• Informatsion qidiruv tizimlari
  • “Informatsion qidiruv”
  • Google, Yandex, Rambler, Yahoo
  • Deskriptorlar
  • Implikativ universaliya -




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet107/117
    Sana22.02.2023
    Hajmi1.93 Mb.
    #43214
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   117
    Bog'liq
    Formal grammatika nazariyasi
    G’arb va Sharq munosabatlarida Markaziy Osiyo mintaqasining o’rni., Xalqaro munosabatlarda geosiyosiy omillar va nazariyalar, Yevroosiyoning dunyo miqyosidagi o’rni, Atom va uning planetar modeli, 13-Delphida massivlar bilan ishlash algoritmlarga doir misollar, 6ab9bf0ac2cded7d354dc5779178fbaf Bank risklari, Bo`lim boshlig`il, ZAMONAVIY IQTISODIY O\'SISH MODELLARI , 5 Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari-Темпы роста производства продукции, Mavzu Temperaturani o’lchash Reja, 10- mavzu. Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari, 1-Mavzu Korrupsiya tushunchasi va korrupsiyaga qarshi kurashish, Mavzu Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiq etish Ishdan fayllar, Laboratoriya ishi №1 2 Mavzu Ikkilik sonlarni kompyuterda ifodala
    Implikativ universaliya - Amerikalik olim Jozef Grinberg tomonidan 
    implikatsiyalar (mantiqiy shartli hukmlar) asosida aniqlangan universaliyalar. Olim 
    45 ta implikatv universaliyani aniqlagan. Masalan:
    1. Agar til uzluksiz affikslarga ega bo’lsa, unda yo prefiksatsiya yoki 
    suffiksatsiya yaxshi rivojlangan bo’ladi. 
    2. Agar til istisnoli tarzda suffiksal bo’lsa, u holda u til posleloglarga, 
    kelishiklarga boy bo’ladi. 
    3. Agar til istisnoli tarzda prefiksal bo’lsa, u holda u til predloglarga boy 
    bo’ladi. 
    4. Agar til VSO modelida bo’lsa, u tilda predloglar dominantlik qiladi. 
    Informatsion qidiruv tizimlari - formal belgilarga ko’ra informatsiyani 
    qidirishga mo’ljallangan avtomatik tizim. IQTlar quyidagi bosqichlar asosida 


    146 
    ishlaydi: informatsiyani jamlash, informatsiyani klassifikatsiya qilish, hujjatning 
    qidiruv obrazi (HQO)ni yaratish, hujjatning qidiruv obrazi va hujjatlarni saqlash, 
    qidirish va natijani chiqarish. 
    “Informatsion qidiruv” (inglizcha “information retrieval”) termini 1948 
    yilda Kelvin Mur tomonidan fanga kiritilgan. Informatsion qidiruv tizimi bu 
    ma’lumotlarni qisqa vaqt birligi ichida qidirib topish, kerakli hujjatlarni 
    ma’lumotlar bazasidan topishni optimallashtirish tizimidir. Bu yo’nalish ilmiy-
    texnikaviy axborotlarning ko’payib ketishiga javoban 1960 yilning oxirlarida 
    yuzaga keldi. Axborot ko’paygan sari uni saralash, keraklisini qidirib topish 
    muammosi yuzaga keldi. Mazkur muammoni bartaraf etish uchun olimlar 
    information qidiruv tizimlari g’oyasini taklif etdilar. Bu yo’nalish internet tarmog’i 
    yuzaga kelgandan so’ng yanada rivojlandi. Masalan, bugun hammaga ma’lumki, 
    internetda Google, Yandex, Rambler, Yahoo kabi qidiruv tizimlari mavjud.
    Informatsion qidiruv tillari - IQTda qidiruvni ta’minlash uchun yaratilgan 
    maxsus tillar. Informatsion qidiruv tillari bu formal til bo’lib, u IQTda saqlangan 
    hujjatlarning mazmunini tavsiflash va so’rov uchun mo’ljallangan. Informatsion 
    qidiruv tilida hujjatlarga ishlov berish protsedurasi indekslash deb ataladi. 
    Indeklslash natijasida har bir hujjatga IQTdagi ta’rif shakli yoziladi. Mazkur ko’p 
    bosqichli jarayonda deskriptorli information qidiruv tillari ishlatiladi. Hujjat 
    mavzusi deskriptorlarning birlashuvi bilan yoziladi. Deskriptorlar sifatida so’zlar, 
    terminlar, muayyan sohadagi boshlang’ich tushuncha va kategoriyalardan 
    foydalaniladi. Deskriptorlarni kalit so’zlar deb nomlash ham mumkin. Deskriptorli 
    til bilan ishlaydigan tizimlardan biri M.Taube tomonidan yaratilgan UNITERM 
    tizimidir. Bu tizimda deskriptorlar sifatida hujjatning kalit so’zlari – unitermlar 
    ishlatiladi. Demak, muayyan sohaning terminologiyasi, ya’ni deskriptorlar qidiruv 
    tizimi va tezauruslarning asosini tashkil etadi.

    Download 1.93 Mb.
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   117




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish