Microsoft Word ioufat majmua lotin




Download 179.88 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.10.2022
Hajmi179.88 Kb.
#27371
Bog'liq
1-amaliy ish. Tadqiqotchining zamonaviy axborot muxiti
guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim


1-amaliy ish: Tadqiqotchining zamonaviy axborot muxiti 
Axborot tizimi axborotni qayta ishlashning axborot-kompyuter tizimini o‘zida 
ifodalaydi. Axborot tizimi – o‘z tarkibida kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, 
axborot va dasturiy ta'minot hamda odamlarning birgalikdagi faoliyat yuritish 
jarayonini aks ettirib, u iste'molchi uchun axborot ishlab chiqarishni o‘z zimmasiga 
oladi. 
Axborot tizimlarining asosiy vazifasi hodisa va jarayonlar kechishini 
boshqarish imkoniyatlarini yaratishdan iborat. Shuningdek, axborotlarga 
asoslangan, maqsadi oldindan belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab 
chiqarilgan boshqariluvchi jarayonga maqsadli ta'sir ko‘rsatadi. 
Ta'lim – tarbiyada axborot tizimlarining asosiy vazifalari – bu 
o‘rganilayotgan ob'ektga tegishli barcha axborot resurslarini eng maqbul 
boshqarish usullari yordamida iste'molchiga kerakli bo‘lgan axborotlarni ishlab 
chiqish va ulardan ta'lim ob'ektni boshqarishda foydalanish uchun axborotli va 
texnikaviy ta'minot muhitini yaratishdir. 
Axborotlarni avloddan – avlodga uzatishning ahamiyati ta'lim – tarbiya 
ishining ahamiyati bilan hamohangdir.59 
Axborot texnologiyalari (AT) – bu tizim masalalar yechimini topish 
maqsadida axborotlarni yig‘ish, qayta yig‘ish, qayta tiklash, saqlash, ifodalash
tizimlash, uzatish va uni iste'molchiga foydalanishga qulay holga keltirish 
jarayonini kompyuter va telekommunikatsiya vositalari yordamida amalga 
oshiriladigan, tartibga solingan amaliy dasturlar majmuasidir. 
Axborot texnologiyalari – jarayonlarni boshqarishdagi asosiy manba bo‘lib 
hisoblanadi. Tayyorlangan ma'lumotlarni tizimga ajratish va qayta ishlash hamda 
kerakli maqsadlar bo‘yicha qayta ishlangan ma'lumotlarni uzatishni o‘z ichiga 
oladi. 
Axborotlashtirish faqatgina fan va texnika yutug‘i bo‘lmasdan, balki ular 
ta'lim, tarbiya, san'at, tibbiyot, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, sanoat va shu kabi 
sohalarning rivojlanishida ham doimo muhim omil bo‘la oladi. 
Zamonaviy hisoblash texnikasi va aloqa vositalari asosida axborotlarni 
to‘plash, saqlash va kerakli manbalarga uzatishning zamonaviy usullari, ya'ni 
kompyuterlashtirilgan usullarigacha rivojlanib boraveradi. 
Axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi, bu sohadagi ishlarni jonlantirib 
yubordi, ya'ni endigi hayot nafaqat axborotlar, axborot texnologiyalari, balki 
axborot tizimlarini yaratishni taqozo etib qoladi va ulardan bilim bazalari, 
vazifalar, mantiqiy xulosalarni yechuvchi mashina kabi xizmat tizimlarini ham o‘z 
ichiga olishini talab qilmoqda. Bu talablarni hal qilish esa ijtimoiy islohotlarga 
bog‘liqdir. 



Download 179.88 Kb.




Download 179.88 Kb.
Pdf ko'rish