Microsoft Word ikki buyuk donishmand ziyouz com doc




Download 109,57 Kb.
Sana24.09.2024
Hajmi109,57 Kb.
#272220
Bog'liq
Ubaydulla Uvatov. Ikki buyuk donishmand



Икки буюк донишманд



UBAYDULLA UVATOV

IKKI BUYUK DONISHMAND


(Abu Iso at-Termiziy, Al-Hakim at-Termiziy)

«SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA AKTSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI


TOSHKENT – 2005

Taqrizchi :


filologiya fanlari doktori
3. ISLOMOV

Qadimiy shaharlarimizdan biri Termiz azaldan ilm-fan va madaniyatning yirik markazlaridan biri sanalgan. 2500 yilligini nishonlagan Termiz shahridan yuzlab buyuk allomalar


— at-termiziylar o'z ta'limotlariyu kashfiyotlari bilan jumlai jahonda shuhrat qozonganlar. Jumladan, mana shunday buyuk at-termiziylardan mashhur muhaddis Abu Iso at-
Termiziy va ulug' mutafakkir Al-Hakim at-Termiziyni qo'rsatish mumkin. Taassufki, bizda hali-hanuz bu allomalarning hayotlari va boy ilmiy-ma'naviy meroslari haqida
maxsus risola va asarlar yaratilgani yo'q. Shu bois qo'lingizdagi ushbu risola mazkur allomalarning hayot yo'llari va ilmiy asarlari haqida mufassal ma'lumot beradi, degan
umiddamiz.
Risola keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.

Bismillahir rahmonir rohiym!


KIRISH



Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Nasaf, Marg'ilon, Farg'ona, Shosh (Toshkent) kabi qadimiy shaharlarimizning nomini eshitmagan inson kurrai zaminda topilmasa kerak. Chunonchi,
bir necha ming yillik tarixga daxldor bo'lgan bu shaharlardan jahoniy miqyosda shuhrat qozongan ko'plab buyuk allomalar, donishmandu mutafakkirlar chiqib, o'z asarlari va
ta'limotlari bilan bashariyat hayotini nurafshon qilishdek ulug' bir ishga xizmat qilganlar. Mana shu
«mo'ysafid» shaharlarimizdan biri bo'lgan Termizning nomi jahon ahli tomonidan alohida bir mehr, alohida bir ehtirom bilan tilga olinadi. Chunonchi, ko'hna tarix kitobining
qay bir sahifasini varaqlamang bu qutlug' zamindan yetishib chiqqan o'nlab, yuzlab olimu ulamolar, fozilu fuzalolarning at-termiziy nisbasi bilan atalgan tabarruk nomlarini
uchratasiz. Hayot falsafasini qarangki, bu zoti shariflarning hayoti va boy ilmiy-ma'naviy meroslari asrlar osha Mag'ribda ham, Mashriqda ham alohida qiziqish va izchillik
bilan muttasil ravishda o'rganilar, asarlari turli tillarga tarjima qilinar, bir so'z bilan aytganda, ular jahon ilmu-irfon ahlining doimiy e'tiborida, tilida va dilida
bo'lib keldilar. Achinarli tomoni shundaki, o'z ta'limotlariyu asarlari bilan dunyoni lol qoldirgan bu buyuk siymolar kindik qoni tomgan o'z yurtlarida noma'lum, begonayu
bechora edilar. Sobiq tuzumning chirkin siyosati tufayli xalqimiz, keng jamoatchilik ularning asarlari tugul ismi- shariflarini ham bilmasdilar, ular merosidan bebahra
edilar. Lekin hayotda adolat degan buyuk bir tushuncha ham bor. Ollohning nazari tushgan yurtimizda bundan o'n uch yil muqaddam tom ma'noda tarixiy bir voqea yuz berdi.
O'zbekiston o'z mustaqilligiga erishdi. Mustaqillik yillari davomida hayotimizning turli jabhalarida ulkan, tarixiy ahamiyatga molik ko'plab o'zgarishlar sodir bo'ldi. Mana shu
ulug'vor o'zgarishlar silsilasida boy tariximiz, turfa xil ma'naviy qadriyatlarimiz, uzoq o'tmishda yashab olamshumul ahamiyatga ega asarlar yaratgan buyuk allomalarimizning
tabarruk nomlarini tiklashda salmoqli ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Xalqimizning qaddini tog'dek ko'targan bu ulug'vor ishlar Respublika hukumati, shaxsan
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sobitqadamlik bilan amalga oshirilayotir. Fikrimizning yorqin dalili sifatida Termiz shahrining 2500 yillik yubileyini ko'rsatish
mumkin.
Yuqorida zikr qilganimizdek, ushbu ko'hna zamindan yuzlab allomalar, ahli donish mutafakkirlar yetishib chiqqan, ularning ismi-shariflari tarixiy manbalardan ma'lum. Lekin
mana shu allomalar qatorida ikki benazir donishmand, buyuk muhaddis — Abu Iso at- Termiziy va buyuk mutafakkir al-Hakim at-Termiziy hazratlari alohida o'rin egallaydi.
Adolat yuzasidan so'zlasak, hali-hanuz bizda bu zotlarning ibratli hayotlari va boy ilmiy- ma'naviy meroslari haqida risolalar, maxsus asarlar yo'q hisobi. Qadimiy
shahrimiz Termizning muborak to'yi munosabati bilan anchadan buyon ko'nglimizga tugib yurgan ezgu niyatimiz — mana shu xosiyatli, barakotli zamin yaratgan ikki buyuk alloma —
Abu Iso at- Termiziy va al-Hakim at-Termiziy haqlarida bir risola tartib berishga jazm qildik. Mavridi kelganda aytish kerakki, ushbu allomalarimiz haqidagi ma'lumotlar
(ayniqsa al- Hakim at-Termiziy) juda ham ko'p emas.
Ushbu risolamizni yozishda asosan arab olimlari tomonidan yaratilgan asarlar va tadqiqotlardan foydalaniddi. Jumladan, Imom at-Termiziy haqida suriyalik taniqli olim,
doktor Nuriddin Atarning «Al-imom at-Termiziy va al-muvozanat bayna Jomi'hi va bayna as-Sahiyhayn» (Imom at-Termiziyning «al-Jomi'» asarini Imom al-Buxoriy va Imom
Muslim ibn al-Hajjojning «Sahiyh» asarlari bilan qiyosiy o'rganish) va misrlik tadqiqotchi ash- shayx Komil Muhammad Avaydaning «Abu Iso at-Termiziy» nomli asaridan unumli
foydalanildi. Alloma al-Hakim at-Termiziy xususidagi izlanishlarimiz zikr etilgan ash- shayx Komil Muhammad Azaydaning «Al-Hakim at-Termiziy» va misrlik yirik olim
doktor Abdulfattoh Abdulloh Barakaning «Al-Hakim at-Termiziy va nazariyatuhu fil viloyati» (Al- Hakim at-Termiziy va uning valiylik haqidagi nazariyasi) nomli ikki
jildlik asari asosida yozilgan. Ushbu risolada ikki buyuk donishmandning ibratlarga to'liq hayoti va betakror ilmiy faoliyati haqida imkon qadar ma'lumot berishga harakat
qilindi. Bu yo'nalishda albatta kelajakda jiddiy va keng qamrovli ilmiy-ijodiy ishlar olib borilib, bu ikki benazir alloma haqida mukammal asarlar yaratiladi, degan
umiddamiz. Shu bois hurmatli kitobxonlarimizdan ushbu kamtarona risolamizga «xamir uchidan patir» degan azaliy hikmat nuqtai nazaridan qarashlarini so'raymiz.

ABU ISO AT-TERMIZIY HAYOTI


Uning to'liq ismi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn az-Zahhoq Abu Iso as- Sullamiy az-Zariyr al-Bug'iy at-Termiziy bo'lib, hijriy 209 (melodiy 824) yili Termiz


yaqinidagi Bug' (hozirgi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududida joylashgan) qishlog'ida o'rta hol bir oilada tavallud topgan1. Markaziy Osiyolik mashhur tarixchi Abu
Saad Abdulkarim as-Sam'oniy (1113—1167) at-Termiziy Bug' qishlog'ida vafot etganligi uchun al- Bug'iy taxallusi bilan ham atalganini, olimning ko'p yig'laganidan umrining
oxirlarida ko'zi ojiz bo'lib qolganligidan az-Zariyr (ko'zi ojiz) taxallusini olganligini ham qayd qiladi2. Lekin el orasida at-Termiziy nomi bilan mashhur bo'lishiga sabab
uning butun hayoti va faoliyati (yoshligidan boshlab) Termiz shahri bilan chambarchas bog'liq bo'lganligidan,

1 Nuriddin Atar. Al-Imom at-Termiziy, 21—22-betlar.


2 Kitob al-Ansob, 2-jild, 335-bet.
shuningdek, olim tug'ilgan Bug' qishlog'i Termiz shahriga yaqin bo'lib, ma'muriy-idoraviy jihatdan unga mansub qishloqlardan ekanligidan deb izohlash mumkin.
At-Termiziyning oilasi va ota-onasi haqida manbalarda aniq ma'lumotlar keltirilmagan. Tarixchilar uning «Bobom asli marvlik edi, u kishi Lays ibn Sayyor zamonida yashagan,
so'ng u yerdan Termizga ko'chib kelgan»3, — degan fikrini keltirish bilan chegaralanadilar. Shuningdek, at-Termiziyning ko'zi ojizligi xususida ham yozma manbalarda turli-
tuman ma'lumotlar keltirilgan. Ba'zi mualliflar uni tug'ma ko'zi ojiz bo'lgan desa, ko'pchilik mualliflar olimning keyinchalik, umrining oxirlarida ko'zi ojiz bo'lib
qolganligini yozadilar.
At-Termiziy yoshligidan o'ta tirishqoq, idrokli va zakovatli bo'lganligi bois o'z tengdoshlari ichida ajralib turgan. Ilmga o'ta qiziqishi tufayli o'sha davrning ko'pgina
ilmlarini, ayniqsa, hadis ilmini chuqur egallagan. Termiz, Samarqand, Marv va Markaziy Osiyoning boshqa yirik shaharlarida istiqomat qilgan mashhur ulamo va muhaddislar
asarlarini qunt bilan o'rgangan, qo'shni Balx va Hayraton shaharlaridagi ilm ahllari bilan ilmiy aloqalar o'rnatilishiga munosib hissa qo'shgan olimlardan biridir. Yoshligidan
ilm- fanga tashna at-Termiziy 850 yildan, ya'ni yigirma olti yoshidan boshlab uzoq yurtlarga, qator xorijiy mamlakatlar va shaharlarga safar qiladi. Jumladan, u Hijozda —
Makka va Madina, Iroq, Xurosonning qator shaharlarida ko'plab muhaddis, ulamolar bilan muloqotda bo'lib, ulardan ta'lim oladi, qizg'in ilmiy munozara va bahslarda ishtirok
etadi. Tarixchi Shamsuddin az-Zahabiyning ta'kidlashicha4, at-Termiziy Misr va Shomni shaxsan ziyorat qilmagan, shu boisdan ham bu mamlakatlar ulamolaridan bilvosita hadislar
rivoyat qilgan. Uzoq yillar davom etgan safarlari chog'ida at-Termiziy nafaqat hadis ilmidan, balki ilm al-qiroat, al-bayon, fiqh, tarix kabi fanning boshqa sohalari hamda
ko'plab ustozlardan saboq oladi.
Shu bilan bir qatorda at-Termiziy payg'ambar alayhissalom hadislarini to'plashga alohida e'tibor bilan qaraydi. Bu borada u har qanday qiyinchiliklarga bardosh beradi. U
o'zi o'qigan yoki biror roviydan eshitgan hadisini alohida qog'ozlarga qayd etib borar, ularning asli va isnodini izchillik bilan aniqlab to'g'riligiga to'liq ishonch hosil
qilsagina maxsus qog'ozlarga qayd etardi. Hadislarning to'g'riligiga shubha bo'lganda ularni alohida ajratib yozardi. Shu tariqa hadislar sahiyh (to'g'ri, ishonchli), hasan
(yaxshi, ma'qul), zaiyf (bo'sh, ishonchsiz), g'ariyb (g'alati) kabi xillarga ajratilgan.
Hadis ilmini egallashda va takomillashtirishda imom at-Termiziy o'z davrining mashhur muhaddislaridan tahsil oldi. Uning ustozlaridan Imom al-Buxoriy, Imom Muslim ibn al-
Hajjoj, Abu Dovud, Qutayba ibn Sa'id, Is'hoq ibn Muso, Mahmud ibn G'iylon, Said ibn Abdurrahmon, Muhammad ibn Bashshor, Ali ibn Hajar al-Marvaziy, Ahmad ibn Muniy',
Muhammad ibn al-Musanno, Sufyon ibn Vaqiy' va qator taniqli muhaddislarni ko'rsatish mumkin5.
Imom at-Termiziy o'z davrining yetuk muhaddisi sifatida ko'pgina shogirdlarga ustozlik ham qilgan. Uning shogirdlaridan Maqhul ibn al-Fazl, Muhammad ibn Mahmud Anbar, Abu
ibn Muhammad an-Nasafyun, Hammod ibn Shokir, Xaysam ibn Kulayb ash-Shoshiy, Ahmad ibn Yusuf an-Nasafiy, Abul-Abbos Muhammad ibn Mahbub al-Mahbubiy kabi yetuk olimlarni
ko'rsatish mumkin6. Yuqorida ko'rib o'tganimizdek, at-Termiziyning ustoz va shogirdlari orasida turli mamlakat va elat vakillari borligi sezilib turibdi. Shu nuqtai-nazardan
qaralganda, uzoq o'tmishda ham ilm-fanning taraqqiyoti va ma'rifat urug'larini tarqatish borasida turli

3 Sharh ash-Shamoil, 1-jild, 8-bet; Sovet Sharqi musulmonlari, 1990 yil, 3-son, 1-bet.


4 Siyar a'lom an-nubalo, 13-jild, 271-bet.
5 Bu haqda kengroq ma'lumot olish uchun qarang: Nuriddin Atar. Al-Imom at-Termiziy, 23—24-betlar; Ash-Shayx Komil Muhammad Avayda. Abu Iso at-Termiziy, 58—59-betlar.
6 At-Termiziyning shogirdlari haqida kengroq ma'lumot olish uchun qarang: Az-Zaxabiy. Siyar a'lom an-nubalo, 13-jild, 271—272-betlar. Nuriddin Atar. Al-Imom at-Termiziy,
30-bet.
o'lkalarning vakillari yakdil bo'lib faoliyat ko'rsatib samarali hamkorlik qilganliklari, umumbashariy qadriyatlar ravnaqi yo'lida haqiqiy baynalmilallik ruhi mavjud
bo'lganligi hozirgi davrimiz uchun ham ibratli bir holdir.
At-Termiziy zehnining o'tkirligi hamda quvvai-hofizasi kuchliligi xususida tarixiy manbalarda ko'plab misollar, rivoyatlar keltiriladi. Jumladan, arab tarixchisi Shamsuddin
az-Zahabiyning (1274—1347) «Tazkirat ul-huffoz» («Hofizlar haqida tazkira») nomli asarida quyidagi hikoya keltiriladi: Abu Iso Muhammad at-Termiziy Makkaga hajga
borayotganida yo'lda mashhur muhaddislar bilan muloqotda bo'ladi va ularning biridan hadislardan saboq berishini iltimos qiladi. U olim: «Bo'lmasa qog'oz-qalam ol», degan.
Aksiga olib shu payt at-Termiziy qalam topa olmagan va olim ro'parasida o'tirib eshitgan hadislarini yozib olayotgandek qog'oz ustida qo'lini harakat qildiravergan. Olim esa
turli- tuman hadislardan yetmishga yaqinini hikoya qilgan. Shu orada olim qog'ozga qarab unda hech qanday yozuv yo'qligini ko'rgan va at-Termiziyning bu ishidan jahli chiqqan.
At-Termiziy shunda bamaylixotir «Siz aytgan hadislaringizni yoddan aytib beraymi?», — deganu hozirgina olimdan eshitgan hadislarning hammasini birin-ketin takror aytib
bergan. At- Termiziyning xotirasi kuchliligidan o'sha olim hayratga tushib qoyil qolganligini bildirgan.
Bu xususda yana bir hikoya at-Termiziyning so'ziga asoslanib keltiriladi: Makkaga ketayotganimda bir shayx to'plagan hadislardan ikki qismini yozib olgan edim. Tasodifan o'sha
shayx bilan uchrashib qoldim. Yozib olingan hadislar mazmunan ularga o'xshash-u, biroq boshqa hadislar ekan. Salom-alikdan so'ng hadislarni aynan uning o'z og'zidan eshitishni
iltimos qildim. U rozi bo'lib, hadislarni hikoya qila boshladi. Keyin menga qarab qo'limdagi oq qog'ozni toza, ya'ni hech narsa yozilmagan holda ko'rgach: «Bu qilig'ing uchun
mendan uyalmaysanmi?», — dedi. Men ma'zurona holda bor haqiqatni aytib: «Siz hikoyat qilgan hadislarning hammasini yoddan bilaman», dedim va uni birin-ketin so'zma-so'z
aytib berdim. Shayx esa so'zlarimga ishonqiramasdan «Nima, mening huzurimga kelishdan oldin ularni maxsus yodlagan edingmi?», — dedi. «Yo'q», deb javob qilib: «Agar
so'zlarimga ishonmasangiz, boshqa hadislardan ayting», dedim. Shunda u o'zining g'aroyib hadislaridan qirqtasini hikoya qildi. Men unga ularni ham boshdan oxir birma-bir
aytib berdim. Shunda u: «Senga o'xshaganini hech qachon ko'rmagan edim»7, — dedi.
At-Termiziy ko'plab xorijiy mamlakatlarga qilgan safar chog'ida hadislarni to'plab, kitoblar ta'lif qilishga ham kirishgan. Safardan qaytgach, olimu fuzalolar bilan ilmiy
munozaralarda qatnashadi, ko'plab shogirdlarga ustozlik qiladi. Ayniqsa, mashhur muhaddis alloma al-Buxoriy bilan ko'plab ilmiy bahslar yuritib undan istifoda qiladiki, bu
haqda at-Termiziy o'zining «Al-Ilal» kitobida ham yozadi. At-Termiziyning ko'pchilik tasniflari, jumladan, uning mashhur asari «Al-Jomi'» ham o'z vataniga qaytganidan keyin
yaratilgan. Imom at-Termiziy 892 yilda Termiz yaqinidagi Bug' qishlog'ida vafot etgan va shu joyda dafn qilingan.

AT-TERMIZIY ASARLARI


O'z ijodiy faoliyati davrida at-Termiziy o'ndan ortiq asarlar yaratdi. Uning madaniy merosida, shubhasiz, «Al-Jomi'» asari katta ahamiyatga egadir. Bu asar «Al-Jomi' as-


sahiyh» («Ishonchli to'plam»), «Al-Jomi' al-kabiyr» («Katta to'plam»), «Sahiyh at- Termiziy», «Sunan at-Termiziy» («Termiziy sunnatlari») nomlari bilan ham yuritiladi8.
Muallifning yirik asarlaridan yana biri «Ash-shamoil an-nabaviyya» («Payg'ambarning alohida fazilatlari»)dir. Bu asar «Ash-shamoil muhammadiyya», «Ash-shamoil fi shamoil an-

7 Tazkirat al-huffoz, 634-bet; Al-Muqaddasiy. Shurut al-aimmat as-sitta, 17-bet.


8 Ibn Kasiyr. Al-Bois al-hasiys, 22-bet.
nabiy sallollohu alayhi vassallam»9 nomlari bilan ham ataladi. Ushbu asar Saudiya Arabistonida istiqomat qilgan vatandoshimiz Said Mahmud Taroziy (u 1992 yili vafot
etgan) tomonidan o'zbekchaga o'girilgan (arab alifbosida va kirillchada Toshkentda bir necha bor nashr qilingan)10. «Kitob at-ta'rix», «Kitob al-ilal as-sag'iyr va al-ilal
al-kabiyr»,
«Kitob uz-zuhd» («Taqvo haqida kitob»), «Kitob al-asmo val-kuna» («Roviylarning ismi va laqablari haqida kitob»), «Al-ilal fil-hadiys» («Hadislardagi illatlar yoki
og'ishlar haqida»), «Risola fil-xilof val-jadal» («Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola»), «Asmo us-sahoba» («Payg'ambar sahobalarining ismlari»)11 shular
jumlasidandir.

«AL-JOMI' AS-SAHIYH»


At-Termiziyning ijodiy faoliyatida yaratilgan asarlari ichida «al-Jomi' as-sahiyh» («Ishonchli to'plam») eng asosiy o'rinni egallaydi. Ushbu asar yuqorida qayd qilganimizdek,


«al-Jomi' al-kabiyr», («Katta to'plam»), «Sahiyh at-Termiziy», «Sunan at-Termiziy» («Termiziy sunnatlari») kabi nomlar bilan ham yuritiladi. Tarixchi Ibn Xajar al-
Asqaloniyning yozishicha, at-Termiziy ushbu asarini 270 hijriy (884 melodiy) yilda, ya'ni qariyb oltmish yoshlarida, ilm-fanda katta tajriba orttirib, imomlik darajasiga
erishgandan keyin yozib tugatgan12.
Ushbu asar qo'lyozmalari dunyoning bir qancha shaharlarida, shuningdek, o'zimizda, O'zbekiston Fanlar Akademiyasi, Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida ham
saqlanmoqda. Muhim manba sifatida «Al-Jomi' as-sahiyh» bir necha marta nashr qilingan. Bunga dalil sifatida 1283 (1866) yili Mitohda, 1292 (1875) yili Qohirada,
shuningdek, 1980 yili Bayrutda nashr etilganligini ko'rsatish kifoya. At-Termiziyning bu muhim asariga bir qator sharhlar ham yozilgan bo'lib, ulardan ibn al-Arabiy (vafoti
543 hijriy, 1148 melodiy yili) nomi bilan mashhur bo'lgan imom hofiz Abu Bakr Muhammad ibn Abdulla al-Ashbiliyning
«Oridat al-Ahvaziy ala kitob at-Termiziy» nomli 13 juz' (qism)dan iborat sharhlarini keltirish mumkin. Ushbu sharh dastlab 1931 yidda Qohirada nashr qilingan. Imom Hofiz
Abu Ali Muhammad Abdurrahmon ibn Abdurahim al-Muborakfuriy (1283—1353) qalamiga mansub yana bir sharh ham «Tuhfat ul-Ahvaziy bisharhi at-Termiziy» deb ataladi. To'rt
juz'dan iborat bo'lgan bu asar 1979 yilda Bayrutda nashr qilingan (Hindiston nashri ham mavjud). Misrlik olim va adib Jamoliddin Abdurrahmon ibn Abu Bakr as-Suyutiyning
(1445—1505) at- Termiziy asariga yozgan sharhi «Qut al-mug'taziy ala Jomi' at-Termiziy» (undan ikki qismi nashr qilingan), deb atalgan.
Bulardan tashqari Muhammad ibn Abduqodir Abu at-Tayyib al-Madaniyning «Sharh Sunan at-Termiziy», Ahmad Muhammad Shokirning «Tahqiyq va sharh Jomi' at-Termiziy» (o'ndan
ikki qismi 1937 yidda Mustafa al-Bobiy al-Halabiy tomonidan nashr qilingan), Muhammad Yusuf al-Bannuriyning «Maorif sunan sharh sunan at-Termiziy» (uning birinchi qismi
1963 yilda Pokistonda nashr kilingan), Siroj Ahmad as-Sarhandiyning «Sharh sunan at-Termiziy» nomli forscha sharhi, shuningdek Rashib Ahmad al-Kanuhiyning «Al-kavkab ad-
durriy ala at- Termiziy» (Hindistonda chop etilgan), Muhammad Anvarshoh al-Kashmiriyning ikki juz'dan iborat «Al-Urf ash-shaziy ala Jomi' at-Termiziy» (bu asar ham
Hindistonda chop etilgan) va nihoyat Abul-Hasan Muhammad ibn Abdulhodiy as-Sanadiyning (u 1138 yilda vafot etgan)
«Hoshiya ala sunan at-Termiziy»13 kabi sharhlarini ko'rsatish mumkin.
Avval eslatib o'tganimizdek, hijriy uchinchi asr (melodiy to'qkizinchi asr) hadis ilmining

9 Nuriddin Atar. Al-Imom at-Termiziy, 37-bet.


10 Masalan, Abu Iso at-Termiziy. Ash-shamoil an-nabaviyya, Toshkent, 1993.
11 Al-Asqaloniy. Tahziyb at-tahziyb, 9-jild, 389-bet.
12 Al-Asqaloniy. Tahziyb at-tahziyb, 9-jild, 389-bet.
13 Ushbu asarning bir qo'lyozmasi Halabdagi (Suriya) «Maktabatal-avqof» kutubxonasida (168-raqamda)
saqlanmoqda.
rivojida oltin davr hisoblanadi. Dastlab bu davrda yashab ijod qilgan Imom al-Buxoriy, Imom Muslim kabi allomalarning sermahsul faoliyati katta ahamiyat kasb etadi.
O'z ustozlari Imom al-Buxoriy, Imom Muslim asos solgan xayrli ishni Imom at-Termiziy chuqur mas'uliyat va katta idrok bilan davom ettirdi. Hadisshunoslikning ilmiy asosda
rivojlanishiga ulkan hissa qo'shib, musulmon dunyosidagi eng nufuzli muhaddislardan biri darajasiga ko'tarildi. Abu Iso at-Termiziyning shoh asari bo'lmish «Al-Jomi' as-
sahiyh» olim mashaqqatli mehnatining mahsuli sifatida hadis ilmida katta ahamiyatga ega. Eng avvalo shuni aytish kerakki, muallif o'z asarini alohida-alohida boblarga
bo'ladi, imkoni boricha har bir hadis roviylarini keltiradi. Har bir hadisdan keyin uning ishonchli yoki ishonchsizlik darajasini aniqlab alohida ko'rsatadi. Oldinroq biz
asarini «As-sunan» («Sunnatlar») nomi bilan («Sunan at-Termiziy») atalishini ham eslatib o'tgandik14. Bu nom bilan atalishiga asosiy sabablardan biri — unda fiqh
masalasiga doir ahkom hadislar juda ko'p keltirilgan. Shular bilan bir qatorda asarda pand-nasihat, axloq-odob, go'zal xulqu fazilatlar xususida ham juda ko'p hadisi
shariflar keltirilganki, bu darajadagi hadislar hech bir muallif asarida uchramaydi, desak mubolag'a bo'lmaydi.
Tarkibiy jihatdan asar quyidagi boblarga bo'linadi. Undan tahorat, salot (namoz), zakot, ro'za, haj, janoza, nikoh, emizish, taloq, savdo-sotiq, qozilik ahkomlari, tovon
to'lash, me'yor, sayd, qurbonlik, nazr-nuzur, iymon, siyratlar, jihod, kiyim-kechak (libos), taomlar, ichimliklar (al-ashriba), xayr-ehson va saxovat, tabobat, farzlar,
vasiyatnomalar, xayrixohlik va taqdir, xuruju fitnalar, bashoratlar, shahodatlar, zohidlar, jannat va jahannam sifatlari, ilm, izn so'rash, odob va axloq, masallar, Qur'on
fazilatlari, qiroat, tafsir, duolar, manoqiblar (fazilatlar), illatlar haqidagi boblar keltirilgan15.
Mana shu boblar asarda sarlavha tarzida bo'lingan bo'lib, bobga doir hadislar bo'lim mazmunini to'la-to'kis ifodalaydi. Ushbu bobga doir masala bo'yicha muallif bir qancha
hadislarni keltiradi, so'ng bu masala yuzasidan boshqa ulamoyu faqihlarning fikrlarini ham batartib bayon etadi. Undan keyin rivoyat qilingan hadisning sahiyh, hasan, zaif
yoki g'aribligi darajasiga o'z munosabatini bildiradi. Shundan so'ng hadis roviylari, sanadlari va sanadning o'z ichiga olgan illatlari xususida o'z fikrini bildiradi.
Yuqorida aytilgan fikrimizga misol tariqasida Abu Iso at-Termiziyning «Al-Jomi' as- sahiyh» asarida «Tahorat» bobida «Safardagi va bir joyda muqim turgan kishi
mahsisiga mas'h tortishi» haqida keltirilgan bir hadis xususida mufassal to'xtalamiz.
«Bizlarga Qutayba so'zlab berdi, unga Abu Uvona rivoyat qilgan, u Sa'yid ibn Masruqdan, u Ibrohim at-Tayamiydan, u Amir ibn Maymundan, u Abu Abdulloh al-Jadaliydan, u
Xuzayma ibn Sobitdan, u payg'ambar alayhissalomdan rivoyat qiladilar. Rasuli akramdan mahsiga mas'h tortish haqida savol bilan murojaat qilganlarida, payg'ambar
alayhissalom: «Safardagi kishi uchun uch kecha-kunduz, bir joyda muqim kishi esa bir kecha-kunduz o'z mahsisiga mas'h tortadi», deb javob qilganlar. Yahyo ibn Mu'iyn mas'h
haqidagi Xuzaymadan rivoyat qilgan ushbu hadisni sahiyh (ishonchli) deydilar. Yuqorida zikri o'tgan Abu Abdulloh al- Jadaliyning ismi esa Abu ibn Abd bo'lib, ba'zan uni
Abdurahmon ibn Abad ham deb atashar edi.
Imom Abu Iso at-Termiziy aytadilar: «Bu hadis hasan (ma'qul) va sahiyhdir». Shu bob haqida Ali, Abu Bakr, Abu Hurayra, Safvon ibn Ussol, Avf Ibn Molik, Ibn Umar va
Jariyrdan rivoyat etilgan hadis bor. Bizlarga Xudod rivoyat qildi, u Abul Ahvasdan, u Osim ibn Abi an-Nujuddan, u Zar ibn Xubayshdan, u Safvon ibn Ussoddan, u aytdi:
«Rasululloh sallollohu alayhi vasallam safarida birga bo'lgan chog'larimizda bizlarga uch kechayu uch kunduzgacha choriq — mahsilarimizni yechmaslikka buyurardilar. Faqat junub
bo'lgandagina yechib, katta va kichik tahorat singanda ham, uyqudan keyin ham yechmas edik». Abu Iso at-

14 «Sunan at-Termiziy»ning birinchi jildi o'zbek tiliga tarjima qilinib, 1999 yilda Toshkentda nashr etilgan.


15 Bu hakda yana qarang: Mabohis fi u'lum al-hadiys, 35-bet.
Termiziy aytdilar: bu hadis sahiyh va hasandir. Al-Hakam ibn Utayba va Hammod Ibrohim an- Naxayidan, u Abu Abdulloh al-Jadaliydan, u Xuzayma ibn Sobitdan rivoyat
qilgan hadis sahiyh emas. Ali ibn al-Madiyniy xabar beradi: «Menga Yahyo Ibn Sa'yid aytdi, unga Shu'ba shunday degan: Ibrohim an-Naxayi «Mas'h» haqidagi hadisni Abu
Abdulloh al-Jadaliydan hech qachon eshitmagan. Zaida Mansurdan eshitganiga tayanib shunday deydi: «Biz Ibrohim at- Tayamiyning hujrasida o'tirgan edik, bizlar bilan birga
Ibrohim an-Naxayi ham bor edi. Shunda Ibrohim at-Tayamiy bizlarga hadis rivoyat qildi, u Amr ibn Maymundan, u Abu Abdulloh al-Jadaliydan, u Xuzayma ibn Sobitdan, u
payg'ambar alayhissalomdan «Mahsi — choriqqa mas'h tortish» haqidagi hadis edi. Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy: «Ushbu bobdagi eng ma'qul hadis Safvon ibn Ussol tomonidan
rivoyat etilgan hadisdir», deydilar.
Abu Iso at-Termiziy aytadilar: Mas'h bobidagi bu so'z payg'ambar alayhissalomning aksari sahobai ulamolari va tobe'inlari hamda ulardan so'ng o'tgan Sufyon, Ibn al-Muborak,
ash- Shofi'iy, Ahmad va Is'hoq kabi fuqaholarning so'zlaridir. Ular: «Bir joyda muqim turgan kishi bir kecha-kunduz, safardagi kishi esa uch kecha-kunduzgacha mas'h tortadi»,
deydilar. Ba'zi bir ahli ilmlardan rivoyat qilishlaricha, ular mahs — choriqqa mas'h tortishda muddatni belgilamaydilar. Bu Molik ibn Anasning so'zidir. (Ammo) Abu Iso at-
Termiziy aytganlar:
«(Mas'h tortishda) vaqt (muddat) belgilash va unga rioya qilish to'g'ridir». Darhaqiqat, ushbu hadis (avval zikr qilinganidek) Safron ibn Ussoldan rivoyat qilingan edi16.
Muallif roviylarning fikr-mulohazalari, payg'ambar alayhissalomga yaqin bo'lgan sahobalar va boshqa ulamolar fikriga tayanib hadis haqidagi fikrlarini bayon etadi. Asarga
kiritilgan bir necha ming hadisni shunday tadqiq qilish muallifdan tinimsiz mehnat, sabr- toqat, irodani talab qilganligini tasavvur qilish qiyin emas.
Chunonchi, at-Termiziy kitoblarida bu xildagi hadislarning birmuncha ko'pligi uning benazir izlanishlaridan dalolatdir. Ushbu asar haqida muallifning o'zi ham: «Al-Jomi'»ni
yozib tugatib Hijoz, Iroq va Xuroson olimlariga ko'rsatganimda, ular uni mamnunlik bilan bir ovozdan ma'qul topdilar. Rostdan ham kimning xonadonida bu kitob bo'lsa,
go'yoki bu uyda payg'ambar alayhissalomning o'zlari so'zlayotgandek17, — deb yozadi.
Mashhur olim Toshko'briyzoda Imom at-Termiziy faoliyatiga yuqori baho berib shunday yozadi: «Imom at-Termiziyning hadis ilmi sohasida ko'plab tasnifotlari bor. Ul zotning
«As- Sahiyh» asari ushbu kitoblarning eng yaxshisi va g'oyat foydalisidir. Bu kitobda «sahiyh»,
«hasan», «g'ariyb» kabi turli xildagi hadislar bayon etiladi. Kitobning «Kitob al-ilal» qismi illatli hadislarga bag'ishlangan holda foydali mulohazalarni o'z ichiga olgan.
Ushbu asarni mutoala qilgan har bir kishi uning noyob durdonalaridan bebahra qolmaydi»18.
At-Termiziy zamonidagi olimlar uning hadis ilmidagi xizmatlarini yuksak baholaganlar. Hadis imomlaridan biri Abdurahmon ibn Muhammad al-Idrisiy «at-Termiziy hadis
ilmida iqtido qilinadigan imomlardan biridir», deb yozsa, Taqiuddin ibn Taymiya «Abu Iso at- Termiziy birinchi bo'lib hadislarni sahiyh, hasan, zaifga taqsim qilgan
olimdir», deb guvohlik beradi.
Hofiz ibn Rajab o'zining «Sharh ilal al-Jom'» nomli kitobida «bilgilki, Imom at- Termiziy birinchilardan bo'lib o'z kitoblarida hadisni sahiyh, hasan va g'ariybga
bo'lganlar»19, deb allomaning hadis ilmidagi xizmatlarini alohida ta'kidlaydi. At- Termiziy asarining barchaga — keng ommaga foydasi haqida al-Hofiz Abul-Fazl Muhammad
ibn Tohir al-Muqaddasiy (u 507-hijriy — 1113 melodiy yilda vafot etgan) «men uchun Imom at-Termiziyning «al-Jomi'» tasnifi Imom al-Buxoriy va Imom Muslim ibn al-Hajjoj
16 Nuriddin Atar. Al-Imom at-Termiziy, 51—52-betlar.
17 Shamsuddin az-Zahabiy. Tazkirat al-huffoz, 634-bet; Ibn Xajar al-Asqaloniy. Tahziyb at-tahziyb, 9-jild, 389-bet.
18 Ash-Shayx Komil Muxammad Avayda. Abu Iso at-Termiziy, 66-bet.
19 Shurut al-aimmat as-sitta, 16-bet; Ibn Kasir. Al-Bidoya van-nihoya, 11-jild, 67-bet.
asarlaridan ko'ra ham foydaliroqdir. Chunonchi al-Buxoriy va Muslimning kitoblaridan ko'pincha faqat o'qimishli, ziyoli kishilargina foydalanadi. Ammo Abu Iso at-Termiziyning
asaridan esa har bir istagan kishi bemalol foydalana oladi»20, — deb yozgan edi.
Shu narsani alohida qayd etish zarurki, Imom at-Termiziyning ushbu asarida hadis ilmining turli masalalari kabi roviylar masalasiga ham alohida e'tibor berilgan. Bu
jihatdan mazkur asar muallifning boshqa asarlaridan tubdan farq qiladi.
Imom at-Termiziy asarining ushbu foydali tomonlari xususida al-Hokim an-Naysoburiy
«al-Madxal ilo ma'rifat kitob al-iqliyl»21, al-Muqaddasiy «Shurut al-aimmat as-sitta»22 kabi asarlarida alohida ta'kidlab o'tgan. Shu bilan birga hadis ilmining
istilohlarini yaratishda ham Imom at-Termiziyning hissasi katta. Hadis ilmiga doir istilohlarni o'rganishda asosiy manbalar hisoblangan «U'lum al-hadiys» («Hadis
ilmlari») kitoblarida uchraydigan barcha istilohlar «al-Jomi'» asarida keng ko'lamda keltirilgan. At-Termiziy uslubiga taqlid qilib asar yaratgan mualliflardan Imom ad-
Doruqutniyni (995 yilda vafot etgan) ko'rsatish mumkin. U o'zining ulkan asari «as-Sunan»ni yaratishda hadislarni turli toifalarga ajratib, ularni sahiyh, hasan va zaif
darajalarda keltiradi. Shuningdek, Imom Abdulazim al-Munziriy (1258 yidda vafot etgan) ham «At-Targ'iyb vat-tarhiyb»da Imom at- Termiziy uslubidan yurib har bir hadis
haqida alohida fikr yuritadi. Imom at-Termiziy haqida alloma al-Idrisiy «al-Jomi'», «Tarixlar», «al-Ilal» kabi buyuk asarlar tasnif etdi. Hifzda (yodlashda) u haqida
masallar keltiradilar»23. Muarrix Ibn al-Asir uning haqida: «Hadis ilmida iqtido qilinadigan buyuk olimlardan biri, u eng buyuk hofizlardan ham sanaladi»24, deb yozgan.
Imom at-Termiziy o'z ustozi va safdoshi Imom al-Buxoriy suhbatida bo'lganda u at- Termiziyga «Men sendan ko'rgan foyda sen mendan ko'rgan foydadan ko'proq»25, deb uning
bilimi va aql-idrokiga yuksak baho bergan. Mana shu keltirilgan fikr-mulohazalardan ko'rinib turibdiki, Imom at-Termiziy hadis ilmining ravnaqiga munosib hissa qo'shgan
buyuk alloma bo'lgan. Shu bilan bir qatorda Imom at-Termiziy faoliyatiga bir qadar ta'na bilan qaragan olimlar ham bo'lgan. Uni sahiyh va hasan hadislar darajasi
(rutbasi)ni aniqlashda biroz ko'ngli bo'sh, iltifotli bo'lgan. Bu shundan iboratki, ba'zi bir sahiyh yoki hasan hadislar ushbu darajaga loyiq bo'lmasa ham ularni sahiyh va
hasan deb qabul qilgan deyiladi. Mana shunday at-Termiziyga ta'na bildirganlardan biri tarixchi Shamsuddin az- Zahabiy bo'lib, u o'z asari «Miyzon al-e'tidol»da bu
e'tirozini bildirgan26. Lekin Imom at- Termiziy ijodini chuqur o'rgangan qator tadqiqotchilar az-Zahabiy e'tirozlari aksar holda asossiz ekanligini ilmiy, asosli
xulosalar bilan isbotlagan27. Ayni vaqtda Imom at- Termiziyning o'zi ham ushbu asarni yozib tugatgach, o'z davrining yetuk olimlari hukmiga havola etgan va ular
muhokamasidan o'tkazgan. Bu haqda alloma shunday hikoya qiladi: «Ushbu asarimni tasnif etib bo'lgach, al-Hijoz ulamolariga taqdim etdim, ular ma'qulladilar, keyin Iroq
ulamolariga ko'rsatdim, ular ham ma'qulladilar, so'ng Xuroson ulamolariga ko'rsatganimda, ular ham ma'qul topdilar»28.
Hadis ilmi bilan shug'ullangan muhaddislar hadislarni boblarga bo'lish (tabviyb)ga, tarojum va unvonlar (anoviyn)ga alohida e'tibor berganlar. Bu masalalar muallifdan
yuksak salohiyatni talab qiladi. Boblarga bo'lish masalasi yaxshi hal bo'lgan asarlarning, bir

20 Sovet Sharqi musulmonlari, 1990 yil, 3-son, 4-bet.


21 Al-Madxal, 288 a-varaq.
22 Shurut, 12—13-betlar.
23 Ibn Hajar al-Asqaloniy. «Tahziyb at-tahziyb», 9-jild, 389-bet.
24 Jomi' al-usul, 1-jild, 114-bet.
25 Ibn Hajar al-Asqaloniy. Tahziyb at-tahziyb, 9-jild, 388-bet.
26 Miyzon al-e'tidol, 2-jild, 354—355-betlar.
27 Bu haqda kengroq ma'lumot olish uchun qarang: Nuriddin Atar. Al-Imom at-Termiziy, 238—262-betlar.
28 Miyzon al-e'tidol, 2-jild, 354—355-betlar.
tomondan, ilmiy ahamiyati katta bo'lsa, ikkinchi tomondan, bu zayldagi asarlar ulkan amaliy ahamiyatga ham molikdir. Chunonchi, undan foydalanuvchi har bir kishi istagan
masala bo'yicha kerakli ma'lumotga ega bo'lishi mumkin. Mana shu tarzdagi ilmiy-amaliy ahamiyatga molik olti kitob eng ishonchli manba hisoblanadi. Ular olti kitob (kutub
sitta) yoki olti sahiyh kitoblar (as-sihoh as-sitta) nomli bilan ataladi: al-Buxoriyning «Sahiyh», Muslim ibn Hajjojning «Sahiyh», at-Termiziyning «al-Jomi'», Abu
Dovudning «as-Sunan», an- Nasoiyning «al-Mujtabo» yoki «as-Sunan» va Ibn Moja al-Qazviniyning «as-Sunan» asarlari.
Imom at-Termiziy hadislarni boblarga bulish (tabviyb)da ikki xil uslubga tayandi.
Birinchi uslub: Bir mavzuga, masalan, tahorat, zakot, nikohga oid turli-tuman masalalar va boblarni o'zida mujassam qilgan hadislarni umumiy bir unvon (sarlavha) ostida
keltiradi... Masalan: Abvob at-tahorati a'n Rasululloh (Rasululloh aytganlaridan tahoratga oid boblar), Abvob az-zakot a'n Rasululloh («Rasululloh aytganlaridan
zakotga oid boblar») va hokazo.
Ikkinchi uslub: Muayyan masalaga oid bir yoki bir necha hadislarni muallif dalolat uchun maxsus unvon (sarlavha) va bobda keltiradi. Bunday hollarda at-Termiziy ushbu bob
mazmuniga oid bosh so'zga tayanib yozadi. Masalan: «Bob mo joa fis-sivok» («Misvok (tish tozalovchi) xususida kelgan hadis...»).
Imom at-Termiziy hadislar mavzu bayonida bob (ko'pligi abvob) iborasini qo'llagan bo'lsa, ayni shu maqsadda Imom al-Buxoriy esa «kitob» lafzini ishlatgan. At-Termiziy
muqarrar ravishda har safar bob (abvob)dan keyin «Rasululloh sallallohu alayhi vasallam» iborasini qo'shib keltiradi.
Bu o'rinda har bir bob tarjimasida Imom at-Termiziy qo'llagan tariqa (yo'l, uslub)ni bilish alohida ahamiyat kasb etishini ta'kidlash zarur, chunki mana shu tarojumlar oxir-
oqibatda muallifning jiddi-jahdi, uning iqtidori va qolaversa fiqhiy chuqur bilimini ham ifodalaydi. Mana shu masalani muayyan darajada o'rganish Imom at-Termiziy
tarojumlarini uch turga bo'lishni taqozo etadi:
Birinchidan, tarojuming zohiriy tariqasini, bu uning mazmunidan ochiq oydin anglashilib u haqda hech bir fikrlash va mulohazaga ehtiyoj bo'lmaydi. Ikkinchidan, istinbotiy
(tadqiq qilib o'rganiladigan) tarojumlarki, ularning muayyan darajada (chuqur yoki bir qadar yuzaki) bahs va tafakkur vositasida o'sha bob mazmuniga mosligi idrok etiladi.
Uchinchidan, mursaliy (bo'sh, ochiq) qoldirilgan tarojumlar bo'lib, unda hadisning mazmuniga ishorat qiladigan unvon (sarlavha) bo'lmay faqat «bob» iborasi bilan
chegaralanadi. Mana shu uch tariyqa (yo'l, uslub) tarojumlar Imom at-Termiziyning «al-Jomi'», shuningdek, Imom al-Buxoriyning
«Sahiyh al-Buxoriy» asarida ham mavjuddirki29, bu taqsimlash uslubi tarojumlarni chuqur tadqiq etishda katta ahamiyat kasb etadi.
Eng avvalo zohiriy tarojumlar (at-tarojum az-zohira) haqida gapiradigan bo'lsak, bu xildagi tarojumlar at-Termiziyning asarida aksar hollarda uchrab, hatto uning asari,
ba'zi mualliflar alohida ta'kidlaganlaridek30, bu yo'nalishdagi eng qulay asarlardan sanalgan. Chunonchi, at-Termiziy asari bilan tanishgan har bir ilm tolibi bu holni
osonlikcha fahmlaydi. Muallifning «mo joa» (taalluqli, doir) yoki ko'p hollarda «bobun mo joa fi kazo» («falon masalaga doir bob») deb alohida ta'kidlashi mazkur
tarojumning mazmun- mohiyatini aniq ko'rsatadi. Ushbu ibora Imom al-Buxoriy faoliyatida ham, garchand kam hollarda bo'lsa-da, kuzatiladi.
Imom at-Termiziy faoliyatida ko'p uchraydigan ushbu xildagi tarojumlar muayyan maqsadlarga qaratilgan va ma'lum ma'nolarni anglatadi. Ushbu masalada Imom at-Termiziy
maslaklarini Imom al-Buxoriy maslaklari bilan muqoyasa qilishlikning ilmiy ahamiyati

29 Bu haqda qarang: Muhammad Anvarshoh al-Qashmiyriy. Al-Arf ash-shaziy, 1-jild, 6—7-betlar


30 Nuriddin Atar. Al-Imom at-Termiziy, 275-bet.
borligining guvohi bo'lamiz.
Imom al-Buxoriy va Imom at-Termiziy asarlari zohiriy tarojumlarning qator maslaklarida bir-biriga mushtarak ekanligini ko'ramiz. Bu hol quyidagi masalalarda ayon bo'ladi:
1. Umumiy xabariy (hikoyat) siyg'aga ega tarojum bo'lib, bunda tarojum, bobning mazmunini umumiy bir xabar, extimollik holatiga ishorat qilib so'ngra bobda
keltirilgan hadis orqaligina asil maqsad ayon bo'ladi. Bu hol avvalroq qayd qilganimizdek, Imom at- Termiziyda ko'p uchrab, Imom al-Buxoriyda kamroq keltiriladi.
At-Termiziyning «Al-Jomi'» asaridan bir misol keltiramiz. Asarda muallif «Bobun mo joa fis-sivok» (Sivok) tishkovlagich, misvok xususidagi bobga doir «Agarki ummatimga
qiyin bo'lmaganda edi har bir namozdan oldin misvok bilan tishlarini tozalashni buyurardim»31, degan hadis bilan tasdiqlaydi-ki, bu bilan asl murod-maqsadini aniq bayon
qiladi. Yoki bo'lmasa kiyim haqidagi boblarda «Bobun mo joa fil-hariyr vaz-zahab» («shoyi va tillo xususidagi bob»)ga doir Abu Muso al-Ash'ariyning rivoyati asosida
Rasulullohning «Shoyi (hariyr) va tillo buyumlarni kiyishni ummatimning erkaklariga harom va ayollariga halol qilganligini»32 hadisga tayanib ta'kidlaydi.
2. Xos (maxsus) xabariy (hikoyat) siyg'aga ega tarojum bo'lib, bundagi bob masalani aniq ifoda qiladi.
Bunga misol tariqasida Imom at-Termiziy asaridan salot (namoz) haqidagi hadislarni keltirish mumkin33.
3. Savol tarzidagi siyg'aga ega tarojum (at-tarojuma bi-siyg'atil-istifhom) — bu shunday holatki, bunda bob tarojumasi savol (istifhom) tarzidagi iboralardan tashkil
topadi. Bu maslak Imom al-Buxoriy ijodida ko'proq va daqiyq uslubda qo'llanilgan, Imom at-Termiziyda esa nisbatan kam hollarda uchraydi. Ulamolarning fikricha, bu
tarzdagi tarojumlar asosan ixtilofli va bahsli masalalarga doir bo'lib, masalan, Imom at-Termiziy o'z asarida keltirgan (namoz paytida nuhud (sajdadan turish) qanday
bo'lishi kerak haqidagi bobga doir»34 ni ko'rsatish mumkin. Turli mazhablar (masalan, shofe'iylar va hanafiylar) o'rtasida ushbu masalada muayyan ixtilof bo'lib, bu haqda
muallif ham o'z asarida ko'rsatib o'tgan.
4. Bob hadisdan iqtibos etib olingan tarojum yoki to'lig'icha hadisning so'zlari bobda kelgan tarojumda qisman yoki to'lig'icha rivoyat qilinadi. Bu fikrni Imom at-
Termiziy odob haqida keltirgan bir hadisda yaqqol ko'rishimiz mumkin. «Olloh atsni (aks urmoqni) xushlab, esnashni yoqtirmasligiga doir bob»da ushbu hadisni ixroj etadi.
«Darhaqiqat, Olloh aksirishni xush ko'rib, esnashni yomon (karohatli) ko'radi. Shu tufayli agar biror kishi aks, ursa alhamdullilohi, deydi va uning bu so'zini eshitgan har bir
kishi «Senga Ollohning rahmati yog'ilsin» (yarhamuka Olloh) va hokazo deydi»35. Mana shu misoldan yaqqol ko'rinib turibdiki, ixroj qilinayotgan hadisdan bir qismi tarojumda
keltirilgan. Ayni shu holni Imom al-Buxoriyning asarida ham uchratamiz. Masalan, tib (tabobat) haqida «dardini bergan Olloh uning shifosini ham o'zi beradi bobidagi»
hadisning so'zi aynan shu bobda ham ixroj qilingan36.
5. Amrli masalaning boshlanishi va biror ishning paydo (zohir) bo'lishi haqida ogoh etuvchi tarojumlar. Imom at-Termiziy, shuningdek, al-Buxoriy biror ishning
boshlanishidan darak beruvchi tarojumlarni keltiradi. Masalan, Imom at-Termiziy salot (namoz) haqida
«Azonning boshlanishiga doir bob». Mana shu mavzuning qay tariqa boshlanishi haqidagi to'liq

31 Al-Jomi', 1-jild, 7-bet.


32 Al-Jomi', 1-jild, 321-bet.
33 Al-Jomi', 1-jild, 41-bet; 11-jild, 17-bet.
34 Al-Jomi', 1-jild, 58-bet.
35 Sahiyh al-Buxoriy, 2-jild, 122-bet.
36 Al-Jomi', 1-jild, 124—125-betlar.
ma'lumotlarni o'z ichiga qamraydi37. Shu sababli ular shariatning tarixiga doir ko'plab ma'lumotlarga ega bo'lganligidan ulamolar, ilm toliblari va tadqiqotchilar uchun
g'oyatda qimmatlidir. Ayni vaqtda shuni ham qayd etish kerakki, turli mazhablarga mansub ulamolar o'rtasidagi ixtilofli masalalar bo'yicha, xususan fiqhiy masalalarda Imom
at-Termiziy o'z asarlarida alohida hadislarni dalillar vositasida boblar bilan keltirgan hollari ko'p uchraydi.
Arab tilida istinbotiy tarojumlar deb nomlanadigan boblarda mualliflar o'z kitoblariga kiritilgan masalalarga ularning mazmun va mavzularidan kelib chiqqan holda unvon
(sarlavha)lar qo'yadilar. Bu holda sarlavha o'sha bobning mazmuniga ochiq-oydin mos bo'ladi. Bundan ko'zda tutilgan asosiy maqsad kitob muallifi muayyan bobda mavjud hadislar
bevosita yetisha olmagan natijaga erishishdir. Shu bois ham muallif o'z fikr-mulohazasi yordamidagina ushbu maqsadga erishadi. Bu uslub Imom al-Buxoriy kitobida ko'p
qo'llanilgan bo'lsa, Imom at-Termiziyda nisbatan kamroq qo'llanilgan.
Ayni vaqtda bu ikkala buyuk muhaddis ijodiyotida istinbotiy tarojumlarda mushtarak yo'l- yo'riqlar (maslaklar) mujassam bo'lganligining ham guvohi bo'lamiz.
«Mursaliy tarojumlar» deb atalgan boblarda esa tarojumlar rivoyat etilgan bo'lsa-da, to'lig'icha zikr qilinmaydi va uning unvoni «bob» degan so'z bilan chegaralanadi. Imom
at- Termiziy «al-Jomi'» asarida bu xildagi tarojumlar ikki so'z (ibora)da — «bob» va bob minhu (undan bob) bilan keltiriladi. Imom al-Buxoriy esa faqat bir siyg'a (ya'ni
bob)ni qo'llash bilan chegaralangan.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan quyidagi xulosaga kelish mumkin:
— Imom al-Buxoriy uslubiga ergashgan holda Imom at-Termiziy ham o'z kitobini avval boblarga bo'lgan holda tartib berib, so'ngra tarojumlarni al-Buxoriy
oldin qo'llagan uslub va maslaklarga tayanib ta'lif etdi;
— Imom at-Termiziy o'z ustozi Imom al-Buxoriydan g'oyatda ta'sirlangan holda uning ijodidan o'z «al-Jomi'» asari tasnifida foydalandi;
— Imom at-Termiziy asarida keltirilgan tarojumlarni idrok etish osonroq bo'lib, Imom al-Buxoriy asarida mukammal istinbot (chuqur tadqiq etish) ustunligi ko'zga
tashlanadi;
— Imom al-Buxoriyning Abu Iso at-Termiziydan yana bir ustunligi tarojumlar yo'l-yo'riq (masolik)larining xilma-xilligi, ularda ko'p ilmiy va boshqa foydali
jihatlarining aks etishidir;
— Imom at-Termiziy tarojumlarga mazkur bob mazmuniga dalil sifatida qaraydi, ammo Imom al-Buxoriy esa ularga (tarojumlarga) o'z fiqhi va ilmini ham ifoda etadi.

«AL-JOMI'» ASARIDA FIQH MASALALARI


Hadis ilmiga bag'ishlangan asarlarda ahkom masalalarini o'rganish hijriy ikkinchi asrning o'rtalaridan, Imom Molik ibn Anas davridan boshlangan edi. Mana shu paytdan boshlab


hadislarni tadvin etish (tartiblash) fiqhiy boblarga asoslanib amalga oshirilib, shu maqsadda muvattot tartibida asarlar paydo bo'la boshladi. Masalan, al-Qoziy Iyod
o'zining «al-Mudorak» nomli asarida «birinchi bo'lib «al-Muvatto» asarini yaratgan Abdullaziz ibn Abdulmalik ibn al-Majishun»38 deb yozgan edi.
Shundan so'ng Imom Molik ibn Anas uning bu faoliyatini g'oyatda ma'qullab o'zi ham «al- Muvatto» asarini tasnif etdi39. U o'zi al-Madina al-munavvara va boshqa shaharlarda
uchratgan ulamolardan yozib olgan hadislaridan tanlab olib bu asariga kiritdi. Muallif ushbu asariga kiritgan mazkur hadislarni sof manba deb hisoblab, hadis to'plash
maqsadida

37 Al-Jomi', 1-jild, 40-bet.


38 Tartiyb al-Mudorak, 1-jild, 195-bet.
39 O'sha asar, 1-jild, 195-bet.
boshqa mamlakatlarga safar qilmadi. Yana shuni qayd etish kerakki, «al-Muvatto»ga nafaqat marfu' (ya'ni payg'ambar allayhissalomga borib bog'lanadigan) hadislar, balki
madinalik sahobalar va tobe'iyn ulamolardan rivoyat qilingan hadislar ham kiritilgan. Shu bilan birga muallif fiqhiy masalalarda o'z nuqtai-nazarini va mulohazalarini
bildirgan edi. Yuqorida zikr qilganimiz al-Qoziy Iyod «al-Mudorak» asarida Molik ibn Anasning o'z asari
«al-Muvatto» haqida «Unda («al-Muvatto»da) Rasululloh hadislari, sahoba va tobe'iynlarning so'zlari va o'zimning fikr-mulohazalarim mujassam bo'lgan»40, — degan
so'zlarini keltiradi.
Molik ibn Anas ushbu asarini yaratishga alohida e'tibor va o'ta mas'uliyat bilan qaradi. Asarga tanlab kiritilgan hadislarning soni to'rt ming hadisni tashkil etadi. Ko'p
olimlarning fikricha, bu asar islom dini ravnaqi uchun ham, musulmonlar uchun ham katta ahamiyatga molikdir41. Muallifning turli masalalar bo'yicha o'z fikrini dadil
bildirishi
«Uyqudan namozga turilsa, albatta, tahorat olish zarur»42 degan fikrida namoyon bo'ladi.
Hadislardagi fiqhiy masalalarni tadqiq etishda Molik ibn Anasga ergashgan ayrim mualliflar (masalan, Ibn Abu Shayba, Abdurrazoq ash-Shofi'y) ham shu yo'sinda asarlar tasnif
etdilar43. Mana shu mualliflar asarlarini, shuningdek, ahl ar-rayning fiqhiy masalalardagi fikr-mulohazalarini har tomonlama chuqur o'rgangan, tadqiq etgan Imom al-
Buxoriy o'zining «as-Saxiyh» asarida fiqhiy masalalarga alohida e'tibor berib uni batamom yuksak pog'anaga ko'tardi44. Imom al-Buxoriydan keyin bu sohaga qo'l urgan
muhaddislardan biri uning shogirdi Imom at-Termiziy hisoblanadi. Bu paytga kelib hadislarda fiqhiy masalalarda qator asarlar yaratilgan va muayyan darajada taraqqiy
etgan edi. Mana shunday holatda Imom at-Termiziy o'zining shoh asari «al-Jomi'»da o'ziga xos uslubni qo'llaydi. Muallif fiqhiy masalalar va ahkomlarni o'z abvoblari
(boblari) mazmuni jumlasiga kiritadi. Fiqh ilmi olimlarining fikr-mulohazalarini keltirib turli- tuman mazhablardan ogoh qildi, ba'zi hollarda ulardan eng maqbuli va
afzallarini ajratib ko'rsatdi. O'z asarlarida ahl al-ilm nazdida qabul bo'lgan hadislarga tayangan holda fikr yuritdi.
Fiqhiy masalalarda Imom at-Termiziy uslublarini umumlashtirgan holda quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
— tarojumlarga e'timod qilish;
— bob mazmunida ulamo va roviylar fikrini hadislarda ifoda etish;
— g'oyalar o'rtasida afzallarini alohida ko'rsatish;
— boblarni ulardan kelib chiqadigan ahkomlarga asosan turlarga bo'lish.
Imom at-Termiziyning «al-Jomi'» asari bahsli masalalarni talqin qilishda yirik manba hisoblanadi. U ayniqsa qadimiy (qariyb unutilayozgan) ta'limotlarni o'rganish
masalasida tengi yo'q asarlardan biri sifatida tan olingan. Masalan, Imom al-Avzo'iy, Iroqda yashagan mashhur imomlardan Sufyon as-Savriylarning mazhabiy ta'limotlari uzoq
muddat amalda joriy bo'lgan edi.
Ibn Rohvayh nomi bilan mashhur bo'lgan xurosonlik olim Imom Is'hoq Ibrohim al- Hanzaliy, movarounnahrlik alloma Abdulloh al-Muborak al-Marvaziy mazhablarini o'rganishda
ham Imom at-Termiziy asarining ahamiyati beqiyos edi. Bu asar nafaqat qator mazhabiy ta'limotlar, ayni vaqtda ulamolar o'rtasidagi ixtilofiy masalalarni har tomonlama
o'rganishda ham alohida ahamiyatga molik edi. Shu bois bu asar haqida «Ixtilofli masalalar haqida bizgacha yetib kelgan eng qadimiy manba»45 deb alohida ta'kidlanadi. Imom

40 Tartiyb al-Mudorak, 1-jild, 193-bet.


41 As-Suyutiy. Tanviyr al-Havolik, 1-jild, 5-bet; al-Qoziy Iyod.1-jild, 193-bet.
42 Al-Muvatto bi-sharh as-Suyutiy, 1-jild, 34-bet.
43 Al-Imom at-Termiziy, 302-bet.
44 Al-Xatib al-Bag'dodiy. Tarixi Bag'dod, 2-jild, 19-bet.
45 Doirat al-maorif al-islomiyya, 5-jild, 230-bet.
at-Termiziy asarining o'sha mazhab sohiblari va peshvolari yashagan davrga vaqt jihatdan yaqinligi asarga ishonchli manba sifatida qarashni taqozo etadi. Bu hol ayniqsa ilm
ahllari va tadqiqotchilar uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, asardagi naqllarda imkon boricha kamroq xatoga yo'l qo'yilib, keyin yozilgan asarlarga nisbatan unga
afzallik beriladi.
Imom at-Termiziyning «al-Jomi'» asarida fiqhiy masalalar ham ifoda etilgan bo'lib, ularni tadqiq etishda uchta muhim jihatga e'tibor berishni maqsadga muvofiq deb
hisoblaymiz.
Birinchi masala — Imom at-Termiziyning fiqhiy yo'nalishi.
Ikkinchi masala — u rivoyat qilgan hadislarda mazhabiy isnodlarning o'rni.
Uchinchi masala — fiqhiy masalalar ifodasi.
Mana shu masalalarni batafsil ko'rib chiqish at-Termiziyning fiqhiy masalalardagi qarashlarini to'liq ifoda etadi.
Imom at-Termiziyning fiqhiy yo'nalishi. Hijriy ikkinchi asrni islom dinida fiqhiy masalalarda uyg'onish davri, desak hech bir mubolag'a bo'lmaydi. Chunonchi, ayni shu paytda
ijtihod degan masala paydo bo'lib, bu sohada turli mazhablarning as'hoblari — yirik ulamolar yetishib chiqqan.
Ijtihod — Qur'oni karim va payg'ambar alayhissalom hadislariga asoslangan holda davr taqozosini hisobga olib, jamiyat taraqqiyoti va ma'naviyati ravnaqiga xizmat
qiladigan foydali g'oya va mafkuralar yaratish, muammolarni hal etishning maqbul, yangi yo'llarini topishdir46. Bu hol, albatta, islom dinining o'ziga xos xususiyatlaridan
hisoblanadi. Binobarin ilm-fan taraqqiyotidagi o'zgarishlarni teran anglab shariat ahkomlarini zamonga mos ravishda talqin qilish har qanday davrda ham xalqimizning har
tomonlama taraqqiy etishiga sezilarli vosita bo'lgan.
O'sha davrdan boshlab ijtihod ahlining tutgan yo'li (tariqati) asosan ikki guruhga ajralgan edi: ahl ar-ray tariqati va ahl al-hadis tariqati. Ahl ar-ray tariqatining
markazi Iroqda, ayniqsa al-Kufa va Basrada bo'lib, uning ulamolari ahl ar-ray deb atala boshlandi. Ahl al-hadisning maktabi al-Hijoz (Makka, Madina)da bo'lib ular
ulamolariga ahl al-hadis deb nom berildi. Har toifaning yetakchi imomlari bo'lib, ularning izdoshlari o'z mazhablarining afzalligi va g'alabasi yo'lida jiddi-jahd
ko'rsatardilar va da'vat yo'li bilan yangi tarafdorlarni topib, ular sonlarini ko'paytirishga intilardilar. Hijriy uchinchi asrda hadis ilmida olti sahih kitoblarning
mualliflari, shu jumladan Imom at- Termiziy yashab ijod qildi. Bu davrda musulmonlar o'rtasida mashhur imomlarning mazhablariga qo'shilish, mazhabiy taqlid paydo bo'ldi. Bunda
taqlidchilar muayyan bir imom mazhabini ixtiyor etib, uni har tomonlama qo'llab-quvvatlab tarafkashlik qilar, ko'p hollarda esa ular o'rtasida qizg'in bahslar, kurashlar ham
sodir bo'lardi. Mana shu tariqa ular o'rtasida ixtilof kuchaya boshladi.
Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziyga o'xshash nufuzli muhaddislar Qur'oni karim, payg'ambar hadislari, sahobai kiromlarning asarlarini butun mazmun-mohiyati bilan
egallaganliklari tufayli, ularda ijtihodiy qarashlar mavjud bo'lsa-da, lekin ular taqlidchilarga mansub emasdilar. Ular o'z ijtihodiy g'oyalari haqida baralla gapirib,
shunga amal qilardilar, ayniqsa ixtilofli masalalar paydo bo'lgan vaziyatlarda bu holatga ko'proq rioya qilardilar47.
Turli mazhablar va g'oyalarga munosabat masalasida Imom at-Termiziyning tutgan mavqei payg'ambar alayhissalomning hadislari va faqat dalil-isbotlar bilangina xulosa
chiqarishga asoslangan edi. Albatta, bunday hollarda faqat sahiyh hadislar va eng kuchli dalil asosiy

46 Ijtihod haqida kengroq ma'lumot olish uchun qarang: Islam (Entsiklopedicheskiy slovar`). Moskva, 1991, str. 91—92.


47 Al-Imom at-Termiziy, 324-bet.
rol` o'ynar edi. U o'z ustozlari — eng avvalo Imom al-Buxoriyning va boshqa hadis ilmidagi ulamolarning ta'sirida ahl ar-ray mazhabiga emas, ahl al-hadis yo'lida
sobitqadamlik bilan fikr yuritdi, uni chuqur tahqiq va tadqiq (istinbot) etish orqali o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Imom at-Termiziy ijodining yana bir o'ziga xos jihati shundaki, u ahl ar-ray haqida gapirar ekan, ular mazhablarini bayon kilish uchun o'z asarida «qola ahl al-Kufa» (Kufa
ahli degan) yoki «Qola ba'zu ahl al-Kufa» («ahl al-Kufadan ba'zisi degan») kabi iboralarni ko'p ishlatadi48.
Imom at-Termiziy asarida ko'p uchraydigan iboralardan yana biri «as'hobuno» («bizning as'hoblarimiz») iborasidir. Bu umumlashgan atama bilan at-Termiziy Molik ibn Anas,
Muhammad ibn Idriys ash-Shofe'iy, Ahmad ibn Hanbal, Is'hoq ibn Rohvayh kabi fiqh ilmining mujtahidlaridan bo'lgan ahl al-hadisni nazarda tutgan49.
Hadis ilmining yirik allomasi sanalgan Imom at-Termiziy ulamolarning so'zlari va ularning fiqhiy ta'limotlarini faqat hadislarga xos bo'lgan ishonchli isnodlar bilangina
keltiradi, ularga tayanib ilmiy xulosalar chiqaradi. Binobarin, mazhab sohiblaridan naql etiladigan fikr-mulohazalarni bilishda isnodlar katta ahamiyat kasb etardi. Imom
at- Termiziy fiqhiy isnodlarni Sufyon as-Savriy, Muhammad ibn Usmon al-Kufiy, Ubaydulloh ibn Muso al-Abasiy, Maktum ibn Abbos at-Termiziy, Muhammad ibn Yusuf al-
Firyobiydan naql qilgan50.
Bir qancha buyuk muhaddislar bu sohada barakali ijod qilgan bo'lib, ulardan Imom al- Buxoriyning ustozi Ali ibn Abdulloh al-Madiyniy, Imom Ahmad ibn Hanbal, Imom al-
Buxoriy, Muslim ibn al-Hajjoj, Imom at-Termiziy, Ibn Abu Hotam, ad-Doruqutniylarni zikr qilish mumkin. Mana shu mualliflarning asarlaridan Imom ad-Doruqutniyning
musnadlarga asoslanib tartib berilgan o'n ikki jildlik illatli hadislarga bag'ishlangan asari alohida o'rin egallaydi51.
Imom at-Termiziy illatli hadislarga bag'ishlab ikki asar yaratgan bo'lib, ular «Al-Ilal as-sag'iyr» va «Al-Ilal al-kabiyr yoki al-mufrad» nomi bilan ataladi. «Al-Ilal as-
sag'iyr» asarini Imom at-Termiziy «al-Jomi'»ning xotimasi sifatida yaratgan. «Al-Ilal al-kabiyr yoki mufrad» esa alohida mustaqil asar bo'lib, unda birinchi asariga
kirmagan illatli hadislar keltirilgan.

AT-TERMIZIYNING «ASH-SHAMOIL AN-NABAVIYYA» ASARI


Abu Iso at-Termiziyning boshqa bir yirik asari «Ash-shamoil an-nabaviyya» («Payg'ambarning alohida fazilatlari») deb ataladi. Bu asar ba'zi manbalarda «Ash-shamoil fi


shamoil an-nabiy sallollohu alayhi vassallam», «Ash-shamoil al-Muhammadiya» nomlari bilan ham keltirilgan. Asar payg'ambar alayhissalomning shaxsiy hayotlari, u zotning
suvrat va siyratlari, ajoyib fazilat va odatlariga oid to'rt yuzu sakkiz hadisi sharifni o'ziga jamlagan qimmatli manbadir. Bu o'rinda shuni ta'kidlash kerakki, ushbu mavzu
ya'ni payg'ambar alayhissalomning fazilatlari, odatlari haqidagi hadislarni to'plash bilan juda ko'p olimlar, muhaddislar shug'ullanganlar va bu xildagi hadislar turli-tuman
kitoblardan o'rin olgan. Lekin at-Termiziy asarining boshqalardan afzalligi va farqi shundaki, muallif imkoni boricha payg'ambar alayhissalom fazilatlariga doir barcha
hadislarni muntazam ravishda to'plab, mantiqan izchil bir holatda tartibga keltirgan va o'ziga xos mustaqil, yaxlit kitob shaklida tasnif qilgan. «Ash-shamoil an-nabaviyya»
azaldan

48 Q a r a n g: Al-Jomi', 1-jild, 61-bet.


49 Sharh at-Termiziy li-abi at-Tayyib al-Madiniy, 1-jild, 112—115-betlar. 50 Az-Zahabiy. Siyar, 12-jild, 296-bet; Miyzon al-e'tidol, 3-jild, 198-bet. 51 Al-Kattoniy.
Ar-Risola al-mustatrafa, 11-bet.
islomshunos olimlar va tadqiqotchilarning diqqatini o'ziga jalb qilib keladi. Arab tilida bitilgan ushbu asarga bir qancha sharxlar va hoshiyalar ham yozilgan. Ulardan
Abdurauf al- Munoviy al-Misriyning (vafoti 1003 hijriy yili) «Sharh ush-shamoil», Ali ibn Sulton al- Haraviy al-Qoriyning (vafoti 1192 hijriy yili) «Jam' ul-vasoil fi
sharhi ash-Shamoil», Sulaymon ibn Umar ibn Mansur al-Jumalning «Al-Mavohib al-Muhammadiyya bisharh ash- shamoil at-Termiziyya» kabilarni keltirish mumkin. Bu asarning bir
qo'lyozmasi Qohiradagi al-Azhar kutubxonasida 144 hadis ilmi raqami ostida saqlanmoqda, Muhammad ibn Jasus al- Molikiyning (vafoti 1182 hijriy yili) «Al-Favoid al-
jaliyla al-bahiyya ala «Ash-shamoil al-Muhammadiyya (bu asar 1927 yilda nashr qilingan) va nihoyat al-Azhar universitetining sobiq shayxi Ibrohim al-Bojuriyning (vafoti
1277 hijriy yili) «al-Mavohib al-Laduniyya ala ash-shamoil at-Termiziyya» kabi sharhlarini ko'rsatish mumkin.
Kezi kelganda shuni ham ta'kidlash kerakki, asar tili oddiy va ravonligi, soddaligi bilan ham ajralib turadi. Muhim tarixiy manba sifatida «Ash-shamoil an-nabaviyya» fors
va turk tillariga ham tarjima qilingan. 1248 hijriy yili Hisomiddin an-Naqshbandiy tomonidan turkiy tilga qilingan tarjimasi arab tilini bilmaydigan turkiy xalqlar
uchun g'oyatda foydali qo'llanma bo'lib xizmat qiladi. At-Termiziyning ushbu asariga sharh yozgan shayx ibrohim al-Bojuriy: «Imom at-Termiziyning «Ash-shamoil an-nabaviyya»
kitoblari o'z bobida yakkayu yagona asardir. Uning ovozasi Mag'ribu Mashriqqa borib yetdi»52, — deb ta'kidlaydi. Mashhur olim Ali ibn Sulton al-Haraviy al-Qoriy o'zining
yuqorida zikr qilingan «Jam' al-vasoil fi sharh ash-Shamoil» nomli sharhida at-Termiziyning ushbu asari xususida shunday deb yozadi: «Rasululloh sallollohu alayhi
vassallamning fazilatlari, axloqlari haqida tasnif etilgan musannafotlarning eng chiroyli va yaxshisi bu Imom at- Termiziyning payg'ambar siyratlari haqidagi mukammal va
muxtasar kitoblaridir. Bu kitobni mutolaa qilgan har kishi janob payg'ambarni ko'rganday va ul zotning har bobidagi mahosini shariflaridan bahramand bo'lganga o'xshaydi»53.
Oldinroq eslatib o'tganimizdek, asarning Saudiya Arabistonida istiqomat qilgan vatandoshimiz Sayyid Maxmud Taroziy tomonidan ona tilimizga qilingan muxtasar tarjimasi
1990 yili Imom at-Termiziyning 1200 yillik yubileyi munosabati bilan Toshkentda qaytadan nashr qilindiki, bu hol buyuk muhaddisning qimmatli asarini o'rganishda katta
ahamiyat kasb etishi shubhasizdir54.
«Ash-shamoil an-nabaviyya»ning tuzilishi va tarkibi haqida gapiradigan bo'lsak, bu muxtasar asar ellik olti bobga bo'linib u «bobun joa fi xalqi Rasululloh sallollohu
alayhi vassallam», ya'ni «Rasululloh sallollohu alayhi vassallamning jismi karimlari haqida rivoyat qilingan hadis shariflar bobi» dan tashkil topgan. Umuman olganda,
mazmun- mohiyatiga ko'ra asarni ikki asosiy qismga bo'lish mumkin. Birinchi qismga mansub hadislar payg'ambar alayhissalomning suvrat (tashqi qiyofa)lariga bag'ishlangan.
Bularga ko'ra payg'ambarimiz novcha ham, pakana ham bo'lmay, balki o'rta bo'ili, yag'rindor, qo'llari bo'lali, go'shtdor va doimo jun bilan qoplangan, kaftlari bo'liq,
qirg'iyburun, peshonalari keng, ko'zlari katta-katta bir zot bo'lgan.
Asarning ikkinchi qismida keltirilgan hadisi shariflar esa payg'ambar alayhissalomning siyratlari — ichki dunyosi va axloqiy fazilatlarini bayon qiladi. Bu hadislar bilan
tanishar ekanmiz, Muhammad alayhissalom axloqiy jihatlardan namunaviy, mukammal bir siymo ekanligini, muomalada u zotning kattayu kichik, ayol erkak, boy-kambag'allar
bilan o'zini bir xil muomalada tutishlarini, ro'zg'or va oila yumushlarida o'z ayollariga astoydil ko'maklashib yordam berishlarini, basharti biror gunoh qilib qo'ygan kishi uzr
so'rasa, uning gunohlarini kechirganlarini, yo'lda uchragan barcha kishilarga birinchi bo'lib salom berib, samimiy hol-ahvol so'rashlarini bilib olamiz.

52 Sovet Sharqi musulmonlari, 1990 yil, 3-son, 8-bet.


53 Al-Mavohib al-laduniyya, birinchi qism, 2-bet.
54 Ushbu asar Toshkentda yana ikki marta qayta nashr qilingan.
«Ash-shamoil an-nabaviyya»ning XVI asrga oid qo'lyozmasi Toshkentda, O'zbekiston musulmonlari diniy idorasi kutubxonasida saqlanmoqda. 1980 yilda Toshkentda mazkur diniy
boshqarma buyurtmasi bilan «Ash-shamoil an-nabaviyya»ning ushbu qo'lyozmasi ofset tariqasida nashr etilgan bo'lib, undagi qisqacha so'zboshi O'rta Osiyo va Qozog'iston musulmonlari
diniy boshqarmasi hay'atining sobiq raisi, marhum muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon hazratlari tomonidan yozilgan. Bundan tashqari «Ash-shamoil an- nabaviyya»ning ayrim
qo'lyozmalari O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ham saqlanmoqda.

AT-TERMIZIYNING «AL-ILAL FI-L-HADIYS» ASARI


Imom at-Termiziyning bizgacha yetib kelgan «Al-ilal fil-hadiys» («Hadislardagi illatlar yoki nuqsonlar») nomli muhim asari ikki mustaqil asardan tashkil topgan. Ulardan


biri «Al-ilal al-kabiyr» yoki «Al-mufrad» nomi bilan atalgan asari bizgacha yetib kelmagan, degan taxmin bor. Garchand aksar tadqiqotchilar ham shunday fikrda bo'lsalar-da,
Imom at- Termiziyning hayoti va faoliyatiga doir maxsus risola yozgan olim Nuriddin Atar (ushbu risolaning Bayrutda 1988 yilda chop etilgan ikkinchi nashrida) Turkiyaning
qimmatli qo'lyozmalarga boy kutubxonalaridan birida at-Termiziyning «Al-ilal al-kabiyr» asarining yagona qo'lyozmasini ko'rgani va undan fotonusxa olib o'z tadqiqotining
ushbu qayta nashrida foydalangani haqida yozadi55. Uning yozishicha, at-Termiziy «Al-ilal al-kabiyr»ni ta'lif etgan paytda uni boblarga bo'lmagan holda yozgan. Ammo
keyinchalik bu ajoyib kitob olim Abu al-Valid al-Qoziy tomonidan tartibga keltirilib boblarga ajratilgan va kitob oxirida mustaqil bir bob, hadis rijjol (roviy)lari
haqidagi fikr mulohazalar bayon etilgan.
«Al-ilal»ning ikkinchisi «Al-ilal as-sag'iyr» deb ataladi. U muallifning bosh asari «Al- Jomi' as-sahiyih»ga bevosita aloqador bo'lganligi sababli xotima tariqasida ushbu
asarning oxirida keltirilgan. Umuman olganda, arabcha «ilal» so'zi «illat»ning ko'pligi bo'lib, o'zbekcha kasal, betob, xasta, noqis, illatli, og'ish kabi lug'aviy ma'nolarni
anglatadi. Kezi kelganda shuni ta'kidlash kerakki, hadis ilmida ilal masalasi muhim ahamiyatga ega bo'lib, turli sabablarga ko'ra roviylar tomonidan yo'l qo'yilgan zaiflik,
noaniqlik, g'alat, xato, sahvu kabi yanglishlar tadqiq etiladi. Ko'pgina muhaddislarning hadislarga bu jihatdan ham katta e'tibor berib, asarlar yaratgani bu ilmning islom
ta'limotida g'oyatda foydali va muhim ahamiyat kasb etganidan dalolat beradi. Illatli hadislar xususida Imom al- Buxoriyning ustozi Ali ibn Abdulloh al-Madiyniy, Imom
Ahmad ibn Hanbal, Imom al- Buxoriy, Imom Muslim, Imom at-Termiziy, Abu Hotam va boshqalar asarlar yozganlar. Mana shu buyuk muhaddislar orasida ham Imom at-Termiziyning
ilal to'g'risidagi asarlari hadislarning siqasi (to'g'riligi, aniqligi)ni tekshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Imom at-Termiziyning o'zlari «Ilal» masalasi xususida: «Bu (ilal) masalada uzoq vakt fikr-mulohaza yuritdim, buning boisi shundaki, bizdan shu xususda so'ralganda, oldin
o'z nuqtai nazarimizni ochiq-oydin aytmadik. Sababi, bizdan avval ilal masalasi xususida so'ralgan bir qancha ulamolar ham o'z fikrlarini bildirmaganlar, shuningdek, ba'zi
muhaddislar o'rtalarida hadisda siqa (ishonchli) bo'lgan roviylarning xato, yanglish va kamchiliklarini aytish g'iybat bo'ladi, degan ulamolar ham bor edi. So'ng bir qancha
mashhur muhaddislar, xususan, ustoz Imom al-Buxoriy bilan bir necha yillik muloqotda bo'lganimdan keyin hamda mazkur fikrga aloqador rivoyatlarni eshitgandan keyin ilal
masalasini oshkora qilishga jazm qildim. Na Iroqda, na Xurosonda ilal, tarix va isnodlar sohasida Imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydan ko'ra bilimdonroq biror olimni
ko'rmadim», deb ta'kidlaydilar.
55 Al-Imom at-Termiziy, 387-bet, 4-izoh.
AT-TERMIZIYNING «AL-JOMI'» VA
«ASH-SHAMOIL AN-NABAVIYYA» ASARLARIGA YOZILGAN SHARHLAR

1. «A'rizat al-Ahvaziy fi sharh al-Jomi' lit-Termiziy» nomli sharhning muallifi al- Hofiz Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh al-Ashbiliy bo'lib u Ibn al-Arabiy al-


Molikiy (vafoti 1151 yil) nomi bilan mashhur bo'lgan. Asarning qadimiy to'liq bir qo'lyozma nusxasi Madinai Munavvaradagi kutubxonada saqlanadi, boshqa bir qulyozma nusxasi
alloma ash-Shayx Rafiy'addin al-Buxoriyning kutubxonasida mavjud. Asar Qohirada ham nashr etilgan bo'lib, lekin bu nashrda ko'p xatoliklarga yo'l qo'yilgan.
2. «Sharh al-Jomi' lit-Termiziy» — Hofiz Abdul-Fath Muhammad ibn Sayyid an-Nos al- Yaamariy ash-Shofi'y (vafoti 1333 yil) uning muallifidir. Muallif asarning uchdan
bir qismiga yetgan. Garchand u o'n jilddan iborat sharh bitgan bo'lsa-da, uning oxiriga yetkazish uchun fursat topmagan. Sharhning bunchalik cho'zilib ketishligining boisi
shundaki, muallif o'z asari doirasini faqat hadis faniga aloqador masalalar bilan cheklab qolmay, balki unga boshqa fanlarga doir ma'lumotlarni ham kiritgan.
Alloma al-Chalabiy shunday degan: «Agar muallif o'z sharhida faqat hadis fani bilan chegaralanganda edi uni tamomiga yetkazar edi, lekin u (muallif) Ollohga hamd aytamizki,
himmatli ish qilgan. So'ngra undan qolganlarini oxiriga yetkazgan al-Hofiz Zaynuddin Abdurahim ibn Husayn al-Iroqiy bo'lib, «al-Alfiya»56ning muallifi (vafoti 1403
yil)dir. Bu kitobning to'liq bir nusxasi Madinai Munavvaradagi kutubxonada saqlanadi.
3. «Sharh al-Jomi' lit-Termiziy» nomli sharh Zaynuddin Abdurrahmon ibn Ahmad ibn an- Nabiy al-Hanbaliy (vafot yili noma'lum)ning qalamiga mansub bo'lib, yigirma
jildda tugallangan, lekin qandaydir bir fitna vaqtida yonib ketgan57.
4. «Al-A'rf ash-shaziy a'lo Jomi' at-Termiziy»ning muallifi Sirojiddin Umar ibn Raslan al-Balqiyniy ash-Shofi'iy (vafoti 1402 yil). Ushbu sharh Imom at-Termiziy
asarining bir qismiga bag'ishlanib, sharh oxirigacha yetkazilmagan58.
5. «Sharh az-zavoid lit-Termiziy»ning muallifi alloma Sirojiddin Umar ibn Ali al- Mulaqqin (vafoti 1401 yil). Bu asar Imom al-Buxoriy va Imom Muslimning «Sahiyh»
va Abu Dovud asaridan ortiqcha at-Termiziyda keltirilgan hadislarning sharhidir59.
6. «Al-Lubb ul-albob fiy mo yaqulu at-Termiziy fil-bob» nomli sharhning muallifi Shayx ul-islom al-Hofiz ibn Hajar al-Asqaloniy60 (vafoti 1448 yil) bo'lib, bir
jilddan iborat bu sharhning qo'lyozmasi Madinai Munavvaradagi qutubxonada saqlanadi. Bu juda ham muhim asar bo'lib, Imom at-Termiziy fiqhiy masalalarga doir»... haqidagi
bobda» zikr qilingan hadislarni bayon qilishga bag'ishlangan. Ushbu hadislar jarh (illatlari) va ularning tuzatish (ta'diyl)lari bilan birgalikda mufassal holda bayon
qilingan.
7. «Qut al-mug'taziy» nomli asar alloma Jaloluddin as-Suyutiyning (vafoti 1505 yil) qalamiga mansub. Bu haqda Hoji Xalifaning «Kashf az-zunun» asarida (1-jild, 375
-bet) hikoya qilinadi. Jaloluddin as-Suyutiy ushbu sharhida at-Termiziyning «Sunan» asarini yuqori baholab uni quyidagicha ta'riflaydi: «Imom at-Termiziyning «Sunan» asari
boblarga bo'lingan. Bu ham bir ilm. Asardagi fiqh — huquqshunoslik masalalari ham bir ilm. Sahiyh bilan saqimni ajratuvchi ilalni aytishlari ham bir ilm. Ularning
o'rtasidagi hadis turlarini zikr etish ham bir ilm. Roviylarning nomlari va laqablari ham alohida bir ilm.

56 Hoji Xalifa, Kashf az-zunun, 1-jild, 375-bet.


57 Al-Muborakfuriy, Siyrat al-imom al-Buxoriy, 376-bet.
58 Al-Bufoliy, al-Hutta, 243-bet.
59 As-Saxoviy, az-Zav' al-lomi', 6-jild, 102-bet.
60 Bu sharh haqida kengroq ma'lumot olish uchun qarang: Shokir Mahmud Abdulmun'im, Ibn Hajar va dirosatuhu, 395-bet.
Jarh va ta'diyl, Rasulullohni topgan va topmagan roviylarni belgilash isnodli rivoyat. Unda keltirganlarning hammasi ijmoliy ilm turlaridir. Ammo tafsiliysi juda ham
ko'p. Xullas, bu asarning qimmatli jihatlari majmualar to'plamidir».
8. «Naf' Qut al-mug'gaziy»ning muallifi alloma as-Sayyid Ali ibn Sulaymon ad-Dumantiy al-Bajma'viy al-Mag'ribiy al-Molikiy ash-Shoziliy (vafoti 1877 yil)61.
«Jomi' at-Termiziy» nusxasining hoshiyasida chop etilgan. Muallif alloma Jaloluddin as-Suyutiyning oldin zikri o'tgan sharhini muxtasar holga keltirib, kitob aslining
foydali tomonlariga bir qadar xalal yetkazganki, kitobning nomi «Naf' Qut al-Mug'taziy» iborasi ma'nosini yo'qotgan. Bu asar Qohira va Dehlida chop etilgan.
9. «Sharh al-Jomi' lit-Termiziy»ning muallifi al-Hofiz Zaynuddin Abdurrahmon ibn Ahmad ibn Rajab al-Hanbaliy (vafoti 1587 yil). Ushbu sharh haqida manbalarda juda
kam ma'lumot keltirilgan.
10. «Sharh al-Jomi' lit-Termiziy» ham Shayx ul-islom al-Hofiz ibn Hajar al- Asqaloniyning (vafoti 1148 yil) qalamiga mansub bo'lib, muallif uni «Sahiyh al-
Buxoriy»ga yozgan yirik sharhi «Fath al-boriy»da zikr qilgan62.
11. «Sharh al-Jomi' lit-Termiziy» ash-Shayx Abul-Hasan ibn Abdulhodiy as-Sanadiy al- Madiniy (vafoti 1728 yil) bitgan bu sharh juda go'zal bo'lib, muallif uni al-Haram
ash- Sharifda (Makkada) ta'lif etgan. Asar qirq qism (juz')dan iborat.
12. «Sharh al-Jomi' lit-Termiziy»ning muallifi alloma Abu at-Tayyib (Muhammad ibn at-Tayyib) as-Sanadiy (al-Madiniy), vafoti 1698 yil), bu sharh arab tilida «bi
qavlihi»
«vaqavluhu» deyilib, uning bir qismi chop ham etilgan.
13. «Sharh al-Jomi' lit-Termiziy»ning muallifi alloma Siroj Ahmad as-arhandiy bo'lib, fors tilida bitilgan bu sharhning ayrim qismlari nashr ham etilgan.
14. «Muxtasar al-Jomi' lit-Termiziy» alloma Muhammad ibn Uqayl al-Bolisiy ash- Shofi'iy (vafoti 1329 yil) qalamiga mansub bo'lib, asarning xususiyatlari haqida
mufassal ma'lumotga ega emasmiz.
15. «Joizat ash-Sha'uziy» nomli sharh alloma Badiy' uz-Zamon (vafoti 1892 yil) qalamiga mansub. Bu asar «Jomi' at-Termiziy»ning urdu tiliga ag'darilgan tafsirli
tarjimasidir.
16. «Muxtasar al-Jomi' lit-Termiziy»ning muallifi alloma Najmiddin Sulaymon ibn Abu al-Quvvo at-Tufiy as-Sirsiriy al-Xanbaliy (vafoti 1311 yil). Bu muxtasar
asardan al- Hofiz Salohiddin Xalli ibn Kiykeldi al-A'loiy ismli olim at-Termiziy asarida oliy sanad bilan rivoyat qilingan yuz hadisdan bir majmua yaratgan63.
17. «Hadiyat al-lavza'iy bi-nukot at-Termiziy» alloma Abu at-Tayyib Muhammad Shams al- Haqq al-Aziymobodiy (vafoti 1911 yil) qalamiga mansub bu asar muallifning
vafoti tufayli oxiriga yetmagan. Ushbu sharhda matnlarga qo'shimcha isnodlarga taalluqli juda nafis tadqiqotlar ham mavjuddir.
18. «Sharh ash-shamoil lit-Termiziy»ning muallifi ash-Shayx Abdurrauf al-Munoviy (vafoti 1621 yil) bo'lib, uning avvali: Ahl al-fazlning qadimda va hozirgi zamondagi
shaklu shamoyillari va hokazo, alloma al-Munoviy unda zikr qilgan: «Uning sharhiga birinchi bo'lib kirishgan tadqiqotchilarning yakkayu yagonasi Mavlono Isomuddin al-
Isfaraiyniy bo'lib, u o'zidan burun hech kim ochmagan uning sirlaridan pardani ko'tarishga muyassar bo'ddi. Lekin naqliy (an'anaviy) fanlardan hisoblangan bu fanning aqliy
(mantiqiy) farazlarini u bilan birga idrok etish ham borki, hatto u xato avhomlardan deb hisoblanadi»64.
19. «Ashraf ul-vasoil»ning shayx Shahobuddin Ahmad ibn Hajar al-Haysamiy al-Makkiy
(vafoti 1566 yil) muallifidir. Musannif zikr qilishicha, bu kitob bo'yicha Al-Haram al-

61 Qomus «al-A'om»da (5-jild, 104-bet) bu asar haqida kengroq ma'lumot keltirilgan.


62 Fath al-boriy, 1-jild, 230-bet.
63 Hoji Xalifa, Kashf az-zunun, 1-jild, 376-bet.
64 Hoji Xalifa, Kashf az-zunun, 2-jild, 67—68-betlar.
Muhtaramda (Ka'batullohda) dars berishlik (tadris) imkoni unga muborak Ramazon oyidan boshlab 18-Ramazonda nihoyasiga yetkazgan.
20. «Sharh ash-shamoil lit-Termiziy»ning muallifi alloma Sayyid Muhammad Qosim Jassus (vafoti 1769 yil) bo'lib, bu asar Qohirada nashr etilgan. Lekin ushbu sharh batamom
ravishda muhaddislarning uslubiyu ularning qiziqishlariga mos bo'lmagan tarzda bitilgan.
21. «Sharh ash-shamoil lit-Termiziy»ning muallifi alloma Muslihiddin Muhammad ibn Saloh ibn Jalol al-Loriy (vafoti 1572 yil) bo'lib65, bu sharh arab tilida bitilgan.
Muallif uni 1542 yilning Ramazon oyida tugatgan bo'lib, muallifning qalamiga mansub forscha yozilgan boshqa bir sharh ham bordir.
22. «Zahr al-hamoil a'lo ash-Shamoil»ning muallifi alloma as-Suyutiy bo'lib, bu sharh Misrda chop etilgan.
23. «Jam' al-vasoil» — Mullo Ali al-Qoriy al-Haraviy (vafoti 1607 yil) qalamiga mansub bo'lib, uning qoralamasini Makkai mukarramada 1599 yilda tugatgan.
Ko'pchilikning fikricha, «ash-Shamoil»ga bag'ishlangan sharhlardan birontasi ham undan ustun emas.
24. «Tahziyb ash-Shamoil»ning muallifi ash-Shayx Muhammad ibn Umar ibn Hamza al- Antokiy (vafoti 1531 yil) bo'lib66, Mullo Ali al-Qoriyning yuqorida zikr etilgan
sharhini muxtasar qilib tuzatib hadiya tariqasida Qustantaniyaning sultoni Boyazidxonga taqdim qilgan edi. Uning boshlanishi «alhamdulilloh alalziy ja'ala hayot al-
orifiyn...»67.
25. «Sharh ash-Shamoil»ning muallifi alloma Isomuddin Ibrohim ibn Muhammad (ibn Arabshoh) al-Isfarainiy (vafoti 1536 yil). Bu sharh aralash (mamzuj) bo'lib,
«alhamdulilloh allaziy fazzala al-Mustafo bi-akram ash-Shamoil» iborasi bilan boshlanadi.
26. «Sharh ash-shamoil lit-Termiziy» — Mullo Muhammad al-Hanafiy (vafot etgan yili noma'lum)ga mansub bo'lib, muallif ushbu sharhini 1520
yilda tugatgan.
27. «Sharh ash-Shamoil lit-Termiziy»ning muallifi Muhammad Oshiq ibn Umar al-Hanafiy (vafoti 1629 yil) bo'lib, ushbu alloma o'z sharhida: U «ash-Shamoil»ni Mahmud al-Malik
ibn Shamsiddin nomi bilan mashhur o'z ustozi ash-Shayx Abdulloh al-Ansoriydan rivoyat qilganligi haqida yozadi. Ash-Shayx Ahmad Ali «Sharh ash-Shamoil»ning hoshiyasiga muxtasar
bitgan bo'lib, uning bir nusxasi ash-Shayx Shams ul-Haqq kutubxonasida saqlanadi68.
28. «Ash-Shamoil»ning turkcha tarjimasini amalga oshirgan Is'hoq Xo'ja Ahmad Afandi (vafoti 1708 yil) nomi bilan mashhur bo'lgan Ahmad Xayruddin al-Aydiyniy bo'lib, uning
haqida mufassal ma'lumotga ega emasmiz.
29. «Ash-Shamoil»ning turkcha nazmiy ifodasini Mazlum Zoda nomi bilan tanilgan Mustafo ibn Husayn al-Halabiy bajargan bo'lib, muallif bu asarini 1745 yilda tugatgan.
30. «Bahor Xuld» Kofiy — bu urdu tilida bitilgan go'zal bir nazmiy asar bo'lib, chop ham etilgan.
31. «Al-Mavohib al-Laduniyya a'lo ash-shamoil al-Muhammadiyya»ning muallifi alloma ash-Shayx Ibrohim (Ibn Muhammad) al-Buxoriy (vafoti 1847
yil). Bu «ash-Shamoil»ning muxtasar tarzdagi sharhi bo'lsada, juda foydali. Asar 1835 sanada al-Jomi' al-Azharda ta'lif etilgan. Uning avvali «alhamdulilloh al-mustavjab
li-qulli kamol an-nu'ut bi-qulli ta'liym va jamol» iborasi bilan boshlanadi.
32. «Al-Kavkab ad-durriy a'lo at-Termiziy» nomli sharhning muallifi Rashid Ahmad al- Kankuhiy bo'lib, bu ikki jilddan iborat qimmatli sharh Hindistonda chop etilgan.
33. Olim Muhammad Anvar Shoh al-Kashmiriy qalamiga mansub asar «Al-A'rf ash-shaziy

65 Fuod Sezkin. Ta'rix at-turos al-arabiy, 1-jild, 249-bet.


66 As-Somiy. Qomus al-A'lom, 7-jild, 208-bet. 67 Hoji Xalifa. Kashf az-zunun, 2-jild, 67-bet. 68 Al-Muborakfuriy. Siyrat, 388-bet.
a'lol-Jomi' at-Termiziy» deb atalib, bu sharh ham ikki jildda Hindistonda chop etilgan69.

ILMU AMALI IBRATLI ALLOMA


Mashhur muhaddis Abu Iso at-Termiziyning shaxsiy hayoti va barkamol ijodining har tomonlama o'rganilishi tufayli buyuk bobokalonimizning hozirgi davrimiz uchun ham o'rnak


bo'ladigan ko'p ibratomuz fazilatlarining guvohi bo'lamiz. Eng avvalo, at-Termiziyning yoshligidan ilm-fanga g'oyatda chanqoqligi va zo'r havas bilan qiziqishi, bu borada har
qanday qiyinchiliklarga ham bardosh berib o'z maqsadi, ya'ni o'z bilimini oshirish yo'lidagi jiddu- jahdi katta-katta tahsinga sazovordir.
Yozma manbalarda keltirilishicha, hadisshunoslik ilmi sakkizinchi asrning ikkinchi yarmidan o'n birinchi asr o'rtalarigacha asosiy va zaruriy mashg'ulotlardan biri darajasiga
aylangan. Bu davrda Sharqning turli mamlakatlaridan bo'lgan to'rt yuzdan ortiq mualliflar ana shu ilm (hadisshunoslik) bilan shug'ullanganlar70.
Ma'lumki, o'z bilimini oshirish borasida at-Termiziy ko'pgina xorijiy mamlakatlarni ziyorat qilgan. Elma-el kezib, cho'lu biyobonlar oshib roviylardan eshitgan hadislarini
yitish bilan shug'ullangan. Ularni tartibli ravishda yozib qayd qilish bilan birga ushbu hadislarni qanchalik darajada sahiyh, hasan yoki zaif, mavzu (soxta, o'ylab chiqarilgan)
ekanligini qayta-qayta tekshirgan, ilmiy ravishda chuqur tadqiq etgan. Allomaning shogirdlari orasida turli millat vakillari ham bo'lgan.
Yoshi qirqdan oshgan va turli mamlakatlar olimlaridan ta'lim olgan at-Termiziy ham Imom al-Buxoriy mashhur bo'lgan paytda yetuk olim darajasida tanilgan. Ikkala olim
o'rtasida 863—868 yillar oralarida Nishopurda ko'pdan-ko'p samarali ilmiy munozaralar, samimiy do'stona uchrashuvlar bo'lgan71. At-Termiziy o'z asarlari uchun ko'pgina foydali
ma'lumotlarni al-Buxoriy bilan bo'lgan uchrashuvlarida olganligini yozadi72.
Abu Iso at-Termiziy asarlari hozirda ham o'z qimmatini yo'qotgan emas. Uning «Al-Jomi' as-sahiyh», «Ash-shamoil an-nabaviyya» kabi asarlarida keltirilgan hadisi shariflar
katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lib insonlarni halol, adolatli, iymon-e'tiqodli, diyonatli, pokiza, mehnatsevar, muruvvatli, rahm-shafqatli, ota-ona, ayollarga nisbatan
hurmat- e'tiborli bo'lishga chorlaydi.
Bu ibratli pand-nasihatlar va o'gitlar xalqimizni, jamiyatimiz ahlini, ayniqsa yosh avlodni tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etishini alohida ta'kidlash o'rinlidir. At-
Termiziyning asarlari faqat diniy ilmlar majmuasiga oid bo'lib qolmasdan, balki dunyoviy ilmlarga oid ma'lumotlarga ham boydir. Masalan, uning bosh asari bo'lgan «al-
Jomi' as- sahiyh»da tarix, mantiq huquqshunoslik, tabobat, ziroatga oid ko'plab qimmatli ma'lumotlarni uchratamiz. Arab tilini rivojlantirishda at-Termiziyning xizmatlari
kattaligini zamonaviy olimlar qayta-qayta ta'kidlaydilar.
Xulosa qilib aytganda, buyuk bobokalonimizning shaxsiy hayoti va uning boy ma'naviy merosini chuqur va har tomonlama o'rganish ham ilmiy, ham amaliy jihatdan katta
ahamiyatga egadir.

69 Nuriddin Atar. Al-Imom at-Termiziy, 407-bet.


70 A. B. Xalidov. Arabskie rukopisi i arabskaya rukopisnaya traditsiya. Moskva, 1985, str. 143.
71 Ibn Xaplikon. Vafoyot al-a'yon, 3-jild, 407-bet.
72 Shamsuddin az-Zahabiy. Siyar a'lom an-nubalo, 12-jild, 404-bet.
AL-HAKIM AT-TERMIZIY

Uning to'liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn al-Hasan73 ibn Bashir al-Hakim at- Termiziy bo'lib, tarjimai holiga oid ma'lumotlar o'rta asr arab mualliflaridan


Tojuddin as-Subkiy, al-Xatib al-Bag'dodiy, Ibn Hajar al-Asqaloniy, as-Sullamiy va boshqalar asarlarida, shuningdek, uning o'zining qalamiga mansub «Bad'u sha'ni Abu
Abdulloh» («Abu Abdulloh ishining boshlanishi») nomli avtobiografik risolasida keltirilgan74.
Uning mazkur shakldagi to'liq ismi alloma tomonidan yozilgan «Navodir ul-usul fi ma'rifat axbor ar-rasul» («Rasululloh xabarlari haqidagi nodir usullar»), «Ilm ul-avliyo»
(«Valiylar (yoki avliyolar) ilmi»), «Xatm ul-avliyo» («Avliyolarning oxirgisi») va «Nazoir ul-Qur'on» («Qur'on ibratlari») kabi asarlarning nomlari yoinki muqaddima
qismlarida ham aynan shu tarzda keltirilgan. Al-Hakim at-Termiziy tavallud topgan sana xususida ham yozilgan manbalar va adabiyotlarda turli yillar keltirilgan. Odatda,
o'rta asrlarga oid yozma manbalarda aksar hollarda muallifning faqat vafot etgan yili ko'rsatilib, tavallud etgan sanasi keltirilmaydi. Jumladan, taniqli olim Hoji
Xalifa o'zining «Kashf uz-zunun» nomli mashhur asarining bir necha o'rinlarida al-Hakim at-Termiziy vafotini hijriy 255 (melodiy 869) yil deb ko'rsatgan. Shuningdek,
allomaning Termiz shahri yaqinida joylashgan maqbarasi ustida o'rnatilgan qabrtoshdagi bitiklarda ham uning hayoti haqida ba'zi ma'lumotlar keltirilib, vafot etgan sanasi
hijriy 255 (melodiy 869) deb yozilgan. Boshqa ba'zi manbalarda ham uning mazkur sanada vafot etganligi qayd etiladi. Al-Hakim at- Termiziyning uzoq — 116 yoinki 120 yil
umr ko'rganligini e'tiborga olsak, alloma sakkizinchi asrning o'rtalarida (taxminan 750—760 yillar oralig'ida) tavallud topganligi ayon bo'ladi. Ayni vaqtda ba'zi zamonaviy
tadqiqotchilar uning tavalludi va vafoti haqida batamom boshqa sanalarni ko'rsatganlar. Jumladan, al-Hakim at-Termiziyning hayoti va uning ta'limotini chuqur o'rgangan
misrlik taniqli olim Abdulfattoh Abdulloh Baraka al-Hakim at-Termiziyni hijriy 205 (melodiy 820) yilda Termiz shahrida tavallud topib, uzoq umr ko'rib, hijriy 320
(melodiy 932) yilda 112 yoshida vafot etganligi haqida yozadi75. Mana shularni xulosa qilib aytish mumkinki, bu yo'nalishda kelajakda olib boriladigan chuqur ilmiy
tadqiqotlar alloma al-Hakim at-Termiziy tavalludi va vafoti sanalarini aniqlash imkonini beradi, deb o'ylaymiz. Uning maqbarasi Termiz shahrining yaqinida Amudaryo bo'yida
joylashgan.
Termiz shahri haqidagi qimmatli ma'lumotlarni arab geograflari al-Muqaddasiy (Ahsan ut-taqosim fi ma'rifat al-aqoliym), al-Istaxriy (al-Masolik val-mamolik), al-
Balazuriy- Futuh ul-buldon va boshqa qator mualliflarning asarlarida uchratamiz. Mazkur manbalarda ta'kidlanishicha, al-Hakim at-Termiziy tug'ilgan Termiz shahri ham IX
asrda Movarounnahrning eng yirik va obod shaharlaridan biri sifatida mashhur bo'lgan. Shaharda islomiy ilm va madaniyat yuksak darajada taraqqiy etgan. Ilm-fanning turli
sohalari, jumladan, islomiy ilmlar bo'yicha Termiz shahridan yetishib chiqqan ko'plab allomalar at- Termiziy nisbasi bilan butun dunyoda mashhur bo'lganlar. Jahoniy ehtiromga
sazovor bo'lgan termizlik buyuk siymolardan biri al-Hakim at-Termiziydir. Afsuski, al-Hakim at- Termiziyning bolalik va yoshlik yillari haqida manbalarda aniq ma'lumotlar
uchratmadik. Uning ota-onasi haqidagi ba'zi xabarlardan ma'lum bo'lishicha, uning otasi Ali ibn al-Hasan o'z davrida hadis ilmining ko'zga ko'ringan olimlaridan biri
sifatida mashhur bo'lgan. Arab tarixchisi al-Xatib al-Bag'dodiy o'zining mashhur «Tarixi Bag'dod» («Bag'dod tarixi») nomli
73 Ba'zi muarrixlar, masalan, ash-Shaaroniy o'zining «at-Tabaqot al-kubro» asarining 78-sahifasida al-Husayn deb keltirgan.
74 Al-Hakim at-Termiziyning «Xatm ul-avliyo» asarini nashr etgan doktor Usmon Yahya uning muqaddima qismiga ushbu risolani ham qo'shib chop etgan.
75 Al-Hakim at-Termiziy va nazariyatuhu fil-viloya, 35-bet.
asarida yozishicha, u musulmon olamining eng yirik markazlaridan sanalgan Bag'dod shahrida bo'lib, o'sha davrning mashhur olimu ulamolari bilan hadis ilmining turli masalalari
bo'yicha qizg'in bahs va munozaralarda ishtirok etgan. Al-Hakim at-Termiziy o'zining avtobiografik risolasi «Bad'u sha'ni Abu Abdulloh» va «Ar-Radd a'lol-muattila» kabi
asarlarida yozishicha, uning onasi va bobosi ham o'z davrida hadis ilmining yetuk bilimdonlaridan bo'lgan. Bu ma'lumotlardan shunday xulosa qilish mumkinki, al-Hakim at-
Termiziy ilm-ma'rifat yuksak qadrlanadigan, ziyoli bir xonadonda dunyoga kelib, mana shu ilmiy-ma'naviy muhitda o'sib ulg'aygan. Oxir oqibatda mazkur omillar ta'sirida
uning ma'naviy dunyosi va ilmiy tafakkuri shakllanib, kamolga yetgan. Ayni vaqtda shuni alohida ta'kidlash kerakki, al-Hakim at-Termiziyning ilmiy kamolotida uning otasi
Ali ibn al- Hasanning xizmatlari benihoya katta. Chunonchi, u o'z farzandi uchun nafaqat mehribon va g'amxo'r ota, balki unga nisbatan talabchan murabbiy va ma'rifatli ustoz
maqomida ham bo'lgan. Bu xususda al-Hakim at-Termiziy o'z kitoblaridan birida shunday hikoya qiladi:
— Olloh taolo meni ustozim — volidimdan judo qilganda men sakkiz yoshda edim. Uning sa'y-harakatlari bois men ilm olishga shunday berilib ketgandimki, kitob mutolaa
qilish men uchun asosiy mashg'ulot bo'lib qolgan edi. Vaholanki, mening tengqurlarim o'yin-kulgi va vaqti xushlik bilan band bo'lardilar. Volidimning ijtihodlari tufaylik men
shu yoshimda
«Ilm al-osor» (Qadimiy rivoyatlar (hadislar) haqidagi ilm)va «Ilm ar-ray» («E'tiqod haqidagi ilm») bilimlarini to'liq egallab olgan edim...
Otasi vafotidan keyin al-Hakim at-Termiziy o'z shahridagi yetuk olimlardan asosan tafsir, hadis va fiqh ilmlaridan saboq oladi. Uning termizlik muhaddislar Abu Muhammad
Solih ibn Muhammad ibn Nasr at-Termiziy, Solih ibn Abdulloh at-Termiziydan hadis ilmini o'rganganligi haqida manba'larda aniq ma'lumotlar keltirilgan76. Shundan so'ngra
alloma Fariduddin al-Attorning yozishicha, yoshi yigirma yettiga yetganda al-Hakim at-Termiziy ikki o'rtog'i bilan o'sha paytda butun Sharqda ilmu ma'rifatning eng yirik
markazlaridan biri sanalgan Bag'dodga borib ilm olishni niyat qilganda birdan onasi betob bo'lib qoladi va unga: «Ey o'g'lim, men bir mushtipar, zaifa ayol bo'lsam, menga
sendan bo'lak boshpanoh bo'lib yordam beradigan biror kimsa bo'lmasa, mening butun borlig'im faqat sen bilan bog'liq bo'lsa. Sen meni kimga tashlab ketmoqchisan?» — deb unga
iltijo qiladi. Volidasining bu so'zlari al-Hakim at-Termiziyga qattiq ta'sir qilib, u ilm talabidagi ushbu safaridan voz kechadi. Uning ikki o'rtog'i esa o'z safarlariga
otlanib yo'lga tushadilar. So'ngra, ushbu voqeadan keyin talay vaqt o'tgach, al-Hakim at-Termiziy Bag'dodga borolmaganligi uchun g'oyatda afsuslanib, maqbaralardan birining
yonida yig'lab xafa bo'lib turganida uning yonida yuzidan nur yog'ilib turgan bir shayx paydo bo'lib, undan yig'lashining sababini so'raydi. Al-Hakim unga yuz bergan voqeani
birma-bir aytib beradi. Shunda shayx: Istasang, men senga har kuni turli ilmlardan saboq berib, seni o'qitaman, deydi. Al-Hakim uning bu so'ziga darhol rozi bo'ladi. Bu
hol bir necha yil davom etadi. So'ngra u bilsa bu kishi Xizr alayhissalom ekanlar. Uning bu saodatli marhamatga erishishi volidai mushfiqasining duosi barokotidan bo'lgan
edi77. Ayni shu voqea boshqa manbalarda biroz boshqacharoq tarzda hikoya qilinadi...
Bu hikoya haqiqatmi yoki afsonaviy rivoyatmi, qanday bo'lmasin uning oilasi haqida muayyan darajada tasavvur beradi. Chunonchi, ushbu hikoyadan ma'lum bo'lishicha, u ota-
onasining yakkayu yagona farzandi bo'lgan, onasining iltijosiga qaraganda ularning oilasida al-Hakimdan boshqa unga boshpanoh bo'lib, qaraydigan kimsa bo'lmagan. U o'z onasiga
mehribon, uni boquvchisiz tashlab ketishga jur'at qilmagan — oilaparvar, qanchalik ilm olishga ishtiyoqi kuchli bo'lgani bilan o'z volidasining so'ziga quloq solib, uning
duosini olganligi bois oxir- oqibatda ilm olishda ham o'z matlabiga erishadi. Shuningdek, manbalarda uning oilaviy ahvoli, rafiqasining soliha, taqvodor, pokiza ayol
ekanligi, oilada oltita farzandi

76 Ash-Shayx Komil Muhammad Muhammad Avayda. Al-Hakim at-Termiziy, 5—6-yetlar.


77 Al-Hakim at-Termiziy va nazariyatuhu fil-viloya, 31—32-betlar.
bo'lganligi haqida ham ba'zi ma'lumotlar keltirilgan.

AL-HAKIM AT-TERMIZIYNING USTOZLARI


Ayni vaqtda al-Hakim at-Termiziy saboq olgan ustozlari haqida manbalarda keltirilgan ma'lumotlardan quyidagilarni aytish mumkin:


1. Al-Hakim at-Termiziyning birinchi ustozi, yuqorida zikr etilganidek, uning otasi Ali ibn al-Hasan at-Termiziy edi. Bu haqdagi ma'lumotlar al-Xatib al-
Bag'dodiyning «Tarixi Bag'dod» (2-jild, 373-bet) nomli asarida keltirilgan.
2. Qutayba ibn Sa'iyd as-Saqafiy al-Balxiy haqidagi ma'lumotlar ham al-Xatib al- Bag'dodiyning «Tarixi Bag'dod» (4-jild, 264-bet) nomli asarida keltiriladi. U ilm
olish talabida yoshligidan ko'p mamlakatlarga safar qilgan. Shu maqsadda Bag'dod, Makka, Madina, Shom va Misr kabi mamlakatlarga borgan. O'z davrining yetuk muhaddislaridan
hisoblangan Molik ibn Anas, Al-Lays ibn Saad, Abdulloh ibn Lahiy'a, Yaqub ibn Abdurahmon, Hamod ibn Zayd, Ismoil ibn Ja'far, Sufyon ibn Uyaynadan hadislar eshitgan. O'z
navbatida Qutayba ibn Sa'iyddan ham Ahmad ibn Hanbal, Abu Bakr ibn Abu Shayba, Yusuf ibn Muso, Abu Dovud as- Sijistoniy, Ibrohim al-Harbiy, Muso ibn Horun, abu Zur'a,
Imom al-Buxoriy va Imom Muslim ibn al-Hajjoj («Sahiyh» asarlarida) va ulardan boshqa ko'plab yirik olimlar hadislar rivoyat qilganlar. U taxminan hijriy 150 (melodiy
767) yidda tavallud topib, qariyb to'qson yil umr ko'rib, hijriy 240 (854 melodiy) yilda o'zi uzoq muddat istiqomat qilgan Balxning Bug'lon nomli qishlog'ida vafot etgan.
3. Solih ibn Abdulloh at-Termiziy. Uning haqidagi muxtasar ma'lumotlar al-Xatib al- Bag'dodiyning «Bag'dod tarixi» (1-jild, 315-bet) va Ibn Hajar al-Asqaloniyning
«Lison al- meyzon» (3769 raqamda) kabi asarlarida keltirilgan. U uzoq muddat Bag'dodda yashab Molik ibn Anas, Hamod ibn Yahya al-Abah, Abdulvoris ibn Sa'iyd, Absar ibn
al-Qosim, Shurayk ibn Abdulloh, Ja'far ibn Sulaymon, Faraj ibn Fazola, Umar ibn Horun al-Balxiy kabi olimlardan hadis ilmidan saboq olgan. Shuningdek, Solih ibn
Abdulloh at-Termiziydan, Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbal, Abu Zur'a, Abu Hotam ar-Roziyon va boshqa olimlar hadislar rivoyat qilganlar. Tarixchi Ibn Hibbon o'zining «as-
Siqot» nomli asarida uning haqida yozib
«Solih ibn Abdulloh at-Termiziy «Sohib sunnat va fazl» deb ta'kidlagan.
4. Solih ibn Muhammad at-Termiziy. Uning ismi sharifi al-Xatib al-Bag'dodiyning
«Tarixi Bag'dod», Shamsuddin az-Zahabiyning «Meyzon al-e'tidol» va shuningdek «Lison al- meyzon» kabi asarlarida zikr qilingan. U Muhammad ibn Marvon al-Sadaydan
hadislar rivoyat qilgan, shuningdek, haj ibodatini ado etish uchun borayotganda Bag'dodda to'xtab Hamdon ibn Zunnun va o'z yurtdoshi al-Qosim ibn Ibod at-Termiziydan
hadislardan saboq olganligi ma'lum. Abul Hasan ibn al-Xilal al-Muqriy undan hadislar rivoyat qilgan. Ba'zi manbalarda uning murji'a oqimiga mansub bo'lganligi, ularga
pora berib bir qancha muddat Termiz qozisi lavozimida faoliyat ko'rsatganligi haqida ham qayd etilgan.
5. Sufyon ibn Vakiy'. Taniqli tarixchi Shamsuddin az-Zahabiy o'zining «Meyzon al-e'tidol» nomli asarida (2-jild, 173-bet) uning ismini Sufyon ibn Vakiy' Ibn al-Jarroh
Abu Muhammad ar-Ravosiy deb to'liq keltirgan. Muarrix Ibn Hibbonning yozishicha, unga otasi Vakiy' ibn al-Jarroh varrog'ini (yozganlarini oqqa ko'chiruvchisini) almashtirishni
maslahat bergan, chunki u (varrog') unga chalkash, mavquf hadislarni ham yozib kelaverganligi sababli ko'p aziyatga mubtalo bo'lgan ekan. Sufyon ibn Vakiy' fozil va haqiqatgo'y
shayx bo'lib, Ibn al- Hibbonning yozishicha, hijriy 247 (melodiy 861) yilda vafot etgan.
Al-Hasan ibn Umar ibn Shafiq al-Balxiy. Uning to'liq ismi al-Hasan ibn Umar ibn Shafiq ibn Asmo' Abu Ali al-Jarmiy al-Basriy bo'lib, Al-Xatib al-Bag'dodiyning «Tarixi
Bag'dod» asarida zikr qilinishicha (7-jild, 355-bet), u tijorat ishlari bilan ko'pincha Balxga borib turgani uchun al-Balxiy nisbati bilan mashhur bo'lgan, so'ngra u Bag'dodga
borib unda otasidan,
Abdulvoris ibn Sa'iyd, Ja'far ibn Sulaymon va boshqalardan hadislar rivoyat qilgan.
Al-Hasan al-Balxiydan Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbal, Abu Zur'a, Abu Hotam ar-Roziyon, Muso ibn Is'hoq al-Ansoriy va al-Hasan ibn at-Tayyib al-Shijo'iylar hadislar rivoyat
qilgan. Uning haqida Abu Zur'a va Imom al-Buxoriy kabi allomalar ham tahsinga loyiq fikrlarni aytganlar. Al-Hasan al-Balxiy 230 hijriy (845 melodiy) yidda vafot
etgan.
7. Ahmad ibn Hizravayh. Uning to'liq ismi Abu Xomid Ahmad ibn Hizravayh al-Balxiy bo'lib, uning haqidagi qisqacha ma'lumotlar Abu Nuaymning «al-Hilya» (10-jild, 42
-bet), Abu Abdurrahmon as-Sullamiyning «at-Tabaqot» (103—106-betlar) nomli asarlarida keltiriladi. Ular yozishlaricha, Ahmad ibn Hizravayh Xurosonning yirik
mashoyixlaridan biri bo'lgan. U Abu Turob an-Naxshabiy Hotam al-Asamning suhbatida bo'lib, Abu Yaziyd al- Bistomiy bilan uchrashgan. Zamondoshlarining fikricha, u oliyhimmat,
haqiqatgo'y kishi bo'lgan. Vafoti hijriy 240 (melodiy 854) yilga to'g'ri keladi.
8. Abu Turob an-Naxshabiy. Abu Turob an-Naxshabiyning to'liq ismini tarixchilar Asqar ibn Muhammad Hasiyn Abu Turob an-Naxshabiy deb keltirganlar. As-Sullamiy
«Tabaqot as- sufiyya», Tojuddin as-Subkiy «Tabaqot ash-shofoi'yya al-kubro» nomli asarlarida Abu Turob an-Naxshabiyning Xurosonning eng buyuk mashoyixlaridan biri
bo'lganligini, u o'z ilmi, futuvvati, zohidlik va xudojo'yligi bilan alohida ajralib turganligini ta'kidlaydilar. Tojuddin as-Subkiyning ta'riflashicha, Abu Turob an-
Naxshabiy beshak o'z davrining ulug' shayxi bo'lib, ilm va dinni o'zida to'la mujassam qilgan zot bo'lgan.
U Abu Hotam al-Attor al-Basriy, Hotam al-Asami al-Balxiy kabi olimlar bilan muloqotda bo'lib hamkorlik qilgan. U turli olimlardan ko'plab hadislar yozib olgan, Imom ash-
Shofi'iy asarlarini chuqur o'rgangan. U Muhammad ibn Abdulloh ibn Numayr, Nuayn ibn Hamod, Ahmad ibn Nasr an-Naysoburiy kabi olimlardan hadislar rivoyat qilgan. O'z
navbatida Abu Turob an- Naxshabiydan Ahmad ibn al-Jalo', Abu Bakr ibn Osim, Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbal va boshqalar hadislar rivoyat qilganlar. Abu Abdulloh ibn al-
Jalo' shunday degan: Men hayotimda olti yuz shayxni uchratganman, lekin ularning orasidan to'rttasiga o'xshaganini sira ko'rgan emasman. Ulardan eng birinchisi, shubhasiz, Abu
Turob an-Naxshabiydir. Ibn as-Saloh qolgan uchtalari: ushbu Abdullohning otasi Yahya al-Jalo', Abu Ubayd al-Iusriy va Zunnun al- Misriydir — roziya ollohu anhum degan.
9. Yahya ibn Maoz ar-Roziy. Uning haqidagi muxtasar ma'lumotlar al-Xatib al-Bag'dodiyning
«Tarixi Bag'dod», as-Sullamiyning «Tabaqot as-sufiyya» va boshqa ba'zi asarlarda keltirilgan. U Is'hoq ibn Sulaymon ar-Roziy, Makkiy ibn Ibrohim al-Balxiy va Ali ibn
Muhammad at-Tanofusiy kabi olimlar hadislaridan saboq olgan. Undan esa Ray, Hamadon va Xurosonning boshqa shaharlaridan kelgan olimlar isnodi kam bo'lgan hadislarni
rivoyat qilganlar.
Yahya ibn Maoz ar-Roziy aksar umrini Nishopurda o'tkazib, to vafotigacha shu yerda yashadi. Shu orada u Bag'dodga ham kelgan edi va shunda shahardagi sufiy mashoyixlar uning
huzurida to'planishib, ilmiy munozaralar qilganlar. So'ngra u Bag'doddan chiqib Balxga, va birmuncha muddat Balxda yashagach, yana qaytib Nishopurga keladi, 258 hijriy (872
melodiy) sanada shu yerda vafot etadi.
10. Yaqub ibn Shayba ibn as-Salt. Uning to'liq ismi Yaqub ibn Shayba ibn as-Salt ibn Asfur Abu as-Sadusiy bo'lib, u asli Basra ahlidan. Yaqub ibn Shayba haqidagi
ma'lumotlar tarixchi Shamsuddin az-Zahabiyning «Tazkirat ul-huffoz» («Hofizlar haqida tazkira»), al-Xatib al- Bag'dodiyning «Tarixi Bag'dod» nomli asarlarida keltirilgan.
Molik ibn Anasning gapiga qaraganda, u asli bag'dodlik faqihlardan sanalgan, ko'plab hadislar rivoyat qilib, qator asarlar ham yaratgan.
U Ali ibn Osim, Yazid ibn Horun, Affon ibn Muslim, Muhammad ibn Abdulloh al-Ansoriy, Asvad ibn Omir, Yahya ibn Abu Bakr va ularga o'xshash ko'plab olimlardan hadislar
eshitgan.
Undan hadis rivoyat qilganlardan o'g'lining o'g'li (nabirasi) Muhammad ibn Ahmad ibn Yaqub,
Yusuf ibn Yaqub ibn Is'hoq ibn al-Bahlul kabilarni ko'rsatish mumkin. Yaqub ibn Shayba hijriy
262 (melodiy 876) yilda vafot etgan.
Al-Hakim at-Termiziyning yuqorida nomlari zikr etilgan ustozlaridan olgan bilimi, o'z davrining yirik allomasi darajasigacha yetishida salmoqli ta'sir ko'rsatgan, albatta.
Ayni vaqtda shuni ham ta'kidlash kerakki, al-Hakim at-Termiziy amal qilgan o'ziga xos so'fiyona nuqtai nazar, uning tutgan fiqhiy yo'li hadislarni rivoyat qilishda
muhaddislarning an'anaviy yo'llaridan farq qilishi ba'zi olimu ulamolarning g'azabini keltirib, oxir- oqibatda unga ko'p tashvish keltirdi. Shu bilan birga al-Hakim at-
Termiziyni muayyan bir so'fiy maktabiga mansub etish ham qiyin, chunki u yuqorida ko'rib o'tganimizdek, Xurosonning eng buyuk shayxlaridan sanalgan Abu Turob an-Naxshabiy va
Ahmad ibn Hadravayh bilan yaqin munosabatda bo'lgan, Yahya ibn al-Jalo' al-Bag'dodiy bilan hamkorlik qilgan, Shom maktabining shayxlaridan biri al-Antokiyning asarlarini
o'zlashtirib unga shogird martabasida bo'lgan. Ushbu Shom maktabining Misr maktabi bilan aloqalari ham mustahkam bo'lganligi va nihoyat al-Hakim at-Termiziyning Nishopurda
al-Malomatiylar maktabi bilan bog'liqligi ham yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi.
Yuqorida bayon qilganlardan ayon bo'layotirki, alloma al-Hakim at-Termiziy o'zining uzoq umri davomida bir qancha bosqichni bosib o'tgan. Binobarin, yozma manbalarga, birinchi
navbatda uning avtobiografik tusdagi «Bad' shaan Abi Abdulloh» nomli asariga tayangan holda muhaddisning hayotini quyidagi bosqichlarga bo'lish mumkin:
Birinchi bosqich — al-Hakimning sakkiz yoshgacha bo'lgan bolalik davri. Afsuski, biz uning mana shu davrdagi hayoti haqida aniq ma'lumotlarga ega bo'lmasakda, lekin taxmin
qilish mumkinki, uning bolalik yillari ko'pchilik tengqurlariniki kabi odatdagiday har xil o'yinlaru ko'ngilochar mashg'ulotlarga to'liq bo'lmagan. Chunonchi, tasavvur qilish
mumkinki, agar shu alfozda bo'lganda uning yaqin kelajakda ilmu irfon bilan jiddiy shug'ullanishi uchun (bu o'yinqaroqliklar) imkon bermagan bo'lardi. U bir lahzada ulardan
voz kechib o'z ustozlarining jiddiy saboqlariga ma'naviy tayyor bo'lmagan bo'lardi. Shu bois komil ishonch bilan aytish mumkinki, u o'zini yoshlikdan ilmu ma'rifatini chigal
so'qmoqlarni yengib o'tadigan murakkab imtihonlarga ma'naviy va ruhiy jihatdan har tomonlama tayyorlay boshlagan edi.
Ikkinchi bosqich – al-Hakim at-Termiziyning sakkiz yoshidan to yigirma yetti yoshigacha bo'lgan umrini qamrab oladi. Bu davrda uning bir ustozi bo'lib, u bor imkoniyati va
mahoratini al-Hakimni turli ilmlardan chuqur bilim olishiga sarflaydi, shunga astoydil rahnomalik qilib unga o'z inoyatini ko'rsatadi. Garchand ushbu shayx (ustoz) haqida aniq
ma'lumotlar bo'lmasa-da, u o'z shogirdini faqat ilm yo'liga, xususan ilm al-asor (arxeologiya, qadimshunoslik) va ilm ar-ray (diniy masalalarda o'z fikrini bildirish) kabi
ilmlarni chuqur egallashiga qaratadi. Bu vazifa oson vazifalardan emas edi78.
Ushbu ilmlar bilan shug'ullanishni al-Hakim at-Termiziy hatto Makkaga — Baytulloh al- Haramga haj ibodatini ado etish uchun borayotganida Iroqda to'xtab o'tganida ham davom
ettiradi. O'sha paytda uning yoshi yigirma yettiga yaqinlashib qolgan edi. Aytish kerakki, aynan mana shu safarlar davomida turli olimlardan olgan bilimlari uning ilmiy
hayotida sezilarli iz qoldirgan edi. Manbalarda ko'rsatilishicha, o'z hayotining aynan shu bosqichida al-Hakim at-Termiziy hadis va fiqh ilmlariga alohida e'tibor bergan.
Al-Hakim at-Termiziy hayotining uchinchi bosqichi Qur'oni karimni yod olish va uni chuqur o'rganish bilan bevosita bog'langan. U Ollohning kalomini yod olishga alohida ishtiyoq
bilan kirishadi, kechani kunduzga ulab uni yod oladi, bu mashg'ulotdan uning qalbi halovatu alohida zavq-shavqqa to'ladi. U endi rabboniy ruhdagi asarlarga g'oyatda berilib,
ulardagi ibratli mav'izalar, oxirat ishlariga doir ma'lumotlar, tariqatga boshlovchi piri murshidlarning hikoyatlarini alohida qiziqish bilan o'rganadi. Shu omillar ta'sirida
u aqliy yo'nalishdan (ittijoh) batamom ruhiy yo'nalishga tavajjuh qiladi. Mana shu fikr-mulohazalarni jamlab,

78 Al-Hakim at-Termiziy va nazariyatuhu fil-viloyati, 45-bet.


bu bosqichni al-Hakim at-Termiziy hayotidagi burilish davri (fitrat at-tahavvul) deb atasak, ayni haqiqat bo'lur edi. Binobarin, shu davrda u ro'za tutish, namoz o'qish,
Qur'on tilovat qilish kabi ibodatlarga batamom berilib ketadi. Lekin shu bilan birga bu davrda u muayyan bir usul, yoinki biron-bir xos tariqatga ega emasdi. Uning o'z
ta'biri bilan aytganda, toki uning qo'liga al-Antokiyning kitobi tushgunga qadar shu yo'sunda hayot kechirgan, keyin esa al- Antokiyning fikrlaridan ta'sirlanib o'z nafsini
riyozat (riyozat an-nafs) chekishiga yo'l qo'ygan. Mana shu paytdan e'tiboran uning hayotida uzoq va mashaqqatli boshqa bir davr boshlanadiki, bunda u o'zini hech bir ayamasdan
riyozat chekishga, xilma-xil imtihonu sinovlarga mubtalo qiladi. U uzlat va xilvatni, odamlardan o'zini chetga olib uzoq tutishni ixtiyor qiladi.
Mana shu jarayonlar oqibatida u o'z tariqatini yaratdiki, natijada kechalari uning atrofida ko'plab izdoshlari va maslakdoshlari to'planishib bahsu munozaralar uyushtiradilar,
duo va tazarru'lar bilan o'z shuurlarini izhor qiladilar. Aftidan, mana shu bahsu munozaralar paytida o'zining chuqur mazmunga ega bo'lgan so'fiylik tajribalari haqidagi
oshkora bayonotlari tufayli diniy masalalarning ba'zi jihatlari, xususan, ilm ar- ra'y, yoinki ilm al-osor, hatto tasavvuf ilmlariga doir fikrlari bilan o'z zamonidagi
qator olimlarning qahru-g'azabini qo'zg'ab, ularning shiddatli hujumlariga duchor bo'ladi. Natijada al-Hakim at-Termiziy ustida gap so'zlar ko'payib, uni havoyi gaplarga
berilishda va bid'atda ayblay boshlaydilar. Al-Hakim at-Termiziyga ular tomonidan qo'yilgan tuhmatlarni umumlashtirib quyidagilarni aytish mumkin:
1. Hadis rivoyatchilari tomonidan bildirilgan tuhmatlar. Ayni vaqtda, aytish kerakki, u hadisshunos olim ham emas, uning rivoyatchilari toifasiga ham kirmaydi. U
o'zining yaroqsiz kitoblarini mavzu (soxta) hadislar bilan to'ldirib, ularda rivoyat ham qilinmaydigan, eshitilmaydigan xabarlarni qalashtirib tashlagan.
2. Faqihlar tomonidan bildirilgan tuhmatlarda go'yoki u ilm ash-shariy'a (shariat ilmi)ga ko'pchilik jamoat qabul qilmaydigan zaif va bo'lmag'ur fikrlarni kiritgan.
3. Mutasavvuflar tomonidan bildirilgan tuhmatlarda ham u haqiqatga xilof ishlarda ayblanib, bu harakatlari bilan faqihlar qoidasidan chiqqan va har qanday dashnom
va ta'nalarga sazovor kishi sifatida tasvirlangan. Xullasi kalom, ularning harakatlari shu darajaga borib yetdiki, ular (ayblovchilar) Balx hokimiga xabar yuborib, al-
Hakim at- Termiziyga nisbatan ig'voyu tuhmatlarini davom ettirib, uni Ollohga muhabbat haqida gapiradi, odamlar o'rtasida fisqi fasod tarqatadi, ularni bid'atga
yetaklaydi, nubuvvatlikni da'vo qiladi deb aybladilar. Al-Hakim at-Termiziyning o'zi ham «Bad'u shaani Abu Abdulloh» nomli avtobiografik asarida ularning bu tuhmatlari
haqida zikr qilgan. Natijada Balx hokimi Ollohga muhabbat haqida gapirmaslik haqida uning va'dasini olib, odamlarni tinchlantirib, ular his-hayajoniga bir qadar taskin
bergan bo'ldi. Bu zayldagi nohaq tuhmatlardan nafaqat al-Hakim at-Termiziy, balki o'sha davrdagi qator mutasavvuflar ham chetda qolmaganligi haqida manbalarda aniq
ma'lumotlar keltirilgan.
Ayni vaqtda aytish joizki, bu tarzdagi ishlar (nohaq tuhmatlar) hokimlar va qozilar tomonidan qonun nuqtai nazaridan shu zaylda osongina hal etilgani bilan, lekin baqir-
chaqirga o'rgangan omma, shuningdek, olimu ulamolar o'rtasida bunchalik tez o'tib ketmaydi, chunki ular ma'lum vaqtgacha asl haqiqatni bekitib, quruq safsatayu qandaydir
g'arazli maqsadlar yo'lida nohaq tuhmatlar tarqatadilar. Binobarin, bu nohaqliklar dastidan al- Hakim at-Termiziy ham talay muddat ommadan qo'rqqanidan boshini ko'tarib
yurishga jur'at qilolmadi.
4. Lekin ahvol shu tariqa davom etmadi. Unga nohaq tuhmatlar qilib, aziyat yetkazganlar o'z muddaolariga yeta olmadilar. Mana shu paytdan e'tiboran al-Hakim at-
Termiziyning hayotida yangi bir bosqich boshlanadi. Bunda u xilvat va uzlatdan chiqib, odamlar tomon yuzlanadi. Natijada uning fazlu fazilati to'la namoyon bo'lib, nomi
tillarda zikr qilina boshlaydi.
Atrofida to'planadiganlarning soni kundan-kunga oshib boradi. Ana shundan keyingina odamlar uning haqida tarqatilgan mish-mishlar, tuhmatlar nohaq bo'htonlardan boshqa narsa
emasligini tushunib yetdilar va unga nisbatan o'z hurmatu ehtiromlarini namoyon qildilar. Mazkur bosqichdagi faoliyati davrida ehtimol, keyinchalik ba'zi olimlar tomonidan
«al- hakimiyya vat-termiziyya»79 degan nom bilan atalgan oqimga asos solingan bo'lsa kerak. Ehtimol shu bois at-Termiziyning o'zi ham bu davr haqida to'xtalib, unda
shogirdlari va izdoshlari paydo bo'lganligi haqida ta'kidlaydi. Chunonchi, ushbu davrda uning shogirdlarining soni ko'payib, mav'izayu ma'ruzalari yuksak kamolotga yetishdi,
obro'- e'tibori oshib, shonu shuhrati chor atrofga tarqaldiki, hatto yaqin o'tmishda unga qarshi fitna uyushtirgan guruhlar ham unga o'z hurmatini bildira boshladilar. Al-Hakim
at-Termiziyning shogirdlari ko'p bo'lganligiga qaramay, tarix sahifalarida ular ismi-shariflarining ba'zilari saqlanib qolgan, xolos.

AL-HAKIM AT-TERMIZIYNING SHOGIRDLARI


1. Abu Muhammad Yahya ibn Mansur al-Qoziy


Uning haqidagi ma'lumotlar tarixchi Ibn Imod al-Hanbaliyning «Shazarat uz-zahab» («Oltin bo'lakchalari») nomli asarida keltirilgan80. U o'n yildan ortiq Nishopurda qozilik
qilgan Abu Abdurrahmon as-Sullamiyning ustozi hisoblanadi. Yahya ibn Mansur Ali ibn Abdulaziz al-Bag'aviy va Ahmad ibn Salma va ular tabaqalariga mansub olimlardan hadis
rivoyat qilgan. Yoqut al-Hamaviyning «Mu'jam al-buldon» asarida yozilishicha, hijriy 350 (melodiy 960) yilda, Ibn Imod al-Hanbaliyning yozishicha, hijriy 351 (melodiy 961)
yilda vafot etgan.

2. Abu Mansur Ali ibn Abdulloh ibn Xolid az-Zuhliy al-Hiraviy


Uning haqidagi muxtasar ma'lumotlarni al-Xatib al-Bag'dodiyning «Tarixi Bag'dod» asarida uchratamiz. U asli Hirot ahlidan bo'lib, bir guruh xurosonlik olimlardan g'aroyib
va afsonaviy tusdagi hadislar rivoyat qilgan. So'ngra Bag'dodga kelib, unda hadislardan saboq bergan. Abu Sa'iyd Abdurrahmon ibn Muhammad al-Idrisiy: «Mansur ibn
Abdulloh al- Hiraviy kazzobdir, uning rivoyatiga e'tiqod qilmaydilar», — degan.

3. Abu Ali al-Hasan ibn Ali al-Jurjoniy


Uning haqidagi ma'lumotlarni as-Sullamiyning «Tabaqot as-sufiyya», as-Subkiyning «At- Tabaqot al-kubro» nomli asarlarida uchratamiz. Al-Jurjoniy mashhur asarlar
muallifi, Xurosonning eng ulug' mashoyixlaridan biri hisoblanardi. As-Sullamiy o'zining malomatiyya haqidagi risolasida undan hadislar rivoyat qilgan.

4. Ahmad ibn Muhammad ibn Iso


U haqidagi muxtasar ma'lumotlar al-Xatib al-Bag'dodiyning «Tarixi Bag'dod», as- Sullamiyning «Tabaqot as-sufiyya» va boshqa asarlarda keltirilgan. Ahmad ibn Muhammad
Iroqning eng yirik mashoyixlaridan biri bo'lib, Junayd va uning safdoshlari bilan bahs yuritganlardan edi. E'tiqodda uning tariqati mo''tadilligi bilan ajralib turardi.

5. Abu Bakr Muhammad ibn Umar al-Hakim al-Varroq


U asli termizlik bo'lib, lekin ko'p yillar Balhda istiqomat qilgan. Abu Bakr al-Varroq

79 Masalan, al-Hujviyriy, Kashf al-mahjub.


80 Shazarat uz-zahab, 3-jild, 9-bet.
Ahmad ibn Hadravayh, Muhammad ibn Sa'iyd ibn Ibrohim az-Zohid, Muhammad ibn Umar ibn Xashnom al-Balxiy kabi taniqli olimlarning suhbatidan bahramand bo'lgan. Hadislar
isnodini keltirib ko'plab mashhur asarlar yaratgan. Uning asarlari riyazat (matematika), muomalatlar va adab-axloqning turli masalalariga bag'ishlangan. O'z ilmiy salohiyati
va donishmandligi bois Abu Bakr al-Varroq ham o'z ustozi al-Hakim at-Termiziy kabi al-Hakim degan yuksak laqabga sazovor bo'lgan.

6. Muhammad ibn Ja'far ibn Muhammad ibn al-Haysam ibn Umron ibn Burayda


Uning haqida ba'zi ma'lumotlarni keltirgan al-Xatib al-Bag'dodiy uni asli anbarlik deb zikr qilgan81. U Ahmad ibn al-Xalil al-Barjuloniy, Muhammad ibn Abu al-Avom ar-
Riyohiy, Ja'far ibn Muhammad as-Soig', Abu Ismoil at-Termiziydan hadislar eshitgan, shuningdek, Ibrohimibn Is'hoq al-Harbiydan hadislar rivoyat qilgan. O'z navbatida undan
Abul Husayn ibn al-Fazl al-Qatton, Abul Faraj ibn Sumayka, Ali ibn Ahmad ar-Razoz kabilar hadislar rivoyat qilganlar. Muhammad ibn Ja'far hijriy 360 (milodiy 971) yil
muharram oyining o'ninchi (ashura) kunida vafot etgan.
Bu o'rinda doktor Usmon Yahya to'g'ri ta'kidlaganidek82, alloma al-Hakim at-Termiziyning shogirdlari va izdoshlaridan atigi bir qismining ismi-shariflari keltirilgan.
Albatta, bu hol al-Hakim at-Termiziy ilm bobida erishgan yuksak maqomiga, ayniqsa uning tasavvuf olamidagi mislsiz obro'-e'tiboriga ham mutlaqo mos emas. Bu fikrimizga
qo'shimcha yana aytish mumkinki, al-Hakim at-Termiziyning nafaqat shogirdlari va izdoshlari haqida ma'lumotlar kam, balki allomaning hayoti va ilmiy ijodiy faoliyati haqida
ham tarixiy asarlar va bio- bibliografik qomuslarda afsuslanarli darajada g'oyatda oz ma'lumotlar keltirilgan. Shu boisdan bo'lsa kerak, XV asrda yashab o'tgan mashhur arab
tarixchisi, yuzlab qimmatli asarlarning muallifi Ibn Hajar al-Asqaloniy ham chuqur o'kinch bilan «Bu alloma (al-Hakim at-Termiziy)ning to'liq tarjimai holidan voqif bo'lish
menga nasib etmadi-da, yana ham Olloh o'zi madadkor»83 deb yozgan.
Binobarin, al-Hakim at-Termiziyning o'z hayot yo'llari haqida yozib qoldirgan ma'lumotlari favqulodda ahamiyat kasb etadi. Har holda allomaning asarlarida unchalik
mukammal, to'liq bo'lmasa-da, uning hayoti va ilmiy-ma'naviy merosining tadrijiy kamoloti haqida yetarli tasavvurga ega bo'lamiz. O'zining hayotiy bosqichlari haqida,
masalan, sanalari aniq ko'rsatilgan holda ma'lumot bermagan, ilm yo'lida xorijga qilgan safarlari, o'zi yaratgan asarlar, o'zi asos solgan mazhab yoki maktab haqida ham
aniq ko'rsatilmagan. Lekin boshqa ba'zi manbalardan uning Nishopurga rihlat qilganligi va unda hadisdan saboq berganligi, Nishopur olimlaridan Yahya ibn Mansur al-Qoziy
undan hadislar rivoyat qilganligi, Termizdan chiqarib yuborilganligi va Balxda bir necha yil yashaganligi haqida ham xabarlar bor. Manbalarga tayanib yana aytish mumkinki,
al-Hakim at-Termiziy faoliyatining keyingi ikki bosqichi ilmiy-ijodiy nuqtai nazardan g'oyatda samarali va barakali bo'lgan. Chunonchi, aynan shu davrda uning faoliyatida keng
omma bilan muloqot, uning atrofida ko'p sonli shogirdlar va izdoshlarning to'planishi va eng muhimi uzoq yillar davomida shakllangan qarashlari, fikr-mulohazalari va hayotiy
tajribalari asosida o'zining o'lmas asarlarini yaratdiki, bu asarlar buyuk bir ma'naviy meros sifatida islom madaniyati, ayniqsa tasavvuf ilmi taraqkiyotida salmoqli o'rin
egalladi.

81 Tarixi Bag'dod, 2-jild, 150-bet.


82 Xatm al-avliyo, Muqaddima, 37-bet.
83 Lison al-miyzon, 5-jild, 308-bet
AL-HAKIM AT-TERMIZIYNING LAQABLARI

Al-Hakim at-Termiziyning tarjimai holi keltirilgan asarlari, shuningdek, risolalari nomlarida ham u turli laqablar bilan atalganini ko'ramiz. Jumladan, uni ash-shayx,


al-olim, al-alloma, muhaddis, az-zohid, al-hofiz, ayniqsa aksar hollarda al-imom laqablari bilan ataganlar. Bundan tashqari al-Hakim at-Termiziy ba'zi hollarda «al-
muazzin» degan laqabga ham ega bo'lgan. Bu laqabni muallifning «Tahsiyl nazoir ul-Qur'on», «Al-Masoil al- maknuna», «Navodir ul-usul fi ma'rifat axbor ar-Rasul» kabi
asarlarida, shuningdek, tarixchilar Shamsuddin az-Zahabiyning «Tazkirat ul-huffoz», Ibn Hajar al-Asqaloniyning
«Lison al-meyzon» asarlaridagi al-Hakim at-Termiziyning tarjimai holi keltirilgan qismlarida ham ko'rishimiz mumkin. Albatta, ushbu laqablar uning ilmiy salohiyati g'oyatda
yuksak bo'lganligi va bu hol ilmu-irfon namoyandalari tomonidan yuksak e'tirof etilganidan dalolat beradi. Ayni vaqtda at-Termiziy asosan al-Hakim laqabi bilan atalib,
al-Hakim at- Termiziy (ba'zan at-Termiziy al-Hakim) shaklida keltirilgan. Binobarin, at-Termiziyga berilgan «al-hakim» laqabining ma'nosini talqin qilib ba'zilar unga
«tabib» deb ma'no berganlar va shunga ko'ra at-Termiziyni buyuk tabib deb hisoblaganlar. Bu o'rinda shuni aytish zarurki, «tabib» va «hakim» so'zlari o'rtasida muayyan
darajada umumiylik mavjud. Aynan shu mavzuga, ya'ni tabiblar, hakimlar haqidagi muhim qomusiy kitoblardan biri Ibn Jaljalning
«Tabaqot ul-atibbo val-hukamo»ga murojaat qilsak, unda «Buqrot» bobida shunday deb yozadi: tabib bo'lgan kishi ruhoniyati toza fazilatli, o'z birodarlariga shafqatli, shakli
chiroyli, kiyinishi ozoda, o'z kasbini yaxshi egallagan, Hakim (ya'ni aqli farosati komil), hamma narsani hisobga oluvchi va idrok etadigan bo'lishi shart degan84.
Al-Hakim at-Termiziyning ilmiy-ijodiy faoliyati xorijiy yurtlarga qilgan safarlari bilan bevosita bog'liqdir. Dastlabki safari davomida u Xurosonning qator shaharlarida
bo'lib, ko'p olimlar bilan ilmiy-ijodiy muloqotda bo'lgan. Jumladan, Balxda bo'lganida hadis va tasavvuf ilmlarining taniqli olimlari bilan uchrashadi. Balxda yetuk
muhaddislardan al-Hasan ibn Umar ibn Shaqiyq al-Basriy (u al-Balxiy nisbasi bilan ham mashhur edi), Qutayba ibn Sa'iyd as-Saqafiy al-Balxiy (qaysiki undan Ibn Mojadan
boshqa olti sahiyh hadislar to'plamlarining mualliflari hadislar rivoyat qilgandilar) bilan samimiy muloqotda bo'lgan edi. Ayni vaqtda aytish kerakki, al-Hakim at-
Termiziyning mutasavvuflar bilan munosabatlari muhaddislarga qaraganda ancha samarali va chuqurroq edi. Shu bilan bir qatorda al-Hakim at-Termiziyning ilm talabidagi
rihlatlari faqat Xurosonning barcha shaharlariga bo'lib qolmay, balki Iroqning ham deyarli hamma tomonlarini qamragan edi. Mana shu safarlari chog'ida al-Hakim at-Termiziy
ilmiy tafakkurining shakllanishida ayniqsa yirik shaharlar Balx, Nishopur va Bag'dodda bo'lganligi alohida o'rin egallaydi. Mana shu shaharlar bilan bir qatorda at-
Termiziyning ilmiy ijodiy faoliyatida u tug'ilib o'sgan ona shahri Termizning ham hissasi benihoya katta bo'lgan. Aynan shu shaharda al-Hakim at-Termiziy ilm toliblariga dars
bergan, o'zining o'lmas asarlarini yaratgan. Jumladan, Termizda yaratgan asarlaridan «Hotam al-anbiyo», «Ilal ash- shariy'at» nomli asarlarini ko'rsatish mumkin. Tarixchilar
Tojuddin as-Subkiy, as- Sullamiylarning yozishicha85, mana shu asarlarni yaratgandan keyin bir toifa kishilar al- Hakim at-Termiziyga qarshi muxolifat bildirib chiqishgan.
Oxir-oqibatda u Termizdan badarg'a qilinib, bir necha yillar Balxda yashagan. Ehtimol, at-Termiziyning Balxda yashagan yillari uning hayotining oxirgi yillariga to'g'ri kelar,
chunonchi, zikr etilgan ikki asarini alloma umrining so'nggi yillarida yaratgan.
Avval zikr qilganimizdek, al-Hakim at-Termiziy dastlabki bilimni otasidan so'ng

84 Bu haqda qarang: Shayx Abdug'ani Abdullo. Al-Hakim at-Termiziy; Sovet Sharqi musulmonlari jurnali, 1990


yil, 3-son, 14-bet.
85 Tabaqot ash-shofi'iyya al-kubro, 2-jild, 20-bet; Tabaqot as-sufiyya, 48-bet.
Termizdagi taniqli olimlardan oladi.
Al-Hakim at-Termiziy muborak haj ibodatini ado etish uchun Makkai mukarrama tomon ravona bo'ladi. Yo'lda u Iroqda to'xtab o'tadi. Iroqning qator shaharlarida, jumladan, Kufa
va Basra kabi yirik shaharlarida bir necha kun to'xtab o'tadi. Bu shaharlardagi muhaddislar bilan muloqotda bo'lib, ilmiy-ijodiy munozaralarda ishtirok etadi va sha'bon oyida
Makkaga yetib keladi. U to'rt oy, toki haj mavsumi boshlangunga qadar, bu muqaddas shaharning fayzu-barokotidan bahramand bo'ladi. Mana shu davr, aytish kerakki, al-Hakim
at- Termiziyning hayot tarzida, uning dunyoqarashida va odamlar bilan o'zaro munosabatida batamom burilish nuqtasini yasaydi va qalbida o'chmas iz qoldiradi. Bu xususda
allomaning o'zi keyinchalik shunday yozgan edi86:
«Sha'bon oyida Makkaga qadam qo'ydim. Hajga qadar Olloh menga u yerda istiqomat qilishni nasib etdi va tunlari menga duo eshigini ochib qo'ydi. Ka'batillohda, duolar
mustajob bo'ladigan makonda turib iltijolar qildim. Ko'nglimda tavbani maromiga yetkazish, nafsimni mayda-chuyda narsalardan yiroq qilish azimati paydo bo'lib qolganini his
etdim. Ollohdan qalbimni to'g'ri yo'lga boshlashini, dunyoda zohidlardan bo'lishimga madad berishini, Qur'oni karimni tugal yod olishni menga nasib qilishini so'radim. Vatanga
qaytayotganimda ko'nglimda Qur'oni karimni yod olishga ishtiyoq paydo bo'lganini sezdim. Yo'lda bir necha surani osonlikcha yod olib qo'ydim. Uyga kelganimdan so'ng sal kun o'tmay
uni boshidan oxirigacha xatm qildim».
Ushbu safari muboraqdan keyin al-Hakim at-Termiziy hayotida yangi davr boshlanadi. U Ollohning sifatlarini bayon qiladigan kitoblarni va tariqat yo'liga boshlaguvchi piri
komilni izlay boshlaydi. Ammo uning bu urinishlari zoe ketadi va axtargan narsasini topolmaydi. Shundan keyin u bor kuchu g'ayratini ibodatga, namozu ro'zaga qaratadi. U
o'zining bundan keyingi hayotini shunday hikoya qiladi:
«... Qo'limga al-Antokiyning «Qalblar davosi» kitobi tushib qoldi. Go'yo yo'qotgan va qidirayotgan narsamni topib olganday bo'ldim. U ham bo'lsa nafs riyozati edi. Men
nafsimni tarbiyat qilishga kirishdim. Bu sa'yyu-harakatimda Olloh menga madadkor bo'ldi. U menga nafsimni shahvoniy hirs-tuyg'udan tiyishlik yo'lini o'rgatdi. Natijada asta-
sekin qalbimni anglay boshladim... Qalbimda uyda uzlatda o'tirish va sahrolarga chiqib ketish ishtiyoqi paydo bo'ldi, yurtimdagi xarobat, xilvat va mozoristonlarni aylandim.
Bu hozirgacha mening kundalik odatim bo'lib qolgan. To'g'ri so'z odamlardan menga yordam qo'lini cho'zishlarini iltimos qilish xayolimga keldi. Ammo unday qilmadim, kimsasiz
joylarni tavof qilishni davom ettirdim. Shunday kunlarning birida xuddi tush ko'rayotgan kishidek payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomni ko'rdim...»
Tasavvuf ta'limotiga ko'ra, tariqat yo'liga kirguvchi solik biror piri murshidning etagidan ushlashi, unga muridlik qilishi, ma'lum bir muddat uning xizmatida va tarbiyatida
bo'lishi zarur va shunday qilgandagina u o'z maqsadiga erishadi. Xo'sh, al-Hakim at-Termiziy bu ta'limotga nisbatan boshqacha fikrdami? Ha, uning fikricha, solikning ruhiy
kamolotga yetmoqligi uning o'zining jiddi-jahdi, sa'y ko'shishi, riyozatining sidqidildan ekanligi va uning uchun riyozat doimiy odat tusiga aylanganligiga bog'liqdir.
Darhaqiqat, al-Hakim at-Termiziy asarlariga asoslanib shuni aytish va xulosa qilish mumkinki, u o'z hayotida muayyan piri murshidni etagidan ushlagan va boshqalarni ham bunday
qilishga maslahat bergan emas. Uning tariqatda kamolot cho'qqisiga erishishda asosan al- Antokiyning «Qalblar davosi» nomli kitobi yetakchi rol` o'ynagan. Shuning uchun ham u
murid tarbiya qilish, maslakdoshlarni orqasidan ergashtirib yurish kabilar bilan mashg'ul bo'lmagan. Odatda, muridlar o'z pirlarining manoqiblarini, karomatlarini,
saxovatlarini va shunga o'xshash ijobiy fazilatlarini odamlar orasida targ'ibu tashviq qilganlar va o'zlaridan keyingi avlodga ham yetkazishga doim harakatda bo'lganlar. Al-
Hakim at-Termiziyda garchi

86 Mazkur ma'lumotlar arabshunos Abduqahhor Shoshiyning «Termizlik donishmand» nomli maqolasidan olindi.


muridlar bo'lmagan bo'lsa ham, ammo uning fikr-mulohazalariyu g'oyalarini asrlar osha biz avlodlarga bekamu-ko'st yetkazib kelgan o'lmas asarlarining mavjudligi beqiyos
darajadagi ilmiy-ma'naviy boylikdir. Buyuk alloma tariqat ilmining ta'limotlariga, yo'l-yo'riqlariga o'zining bebaho asarlari va shogirdlari orqali aniqliklar kirgizgan va
o'z navbatida bu shogirdlar buyuk ustozlarining ishlarini davom ettirganlar. Allomaning dongdor shogirdlaridan ayrimlari haqida yuqorida zikr qilib o'tgandik.
Afsuski, olam hodis bo'lganidek, yer yuzida hayot paydo bo'lganidan buyon har qanday sohada ham kamolot cho'qqisiga erishgan daho ahli iqtidorsiz, hasadgo'y, laganbardor va
munofiq hamkasabalarining tuhmatu malomatlariga duchor bo'lganlar. Bundan buyuk donishmand al- Hakim at-Termiziy ham mustasno bo'lmadi. Uning xalq orasida kundan-kun ortib
borayotgan hurmat va e'tibori ba'zi bir johil ulamolar qalbida hasad urug'ini sepa boshladi va oxir- oqibatda ular Balx voliysiga maktub yo'llab al-Hakim at-Termiziyni
bid'atu xurofotni kuchaytirish, odamlarni yo'ldan urib e'tiqodini buzish va Ollohga muhabbat haqida gapirishda, hatto payg'ambarlik da'vosini qilishlikda ayblab, uning
haqida ig'vo qildilar. Natijada voliy uni Balxga chaqirtirib olib, Ollohga muhabbat to'g'risida gapirmaslik haqida ogohlantirib, odamlarga qo'shilmasdan uzlatda umr
kechirishligi haqida uning va'dasini oladi. Shu tariqa al-Hakim at-Termiziy umrining bir necha yilini xilvat va uzlatda o'tkazgan. Lekin muxoliflar bu jazolarga rozi
bo'lmay, shaharda fitna va g'avg'oni kuchaytirishda davom ettirgach, al-Hakim at-Termiziy xilvatdan chiqib, masjidlarda xalqqa amr-ma'ruf qilishga o'tadi. Shundagina xalq al-
Hakim at-Termiziyning yuksak fazliyu ulug' martabasini tushunadi, uning shogirdlari va muxlislari yanada ko'payadi.

AL-HAKIM AT-TERMIZIY ASARLARI


Al-Hakim at-Termiziy qalamiga mansub asarlar haqida yozgan mualliflar uning asarlarining soni haqida turli raqamlarni keltirganlar. Ba'zilarining fikriga ko'ra uning


asarlarining soni to'rt yuztaga yaqin bo'lsa, yana boshqalar al-Hakim at-Termiziy saksonta yoinki qirqta asar yaratganligi haqida yozganlar. Jumladan, misrlik olim shayx
Abdulfattoh Abdulloh Barakaning yozishicha, al-Hakim at-Termiziy to'rt yuzdan ortiq asarlar yaratgan bo'lib, ulardan oltmishga yaqini bizgacha yetib kelgan. Eng muhimi, al-Hakim
at-Termiziyning bizgacha yetib kelgan asarlari uning ilmiy merosining muhim qismini tashkil qiladi87. Mana shu asarlardan eng avvalo payg'ambar alayhissalomning
hadisalariga bag'ishlangan «Navodir al-usul fi ma'rifat axbor Rasul» («Rasululloh xabarlarini bilishda nodir usullar») nomli asarini aytish kerak. Bu asar shuningdek
«Salvat al-orifiyn va bo'ston al-muvahhadiyn» («Oriflar ovunchog'i va Ollohning yagonaligiga ishonuvchilar bo'stoni») nomi bilan ham ataladi. Bu asar hijriy 1294 (melodiy
1876) yilda Qustantiyniyada chop etilib, o'zi tanlab olgan 291 hadisdan iborat ushbu kitobda al-Hakim at-Termiziy o'z mazhabiy qarashlarini mufassal holda sharhlagan. Mazkur
asarning bir qo'lyozma nusxasi O'zbekiston musulmonlar idorasining kutubxonasida saqlanadi. Yana bir qo'lyozmasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida
saqlanadi (№ 10842). Allomaning keyingi yillarda nashr etilgan asarlaridan tasavvufga oid ikki asarini ko'rsatish mumkin. Ulardan biri «Kitob haqiyqat al-odamiyya»
(«Insoniyat haqiqati to'g'risida kitob») va ikkinchisi «Adab un-nafs» («Nafs odobi») nomli asaridir. Al-Hakim at-Termiziy asarlarining aksar qismi qo'lyozma holda jahonning
yirik shaharlaridagi qo'lyozmalar xazinalarida saqlanadi. Ularni bir qadar shartli ravishda besh guruhga (majmuaga) bo'lish mumkin. Allomaning asarlari Parij, Qohira, Damashq,
Iskandariya, Stambul va London kabi shaharlardagi qo'lyozmalar jamg'armalarida saqlanadi.
Parij Milliy kutubxonasida (arab bo'limi, 5018 raqamida) al-Hakim at-Termiziyning

87 Ash-Shayx Komil Avayda. Al-Hakim at-Termiziy, Bayrut, 1993, 10-bet


quyidagi o'n ikkita asarining qo'lyozmalari saqlanadi:
1. «Kitob us-salot va maqosiduho» («Namoz va uning maqsadlari»).
2. «Kitob ul-hajj va asrorihi» («Haj va uning sirlari»).
3. «Kitob ul-ihtiyotot» («Ehtiyotkorlik yo'llari»).
4. «Kitob ul-jumal al-lozim ma'rifatiho» («Bilish lozim bo'lgan jumlalar»).
5. «Kitob ul-furuq va man' ut-taroduf» («Farqlar va taroduf (ketma-ketlik)ni ma'n qilish»).
6. «Kitob Haqiyqat ul-odamiyya» («Insoniyat haqiqati to'g'risida kitob»).
7. «Kitob Urs ul-muvahaddiyn» («Yakka xudoga e'tiqod qilganlarning zavqi»).
8. «Kitob ul-a'zo van nafs va yusammo kazolika g'avr ul-umur» («A'zolar va jon yoki ishlarning mohiyati haqida kitob»).
9. «Kitob Manozil al-ibod min al-ibodati» («Bandalarning bandachilikdagi manzillari yoxud Olloxga intiluvchilarning manzillari haqida kitob»).
10. «Kitob ul-aql val-havo» («Aql va havoyilik haqida kitob»).
11. «Kitob ul-Amsol min al-Kitob vas sunnat» («Qur'on va sunnatdagi masallar kitobi»).
12. «Kitob al-manohiy» («Raddiyalar haqida kitob»).
Damashq (Az-Zohiriya kutubxonasi, Tasavvuf 104 raqamida) majmuasi ikki kitob va beshta risoladan iborat. Ulardan biri Kitob ar-Riyazat yoinki «Kitob Haqiyqat ul-Odamiyya»
(«Riyazat yoki Insoniyat haqiqati to'g'risidagi kitob»). Uning qo'lyozmasi, yuqorida zikr qilganimizdek, Parij majmuasida ham, shuningdek, Stambul majmuasida ham mavjud. Ammo
ikkinchi qo'lyozma «Kitob ul-Akyos val-mug'tariyn» («Ziyraklar va aldanganlar haqida kitob») nomli bo'lib ushbu asarning yagona qo'lyozmasi hisoblanadi. Bu asar al-Hakim at-
Termiziyning e'tiqodiy qarashlarini anglashda muhim ahamiyatga egadir. Ammo ushbu majmuaga kiradigan risolalardan quyidagi uchta risolani ko'rsatish mumkin:
1. «Javob Kitob Usmon bin Sa'yid min ar-Ray» («Raylik Usmon bin Sa'iydning maktubiga javob»).
2. «Bayon ul-Kasb» (Kasb-hunarning bayoni).
3. «Masoil suila anho» («Savol berilib so'ralgan masalalar»).
Misr Arab Respublikasining yirik shaharlaridan biri Iskandariyya (Maktabat al- Baladiyya, 3585 j) majmuasida al-Hakim at-Termiziyning uchta risolasi saqlanadi:
1. Al-Masoil al-maknuna («Yashirilgan masalalar»).
2. Tahsiyl nazoir al-Qur'on («Qur'on ibratlarini o'rganish»).
3. Kitob Radd a'lol-Muattila («Al-Muattiliylarga88 raddiya kitobi»).
Al-Iskandariyya majmuasida mavjud ushbu risolalarga yana allomaning «Kitob ul-Furuq» («Farqlar haqidagi kitobi»)ni (Maktabat al-Baladiyya, 3585 j) ham qo'shish mumkin.
Mazkur asarning bir nusxasi, avvalroq zikr qilganimizdek, Parij majmuasi tarkibida saqlanadi.
Al-Hakim at-Termiziyning London majmuasiga kirgan asarlari quyidagilardan iborat bo'lib, ular asosan alloma Shestarbiti tasarrufidagi asarlardir:
1. «Kitob ur-riyozati» («Riyozat haqidagi kitob»). Ushbu asarning boshqa nusxalari Parij, Damashq va Stambul majmualarida ham saqlanadi.
2. «Muxtarot min kitob as-Safo» («Kitob us-Safo asaridan tanlab olingan qismlar»).
3. Bir risola (nomi ko'rsatilmagan).
4. «Adab un-nafs» («Insonning odobi»).
5. «Masalat ul-iymon va islom val ihson» («Iymon, islom va ehson masalalari»). Qohiradagi «Dor ul-kutub al-ilmiyya»da saqlanadigan qo'lyozma al-Hakim at-
Termiziyning
«Ilal al-Ubudiyya» yoinki «Ilal ash-shariy'a» («Shariy'at dalillari») nomli asarining

88 Al-Muattiliylar — lug'aviy ma'nosi bekor qiluvchilar, rad qiluvchilar bo'lib, mu'taziliylarning nomlaridan biri. Ular xudoning odamga o'xshash g'oyasini ilgari surgan al-


mushabbixlardan farqli ravishda ilohiy sifatlarni yo'q deb rad qilganlar.
nusxasi bo'lib, aslida bu risola allomaning «Kitob us-Salot» («Namoz haqidagi kitob») asarining qisqartirilgan shaklidir.
Leyptsig majmuasida saqlanadigan atigi yagona kitob al-Hakim at-Termiziyning «Ad-Dur al-maknun» («Bekitilgan marvarid») asari bo'lib, u hayotda yuz bergan va yuz berishi
ehtimoli bo'lgan voqealarga bog'liq hadislar majmuasidan iborat.
Stambul shahridagi Ayo-so'fiyo kutubxonasida mavjud qo'lyozma nusxa allomaning «Kitob al- Furuq» asarining qo'lyozmasi bo'lib, bu asarning boshqa nusxalari Parij va al-
Iskandariyya shaharlaridagi majmualarda saqlanishi haqida avvalroq aytib o'tildi.
Alloma al-Hakim at-Termiziyning bizgacha yetib kelgan asarlaridan biri «Xatm ul-avliyo» (bu asar ba'zi manbalarda, xususan, al-Hujvuriyning «Kashf ul-mahjub» nomli
asarida
«Xatm ul-valoyat» shaklida keltirilgan) bo'lib, unda tasavvuf tarixida birinchi marotaba
«valoyat-valiylik» nazariyasiga va buning asosida «al-hakimiya» maktabiga asos solingan. Ushbu asarda keltirilgan fikr-mulohazalar Termiz ahlining ba'zi kismlari o'rtasida
keskin e'tirozga ham sabab bo'lib, natijada al-Hakim at-Termiziy ona shahri Termizdan badarg'a qilinib, bir qancha muddat Balxda ham yashagan. Uzoq yillar davomida yo'qolgan
kitoblardan hisoblangan «Xatm ul-avliyo» 1965 yili Livanning poytaxti Bayrutda Parij ilmiy tadqiqotlar markazi islomiy madaniyat bo'limining a'zosi Usmon Ismoil Yahyo
tomonidan nashr etildi. Valiylikning haqqoniyligi, shuningdek, uning nubuvvat va risolat bilan bog'liq bo'lgan jihatlari «Xatm ul-avliyo» kitobining bosh mavzusi
hisoblanadi. Muqaddima va 29 faslda murid va shayx o'rtasida bo'lib o'tgan savol-javob tarzida ta'lif etilgan bu asarning tuzilishi quyidagicha:
Muqaddima. Bu qismda muallif «valoyat maqomi» tushunchasidan iztirobga tushgan kishilarga javob yozgan.
Birshchi fasl: Haqqulloh valiyligi.
Ikkinchi fasl: Xudoning da'vati va bandaning ijobati.
Uchinchi fasl: Haqqulloh valiyligi va valiyulloh.
To'rtinchi fasl: Ruhoniy savollar. Bu faslda muallif 157 ta savolga (bundan 34 tasi bevosita valoyat masalasiga, qolgani esa Qur'on tafsiri, Hadislar va diniy
masalalarga doir) javob beradi. Ibn al-Arabiy «Javob ul-mustaqim» va «Al-Futuhot al-Makkiyya» kitoblarida ehtimol al-Hakim at-Termiziyning «Xatm ul-avliyo» kitobining
matnidan xabardor bo'lmagan holda, o'zining irfoniy maktabi nuqtai-nazaridan bu 157 savolga (152—
153 savollar bundan mustasno) javob yozgan. Al-Hakim at-Termiziy «Xatm ul-avliyo» kitobining turli fasllarida bu savollarning qariyb barchasiga javob topgan.
Beshinchi fasl: Avliyo va nabiylik ilmi.
Oltinchi fasl: Valiyulloh.
Yettinchi fasl: Valoyat va avliyolikning o'nta xususiyati.
Sakkizinchi fasl: Hotam ul-avliyo va hotam ul-anbiyo.
To'qqizinchi fasl: Nubuvvat va valoyat.
O'ninchi fasl: Avliyo alomati.
O'n birinchi fasl: Shaytoniy xavotirlar va nasxi ilohiy.
Un ikkinchi fasl: Muqarriblar (Ahl ul-qurba).
Un uchinchi fasl: Hotam ul-avliyo.
Un to'rtinchi fasl: Bashorat.
Un beshinchi fasl: Qur'on va ruh.
Un oltinchi fasl: Mo''minlar va avliyo.
O'n yettinchi fasl: Valoyat va nubuvvat o'rtasidagi ahd-paymon.
O'n sakkizinchi fasl: Avliyo ahvolini inkor etuvchilar.
O'n to'qqizinchi fasl: Valoyat, saodat, muhabbat.
Yigirmanchi fasl: Valiy va guvoh.
Yigirma birinchi fasl: Valiy va ilohiy asror.
Yigirma ikkinchi fasl: Hidoyat etilgan va tanlangan insonlar.
Yigirma uchinchi fasl: Jazaba va zamon.
Yigirma to'rtinchi fasl: Majzub.
Yigirma beshinchi fasl: Hotam ul-avliyo va xatm ul-valoyat ma'nosi.
Yigirma oltinchi fasl: Soxta avliyo.
Yigirma yettinchi fasl: Xayr davlati va sharr (yomonlik) davlati.
Yigirma sakkizinchi fasl: Dindorlar.
Yigirma to'qqizinchi fasl: Amallar va darajalar.
Bu kitob valoyat masalasini birinchi marotaba mukammal bir nazariya va ajoyib maqolalar turkumi shaklida tasavvufga taqdim etishi bilan alohida ahamiyatga molik. U, aytish
mumkinki, tasavvuf tarixida «hakimiy»lar deb atalmish bir guruh mashhur so'fiylar, xususan, Termiz va Balx atrofida shakllangan tasavvuf ahli uchun ma'naviy vasiyatnoma
yoxud ta'lim dasturi sifatida xizmat qilgan. Bu asarning ovozasi o'sha davr islom olamiga, Misru Tunisdan, Eronu Movarounnahrgacha, Halabu Shomdan Kichik Osiyogacha yetgan
edi89.
Yuqorida zikr etilgan asarlar al-Hakim at-Ter-miziyning bizgacha yetib kelgan asarlarining mavjud qo'lyozmalari hisoblanadi. Lekin allomaning nomlari tarixiy, yoinki
bibliografik tarzda saqlanib qol-gan, lekin bizgacha yetib kelmagan asarlari ham borki, ular haqida ba'zi ma'lumotlarni keltirish maqsadga muvofiqdir. Al-Hakim at-
Termiziyning hozirgi dav-rimizgacha yetib kelmagan deb hisoblangan muhim asar-laridan biri «Xatm ul- avliyo» asari haqida yuqorida zikr qildik. Bu asar islom olamining
taniqli fay-lasufi va mutasavvufi, alloma Muhyiddin ibn al-Arabiy (1165—1240) davrigacha yetib kelgan bo'lib, ushbu asar haqida to'liq tasavvur beradi. Chunonchi, Ibn al-
Arabiyning qalamiga mansub «Al- Futuhot al-Mak-kiyya» («Makka fathlari») nomli kitobidagi bir yuzu ellik besh savolga al- Hakim at-Termiziyning maz-kur asariga tayangan
holda javoblar berilgan. Shunin-gdek, Ibn al-Arabiy «Sharh ul-masoil ar-ruhoniyya allatiy suila a'nho al-Hakim at-Termiziy» («Al- Hakim at-Termiziydan so'ralgan ruhiy
masalalarning sharhi») nomli maxsus asar ham yaratgan90.
Shuningdek, Ibn al-Arabiy bir yuzu ellik uch savolga javobni o'zida mujassam qilgan boshqa bir asar ham yaratgan. Mazkur asarning nusxasi Misr Arab Respublikasining al-
Iskandariyya shahridagi «Maktabat al-baladiyya» kutubxonasida (3467 j raqami ostida) saqlanadi. Bu xabarlardan ma'lum bo'layotirki, buyuk alloma Ibn al-Arabiy termizlik
donishmand al-Hakim at-Termiziyning asarlari va ta'limotiga alohida e'tibor bilan qaragan va uning o'ziga xos boy ilmiy-ma'naviy merosining keyingi avlodlarga yetib
kelishida beqiyos ishlarni amalga oshirgan. Ayni vaqtda al-Hakim at-Termiziyning bizgacha yetib kelmagan boshqa ayrim asarlariga o'sha davrda yozilgan ba'zi sharhlarning
mavjudligi haqidagi ma'lumotlar allomaning hayoti va ilmiy-ma'naviy merosini o'rganuvchilar uchun g'oyatda muhimligi shubhasizdir91.
Al-Hakim at-Termiziyning bizgacha yetib kelmay yo'qolib ketgan asarlaridan biri uning
«Kitob ul-o''lum» («Ilmlar haqidagi kitob») bo'lishi kerak. Al-Hakim at-Termiziyning e'tiqodiy fikr-mulohazalari ayniqsa uning bilish («al-ma'rifa») nazariyasiga oid
qarashlarini anglashimizda alloma asarining ahamiyati beqiyos bo'lishi kerak edi. Chunonchi, bu haqda al-Hakim at-Termiziy o'zining «Kitob ul-akyos val-mug'tariyn» nomli
asarida (15-bet) zikr qilgan. Ayni shu «Kitob ul-akyos val-mug'tariyn» nomli asarida al-Hakim at-Termiziy bizgacha yetib kelmagan boshqa bir asari — «Kitob ud-du'ot va
sidqihum va ahvolihum»

89 Doktor Ibrohim Xudoyor. Ishq Jayhunining yo'ldoshi (al-Hakim at-Termiziyning «Xatm ul-avliyo» asari). Toshkent, «Guliston» jurnali, 2000 yil, 5-son, 25-bet.


90 Mazkur asar nusxasi Qohiradagi «al-Maktabat at-Taymuriyya»da (255 raqami ostida) saqlanadi.
91 Ash-Shayx Komil Avayda. Al-Hakim at-Termiziy, 13-bet.
(«Islomga da'vat qiluvchilar, ular sidqidilligi va ahvollari haqida kitob») haqida ham ba'zi ma'lumotlarni keltirgan. Shuningdek, o'zining «al-Masoil al-maknuna» nomli
asarida bizgacha yetib kelmagan tasniflaridan «Kitob ul-Irodat» («Marg'ub ishlar haqida kitob»),
«Adab un-nafs» nomli mashhur asarida «Sifat al-qulub va ahvoliho» («Qalblar xususiyati va ular holatlari») nomli asari haqida zikr qilib o'tgan.
XI asrda yashab o'tgan tasavvuf ilmining yirik namoyandalaridan biri Abul Hasan al- Hujviriy (u 1072 yoki 1076 yilda vafot etgan)ning fikricha, al-Hakim at-Termiziyning yana
quyidagi asarlari bizgacha yetib kelmagan:
1. «Odob ul-muriydiyn» («Muridlar odobi»).
2. «Kitob ut-Tavhiyd» («Ollohning yagonaligi haqidagi kitob»).
3. «Azob ul-qabr» («Kabr azobi»).
4. «At-Tafsir» («Qur'on tafsiri»).
5. «Kitob ul-Nahj» («Yo'l-yo'riqlar kitobi»).
6. «Kitob ul-mashoyix av at-tabaqot as-sufiyya» («Mashoyixlar yoinki sufiylar tabaqalari haqidagi kitob»).
Al-Hakim at-Termiziyning o'zi ham «Javob kitob Usmon ibn Sa'iyd min ar-Ray» nomli asarida «Kitob ul-mashoyix» risolasi haqida «Kitob siyar al-avliyo» («Avliyolar
siyratlari haqida kitob») nomi bilan eslatib o'tgan. Mazkur asarlar al-Hakim at-Termiziyning bizga ma'lum bo'lgan ilmiy-ma'naviy merosini tashkil qiladi. Mana shu boy va
rang-barang mazmundagi merosga zohiran nazar tashlashning o'ziyoq, al-Hakim at-Termiziy ilmiy-ma'naviy ummonining g'oyatda cheksizligi, uning tafakkur olamining keng
qamrovli va benihoya chuqurligidan dalolat beradi. Ayni vaqtda, masalaning murakkabligi shundaki, al-Hakim at- Termiziyning o'zini ham, uning asarlarini ham alloma yashagan
davrdagi biron-bir ilmiy faoliyat bilan bog'liq holda yoki qiyosiy tadqiq qilish orqali baholay olmaymiz. Binobarin, uning xilma-xil mavzularda yozilgan asarlarining umumiy
yo'nalishini ham, ularga asos bo'lgan manbalarni aniqlashda ham muayyan qiyinchiliklar tug'ilishi tabiiydir.
Al-Hakim at-Termiziy asarlarining ta'lif etilish yillari haqida ham aynan shu muammoga duch kelamiz. Chunonchi, muallif ham, uning haqida yozgan olimlar ham alloma
asarlarining yozilgan yillarini ko'rsatmaganlar. Shu bilan birga alloma ijodini o'rganish jarayonida bu borada ham ba'zi taxminlarni qilish mumkin. Jumladan, al-Hakim at-
Termiziy yozgan dastlabki asari «Navodir ul-usul fi ma'rifat axbor Rasul» asari bo'lsa kerak. Mavzularining xilma-xilligi, ko'tarilgan masalalar adadining ko'pligi,
hajmining ulkanligiga qaramasdan bu asarida muallif boshqa birorta asarini tilga ham olmagan, birortasiga ishorat ham qilmagan. Vaholanki, muallif aksar asarlarida
«Navodir ul- usul»ga ishorat qilganki, demak, o'sha asarlar undan keyin yozilgan.
Al-Hakim at-Termiziy asarlaridan alloma umrining oxirlarida yozilgan tasniflari jumlasiga «Kitob ul-akyos val-mug'tariyn» va «Kitob ul-furuq» kabilarni ham kiritish
mumkin. Chunonchi, ushbu asarlarda muallifning boshqa bir qancha asarlari haqida ma'lumotlar keltiriladi. Al-Hakim at-Termiziy asarlarining mazmun-mohiyatiga binoan ularni
quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin. Bir turkum asarlari alloma tomonidan ilm toliblariga o'qilgan ma'ruzalar, matnlar shaklida bo'lsa, boshqa bir turkum risolalarni alloma
turli-tuman munosabatlarga bag'ishlab, yoinki undan savol tarzida so'ralgan masalalarga javob, o'ziga bildirilgan e'tirozlarga raddiya, yohud biron murakkab, chigal
masalaning bayoni yoinki do'stu-birodarlariga yo'llangan maktublar tashkil qilgan. Shu boisdan ham bu turkumga kirgan risolalar al-Hakim at-Termiziyning butun umri
davomidagi ilmiy-ijodiy faoliyatining o'sishi bilan tadrijiy ravishda, bosqichma-bosqich takomillashib borgan deyish mumkin. Uning asarlari mazmuni va xususiyatlariga qarab
ularni alloma yashagan davrdagi ilm-fanning biror sohasiga mansub etish ham qiyin. Binobarin, uning asarlarini to'lig'icha na tasavvufiy asarlar jumlasiga, yoinki na hadis
ilmlari jumlasiga, na falsafiy
asarlar jumlasiga yoki bo'lmasa kalom yoki fiqh ilmlari jumlasiga mansub etib bo'lmaydi. Mana shu o'rinda alloma al-Hakim at-Termiziy ilmiy faoliyatini baholashda o'ta bir
nozik qirra ochilayotganga o'xshaydi. Gap shundaki, allomaning ilmiy-ijodiy faoliyatini o'rgangan qator tadqiqotchilar ham ta'kidlaganlaridek, al-Hakim at-Termiziy asarlar
ta'lif va tasnif etishda o'z davrida mavjud bo'lgan yo'ldan yurmadi, balki u o'z diniy qarashlari va tasavvurlaridan kelib chiqib, o'ziga xos bo'lgan alohida yo'lni tanladi.
Al-Hakim at-Termiziy tanlagan bu yo'l (ba'zi arab olimlari bu yo'lni hatto «mazhab» deb ham yozganlar) o'sha davrda bepoyon o'lkalargacha borib tarqalgan. Bu davrda, afsuski,
dinning asl mohiyatini buzuvchi toifalar ko'paydi, shu bois islom dinining haqiqiy, asl mohiyatini to'g'ri talqin qilish jamiyat uchun g'oyatda muhim edi. Al-Hakim at-Termiziy
tanlagan bu yo'lning uchta yo'nalishi bo'lib, ular qanday e'tiqodga mansub bo'lishidan qat`i nazar faqat jamiyat manfaatlariga, insonning ma'naviy kamolotiga xizmat qilishi
bilan umumbashariy ahamiyat kasb etgan edi. Al-Hakim at-Termiziy ta'limoti quyidagi uch yo'nalishdan iborat:
1. Ibodat yoki marosim (arabcha at-tuqus) yoinki shariy'at yo'nalishi.
2. Tasavvuf yo'nalishi.
3. E'tiqod yo'nalishi.
Mana shu yo'nalishlar haqida o'z fikrini biddirganda al-Hakim at-Termiziy ishlatgan iboralar va istilohlar aynan shunday atalmasa-da, lekin shularga yaqin atamalarni
qo'llagan. Masalan, muallif «Kitob ul-akyos val-mug'tariyn» nomli asarida, jumladan, shunday deb yozadi: «Alloh taoloning dini uchta arkonga asoslangan bo'lib, ular al-Haqq
(Haqiqat), al-Adl (Adolat) va as-Sidq (Halollik)»dir. Chunonchi, Haqiqat inson jismi a'zolari, Adolat yurak, Halollik akl-idrok bilan bog'liqdir»92. Mana shu uchta
yo'nalishni al-Hakim at-Termiziy mukammal holda tasavvur qilib va shularga tayanib o'z ta'limotini shakllantirdi va aynan shu tamoyillar asosida o'z asarlarini yaratdi. Shu
bilan bir qatorda, uning asarlarining xarakterli tomoni shunda ediki, zarurat tufayli turli toifalarga bag'ishlab yozilgan asarlarida aynan shu toifalarga xos siyg'alar
to'liq ravishda o'z ifodasini topardi. U o'z asarlaridagi g'oyalarni turli ijtimoiy guruhlarga mansub musulmonlar, ular oddiy xalq vakillarimi yoinki hadis olimlariyu
ulamolaridanmi, bundan qat'i nazar, o'z ta'limotlarining barcha mo'min-musulmonlar orasida keng ko'lamda tarqalishiga alohida e'tibor berardi. Binobarin, jamiyat muayyan
ehtiyojlaridan kelib chiqib uning asarlari xilma-xil uslub va yo'nalishda yaratilganligini ko'ramiz. Ayni vaqtda u o'z ta'limotining (mazhabining) yangiligini ham bilardi va
shu bois o'sha davr ilmiy doiralari miqyosida o'ziga xos o'rinni egallab, shu paytdagi bilish (al-ma'rifa) nazariyalari o'rtasida o'z maqomiga ega bo'lishga alohida e'tibor bilan
qaradi. Shunga ko'ra o'z qalamiga mansub asarlarning aksar qismiga yozgan muqaddimasida bilish nazariyasi va turli ilmlar haqida jiddiy tarzdagi g'oyalarni ilgari surgan.
Mana shu tarzdagi aksar muqaddimalarni muallif umrining oxirlarida o'z ta'limotini himoya qilib yozgan risolalarda uchratamiz.
Yuqorida bildirilgan fikrlarga xulosa qilib, al-Hakim at-Termiziy yozgan asarlarni to'rt asosiy bobga ajratish mumkin. Bu taqsimlash muayyan darajada shartli bo'lib, u al-
Hakim at- Termiziy qalamiga mansub asarlarning hammasini qamrab ololmaydi, albatta. Shuningdek, bu boblarga al-Hakim at-Termiziyning o'z do'stu-birodarlari so'ragan
savollarga javob tarzidagi kundaliklari (al-yavmiyyot), u tashkil kilgan ilmiy majlislardagi ma'ruzalari va so'zlari kirmagan, garchand ba'zi hollarda bu tarzdagi
kundaliklar muallif ta'limoti va qarashlarini yorqin ifodalagan bo'lsa-da.
Al-Hakim at-Termiziy asarlarini mavzu jihatidan tasnif etib, quyidagi besh majmuaga bo'lish mumkin:
Birinchi majmua:
A — Ma'rifat (bilish) va ilmlarga oid asarlar:

