Mexatronika va mikrokontrollerlar haqida
Mexatronika – ishlab chiqarish va loyihalash jarayonlarini
intellektual kompyuter va
elektron-muxandislik qurilmalar orqali boshqarishning sinergetik(synergistic – tizimning ma’lum
bir qismini olish)-integrallashtirishdir.
Mexatronika so’zi Yasakawa Elektro Co kompaniyasi
prezidenti Ko Kikuchi nomi bilan bog’liqdir. Ushbu tushuncha 1969 yilda paydo bo’lgan bo’lsa,
1972 yil rasman mahsulot sifatida ro’yhatdan o’tgan.
Mexatronika atamasi
MEXAnika va
elek
TRONIKA so’zlaridan olingan.
Mexatronika tizimi 3 tizimning ma’lum biq qismlarini o’z ichiga
oladi. Ular: elektronika, mexanika va axborot texnologiyalari tizimlaridir.
Oddiy mexatronik tizimni quyidagilar tashkil qiladi? Ular: xisoblash qurilmasi (sensing
unit), controller
(controller) va aktivlashtirish qurilmalari
(actuating unit).
Xisoblash qurilmasi – ushbu qurilma bitta datchikdan iborat bo’lib, u fizik fenomentlarni
aniqlaydi.
Kontroller – ushbu qurilma datchikdan qabul qilinib olingan ma’lumot asosida kerakli algoritmga
mos holatda kerakli buyruq yoki ma’lumotni Aktivlashtirish qurilmasiga beradi.
Aktivlashtirish qurilmalari – ushbu qurilma aktivlashtirish, tok manbai va bog’lanish
mexanizmlaridan iborat. Aktivlashtirish qurilmasi boshqaruv buyrug’i fizik jarayonda almashtirib
beradi.
Mexatronik tizimning integrallashuvi asosida datchiklar, aktivlashtirish
qurilmalari va
mikrokompyuterlarni mexanik jarayondagi samarali natija yotadi.
Aktivlashtirish qurilmasi signal tarzida qabul qilib olingan buyruqni fizik kuch yoki jarayonga
o’tkazib beruvchi qurilmadir. Umumiy tarzda aytganda aktivlashtirish qurilmalari tok manbai
bilan mexanizmni bir-biriga bog’lash va ishlatish uchun qo’llaniladi
.
Mexatronika sohasi birdan ortiq sohani o’z ichiga olgan bo’lib, ular quyidagilar:
-
Muhandislik –mexanikasi;
-
Muhandislik – elektrik;
-
Muhandislik – hisoblash;
-
Kompyuter/axborot tizimi;
Oddiy muhandis mahsulot va jarayonni
loyihalash, tahlil etish va ko’p faktrlar asosida yaratsa,
mexatronik muhandis esa, loyihalash, modellashtirish, simulyasiya qilish,
tahlik qilish, yahgi
g’oyalar bila boyitish, timsolini yaratish va rivojlanish siklini xosil qiladi.
Mexatronikadagi mexanik elementlari –mexanizmga ega, statik/dinamik xarakterga ega
tashqi kuch ta’siriga ishlovchi qurilmalardir.
Mexatronikadagi elektromexanika elementlari – datchik va
aktivlashtirishlar asosiy
elektromexanik elementlar hisoblanadi.
Mexatronikadagi elektrli/ekektrinik elementlar – bular register, inductor,
transistor va
boshqalar.
Mexatronikadagi boshqarish interfeysli texnik ta’minot elementlari – bular analog-
raqamli o’tkazgichlar, taymer, mikriprosessor,
mikrokontroller, raqamli signallarni qayta
ishlovchoi qurilmalar va boshqalar.
Mexatronikadagi axborot tizimlarining elementlari – bular kompyuterli o’zgaruvchan
tahli-loyihalash, virtual vositalar, turli simulyasion vositalar va ma’lumotlar
bazasini
boshqarishning texnik va dasturiy ta’minotlari.