada ortib boradi yoki shiddat bilan boradi [13-16].
Sodir bo’lish mexanizmi:
Metall metal ionlariga oksidlanadi:
𝑀 → 𝑀
+𝑛
+ 𝑛𝑒
−
Kislorod esa metallning elektrodlarini qabul qilib oladi:
1/2𝑂
2(𝑔)
+ 2𝑒
−
→ 𝑂
−2
Umumiy reaksiya:
2𝑀 + 𝑛/2𝑂
2
→ 2𝑀
+𝑛
+ 𝑛𝑜
2−
→ 𝑀
2
𝑂
𝑛
Metall yuzasida paydo bo’ladigan oksid parda tabiatining oksidlanish korroziyasi sodir
bo’lishida o’rni juda muhimdir [8-21].
1.
Turg’un va pishiq oksid parda metal yuzasida himoya qavati vazifasini o’taydi va
metallning korroziyalanishini bartaraf etadi. Natijada metall korroziyaga chidamli ya’ni
korroziyabardosh bo’ladi.
2.
Metall yuzasida hosil bo’lgan oksid parda noturg’un bo’lib, metal va kislorodga
parchalanish moyilligi yuqori bo’lsa, u holda oksidlanish korroziyasi metal yuzasida sodir
bo’lmaydi.
SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
262
3.
Metall yuzasidagi parda uchuvchan bo’lsa, metal yuzasi havo bilan kontaktga kirishib
oksidlanish davom etaveradi.
4.
Hosil bo’lgan parda oksidlanish uchun yetarli darajada g’ovak bo’lsa oksidlanish
korroziyasi sodir bo’ladi [12-15].