Investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish va uning monitoringini o‘tkazish tizimini




Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/230
Sana18.12.2023
Hajmi4,03 Mb.
#122991
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

2. Investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish va uning monitoringini o‘tkazish tizimini 
yaratish. 
Shakllantirilgan investitsiya loyihasining samarali amalga oshirilishi, ko‘p hollarda, uni amalga
oshirishning tezkor rejasining o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishiga bog‘lik bo‘ladi. Bunday tezkor 
reja amaliyotida investitsiya loyihalarini amalga oshirishning kalendar rejasi deb nomlanadi. 


195 
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasini ishlab chiqish muayyan tamoyillarga 
asoslanadi va muayyan ketma – ketlikda amalga oshiriladi. Quyida biz Ushbu tamoyillarni ko‘rib 
chiqamiz: 
1. Kalendar rejaning ob'ekt tabaqalanishi (differensiyasi) bo‘yicha tamoyili kalendar rejalashtirish 
investitsiya loyihasining butun davriga asoslanib amalga oshirishini kerakligini ko‘zda tutadi. 
Loyihani amalga oshirishni kalendar rejalashtirish jarayoni uni amalga oshirishning baza muddatlariga 
va biznes rejada aks ettirilgan investitsiyalar oqimi jadvaliga asoslanadi. 
Har bir investitsiya loyihasi bo‘yicha uni amalga oshirish uchun bank tomonidan loyiha 
monitoringini olib boruvchi loyiha menejeri belgilanadi. 
2. Kalendar rejaning vaqtinchalik tamoyili ishlab chiqish shakli bo‘yicha uning 
detallashtirilishining turli xil darajasini nazarda tutadi. Investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 
kalendar rejaning vaqtinchalik differensiyasining asosiy shakllari kuyidagilar hisoblanadi: 
- kalendar reja investitsiya loyihasini amalga oshirishning yillik jadvalini tezkor rejalashtirish 
natijalarini aks ettiruvchi boshlang‘ich va asosiy hujjat hisoblanadi. U (yillik jadval) bir necha yillar 
davomida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha rejalashtirilayotgan kalendar yil doirasida bajarilishi 
ko‘zda tutilayotgan ishlar hajmini o‘z ichiga qamrab oladi. Shuningdek u bir yil mobaynida amalga 
oshiriladigan loyihalarda loyihaning maqsadiga ko‘ra bajarilish muddati va ketma-ketligi bilan 
tavsiflanadi. 
- loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlarnng choraklik yoki yillik rejasi ularning ko‘rsatilgan 
vaqtinchalik oraliqlari doirasidagi aniq, hajmlarini qamrab oladi. Ularni ishlab chiqishning asosi 
bo‘lib, detallashtirishning tegishli ketma-ketligi bilan investitsiya loyihasini amalga oshirishning yillik 
jadvali hisoblanadi. Ishlarning choraklik rejasi yillik rejaning taqdim etilishi bilan bir vaqtda taqdim 
etiladi va tasdiqlanadi. 
- dekadali (o‘n kunlik) topshiriqlar ishlarni bajarishning oylik rejasini ketma-ket detallashtirish 
shakli hisoblanadi. Bizning mahalliy amaliyotda kalendar rejani tabaqalashning bu shakli kamdan-kam 
hollarda qo‘llaniladi. Biroq, yirik investitsiya loyihalari uchun jalb etiladigan ko‘pgina xorijiy 
pudratchilar kalendar rejalashtirishning bunday shaklini keng tadbiq etadilar. 
3. Kalendar rejaning funksional tabaqalanishi tamoyili uning alohida funksional qismlarga 
bo‘linishini nazarda tutadi. Bu investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasini ishlab 
chiqish jarayonining birmuncha ma'suliyatli qismidir. Bunday bo‘linish loyihaning hajmi va amalga 
oshirilishi bosqichiga bog‘liqdir. Uning asosiy funksional qismlari bo‘lib kuyidagilar hisoblanadi: 
a) loyihani amalga oshirishga tayyorlash; 
b) loyiha-konstruksiya ishlari; 
v) moddiy texnikaviy ta'minlash; 
g) kurilish-montaj ishlari; 
d) loyihani ekspluatatsiyaga kiritish; 
ye) loyiha kuvvatlarini ishga tushirish; 
j) loyiha bo‘yicha qarzlarni qaytarish. 
4. Kalendar reja zaxirasini shakllantirish tamoyili unga alohida kiritilgan ishlar muddatlarining 
tahlili qilingan buzilish hollarini aniqlashdan va ushbu zaxiraning loyihani amalga oshiruvchi 
ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishidan iborat. Kalendar rejadagi har bir ish uni bajarish uchun zarur 
bo‘lgan vaqt bilan, ishlarning boshlanish va tugallanish muddatlari bilan tavsiflanishi kerak. Ishlab 
chiqilgan reja real bo‘lishligi uchun alohida ishlarni bajarishningrejalashtirilgan vaqti 75-80%dan kam 
bo‘lmagan ishonch bilan aniqlangan bo‘lishi kerak. Bunday ehtimollik asosida ko‘zda tutiladigan 
zaxira jami kalendar reja muddatining 10-12%ini tashkil etishi kerak. 
5. Kalendar reja bajarilishini doimiy nazorat qilish tamoyili investitsiya loyihasini amalga 
oshirishning kalendar rejalashtirilishi tegishli nazorat qiluvchi blokni ham o‘z ichiga qamrab olishidan 
iborat. Bu tamoyilning bajarilishi uchun joriy monitoring qo‘llaniladi. 
Loyihani amalga oshirishning yaxshi ishlab chiqilgan kalendar rejasidan tashqari investitsiya 
loyihasini amalga oshirishning byudjeti ham juda muhim sanaladi. Investitsiya loyihasini amalga 
oshirishning samaradorligi ko‘pgina hollarda uni moliyalashtirishning asoslangan rejasi bilan 


196 
aniqlanadi. Amaliyotda bu moliyaviy reja «nvestitsiya loyihasini amalga oshirishning byudjeti» deb 
nomlanadi (yoki loyiha byudjeti). Byudjet investitsiya loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq 
xarajatlar va mablag‘lar tushumini aks ettiruvchi qisqa muddatli (bir yilgacha) tezkor moliyaviy reja 
sifatida o‘zini namoyon etadi. 
Investitsiya loyihasini amalga oshirish byudjetini ishlab chiqish ikkita asosiy vazifalarni hal 
etishga qaratilgan bo‘ladi: 
1. Kalendar rejaning alohida bosqichlari hajmida investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 
xarajatlar hajmi va tuzilishini aniqlash. 
2. Investitsiya loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish uchun belgilangan jami mablag‘lar 
hajmi doirasidagi investitsiya resurslari oqimining zarur bo‘lgan xarajatlarni qoplashini ta'minlash. 
Investitsiya loyihasini amalga oshirish byudjetini ishlab chiqish uchun asosiy ma'lumot xujjatlari 
bo‘lib kuyidagilar hisoblanadi: 
- investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasi; 
- alohida ko‘rinishidagi ishlarni bajarish va kalendar rejaning alohida funksional bloklari 
ko‘rinishida ishlab chiqilgan xom ashyolar, materiallar, moslamalar va uskunalarni sotib olish 
xarajatlari smetalari; 
- investitsiya loyihasini moliyalashtirishning umumiy strategiyasi; 
- loyiha biznes-rejasini ishlab chiqish bosqichida tuzilgan investitsiyalar oqimining oldindan 
bashorat qilingan jadvali. 
Investitsiya jarayoni bosqichlariga bog‘liq holda investitsiya loyihasini amalga oshirish vaqtida 
ikki xil ko‘rinishidagi byudjet ishlab chiqilishi mumkin: 
1. Kapital sarflar va mablag‘lar tushumi byudjeti. Bu byudjet yangi kurilish bilan ob'ektning 
kengaytirilishi, ta'mirlanishi va texnik jihatdan qayta kurollantirilishi bilan bog‘lik kurilish-montaj 
ishlarini amalga oshirish bosqichida ishlab chiqiladi.
2. Joriy pul sarflari va daromadlari byudjeti. Bu byudjet investitsiyalash ob'ektini ekspluatatsiya 
qilish bosqichida (uning ishga tushirilishidan keyin) ishlab chiqiladi. 
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasi va byudjeti puxta ishlab chiqilgandan 
so‘ng kuzatish, tekshirish va nazorat qilish tizimiga ega bo‘lgan monitoring olib boriladi. 
Amalga oshirilmoqchi bo‘lgan loyiha doimiy nazorat yoki monitoringni talab etadi. Investitsiya 
loyihalarini amalga oshirish monitoringi tizimi investitsiya bozori kon'yukturasining doimiy o‘zgarib 
turishi sharoitida barcha investitsiya loyihalarini amalga oshirishning muhim joriy natijalarini doimiy 
kuzatib borishni ta'minlash uchun bank yoki kompaniyalarda ishlab chiqilgan mexanizm sifatida o‘zini 
namoyon etadi. 
Banklar tomonidan amalga oshirilgan investitsiya loyihalari monitoringi tizimini ishlab 
chiqishning asosiy maqsadi bo‘lib, investitsiya faoliyati samaradorligini keltirib chiqaruvchi 
rejalashtirilgan ma'lumotlarga nisbatan yuz bergan chetlanishlarni o‘z vaqtida hal etish, bu 
chetlanishlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni tahlil etish va investitsiya faoliyatini me'yorlashtirish 
hamda samaradorligini oshirish maqsadida uning alohida yo‘nalishlarini tegishlicha tartibga keltirish 
bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hisoblanadi. 
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish monitoringi tizimini yaratish kuyidagi asosiy 
tamoyillardan foydalanishga asoslanadi: 
1. Kuzatish uchun investitsiya faoliyatining birmuncha muhim yo‘nalishini tanlash. Bu 
tamoyilning amalga oshirilishi kompaniya investitsiya faoliyatining maqsadli shakllantirilgan 
ma'lumotiga asoslanadi, shu bilan birga investitsiya loyihalarini amalga oishirish jarayonida kuzatishga 
tegishli bo‘lgan ushbu faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarining aniqlanishi bilan bog‘liq holdagi real 
investitsiyalarning portfeli bo‘yicha ma'lumotlarga ham asoslanadi. Birinchi navbatda, kuzatish 
kalendar reja va byudjetning ularning asosiy bo‘limlari bo‘yicha amalga oshirilishi ustidan tashkil 
etilgan bo‘lishi kerak. 
2. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning har bir yo‘nalishi bo‘yicha hisobot ko‘rsatkichlari 
tizimini yaratish. Ko‘rsatkichlarning bunday tizimi, birinchi navbatda, buxgalteriya hisobi va statistik 
hisobot ma'lumotlariga asoslangan bo‘lishi kerak. Kompaniyada alohida ko‘shimcha ko‘rsatkichlarni 


197 
kiritish zaruriyati paydo bo‘lganda «boshkaruv hisobi» deb nomlanuvchi tizim yaratiladi. Bu tizim 
tezkor buxgalteriya hisobotini to‘ldirishga xizmat kiladi va samarali boshqarish ehtiyojiga 
bo‘ysindirilgan bo‘ladi (investitsiya faoliyatini boshqarish bunday hollarda boshqaruv hisobining 
mustaqil bloki hisoblanadi). 
Hisobot (ma'lumot)lar ko‘rsatkichlari tizimi loyiha bo‘yicha birmuncha muhim ko‘rsatkichlar 
tuzilishi va hajmi bo‘yicha kalendar rejani amalga oshirish jarayonini, xarajatlar hajmi va tuzilishi 
bo‘yicha byudjetning bajarilishini, shuningdek ularni xususiy, qarz va jalb qilingan manbalar 
ko‘rinishida moliyalashtirish bo‘yicha ham aks ettirishi kerak. Hisobotlar ko‘rsatkichlari tizimida qarz 
oluvchilar (mijozlar) bilan olib boriladigan suhbat asosiy o‘rinni egallaydi. Qarz oluchi bilan suhbatni 
ushbu korxonalar bilan shug‘ullanuvchi bank xodimi olib borishi kerak, chunki u korxonada yuz 
beradigan holatlar to‘g‘risida yetarli tasavvurga ega bo‘ladi. 
Suhbatdan tashqari, bu tizimda bank xodimlari tomonidan loyiha ob'ektiga borib turish yaxshi 
rejalashtirilgan bo‘lishi kerak. Ob'ektni bevosita ko‘zdan kechirish va tanishish investitsiya loyihasini 
amalga oshirish jarayoni to‘g‘risbda aniq ma'lumotlar beradi. 
3. Investitsiya loyihasini amalga oshirishning har bir yo‘nalishi bo‘yicha umumlashtirib baho 
beruvchi (analitik) ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish. Baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi korxona 
investitsiya faoliyatining alohida yo‘nalishlari monitoringi maqsadidan kelib chiqib yaratiladi va 
buning uchun jalb etiluvchi ma'lumotlar (hisobotlar) ko‘rsatkichlariga asoslanadi. Ketma-ket olib 
boriluvchi tahlilning qulayligi uchun bu baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi uning asosiy bo‘limlari 
ko‘rinishida shakllantirilgan bo‘lishi kerak. 
Tahlilning bunday bo‘limlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
- investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarni shakllantirish; 
- investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan moliyaviy resurslarni o‘zlashtirilishi; 
- qurilish ob'ekti bo‘yicha ishlar rejasining bajarilishi; 
- investitsiya loyihasi bo‘yicha aktivlarning shakllanishi; 
- investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha joriy samara-dorlik va boshqalar. 
Baholovchi ko‘rsatkichlar tizimini yaratishdagi alohida bo‘limlar doirasida ularning funksional 
bo‘linmalari alohida ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Bunga misol, «investitsiya loyihasini amalga 
oshirish uchun moliyaviy resurslarni shakllantirish» bo‘limida baholovchi ko‘rsatkichlarning kuyidagi 
bo‘linmalari ajratilgan bo‘lishi mumkin: 
- moliyaviy resurslarni jalb qilish bo‘yicha vazifani bajarish darajasi; 
- investitsiya loyihasini moliyalashtirishda xususiy va qarz mablag‘larining ishtirok etish darajasi; 
- investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbalarining hisoboti va boshqalar. 
- har bir bo‘limning bo‘linmalarida birmuncha muhim baholovchi ko‘rsatkichlarning aniq ruyxati 
shakllantiriladi. 
Investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ko‘pgina banklarda umumiy baholovchi ko‘rsatkichlar 
hisob-kitobi shaxsiy elektron hisoblash mashina (ShEHM)larida maxsus dasturlar yordamida 
avtomatik tartibda amalga oshiriladi, shuning uchun ko‘rsatkichlarning shakllangan tizimiga bir vaqtda 
jalb qilingan ma'lumotlar ko‘rsatkichlari asosida ularning har birining hisob-kitob amaliyotini ishlab 
chiqishga to‘g‘ri keladi. Moliyalashtirish manbasining mosligi va moliyalashning ko‘rinishi ham 
baholovchi ko‘rsatkichlarni hisoblash usuliga ta'sir ko‘rsatadi, shuning uchun har bir tomon o‘zini 
baholovchi ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun dasturli ta'minot sifatida namoyon etadi. 
1. 
Ma'lumotlarning (baholovchi ko‘rsatkichlarning) hisobot bazasini shakllantirishning 
davriyligini o‘rnatish. Bunday davriylik investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasi va 
byudjetining davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunday davriylikning hisobga olinishi 
bilan u kuyidagilarga ajratiladi: 
– tezkor hisobot (dekadali yoki ikki haftali); 
- oylik hisobot; 
- choraklik hisobot; 
- yarim yillik hisobot. 


198 
Yillik hisobot ko‘rsatkichlari investitsiya loyihalarini amalga oshirish joriy monitoringining ob'ekti 
hisoblanmaydi, chunki ko‘rsatkichlar o‘zgarishining dinamikasini oylar bo‘yicha kuzatish mumkin 
emas. 
Yuqorida ko‘rsatilgan to‘rtga tamoyillar bilan bog‘liq holda bajarilgan ishlar investitsiya 
loyihalarini amalga oshirish monitoringining nihoyalangan (tugallangan) ma'lumot blokini tuzishga 
imkon beradi. Bu ma'lumotdan, nafaqat, bank ichida, shuningdek korxonalar reytingini tuzishda ham 
foydalanish mumkin. 
5. Ko‘zda tutilgan haqiqiy natijalardan chetlashishga olib keluvchi asosiy sabab (omil)larni tahlil 
etish. Tahlilning bunday jarayonida, birinchi navbatda, kalendar rejadan yoki byudjetdan «kritik 
chetlashuvlar» kuzatiladigan ko‘rsatkichlar ajratiladi. «Kritik chetlashuvlar» mezoni sifatida dekadali 
(ikki haftali) davr bo‘yicha 20% yoki undan ortiq miqdordagi chetlashishlar; oylik davr bo‘yicha 15% 
yoki undan ortiq foizlar; choraklik bo‘yicha esa 10% va undan yuqori bo‘lgan foizlar qabul qilinishi 
mumkin. 
6. Alohida investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonini me'yorlashtirish imkoniyatlari va 
zaxiralarini aniqlash. Monitoringni tashkil etishning mazkur tamoyilini amalga oshirish jarayonida 
zaxiralar alohida funksional bloklar ko‘rinishida va loyihalarni amalga oshirish jarayonini 
me'yorlashtirish bo‘yicha buyurtmachi va pudratchilarning imkoniyatlarini o‘rganish bilan qaraladi. 
Bunday imkoniyatlarini o‘rganish bilan qaraladi. Bunday imkoniyatlarning biri sifatida byudjetning 
moliyaviy zaxirasidan foydalanish ko‘rib chiqilgan bo‘lishi mumkin. 
7. Alohida investitsiya loyihalaringi amalga oshirishning kalendar rejasi va byudjetning o‘zgarishi 
bo‘yicha takliflarni asoslash. Agar alohida investitsiya loyihalarini malaka oshirish jarayonini 
me'yorlashtirish imkoniyatlari cheklangan bo‘lsa (ya'ni to‘liq hajmda me'yorlashtirishga olib 
kelolmasalar) yoki mavjud bo‘lmasa, u holda monitoringning yakunlovchi bosqichi bo‘lib, byudjet va 
joriy rejalashtirilgan-kalendar rejaning asosiy xujjatlariga tegishlicha tuzatishlar kiritish bo‘yicha 
takliflarni asoslash hisoblanadi. Alohida hollarda investitsiya loyihasining investitsiya portfelidan 
«chiqishi» to‘g‘risidagi taklif asoslangan bo‘lishi mumkin. 

Download 4,03 Mb.
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   230




Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish va uning monitoringini o‘tkazish tizimini

Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish