- mavzu. GALILEYNING NISBIYLIK PRINSIPI




Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/119
Sana16.05.2023
Hajmi1.73 Mb.
#60236
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   119
Bog'liq
Fizika. 10-sinf (2017, N.Turdiyev, K.Tursunmetov)
10-chi Davlat ramzlar boshlang`ich sinf o`quvchilariga xuquqiy tarbiya berish vositasi sifatida, Nurjaxon pedagogika, 4 amaliy mashg‘ulot Mavzu Detallarni plastik deformatsiyalash u, 718498, 4-Testlar , 2 5221958497041647213, Sysadmin reja, 2.10. ozbek tili fonetikasi
10-
mavzu. GALILEYNING NISBIYLIK PRINSIPI. 
INERSIAL VA NOINERSIAL SANOQ SISTEMALARI
Nisbiylik prinsipining ochilishiga asosiy sabablardan biri, Yerning 
harakati, aniqrog‘i uning o‘z o‘qi atrofi da aylanishi haqidagi gipoteza bo‘ldi. 
Shunday savol tug‘iladi: agar Yer o‘z o‘qi atrofi da aylanadigan bo‘lsa, nega 
biz uni Yer sirtida o‘tkazilgan eksperimentlarda sezmaymiz? Bu muammo 
ustidagi muhokamalarda qatnashgan o‘rta asrda yashab ijod qilgan Nikolay 
Orema (XIV asr), Olovuddin Ali al-Qushchi (XV asr)lar quyidagi xulosaga 
keldilar: Yerning aylanishi uning ustida o‘tkazilgan tajribalarga ta’sir 
qilmaydi.
Faraz qilaylik, siz sinfdoshlaringiz bilan birgalikda ulkan kemaning ichida
tashqi oynalari qoraytirilgan xonasida o‘tiribsiz. Shunda sinfdoshlardan biri 
hozir kema tinch turibdimi yoki harakatdami, degan savolni berdi. Tashqi 
palubaga chiqmasdan, buni qanday aniqlash mumkin? Bolalardan biri: 
“Kelinglar, tajriba o‘tkazib ko‘ramiz. Stoldagi buyumlardan birini tepadan 
pastga tashlab ko‘ramiz. Agar kema harakatsiz bo‘lsa, u vertikal tushadi. 
Harakatda bo‘lsa, tushish davrida kemaning poli oldinga ketib qolib, ozgina 
orqaga tushadiˮ, deb taklif qildi. Turli narsalar tashlab ko‘rilganda hammasi 
polga qarab tik holda aynan bir joyga tushdi. Demak, kema tinch turibdi
degan xulosaga kelindi. Tashqi palubaga chiqib qaralsa, kema bir tekisda 
chayqalmasdan suzib ketayotgan ekan! Demak, mexanik tajribalarni tinch 
turgan sinf xonasida o‘tkazilsa ham, to‘g‘ri chiziqli tekis harakatlanayotgan 
vagon yoki kema ichida o‘tkazilsa ham bir xil kechar ekan.
Bunga birinchi bo‘lib Galiley o‘z e’tiborini qaratgan edi. Galiley ham siz 
faraz qilgandek, ulkan kema ichida kuzatilayotgan mexanik jarayonlar, agar 
kema to‘g‘ri chiziqli tekis harakatlanayotgan bo‘lsa, xuddi tinch turganda 
qanday kechsa, shunday borishini yozib qoldirgan. Bunda sanoq sistemasi 
sifatida Yer emas, balki harakatlanayotgan vagon yoki kema olinadi.

Download 1.73 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   119




Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish