• Natural Language Processing
  • Kontekstga bog’liq bo’lmagan grammatika
  • Lemmatizatsiya
  • Microsoft Word kompyuter lingvistikasi doc




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet109/117
    Sana22.02.2023
    Hajmi1.93 Mb.
    #43214
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   117
    Bog'liq
    Formal grammatika nazariyasi
    G’arb va Sharq munosabatlarida Markaziy Osiyo mintaqasining o’rni., Xalqaro munosabatlarda geosiyosiy omillar va nazariyalar, Yevroosiyoning dunyo miqyosidagi o’rni, Atom va uning planetar modeli, 13-Delphida massivlar bilan ishlash algoritmlarga doir misollar, 6ab9bf0ac2cded7d354dc5779178fbaf Bank risklari, Bo`lim boshlig`il, ZAMONAVIY IQTISODIY O\'SISH MODELLARI , 5 Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari-Темпы роста производства продукции, Mavzu Temperaturani o’lchash Reja, 10- mavzu. Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari, 1-Mavzu Korrupsiya tushunchasi va korrupsiyaga qarshi kurashish, Mavzu Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiq etish Ishdan fayllar, Laboratoriya ishi №1 2 Mavzu Ikkilik sonlarni kompyuterda ifodala
    Kompyuter lingvistikasi - matematik lingvistikaning mantiqiy davomi 
    bo’lib, u amaliy tilshunoslikning eng muhim qismini tashkil etadi. Kompyuter 
    lingvistikasi 1954 yil AQSHda Jorjtaun universitetida mashina tarjimasi bo’yicha 
    dunyoda o’tkazilgan birinchi tajriba asnosida yo’nalish sifatida shakllana boshladi, 
    1960 yilga kelib mustaqil fan sifatida shakllandi. Kompyuter lingvistikasi inglizcha 
    “computational linguistics” so’zining kalkasidir. XX asrning 80-yillariga qadar bu 
    fan turlicha nomlar bilan atalgan: hisoblash lingvistikasi, matematik lingvistika
    kvantitativ lingvistika, injener lingvistikasi kabi. Bu fanning asosiy maqsadi 
    lingvistik masalalarni yechishning kompyuter dasturlarini ishlab chiqish, inson va 
    mashina (kompyuter) muloqotini optimallashtirish, tabiiy tilni qayta ishlash 
    (Natural Language Processing)dir. 
    Kompyuterli modellashtirish -  bugungi kunda barcha fanlarda, xususan, 
    kompyuter lingvistikasida ham samarali metod hisoblanadi. Kompyuter 
    modellashtirish quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
    • 
    Masalaning qo’yilishi, modellashtirish obyektining aniqlashtirilishi 
    • 
    Konseptual (tushunhaviy, fikriy) modelning ishlab chiqilishi, tizim 
    asosiy unsurlarining ajratib olinishi


    148 
    • 
    Formalizatsiya, ya’ni matematik model bosqichi; algoritm yaratilishi 
    hamda dastur ishlanishi 
    • 
    Kompyuter eksperimentlarini o’tkazish 
    • 
    Natijalarning tahlili va talqini. 
    Sun’iy intellekt tizimi doirsidagi tabiiy tilli interfeys, ekspert tizimlari
    neyron tarmoqlar, lingvoanalizatorlar, gapiruvchi avtomatlar – barchasi kompyuter 
    modellashtirish natijasi hisoblanadi. 
    Kontekstga bog’liq bo’lmagan grammatika (Context-free grammar) – 
    matndan xoli bo’lgan grammatika, chunki undagi qoidalar universal hisoblanib
    ma’lum matnga tayanib tahlil etilshga asoslanmaydi, balki u avvaldan empirik 
    tarzda belgilab olinadi. Hozirda ushbu grammatika sun’iy programmalash tillariga 
    (Pascal, C++, Delphi, HTML) faol tatbiq etilgan, shuningdek, tabiiy tillarni 
    formallashtirish jarayonida ham grammatikani bayon qilishning eng optimal usuli 
    hisoblanadi. 
    Lemmatizatsiya – so’zning dastlabki, boshlang’ich formasini (lug’atdagi 
    shaklini – lemmasini) tashkillashtirish texnikasi bo’lib, bu jarayon o’sha so’zning 
    boshqa so’z-shakllaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Lemmatizatsiya 
    morfologik tahlil metodi tarkibiga kiradi, u ikki bosqichni o’z ichiga oladi: 1) 
    deklarativ bosqich – bunda muayyan so’zning bo’lishi mumkin bo’lgan barcha 
    shakllari (so’z-shakllar) belgilanadi; 2) protsedura bosqichi – bunda so’z asos va 
    qo’shimchalarga, ya’ni leksemalarga yoki morfemalarga bo’linadi. Lemmatizatsiya 
    so’zlarning grammatik valentligi, qaysi affikslar bilan birika olish imkoniyatini 
    ham belgilab beradi. Masalan, o’zbek tilida so’zlarning lug’atdagi shakli – 
    lemmasi quyidagicha: 
    • Ot so’z turkumi uchun – bosh kelishik, birlik shakli. 
    • Fe’l so’z turkumi uchun – harakat nomi shakli 
    • Sifat so’z turkumi uchun – oddiy daraja shakli
    Daftarlarni, daftarlarga, daftarlarning, daftarlardan, daftarlarda → daftar
    Yugurdi, yugurgan, yuguryapti, yugurmoqchi → yugurmoq
    Ko’kimtir, ko’kish, ko’kroq → ko’k

    Download 1.93 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   117




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word kompyuter lingvistikasi doc

    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish