Mexanikada saqlanish qonunlari statika va gidrodinamika mexanik tebranishlar va to




Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/119
Sana16.05.2023
Hajmi1.73 Mb.
#60236
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   119
Bog'liq
Fizika. 10-sinf (2017, N.Turdiyev, K.Tursunmetov)
10-chi Davlat ramzlar boshlang`ich sinf o`quvchilariga xuquqiy tarbiya berish vositasi sifatida, Nurjaxon pedagogika, 4 amaliy mashg‘ulot Mavzu Detallarni plastik deformatsiyalash u, 718498, 4-Testlar , 2 5221958497041647213, Sysadmin reja, 2.10. ozbek tili fonetikasi
inersiya kuchini kiritamiz. Inersiya kuchi jismga boshqa jismlar tomonidan 
emas, balki sanoq sistemasi tezlanish bilan harakatlanishi tufayli ta’sir qiladi. 
U holda Nyutonning ikkinchi qonuni quyidagi
 
 
(2.3)
ko‘rinishida bo‘ladi.
Inersiya kuchining ifodasini topish uchun tezlanishning absolyut qiymati 
ab
va tezlanishning nisbiy qiymati 
nis
ning ayirmasidan foydalanamiz. U 
holda inersiya kuchi ifodasi quyidagicha bo‘ladi: 
(2.4)
2.2-rasm.
α
m
Aytilganlarni misolda qaraylik. Kichik bir 
aravachada ustun o‘rnatilgan bo‘lib, unga 2.2-rasmda 
ko‘rsatilganidek mayatnik osilgan. Aravacha Yerga 
nisbatan 
ab
doimiy tezlanish bilan harakatlanmoqda. 
Mayatnik aravachaga nisbatan qo‘zg‘almas: a
nis
= 0. 
Mayatnikka , m
i
va 
kuchlar ta’sir qiladi. 
– mayatnik osilgan ipning taranglik kuchi. Lekin bu 
kuchlar mayatnikka tezlanish bermaydi. Nyutonning 
ikkinchi qonuni bajarilishi uchun unga inersiya kuchi 
ni kiritish 
kerak. U holda
m + + 
i
= 0. 
Demak, Nyutonning ikkinchi qonuni shartli ravishda bajariladi. 
Mayatnikning og‘ish burchagi 
.


35
1. Inersial sanoq sistemalari deganda nimani tushunamiz?
2. Inersial sanoq sistemalarida qanday fi zik kattaliklar bir xil bo‘ladi?
3. Nyutonning uchinchi qonuni inersial sanoq sistemalari uchun 
o‘rinlimi?
11-
mavzu. GRAVITATSION MAYDONDA HARAKAT
Siz 7-sinfda Yer o‘z atrofi da doimiy tortishish maydoni hosil qilishini va 
shu maydon orqali jismlarni o‘ziga tortib turishini bilib olgansiz. Demak, 
Yerda bo‘ladigan barcha harakatlarga tortishish maydoni o‘z ta’sirini 
ko‘rsatadi.
Faraz qilaylik, tog‘ cho‘qqisiga chiqib, undan gorizontal yo‘nalishda 


tezlik bilan bironta jism uloqtirildi. Jism uchib borib, A nuqtaga tushadi. 
Unda uning ko‘rinishi Nyuton tomonidan chizilgan 2.3-rasmga o‘xshash 
bo‘ladi.
Jism tezligi oshirib borilsa, B va C nuqtalarga tushadi. Tezlikning 
ma’lum bir qiymatidan boshlab jism Yerga tushmasdan, Yer atrofi da aylana 
bo‘ylab harakatga keladi. Bu jism endi Yerning sun’iy yo‘ldoshi bo‘lib qoladi. 
Sun’iy yo‘ldoshning harakati, tortishish maydonidagi harakat bo‘ladi. Nima 
sababdan yo‘ldosh Yerga tushmaydi? Qanday tezlikda bu holat kuzatiladi? 
Avvalo, yo‘ldoshga ta’sir etayotgan kuchlarni olib qaraylik. Yo‘ldoshga doimo 
Yerning tortish kuchi ta’sir etadi. Bundan tashqari, unga havoning qarshilik 
kuchi ta’sir qiladi. Qarshilik kuchi kam bo‘lishi uchun uni atmosferaning eng 
yuqori qatlamlariga olib chiqish kerak.
A
B
C
h
mg
m

2
R+h
2.3-rasm.
2.4-rasm.
Amalda Yer yuzasidan 300–400 km balandlikda havoning qarshiligi 
deyarli yo‘q. Demak, bunday balandlikda Yerning tortish kuchini 


36
yo‘ldoshiga berilgan tezlik tufayli vujudga kelgan markazdan qochma kuch 
kompensasiyalaydi (2.4- rasm).
U holda: 
dan 

2
g (R
Yer
 + h).
h balandlikni Yer radiusi R
yer
ga nisbatan hisobga olmasa ham bo‘ladigan hol 
uchun R
yer
 + h ≈ R
yer
va

2
g
·
R
Yer
.
(2.5)
Uni hisoblash uchun R
yer
≈ 
6400 km, g = 9,8 m/s

deb olinsa, 
 ning 
qiymati: 


= 7,91 km/s 
ga teng bo‘ladi.
Bu tezlik birinchi kosmik tezlik deyiladi.
Shunday tezlik bilan harakatlangan Yerning sun’iy yo‘ldoshi 
84 min 12 s da Yer atrofi ni bir marta aylanib chiqadi.
Amalda bir marta aylanib chiqish uchun ketgan vaqt hisoblab chiqilgan 
vaqtdan katta bo‘ladi. Bunga sabab yo‘ldosh orbitasining radiusi bilan Yer 
radiusining bir-biridan farq qilishidir.
Shunday qilib katta radiusli orbitalarda harakatlanadigan yo‘ldoshlarning 
tezligi Yer sirtiga yaqin orbitalarda harakatlanadigan yo‘ldoshlarning 
tezligidan kichik bo‘ladi.
Bunday yo‘ldoshlarning aylanish davri:
 

(2.6)
Bunda: T
1
– 
Yer sirtiga yaqin orbitalarda harakatlanadigan yo‘ldoshlar 
ning 
aylanish davri.
Istalgan balandlikda aylanayotgan yo‘ldoshning aylanish davri 
formulasidan foydalanib sun’iy yo‘ldosh Yerdan ma’lum balandlikdagi bir 
nuqtada “qimirlamasdan” turishi kerak bo‘lgan balandlikni topish mumkin. 
Demak, yo‘ldoshning aylanish davri 24 soatga teng bo‘lishi uchun qanday 
balandlikda harakatlanishi kerak? Hisoblashlar shuni ko‘rsatadiki, balandlik


37

Download 1.73 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   119




Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mexanikada saqlanish qonunlari statika va gidrodinamika mexanik tebranishlar va to

Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish