|
Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc Pdf ko'rish
|
bet | 11/67 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 308,52 Kb. | | #106877 |
Bog'liq Alkimyogar (Paulo KOELO) @worldof bookswww.ziyouz.com kutubxonasi
11
Santyago bilmasdi Salim qaerdaligini, biroq so‘rab o‘tirmadi, qizarib qolmay deb. U
tashvishli qiyofadagi yo‘lovchilar tinimsiz o‘tib-ketib turgan maydonga tikilib qarab turdi.
— Xo‘sh, Salimda hayot qanday?
— Odatdagiday.
Bilib olishning hech iloji yo‘q edi. Faqat bunday shahar Andalusiyada yo‘qligi ayon edi,
aks holda Santyago uni eshitgan yoki ko‘rgan bo‘lardi.
— U yerda siz nima ish bilan mashg‘ulsiz?
— Nima ish bilan mashg‘ulman? — Qariya “qah-qah” otib kulib yubordi. — Men uni
boshqaraman. Men — Salim podshohiman.
“Odamlarga bir balo dorigan o‘zi, — o‘yladi bo‘zbola. — Haqiqatan, tilsiz qo‘ylar bilan
andarmon bo‘lib yurganim ma’qul aslida, yemishi bilan suvi bo‘lsa bas. Yoki kitob
o‘qiganim tuzuk — g‘aroyib voqealarni bilib olasan, qachon xohlasang ochib
o‘qiyverasan. Biroq odamlar bilan qiyin: tomdan tarasha tushganday bir nimani aytadi,
o‘tirasan keyin ustingga mag‘zava to‘kilganday, nima deb javob berishni bilmay”.
— Mening ismim Malkisidq, — ming‘irladi qariya. — Qo‘ying nechta?
— Ko‘p, — mujmal javob qildi Santyago.
— To‘g‘risi qancha? Demak, senga mening yordamim kerakmas, qo‘ying yetarli, deb
hisoblasang.
Bo‘zbolaning chindan jahli chiqdi. Hech qanday yordam so‘rab o‘tirmadi. Gapni
qariyaning o‘zi boshladi-da, avval vino so‘radi, keyin kitobni ko‘ray dedi, endi unga
gurung berishing kerak.
— Kitobni bering, — dedi u. — Men yo‘lga chiqishim kerak.
— Menga otaringning o‘ndan birini bersang — xazinaga qanday yetib borishni
o‘rgataman.
Tuyqusdan bo‘zbolaga hammasi ayon bo‘ldi-qoldi. Lo‘li kampir undan sariq chaqa ham
so‘ramadi, demak, qariya — u, ehtimol kampirning eri, o‘zi ham lo‘li bo‘lsa kerak, bir
dunyo yolg‘on-yashiq gaplarni to‘qib, ko‘proq pul undirish uchun atay jo‘natilgan.
Biroq Santyago gapga og‘iz juftlashga ulgirmay, qariya yerdan bir shoxchani olib, qumga
nimalarnidir chizdi. U egilgan chog‘da ko‘kragida nimadir shunaqa nur taratib
yaraqladiki, bo‘zbola bir lahza ko‘r bo‘lib qoldi. Biroq qariya qartaygan yoshiga mos
bo‘lmagan bir harakat bilan libosiga burkanib oldi, Santyagoning ko‘zi ko‘ra
boshlaganda, u oyoqlari ostida qariya chizgan shakllarni ko‘rdi.
Kichkina shaharning bosh maydonini qoplagan qumda u ota-onasining ismlarini va
o‘zining butun hayotini ayni daqiqalargacha — bolalikdagi o‘yinlari-yu diniy maktabdagi
sovuq kechalarni — hamma-hammasini o‘qidi. U do‘kondor qizining ismini o‘qidi, buni
endi bilishi edi. U hali hech kimga aytmagan narsalarni: bir safar ki-yik ovlash uchun
otasining miltig‘ini so‘ramasdan olganini va hayotida dastlab, faqat bir marta ayol bilan
tunaganini o‘qidi.
“Men — Salim podshohiman”, — yodiga tushdi uning.
— Nega podshoh cho‘pon bilan gaplashib o‘tiribdi? — xijolatomuz, yuvosh tortib so‘radi
Santyago.
— Buning sabablari ko‘p, biroq eng asosiysi shuki, sen o‘z Taqdiring yo‘lidan borishga
qodirsan.
— Bu qanaqa Taqdir? — so‘radi bo‘zbola.
— Barcha odamlar, hali navqiron paytlarida, o‘z Taqdirini bilishadi. Umrning bu pallasida
hamma narsa tushunarli va o‘zlari xohlagan ishni amalga oshirishga intilishdan
qo‘rqishmaydi. Biroq vaqt o‘tishi bilan bir sirli kuch ularni o‘z Taqdirini yuzaga
chiqarishga erishishning iloji yo‘qligiga ishontirishga kirishadi.
Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo
|
| |