92 Kitob ul-akyos val-mug'tariyn, 2-bet.


1. Kitob ul-u'lum.
2. Kitob ud-duo'ot va sidqihum va ahvolihum.
3. Kitob ul-akyos val-mug'tariyn.
4. Kitob ul-furuq va man' at-taroduf.
5. Kitob us-salot va maqosidiho.
6. Kitob tahsiyl nazoir al-Qur'on.

B — Shariy'atga oid asarlar:


1. Ilal ush-shariy'at av al-ubudiyyat.
2. Kitob us-salot va maqosidiho.
3. Kitob ul-hajj va asrorihu.

V — Tasavvuf va odob-axloqqa oid asarlar:


1. Al-Aql val havo.
2. Manozil ul-ibod min al-ibodati.
3. Haqiyqat ul-odamiyyat av ar-riyozat.
4. Adab un-nafs.

G — Inson tabiati yoxud oliy hikmat yoxud botiniy ashyolar haqida:


1. Kitob xatm ul-viloyat.
2. Kitob ul-a'zo van nafs yoinki g'avr ul-umur.
3. Kitob urs al-muvahiddiyn.

Ikkinchi majmua:


Bu yo'nalishda muallif muhaddislar yo'lini tutgan. A — Shariy'at va al-adab (urf-odatlar):
1. Kitob ul-manhiyot.
2. Kitob ul-ihtiyotot.
3. Kitob ul-jumal al-lozim ma'rifatiho.

B — Bayonnomalar (an-nusus):


1. Kitob azob al-qabr.
2. Ad-Durr ul-maknun fi as'ilati mo kona va mo yakunu.

V — E'tiqodga oid asarlar:


1. Kitob ut-tavhiyd.
2. Kitob ur-radd a'lol mu'attila.

Uchinchi majmua:


So'fiylar va muridlar uchun yozgan asarlari:
1. Kitob odob ul-muriydiyn.
2. Kitob ul-a'zoi van nafs av g'avr ul-umur.
3. Tarix ul-mashoyix av sayr ul-avliyo.

To'rtinchi majmua:


O'z ta'limotini yaratishda sunnatlardan foydalanib muhaddislar uslubini qo'llagan asarlari:
1. Kitob Navodir ul-usul fi ma'rifat axbor ar-Rasul.
2. Kitob ul-amsol min al-Kitob vas Sunnati.

Beshinchi majmua:


Har xil munosabatlar tufayli yozgan asarlari:
1. Kitob ul-masoil al-maknuna.
2. Masoil su'ila anho va zikri atvibatiho.
3. Javob Kitob Usmon ibn Sa'iyd minar Rayy.
4. Bayon ul-kasbi.

Al-Hakim at-Termiziy ilmiy-ma'naviy merosini o'rganish jarayonida alohida bir xususiyat zohir bo'ladiki, bu ham bo'lsa uning asarlaridagi ma'lumotlarning xilma-xilligi va


boyligi, muallif madaniy-ma'rifiy salohiyatining keng ko'lamligidir. Al-Hakim at-Termiziyga xos bo'lgan bu ajoyib xususiyatlar unga zamondosh olimlardan birortasida ham
bo'lmay, o'sha davr ilm-fani va ma'rifati taraqqiyotining barcha jihatlarini o'zida mujassam qilgan edi.
Uz davrining ulug' allomalaridan biri darajasiga yetishgan al-Hakim at-Termiziy, tabiiyki, ba'zi taniqli olim va ulamolarning xato va kamchiliklariga nisbatan tanqidiy
fikr-mulohazalarini bildiradi. Jumladan, u Qur'oni karim va hadisi sharifning asl mohiyatidan kelib chiqib chuqur mazmunli yangicha talqinlarni ilgari suradi. Odatda, har
qanday yangicha fikr aksar hollarda dastlab tanqidga uchramay qolmagani kabi al-Hakim at- Termiziy ham bundan mustasno bo'lmaydi. Bu fikrimizga ba'zi misollar
keltiraylik. Yuqorida ko'rib o'tganimizdek, al-Hakim at-Termiziy hadislarga tayanib ba'zi asarlar ham yaratgandi. Albatta, o'sha davrda yashab (ayniqsa IX asrda) faoliyat
ko'rsatgan ko'plab buyuk muhaddislar kabi al-Hakim at-Termiziy payg'ambar alayhissalom hadislarini to'plab ularni muayyan bir mavzuga solib maxsus asarlar yaratmagan. Lekin
muallif o'zining ba'zi asarlarida mo'min-musulmonlar uchun g'oyatda foydali bo'lgan e'tiqod, ibodat va muomalotga, shuningdek, odob-axloq va zohidlikka oid turkum hadislar
keltirganki, bu qimmatli hikmatlar so'ngra qator muhaddislarning asarlaridan ham o'rin olgan. Ayni vaqtda al-Hakim at-Termiziy hadis rivoyat qiluvchi roviylarga nisbatan
qo'shimcha talablar ham qo'yganligini aytish lozim. Agar buyuk muhaddis imom al-Buxoriy hazratlari roviylarga rostgo'ylik, taqvo va omonat (ishonchlik) kabi shartlarni qo'ygan
bo'lsa, al-Hakim at-Termiziy roviylar albatta ma'no va ta'vilni ham mukammal bilishlari shart deb hisoblaydi.
Fiqh (islom qonunshunosligi) ilmini biluvchilarni esa al-Hakim at-Termiziy o'zidan avval o'tgan allomalardan farqli o'laroq ikki toifaga bo'ladi: biri — ahkom masalalarini
chuqur egallagan qonunshunos mutaxassis; ikkinchisi esa fiqh ilmini mukammal egallab faqih bo'lmoq, uning fikricha, qalb bilan tushunib yetuvchi va idrok etishlik darajasiga
yetgan kishigina faqih deyiladi. Aksincha, inson haqiqiy faqih darajasiga yetmagan hisoblanadi, deydi.
U namoz va ro'za ahkomlariga bag'ishlangan ba'zi e'tiqodiy masalalarning xato tomonlarini ko'rsatib o'z tanqidiy mulohazalarini ham bildiradi. Muallifning aynan shu
masalalarga bag'ishlangan «Asror us-solat» («Namoz sirlari»), «Asror us-savm» («Ro'za sirlari») va «Asror ul-hajj» («Haj sirlari») nomli asarlarida namoz, ro'za va haj
ibodatlarining insonga foydali bo'lgan ichki, haqiqiy mohiyatlarini ochib beradi93.
Aqoid va kalom kabi ilmlarga al-Hakim at-Termiziy asarlarida alohida e'tibor berilgan bo'lsa-da, biz uni yirik mutakallimlar safiga ham qo'sha olmaymiz. Uning qator
asarlarida islom faylasuflari (mutakallimlar) bilan bo'lib o'tgan bahsu munozaralar haqida talay ma'lumotlar uchratamiz. Alloma o'zining o'tkir ilmiy mulohazalari bilan
ba'zi mutakallimlarning xato-kamchiliklarini ochib tashlab, ularga nisbatan asosli, tanqidiy munosabatini bildirgan. O'zidan ilgari o'tgan tasavvuf olimlarining faoliyati
ham al-Hakim

93 Bu haqda yana Shayx Abdug'ani Abdulloning «Al-Hakim at-Termiziy» nomli maqolasiga ham qarang («Sovet Sharqi musulmonlari», 12—13-betlar).


at-Termiziyning sergak nazaridan chetda qolmagan, albatta. U ilgari surgan g'oyalarga ko'ra, eng yaxshi sifatlar — Qur'oni karim oyatlari va hadisi shariflarni adolat bilan
sharhlash; fiqh masalalariga g'oyatda maqbul, mantiqiy nuqtai nazardan yondoshuvchi kishilar — bular faqat mutasavviflar degan xulosaga keladi. Ayni vaqtda alloma bunday
vaziyatlarda ehtiroslarga berilmay, beg'araz, xolisona yo'l bilan yondoshish orqali islomga beminnat xizmat qilish mumkin deydi.
Shunday qilib, al-Hakim at-Termiziy o'zining ham Qur'oni karim ma'nosini talqin qilish, hadislarni sharhlash va fiqhiy masalalarga amal qilishda tasavvuf yo'lidan
borganligini ta'kidlaydi, tasavvuf yo'li kishi vijdoniga — qalbiga orom beradigan yagona yo'l deb izohlaydi. Mana shu tarzdagi ta'limotlarni yaratgan al-Hakim at-Termiziy
hazratlari IX— X asrning buyuk diniy olimlaridan va islom dini ta'limotlarini ilmiy asosga tayangan holda yanada chuqurroq talqin qiluvchi, shariatning benazir arboblaridan
biri sifatida butun musulmon olamida shuhrat qozondi. Mavridi kelganda shuni ham aytish kerakki, o'zining asosli, murosasizlik bilan dadil fikrlarini aytgani sababli buyuk
alloma tazyiq va azoblarga ham duchor bo'ldi. Yuqorida qayd etilganidek, bir qancha yillar o'z ona yurtidan badarg'a ham qilingan. Al-Hakim at-Termiziyning tasavvuf ilmining
allomasi bo'lib yetishishida uning ustozlari Abu Turob an-Naxshabiy, Ahmad ibn Hizravayh, Yahya al-Jalla kabi buyuk shayxlar bilan qilgan ilmiy-ma'rifiy suhbatlari muhim
ahamiyatga ega bo'ldi. Uning Shom, Bag'dod va Misrning mutasavvuf olimlari bilan muloqotlari ham g'oyatda foydali bo'lib, bular tufayli u O'rta Osiyo tasavvuf ilmini har
tomonlama boyitib, uni yanada yuksak pog'onalarga ko'tardi. Al-Hakim at-Termiziy o'sha paytda Sharq mamlakatlarida mavjud bo'lgan turli tariqatlarning faoliyatidan voqif
bo'lgan, albatta. U ayniqsa Nishopurdagi malomatiyya tariqatidan kuchli ta'sirlandi. Shu bois ushbu tariqat yo'li keyingi asrlarda Movarounnahrdan yetishib chiqqan Abduxoliq
al-G'ijduvoniy va Bahouddin an-Naqshbandiy kabi mashhur mutasavvuflar faoliyatiga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Al-Hakim at-Termiziyning al-Hakim laqabi bilan atalishi masalasi olimu-ulamolarni azaldan qiziqtirib kelgan va bu masalada turli fikrlar ham bildirilgan. «Hakim»
so'zining tarixiga nazar solsak, bu ibora Qur'onda ham, Tavrotda (Xoxom shaklida) ham uchraydi. Hakimning lug'aviy ma'nosi dono, donishmand, aql-idrokli, faylasuf,
shuningdek, tabib, doktor tushunchalarini anglatadi. Shu sababli ba'zi olimlar uni hatto mohir tabib deb ham ataganlar. At-Termiziy yashagan davr istilohlariga tayanib bayon
qilsak, hikmat (hakimdan olingan) iborasi haqiqatga yetishish (arabcha isobat al-haqq)ni anglatib, bunga ilm va aql bilan erishish mumkin deb izohlangan. Hakim kishi shunday
shaxski, u mukammal aql-idrok va chuqur bilim bilan har doim haqiqatga erishadi. Al-Hakim at-Termiziy o'zining «Tahsiyl nazoir al-Qur'on» nomli asarida: «Hakim ilmning
ichki, botiniy ma'nolarini tushunuvchi kishi» degan fikrni ham keltirgan. Qur'oni karimga «Mafotih al-g'ayb» nomli o'n besh jilddan iborat ulkan tafsir yozgan buyuk
vatandoshimiz Faxriddin ar-Roziy (u 1209 yilda vafot etgan) hikmatdan murod yoki ilm, yoki savob, ya'ni to'g'ri ishni qilishdir, deb talqin qilgan. Tasavvuf ahli ham «hakim»
so'zini shu mazmunda ta'vil qilib «hikmat» — ilm (bilim)dan yuqoriroq darajada turadi, «hakim» deb har qanday ilmni chuqurroq o'zlashtirgan kishiga aytiladi, chunki bu
sharafli darajaga uzoq mashaqqat va riyozat orqali erishiladi deb ta'kidlaydilar. Doktor Usmon Ismoil Yahyoning fikricha, at-Termiziy «hakim» laqabiga tasavvufda inson
tabiatini yaxshi va chuqur tushunib yetgani uchun erishdi, deb hisoblaydi (Muqaddima, 4-bet). Al-Hakim at-Termiziyning o'zi esa haqiqatga yetishishlikda ilm va aqldan boshqa yana
bir uchinchi, ilohiy bir narsa — valiylik ham bor degan fikrni ilgari suradi. Hakim, uning e'tiqodicha, valiyning bir xilidir (arabcha al-hakim huva nav' min al-valiy).
Valiy kishi haqiqatga faqat chuqur ilm va katta aql-idrok bilan emas, balkii Olloh taolo unga ato qilgan bir ilohiy sir vositasida erishadi, binobarin, uni tugal aql va
chuqur ilm bilan siylagan ham Ollohning o'zidir. Garchand al-Hakim at-Termiziyda «hakim» kalimasi
«valiy» kalimasi bilan chambarchas bog'liq holda ifoda qilinsa-da, «hakim» bilan «valiy» tushunchasi o'rtasida muayyan farq bor, albatta. Al-Hakim at-Termiziy «hakim»
maqomiga ega shaxsning jamiyat ijtimoiy hayotidagi o'rni haqida yozib, u millatning diniy sohadagi faylasufi, muomalat masalalaridagi qozisi, namoz va ibodatlarida
ularning imomi hamda ularni tinchlik, xotirjamlik, baxt-saodat va farovon turmushga boshlovchi valiysi bo'lishligini ta'kidlaydi.
Al-Hakim at-Termiziy ta'limotidagi muhim masalalardan biri insonda bilish (al- ma'rifa) haqidagi fikrlardir. Bilish maxsus tuzumga (jihoz xos) ega bo'lib, u to'rtta
asosiy qismdan iboratdir, deydi. Ulardan birinchisi idrok etish orqali bo'lib, ular insondan tashqi bo'lgan hissiyotlar — bilim, tajriba va malaka, ularni tushunib idrok
etib ulardan o'z faoliyatida foydalana bilish. Bu tizimning faoliyatida ko'z, quloq, til kabi a'zolar bilan bir qatorda tashqi ma'lumotlarni qabul qilish, bunda insonning
zehni, fahmu farosati, quvvai hofizasi katta rol` o'ynaydi. Yana bir xil vositalar borki, bular hayajonlanish, hissiyot, shuur bilan bog'liq holatlarda (masho'ir) (jigar,
taloq, buyrak, shahvat bilan) namoyon bo'ladi. Ikkinchi tizim insonda bor bilim vositasida amalga oshiriladi. Uchinchi tizim axloq masalalari bilan uyg'unlashib amalga oshadi;
bu so'nggi ikkalasi mushtarak bo'lsa insonda ziyraklik, latofat, yuksak salohiyat kabi alohida fazilatlar yuzaga keladi. Allomaning o'ziga xos bu fikrlari, shuningdek,
insonning bilishida uning ruhiyati, aqli va qalbi qanday rol` o'ynashi haqidagi qarashlari tasavvuf ahlining ruhoniyati va tafakkuriga katta ta'sir ko'rsatdi. Inson erishishi
qodir bo'lgan bilim — tasavvufiy ma'rifat yoki hikmat («gnosis») deb, uni inson qalbida tajalli bo'lgan ilohiy bir nur bilan tenglashtirdi. Chunonchi, shariy'atning turli
masalalarini talqin qilib, uni hayotga tatbiq qilishga qodir bo'lgan bilim (ilm)dan farqli o'laroq, ma'rifat (gnosis) o'sha narsalarning yashiringan (sirli) mohiyatini, oxir-
oqibatda uning ilohiy mohiyatini anglashga erishadi. Agar ilmga o'qish, o'rganish jarayonlari orqali erishilsa, ma'rifatni esa Olloh taolo o'zi suygan, tanlagan bandalarigagina
marhamat qiladi. Ilmni hayotga tatbiq qilish zamoni va maydoni (hududi) bir qadar mahdudiy, chegaralangan bo'lsa, ma'rifatning esa cheki-chegarasi bo'lmaydi. Ma'rifat faqat
ruhi har qanday dunyoviy, nafsoniy moyilliklardan pokiza bo'lib, butun niyatiyu, fikri-zikri bilan Ollohga tavajjuh qilgan insonlargagina nasib etadi. Mana shunday
insonlar toifasiga al-Hakim at-Termiziy, eng avvalo, sufiy valiylarni mansub etadi. Uning fikricha, ular (valiylar) mana shu jihatlari — ma'rifatlari bilan boshqa
mo'min-musulmonlardan ajralib turady. Ehtimoldan holi emaski, al-Hakim at- Termiziy birinchilardan bo'lib nazariy jihatdan avliyolar haqidagi tasavvufiy qarashlarni
asoslab, amalda huquqiy jihatdan ularni Ollohning elchilari (rasul) va payg'ambarlari (anbiyo) darajasida tenglashtirgan. Allomaning payg'ambarlik va valiylik xususidagi,
ayniqsa uning tasavvufda valiylikning muhim o'rni haqidagi qarashlari keyinchalik islom olamida mashhur bo'lgan buyuk faylasuf Ibn al-Arabiy (1165—1240) tomonidan yanada
rivojlantirildi. Hatto ushbu masalaga bag'ishlangan qator asarlarida Ibn al-Arabiy al- Hakim at-Termiziy risolalaridan butun-butun sahifalarni so'zma-so'z ko'chirib
keltirgan hollari ham uchraydi94.
Umuman olganda, al-Hakim at-Termiziyning bilish (ma'rifat) nazariyasiga doir fikrlari muhim ahamiyatga ega. Shu bois allomaning aynan shu masala bo'yicha qarashlariga
bag'ishlangan maxsus asarlar, tadqiqotlar ham yaratilgan. Fikrimizga misol tariqasida arab olimi Abdulmuhsin al-Husayniyning «Al-Hakim at-Termiziyda bilish masalasi»
(«Al-Ma'rifit i'nd al-Hakim at-Termiziy») asarini ko'rsatish kifoya. Ba'zi bir tadqiqotchilarning yozishicha, al-Hakim at-Termiziy buddizm, nasroniylik va manixeizm dinlari
ta'limotlari bilan ham yaxshi tanish bo'lgan. Chunonchi, uning deyarli barcha asarlarida mazkur dinlar

94 Bu haqda yana qarang: Islam. Entsiklopedicheskiy slovar`. Moskva, Glavnaya redaktsiya vostochnoy literaturi, 1991, str. 237—238.


ta'sirini kuzatish mumkin. Buyuk alloma al-Hakim at-Termiziy o'z zamonasining diniy ilmlaridan, dunyoviy ilmlaridan ham har tomonlama chuqur bilimga ega bo'lgan. Uning
mukammal ilmi va beqiyos salohiyatiga ko'pchilik allomalar yuksak baho berganlar. Jumladan, buyuk mutafakkirlar Abdurahmon Jomiy «Nafahot ul-uns» asarida, Alisher Navoiy
«Nasoim ul-muhabbat» asarida uni eng ulug' shayxlar qatorida zikr qilganlar va mutasavvuflarning ikkinchi bo'g'iniga kiritganlar. Xususan, Alisher Navoiy hazratlari al-
Hakim at-Termiziy to'g'risida quyidagi ma'lumotlarni keltirgan: «Muhammad bin Ali Hakimi Termiziy — ikkinchi tabaqadindur. Kuniyati Abu Abdullohdur. Mashoyixi kibordandur
va Abu Turob Naxshabiy va Ahmad Hizravayh va Ibni Jalla bila suhbat tutubdur va ko'p hadisi bor va zohir karomati va tasonifi (yozgan asarlari) bor. Ul jumladin «Xatm
ul-viloya» kitobi va
«Nahaj» kitobi, «Navodir ul-usul» va bundan o'zga ham kitoblari bor va zohir ulumida ham kutubi bor va bir tafsir («Qur'on tafsiri») ham ibtido qilg'ondur. Ammo
itmomig'a (oxiriga) ular vafo qilmaydur...» Xoja Bahouddin an-Naqshbandiy hazratlari ham al-Hakim at- Termiziy haqlarida: «Aziz avliyolarning peshvosi Xoja Muhammad ibn
Ali al-Hakim at- Termiziyning ruhoniyyotiga tavajjuhim tushganda, har safar menga ta'rif va tavsifdan xoli tasavvuf namoyon bo'ladi», deb, uning ruhoniy olamidagi yuksak
martaba va maqomlarini alohida lutf bilan ta'rif etgan ekanlar.


www.ziyouz.com kutubxonasi




Download 109,57 Kb.




Download 109,57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word ikki buyuk donishmand ziyouz com doc

Download 109,57 Kb.