Mexanikada saqlanish qonunlari statika va gidrodinamika mexanik tebranishlar va to




Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/119
Sana16.05.2023
Hajmi1.73 Mb.
#60236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Bog'liq
Fizika. 10-sinf (2017, N.Turdiyev, K.Tursunmetov)
10-chi Davlat ramzlar boshlang`ich sinf o`quvchilariga xuquqiy tarbiya berish vositasi sifatida, Nurjaxon pedagogika, 4 amaliy mashg‘ulot Mavzu Detallarni plastik deformatsiyalash u, 718498, 4-Testlar , 2 5221958497041647213, Sysadmin reja, 2.10. ozbek tili fonetikasi
3-
mavzu
. JISMLARNING VERTIKAL HARAKATI
Biror jismni qo‘limizda ushlab turib, so‘ng uni qo‘yib yuborsak, jism 
tortish kuchi natijasida to‘g‘ri yer sirtiga tomon harakatlanadi. Jismning 
bunday harakati pastga qarab vertikal harakat deyiladi. Bunday harakatlar 
bilan siz 7-sinfda tanishgansiz. Bu mavzuda uni biz harakatlarning 
mustaqillik prinsipi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqamiz.
Jism vertikal harakatlanganda unga bitta yoki bir nechta kuchlar (og‘irlik 
kuchi, havoning qarshilik kuchi, Arximed kuchi) ta’sir qiladi. Jismning 
yuqoriga tik (vertikal) harakatida masalani soddalashtirish maqsadida 
havoning qarshilik kuchini va Arximed kuchini hisobga olmaymiz.
Jismni yuqoriga vertikal yo‘nalishda 


boshlang‘ich tezlik bilan uloqtirib, 
uning harakatini kuzataylik (1.1-rasm). Agar jism faqat shu 


tezlik bilan 
yuqoriga harakatlanganda u t vaqt ichida h
1


0
· t balandlikka ko‘tarilgan 
bo‘lar edi. Ammo yerning tortish kuchi ta’sirida shu t vaqt ichida jismning 
ko‘tarilish balandligi h
2
gt
2
/2 ga kamayadi. U holda jismning ko‘tarilishi 


8
mumkin bo‘lgan balandlik h = h
1
– h

ga teng bo‘ladi, ya’ni jismning harakat 
tenglamasi
1.1-rasm.


0
h
max
h = 

0
·t –
 
(1.3)
orqali ifodalanadi.
Yuqoriga vertikal otilgan jism harakati tekis 
sekinlanuvchan harakatdan iborat.
Jismning t vaqtdan keyingi tezligi
 = 
0
– gt
(1.4)
ifoda yordamida aniqlanadi. Jism eng baland ko‘tarilish nuqtasiga yetganidan 
so‘ng to‘xtaydi (
 = 0) va pastga qarab vertikal harakatini boshlaydi.
(1.4) ifodaning chap tomonini nolga tenglab, jismning ko‘tarilishi uchun 
ketgan vaqtini hisoblash ifodasiga ega bo‘lamiz: 
t
k


(1.5)
Jismning maksimal ko‘tarilish balandligi ifodasi quyidagicha bo‘ladi: 
h = 

0
t
k
2
 = 
.
(1.6)
Havoning qarshiligi hisobga olinmas darajada kichik bo‘lgan sharoitda 
yuqoriga tik otilgan jismning ko‘tarilishi uchun ketgan vaqti uning tushish 
vaqtiga teng bo‘ladi, ya’ni t
k
 t
t
. Shuningdek, jism qanday tezlik bilan 
yuqoriga tik otilsa, u otilgan joyiga xuddi shunday tezlik bilan qaytib tushadi.
Pastga vertikal otilgan jismning harakati tekis tezlanuvchan harakatdan 
iborat bo‘ladi. Bunda jismning t vaqtdan keyingi tezligi
 = 
0
gt (1.7)
ifoda yordamida aniqlanadi. Pastga vertikal otilgan jism harakati tenglama-
sini quyidagicha yozamiz: 
h = 

0
t
t
 + 
.
(1.8)


9
Jismning vertikal harakat qonuniyatlarini birinchi bo‘lib buyuk 
italiyan olimi G. 
Galiley tajribalar asosida o‘rgandi. O‘tkazilgan tajribalar 
asosida jismlarning vertikal tushishida ikkita qonuniyat borligi aniqlandi. 
Birinchidan, jismning vertikal tushishi to‘g‘ri chiziqli tekis tezlanuvchan 
harakatdan iborat, ikkinchidan, hamma jism erkin tushish vaqtida doimiy 
tezlanish bilan harakatlanadi.
Jismning erkin tushishi tekis tezlanuvchan harakat bo‘lganligi inobatga 
olinsa, bu harakat uchun ham to‘g‘ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakatning 
barcha tenglamalari o‘rinli bo‘ladi, faqat ularda a tezlanishni g erkin tushish 
tezlanishi bilan, s yo‘lni esa h balandlik bilan almashtirish kerak (1-jadval).
Erkin tushish tekis tezlanuvchan, (yuqoriga tik otilgan jism tekis 
sekinlanuvchan) harakatda bo‘lganligi uchun jism harakatining o‘rtacha 
tezligi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi: 

o‘rt

. (1.9)

Download 1.73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mexanikada saqlanish qonunlari statika va gidrodinamika mexanik tebranishlar va to

Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish