Informatsion qidiruv tezauruslari




Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/117
Sana22.02.2023
Hajmi1.93 Mb.
#43214
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   117
Bog'liq
Formal grammatika nazariyasi
G’arb va Sharq munosabatlarida Markaziy Osiyo mintaqasining o’rni., Xalqaro munosabatlarda geosiyosiy omillar va nazariyalar, Yevroosiyoning dunyo miqyosidagi o’rni, Atom va uning planetar modeli, 13-Delphida massivlar bilan ishlash algoritmlarga doir misollar, 6ab9bf0ac2cded7d354dc5779178fbaf Bank risklari, Bo`lim boshlig`il, ZAMONAVIY IQTISODIY O\'SISH MODELLARI , 5 Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari-Темпы роста производства продукции, Mavzu Temperaturani o’lchash Reja, 10- mavzu. Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari, 1-Mavzu Korrupsiya tushunchasi va korrupsiyaga qarshi kurashish, Mavzu Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiq etish Ishdan fayllar, Laboratoriya ishi №1 2 Mavzu Ikkilik sonlarni kompyuterda ifodala
Informatsion qidiruv tezauruslari (lotincha “thesaurus” – “xazina” degan 
ma’noni anglatadi) - matnning asosiy mazmun-mundarijasini aks ettiradigan kalit 
so’zlar, terminlar, tayanch tushunchalar bazasi asosida kompyuterda tuzilgan 
lug’at. Tezauruslar ensiklopedik va izohli lug’atlardan farqli ravishda til 
birlilarining matnda qo’llanish chastotasi va matnning predmet mundarijasini aks 
ettirish darajasiga qarab tuzilda. Bunda terminning mazmuniy tavsifi orqali 
bazadagi ma’lumotlar qidirilishiga mo’ljallangan bo’ladi. Terminlar tezaurusga 
qat’iy semantik prinsiplar asosida kiritiladi, bunda ularning gipo-geperonimik (tur-
jins), holo-meronik (butun-bo’lak), iyerarxik (pog’onali) munosabatlari hamda 
assotsiativ mazmuniy bog’lanishlari e’tiborga olinishi lozim. Shu o’rinda 
ta’kidlash zarurki, keyingi paytlarda qidiruv tizimlari bazasidagi tezauruslar 
giperhavolalar bilan ham ta’minlanmoqda, bu esa userga bir muncha qulayliklar 


147 
yaratadi. Ya’ni qidirilayotgan terminlarga aloqador bo’lgan boshqa yaqin 
tushunchalar bilan bog’liq ma’lumotlarni ham oson topish imkonini beradi. 
 
Kodlash va dekodlash – informatsiyani mashina (kompyuter) tushunadigan 
tilga o’tkazish va bunga teskari bo’lgan kompyuter tushunadigan tildan inson 
tushunadigan tilga aylantirish jarayoni. 
Kompyuter leksikografiyasi (elektron lug’atlar tuzish) – muayyan til 
leksikonidagi so’zlarni ma’lumotlar bazasi va maxsus programmalashtirish tillari 
yordamida ishlash tizimiga ega bo’lgan dasturlar (kompyuter lug’atlari) yaratish 
bilan shug’ullanuvchi soha. Kompyuter leksikografiyasi bugungi kunda turli 
qo’shimcha imkoniyatlar asosida rivojlanib bormoqda. Xususan, dastlab 
kompyuter lug’atlari bir tilli, ikki tilli bo’lgan, hozirda ko’p tilli (uch, to’rt, olti, o’n 
tilli) elektron lug’atlar yaratilmoqda. Shuningdek, keyingi paytlarda muayyan 
sohalarga ixtisoslashgan elektron lug’atlar ham yaratilmoqda. Ya’ni dastlab 
kompyuter lug’atlari faqat umumiy leksikon bilangina cheklangan edi, hozirda 
bundan tashqari fanga oid bo’lgan, qurilish, aviatsiya, avtomobilsozlik, harbiy, 
diniy, yuridik sohalarga oid so’zlar bazasi ham e’tiborga olinmoqda. Hatto 
so’zlarning matnda qo’llanilish imkoniyatlari, distributiv holatlari, birikma 
holidagi ko’rinishlari ham nazarda tutilgan holda lug’atlar yaratilmoqda.

Download 1.93 Mb.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   117




Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish