• “As We May Think” (“Biz o’ylaganimiz kabi”)
  • Generativ va transformatsion grammatika




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet105/117
    Sana22.02.2023
    Hajmi1.93 Mb.
    #43214
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   117
    Bog'liq
    Formal grammatika nazariyasi
    G’arb va Sharq munosabatlarida Markaziy Osiyo mintaqasining o’rni., Xalqaro munosabatlarda geosiyosiy omillar va nazariyalar, Yevroosiyoning dunyo miqyosidagi o’rni, Atom va uning planetar modeli, 13-Delphida massivlar bilan ishlash algoritmlarga doir misollar
    Generativ va transformatsion grammatika - formallashtirishning negizi 
    hisoblangan grammatika bo’lib, 1950 yillarda dastlab Z.Harrisning til 
    strukturasidagi transformatsiya xususidagi qarashlari ta’sirida yuzaga kela 
    boshladi, bu yo’nalish Z.Harrisning shogirdi N.Chomskiy tomonidan 
    rivojlantirildi. Unga ko’ra dastlabki yadro strukturalar birikma strukturalar qoidalar 
    tizimi orqali tug’iladi. Ya’ni har qanday til grammatikasi yadro strukturalar 
    (kernel structures) yig’indisidir.
    Generativ grammatikada yadro strukturalardan (operandlar) turli shakliy 
    o’zgarishlar asosida asosiy ma’noni saqlagan holda ikkilamchi sintaktik 
    qurilmalarning hosil qilinishi (transformatsiyalar = transformalar), bu 
    jarayondagi vositalar (operatorlar) va transformatsiya hosil qilish modellari 
    tadqiq etiladi. Masalan, Salim keldi – Salimning kelishi – Salim kelgach – Salim 
    kelganda – Salim kelishi bilan…; Anvar xatni yozdi – Xat Anvar tomonidan 
    yozildi. Ushbu misollarda transformatsiya uchun asos bo’lgan gap (Salim keldi 
    yoki Anvar xatni yozdi kabi gaplar) operand, transformatsiya natijasi bo’lgan 
    hosila gap (Salim kelgach, Salim kelib yoki xat Anvar tomonidan yozildi kabi 
    sintaktik strukturalar) transforma yoki transformand, 
    operanddan 
    transformandni hosil qiluvchi vosita (ravishdsh, sifatdosh, harakat nomi yoki 
    majhul nisbat shakllari) transformatsiya operatori deb atalai. 


    144 
    Gipertekst - kompyuter lingvistikasida inqilobiy o’zgarish yasagan 
    texnologiya. Gipertekst g’oyasi AQSH prezidenti F.Ruzveltning fan va ta’lim 
    bo’yicha maslahatchisi Vannevar Bush nomi bilan bog’liq bo’lib, u 
    foydalanuvchiga matn va uning fragmentlarini turli assotsiativ munosabatlar 
    asosida bog’lashga imkon beruvchi “MEMEKS” tizimini nazariy jihatdan asoslab 
    berdi. U 1945 yilda “The Atlantic Monthly” jurnalida “Memeks” deb atalgan 
    kelajakdagi xayoliy qurilma haqida “As We May Think” (“Biz o’ylaganimiz 
    kabi”) nomli maqolasini e’lon qildi. V.Bush o’sha qurilmani kutubxonadagi har 
    qanday hujjatlar, yozishmalar, kitoblarni displeyda ko’rsatib bera oladigan
    cheklanmagan mikrofilmlarga ulangan elektromexanik stol sifatida tasvirlaydi. 
    Kompyuter texnikasining yo’qligi bois loyihaning amalda qo’llanishi bir oz 
    keyinga surildi. “Gipertekst” termini 1965 yil T.Nelson tomonidan ilmiy 
    iste’molga olib kirilgan. 1992 yilda birinchi marta gipertekst World Wide Web 
    (xalqaro to’r)ga tatbiq etildi. 
    Gipertekst bu shunday matnki, u kompyuterda boshqa matnlarga 
    giperhavolalar yordamida bog’lashga imkon beradi. Bunda u o’quvchiga faqat 
    matnlar ustida emas, balki turli xil jadvallar, sxemalar, rasmlar, videoroliklarda 
    ham erkin navigatsiya qilish imkonini beradi. Asosan, gipertekst World Wide Web 
    (Xalqaro o’rgimchak to’ri) strukturasini ko’rsatuvchi tushuncha bo’lib, u orqali
    internet tizimida informatsiya tarqalishida qulaylik, osonlik, optimallik 
    ta’minlanadi. Internet olami virtual olam sanalgani uchun biz undagi birinchi 
    olamdan ikkinchi olamga hech qanday to’siqlarsiz o’ta olamiz. Mana shu 
    virtuallikni bizga ta’minlab beruvchi tizim gipertekst tizimidir. Demak, gipertekst 
    texnologiyasi bizga information massivni tezkor ko’rib chiqish (brauzing), 
    muayyan informatsiya yoki matn fragmentlariga tezkor havola qilish, gipertekst 
    bo’yicha erkin navigatsiya qilish, gipertekstni yangi informatsiyalar bilan boyitib 
    borish kabi optimal imkoniyatlar yaratib beradi.

    Download 1.93 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   117




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Generativ va transformatsion grammatika

    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish