Astrofizika o‘quv predmeti sifatida




Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana01.11.2023
Hajmi0.63 Mb.
#92513
1   2   3   4   5
Bog'liq
B-274
Амалиёт шартномаси 2020, AZIZOV DOSTON, E953AovvKLyyqJDtsysNSyVSyHMXKlTLl9az4sgx, 12, 11, O\'zbekiton geo yakuniy, 10-sinf-informatika-testlar, 3 , Iroda, InshaAlloh, Tok-transformatorlarni-ishlatish, Документ Microsoft Word (2), attestatsiya papkani yuzi, Biznes jarayoni referat - Copy, Газ қудуқларида қатлам босимини
2. Astrofizika o‘quv predmeti sifatida
Bizningcha, o‘quv predmetlarini integratsiyalashning eng asosiy shartlaridan biri ular 
orasidagi umumiy jihatlarni aniqlash, o‘zaro aloqadorliklar mohiyatini anglash, sabab-oqibat 
tizimidagi “zanjirlar”ni mantiqiy izchilikda izohlash hisoblanadi. Biz astrofizikani predmetlararo 
gorizontal integratsiyasi sifatida pedagogik oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan asosiy blok 
fanlarini nazarda tutish lozim, deb hisoblaymiz. Chunki, Mexanika, Molekulyar fizika va 
termodinamika, Elektromagnetizm, Optika, Atom, yadro va elementar zarralar fizikasi, Nazariy 
fizika fanlari bo‘yicha talabalar tomonidan egallangan bilimlar Astrofizika fanini o‘zlashtirishda 
fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunga sabab, astrofizik obyektlarni yaxlit 
o‘rganganimizda biz yuqoridagi fanlarning barchasiga murojaat qilamiz. Demak, astrofizika 
o‘quv predmetining gorizontal integratsiyasi astrofizik obyektlarning tabiatini yuqoridagi 
fanlarga tegishli bo‘lgan jihatlar orqali ifodalanishida ko‘rinadi. Masalan, har qanday osmon 
jismi mexanik, molekulyar fizik va termodinamik, elektromagnit, optik va boshqa 
xarakteristikalar orqali ifodalanadi [3].
Bunda o‘quv fanlarining o‘zi umumiy nazariy konsepsiya asosida qurilishi zarur. 
Jumladan “Astrofizika” va boshqa tabiiy fanlar masalan “Fizika”, “Kimyo”, “Biologiya” o‘quv 
materiallarini integratsiyalashda ularning oldidagi asosiy muammolardan biri turlicha yondashuv 
asosida mazmunini strukturalash masalasidir. Xususan, astrofizik hodisalarni o‘rganishda bir 
vaqtning o‘zida barcha fizik nazariya va qonuniyatlar qo‘llaniladi. Ushbu vaziyatda astrofizik 
bilimlar Fizika kursi o‘quv materiallari asosiy tushunchalar atrofida birlashtirilgan, ya’ni 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
1359 
“harakat”, “modda”, “maydon”, “energiya”, ularga mos fizika bo‘limlari “Mexanika”, 
“Molekulyar fizika”, “Elektrodinamika”, “Optika”, “Atom, yadro va elementar zarralar fizikasi”, 
“Nazariy fizika” va h.k. Bunda asosiy holatlar klassik mexanikada barcha jismlar harakati hamda 
osmon jismlarining harakati namoyish etiladi. Asosiy Maksvell elektrodinamikasi g‘oyalari esa 
radioto‘lqin, ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik, infraqizil, ultrabinafsha va rentgen nurlarda o‘z 
aksini topgan, yadro fizikasi qonuniyatlari esa yadro energetikasi hamda Quyosh va 
yulduzlarning nurlani energiya mexanizmlarini tushuntiradi. Bu turlicha yondashuvlarni o‘quv 
materiallarida strukturalashtirish astrofizik muammolarga qo‘llaniladigan bosh tamoyillarni 
qo‘llash asosida bo‘ladi. Buning uchun quyidagi 3 ta tayanch tushunchalar asos bo‘ladi: 
“sayyora”, “yulduz” va “koinot”. Bu tushunchalar haqidagi bilimlarni talabalar ongida 
rivojlantirishda ular umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, ALda Fizika kursiga ta’lluqli bo‘lgan, 
shuningdek, pedagogika oliy ta’lim muassalarida “Umumiy fizika” kursining turli bo‘limlariga 
tegishli bo‘lgan va “Astrofizika” fani o‘tilgunga qadar o‘rganilgan materiallar umumlashtiriladi. 
Bu umumlashtirishlar bosh g‘oyalarda umumlashtiriladi va OTM o‘quv rejasining “Astrofizika” 
faniga oid dasturlarida shakllantiriladi[5].
XULOSA 
Zamonaviy yutuqlarni qo‘lga kiritishda fizika va astronomiya integratsiyasini ta’minlash 
ilmiy-texnik taraqqiyot, kosmonavtika va zamonaviy global muammolarni yechishdagi asosiy 
yo‘nalishlardan biri hisoblanmoqda. Bu esa bevosita astrofizikani o‘qitish jarayonlarini
gumanitarlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Download 0.63 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish