119
8.7-rasm. Kanaldagi sug‘orish tizimi rostlanuvchi parametrining o‘zgarish
tavsifnomasi
Sug‘orish kanali boshqaruv ob’ekti sifatida sof kechikishdan tashqari inersion
kechikishga ega. Shuning uchun u kechikish vaqtiga ega bo‘lgan davriy inersion
bo‘g‘in ko‘rinishida berilishi mumkin (T - vaqt doimisi). Bu holda vaqti tavsifnomalari
kanalni sathini rostlash tizimi uchun 8.7 - rasmda keltirilgan ko‘rinishda berilishi
mumkin. Agar n-kirish kattaligi noldan birgacha sakrashsimon ravishda o‘zgarsa 2-
chiqish signali ham toza kechikish vaqti bilan sakrashsimon tarzda o‘zgaradi ( t - vaqti
bilan) (8.7-rasm, a, b). Umumiy rostlash vaqti t u kirish signalining o‘rnatilgan
vaqtigacha bo‘lgan kattalikni o‘z ichiga oladi (v) t = (3….5) T, bu erda ikkinchi
qo‘shiluvchi inersion kechikish vaqti hisoblanadi.