Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc




Download 26.09 Kb.
bet2/2
Sana01.03.2023
Hajmi26.09 Kb.
#43870
1   2
Bog'liq
sinov qurilmalari
Ajurli arra metodı Jalgasova Nawbaxar 3A-FA, kop kurash, пр3, neft mahsulotlarining texnologiyasi yigish tayyorlash saqlanishi va jonatilishi (1), yFRsdVz5fCS7snDLMuyGKYbZJpNh1UijzMahg3AL, Zebiniso Jumanyozova, Fan oliy va professional ta’limda mutaxassislik fanlarini o’qit, Мош ва кунжут экилиши бўйича тасдиқлангани, Taqdimot (7), 368952 (1), Computer-2-test-(yakuniy), fan to\'garak hisoboti, Kompyuter operatori (2), 2-amaliy ish MA (2)
ariza beruvchi — sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazishdan manfaatdor bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
ijrochi — belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan metrologiya xizmatlari;
sinov sharoitlari — sinovlar jarayonidagi ta’sir etuvchi omillar yoki obyektning ishlash rejimlarining majmui.
5. Sinov vositasi undan foydalanish sikli davomida birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspeksion va ekspert metrologik attestatsiyadan, xususan:
birlamchi attestatsiya — ishlab chiqarishdan chiqarilgandan, import bo‘yicha olib kelingandan yoki ta’mirlashdan keyin, shuningdek, sinov vositalarini foydalanishga topshirishda va montajdan so‘ng foydalanishga tayyorlashda;
davriy attestatsiya — sinov vositalarining ekspluatatsiya hujjatlarida belgilangan interval vaqti tugaganda yoki uni birlamchi metrologik attestatsiyadan o‘tkazish paytida sinov vositalarining tavsiflari texnik hujjatlarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida;
navbatdan tashqari attestatsiya — sinov vositalarining attestatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi plomba buzilganda, sinov vositasi metrologik attestatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat yo‘qotilganda yoki sozlash ishlarini bajarish zarur bo‘lgan holda, shuningdek, sinov vositalarini uzoq muddat saqlashdan keyin foydalanishga topshirishda;
inspeksion attestatsiya — davlat metrologik nazoratini amalga oshirishda sinov vositalarining foydalanish uchun yaroqliligini aniqlash zarur bo‘lgan holda;
ekspert attestatsiya — sinov vositalarining sozligi yoki ularning yaroqliligi, me’yorlangan texnik tavsiflarga muvofiqligi bo‘yicha munozarali masalalar yuzaga kelganda o‘tkaziladi.
6. Birlamchi metrologik attestatsiya jarayonida quyidagilar belgilanadi:
aniq turdagi mahsulotning sinov uslubiyotlari hujjatlarida belgilangan tashqi ta’sir etuvchi omillarni yoki sinov obyektining ish rejimlarini o‘ziday qayta tiklash imkoniyati;
sinov sharoitlari parametrlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablarida belgilangan ko‘rsatkichlardan og‘ishi;
xodimlarning xavfsizligini va atrof-muhitga zararli ta’sir mavjud emasligini ta’minlash;
davriy metrologik attestatsiya paytida tekshirilishi kerak bo‘lgan uskunalar tavsiflarining ro‘yxati, shuningdek, ularni qo‘llash usullari, vositalari va davriyligi.
Davriy attestatsiya sinov uskunalaridan foydalanish jarayonida, uning tavsiflarining sinov uslubiyotlarining hujjatlari va ekspluatatsiya hujjatlari talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan hajmda amalga oshiriladi.
7. Sinov vositalarini inspeksion va ekspert attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida manfaatdor shaxslar yoki ularning vakillari bevosita ishtirok etishlari mumkin.
Sinov vositalarini ekspert attestatsiyadan o‘tkazish tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov, prokuratura organlari yoki sudning qaroriga (ajrimiga) asosan o‘tkazilishi mumkin.
8. Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlari uchun haq tuziladigan shartnoma shartlariga muvofiq ariza beruvchi tomonidan to‘lanadi.
Inspeksion va ekspert attestatsiyadan o‘tkazish uchun haq shartnoma asosida manfaatdor tomon tomonidan to‘lanadi.
9. Sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
10. Sinov vositalarini birlamchi yoki davriy metrologik attestatsiyadan o‘tkazishning har bir keyingi bosqichi avvalgi bosqich natijalari ijobiy bo‘lganda bajariladi.
11. Ariza beruvchi ijrochiga sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish uchun quyidagilar ko‘rsatilgan arizani yuboradi:
ariza beruvchini to‘liq nomi manzili va rekvizitlari;
sinov vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakat;
sinov vositalarining nomi, belgilanishi hamda uning inventar yoki zavod raqami;
baholanishi kerak bo‘lgan tavsiflar.
12. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
sinov vositasi;
sinov vositalarining ekspluatatsiya va texnik hujjatlari;
sinov vositasini birlamchi va davriy metrologik attestatsiyadan o‘tkazish dasturi va uslubiyoti.
13. Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish:
statsionar laboratoriyalarda;
ko‘chma (mobil) laboratoriyalarda;
bevosita sinov vositalari joylashgan joylarda, ijrochining mutaxassislarini xizmat safariga yuborish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Ijrochining mutaxassislarini xizmat safariga yuborish, ko‘chma (mobil) laboratoriyalardan foydalanish, ishni tashkil etish tartibi shartnoma asosida belgilanadi.
14. Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazishda metrologik attestatsiya uchun mo‘ljallangan joy sharoitlari sinov vositalarini birlamchi va davriy metrologik attestatsiyadan o‘tkazish uslubiyoti va dasturida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Sinov vositalarini ulardan foydalanish joyida metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ariza beruvchining arizasiga ko‘ra o‘tkaziladi. Bu holda ariza beruvchi ijrochining namunaviy o‘lchash vositalari va yordamchi qurilmalari metrologik attestatsiyadan o‘tkazish joyiga yetkazilishi va qayta olib kelinishini ta’minlaydi.
15. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar davlat tilida yoki rus tilida bayon etilishi kerak. Agar hujjatlar boshqa tillarda bayon etilgan bo‘lsa, u holda ularga asl nusxasiga mos tarjimasi ilova qilinadi, uning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi.
16. Ariza beruvchidan ushbu Qoidalarning 12-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ariza beruvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha ravishda boshqa hujjatlarni ham taqdim etishi mumkin.
Ariza va unga ilova qilinayotgan hujjatlar bevosita, elektron shaklda yoki pochta aloqasi orqali taqdim etilishi mumkin.
17. Ijrochi bir ish kuni mobaynida arizani va unga ilova qilingan hujjatlar to‘plamini ko‘rib chiqadi, metrologik attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilinganda, ariza beruvchi bilan tegishli shartnoma tuzadi, metrologik attestatsiyadan o‘tkazish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, ijrochi uch ish kuni mobaynida ariza beruvchiga metrologik attestatsiyadan o‘tkazishni rad etish sabablari ko‘rsatilgan xat yuboradi.
Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish uchun shartnomalar elektron shaklda ham tuzilishi mumkin.
18. Sinov vositalarini birlamchi va davriy metrologik attestatsiyadan o‘tkazish birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyotiga muvofiq amalga oshiriladi.
19. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan sinov vositalarining birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyoti loyihasi davlat metrologiya xizmati organlarida uch ish kuni mobaynida ekspertizadan o‘tkazilishi lozim.
Sinov vositalari birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyoti loyihasi ekspertizasi natijalari ijobiy bo‘lganda ijrochi ekspert xulosani rasmiylashtiradi.
Sinov vositalari birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyoti loyihasi ekspertizasi natijalari salbiy bo‘lganda, ijrochi bir ish kuni davomida nomuvofiqlik sabablarini ko‘rsatgan holda ekspert xulosasini rasmiylashtiradi va uni ariza beruvchiga taqdim etadi.
Ariza beruvchi ekspert xulosasida ko‘rsatilgan e’tirozlar asosida nomuvofiqlikni bartaraf qiladi. Ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilgandan keyin, sinov vositalari birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyoti asosida sinov vositasi uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda birlamchi metrologik attestatsiyadan o‘tkaziladi. Hujjatlarni qayta ekspertiza qilish uchun to‘lov undirilmaydi. Nomuvofiqliklarni bartaraf qilish bo‘yicha belgilangan muddatdan keyin topshirilgan hujjatlar yangidan topshirilgan hisoblanadi.
Ekspertiza o‘tkazish vaqtida aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati o‘ttiz ish kunidan oshmasligi kerak.
20. Ariza beruvchi sinov vositalari birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyoti loyihasini ishlab chiqishni davlat metrologiya xizmati organlariga va (yoki) shu turdagi ishlarni bajarish bo‘yicha texnik vakolatli shaxslarga topshirishi mumkin.
Ijrochi tomonidan ishlab chiqilgan sinov vositalari birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyoti loyihasi ekspertizadan o‘tkazilmaydi, biroq ariza beruvchi bilan kelishiladi.
Sinov vositalari birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyoti, sinov vositalariga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarni inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.
21. Sinov vositalarini birlamchi va davriy metrologik attestatsiyadan o‘tkazish dasturi va uslubiyotining amal qilish muddati chegaralanmagan va agar u aniqlik va qayta tiklanuvchanlik bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazilayotgan sinov vositasiga qo‘yiladigan talablarga javob bersa, undan ariza beruvchi (kelishuv bo‘yicha) yoki metrologiya xizmati tomonidan kelgusida bir turdagi sinov vositasini attestatsiyadan o‘tkazish uchun qo‘llanishi mumkin.
22. Zarurat bo‘lganda, metrologik attestatsiyaning zarur tarzda o‘tkazilishini ta’minlash uchun ariza beruvchi yordamchi uskunalarni taqdim etadi.
23. Sinov vositalari tarkibiga kiradigan o‘lchash vositalari metrologik tekshiruvdan o‘tish paytiga foydalanishga yaroqliligini tasdiqlovchi amaldagi hujjatlarga ega bo‘lishi kerak.
24. Ijrochi sinov vositalarini birlamchi va davriy metrologik attestatsiyadan o‘tkazish dasturi va uslubiyotiga muvofiq besh ish kunidan oshmaydigan muddatda sinov vositasining xossalarini tekshiradi, sinov natijalari esa ushbu Qoidalarga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha metrologik attestatsiya bayonnomasi va 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
25. Metrologik attestatsiya natijalari ijobiy bo‘lganda ijrochi ushbu Qoidalarga 4-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha ikki ish kuni mobaynida sinov vositalarining metrologik attestatsiyasi sertifikatini rasmiylashtiradi.
Metrologik attestatsiya natijalari salbiy bo‘lganda ijrochi ushbu Qoidalarga 5-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha ikki ish kuni mobaynida sinov vositalarining yaroqsizligi to‘g‘risida xabarnoma beradi.
26. Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish davomiyligi o‘n ish kunidan oshmasligi kerak, metrologik attestatsiyadan o‘tkazish vaqtining normasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq ko‘rsatilgan muddatdan oshadigan o‘lchash vositalari bundan mustasno.
Download 26.09 Kb.
1   2




Download 26.09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc

Download 26.09 Kb.