• Нурмонов А.
  • Microsoft Word kompyuter lingvistikasi doc




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/117
    Sana22.02.2023
    Hajmi1.93 Mb.
    #43214
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   117
    Bog'liq
    Formal grammatika nazariyasi
    G’arb va Sharq munosabatlarida Markaziy Osiyo mintaqasining o’rni., Xalqaro munosabatlarda geosiyosiy omillar va nazariyalar, Yevroosiyoning dunyo miqyosidagi o’rni, Atom va uning planetar modeli, 13-Delphida massivlar bilan ishlash algoritmlarga doir misollar, 6ab9bf0ac2cded7d354dc5779178fbaf Bank risklari, Bo`lim boshlig`il, ZAMONAVIY IQTISODIY O\'SISH MODELLARI , 5 Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari-Темпы роста производства продукции, Mavzu Temperaturani o’lchash Reja, 10- mavzu. Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari, 1-Mavzu Korrupsiya tushunchasi va korrupsiyaga qarshi kurashish, Mavzu Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiq etish Ishdan fayllar, Laboratoriya ishi №1 2 Mavzu Ikkilik sonlarni kompyuterda ifodala
    Соссюр Ф. де. Курс общей лингвистики / Труды по языкознанию. - М.: Прогресс, 1977. - C. 53.
    13
    Шемакин Ю.И. Начало компьютерной лингвистики. – М.:Высшая школа, 1992. – C. 7. 
    14
    Нурмонов А. Лисоний белги хусусиятлари ҳақида. – Андижон, 1992. – Б.14. 
    tushuncha 
    akustik obraz 


    17 
    ko’rinadi. Ushbu birliklar ifoda va mazmun jihatiga egaligi bilan, shu nuqtai nazardan 
    umumiy hamda farqli xususiyatlari bilan o’zaro ajralib turadi.
    Tabiatda ham, jamiyatda ham mavjud har bir narsa, hodisa - falsafiy ma'noda 
    shakl (tashqi) va mazmun (ichki) tomonlariga ko’ra baholanadi. Tilning eng kichik 
    birligi bo’lgan tovush (fonema) shakl va mazmun jihatiga ko’ra o’ziga xos bo’lib, 
    morfema va so’zlardan farqlanadi. Tovush (fonema), qayd etilgan xususiyati nuqtai 
    nazaridan, faqat bir tomonga - ifoda tomoniga egadek ko’rinadi. U morfema va so’z 
    kabi muayyan ma'no, tushuncha - mazmun bilan bog’lanmaydi, ma'no ifodalamaydi. 
    Shu nuqtai nazardan tovush (fonema) bir tomonlama birlikka o’xshaydi. Ammo tovush 
    (fonema) faqat ifoda jihatiga, moddiylik xususiyatiga egaligidan tashqari, ayni vaqtda, u 
    dastavval til birliklarining tashqi - ifoda jihatini tashkil qiladi va ularni shaklan - tovush 
    tizimiga ko’ra farqlaydi. Shunga ko’ra til birliklarining ma'nosi o’zgaradi, o’zaro 
    farqlanadi. Demak, tovush (fonema) muayyan ma'noga ega bo’lmagan, ammo, ayni 
    vaqtda, muayyan ma'noga ega til birliklarining (morfema va so’zlarning) 
    differensiatsiyasi uchun, ularni o’zaro farqlash uchun xizmat qiladi. Til birligi bo’lgan 
    tovush (fonema) kommunikativ jarayonda ijtimoiy vazifa bajarishiga, tilning eng asosiy 
    qurilish materiali, moddiy ashyosi ekanligiga, so’z hosil qilish, so’z yasash, ma'no 
    farqlash kabi ijtimoiy - lisoniy xususiyatlarga egaligiga ko’ra alohida baholanadi. 
    Shunga ko’ra tovush (fonema) til birligi sifatida tilshunoslikning alohida sohasi bo’lgan 
    fonemalar haqidagi ta'limotning - fonologiyaning tadqiq va tahlil ob'ekti hisoblanadi.
    Til birligi bo’lgan morfema ifoda (moddiy) va mazmun (ruhiy) jihatlarining bir 
    butunligidan iborat bo’lib, tilning muayyan ma'noga ega eng kichik birligi hisoblanadi. 
    Muayyan birlik bo’lgan so’z (leksema) ikki planli belgi sifatida tovush va ma'no, ifoda 
    va mazmun tomonlarining dialektik bog’liqligidan iborat bo’lib, nominativ birlik 
    holatida ijtimoiy vazifa bajaradi. So’zning ifoda plani uning tashqi - tovush tomoni 
    bo’lib, bunda so’zning belgisi sifatida uning tovush tomoni xizmat qiladi. So’z ifoda 
    planiga ega deyilganida, so’zni formal shakllantiruvchi, uni moddiy birlik sifatida sezgi 
    a'zolarimizga ta'sir qilishini ta'minlovchi tovushlar nazarda tutiladi.
    So’zning mazmun plani uning ichki, ma'no tomoni (leksik ma'no, leksik 
    tushuncha, ramziy axborot, signifikat, semema) bo’lib, u obyektiv borliq 
    elementlarining kishi ongida aks etishi, ayni elementlarga xos xususiyatlarning 
    umumlashuvi natijasida yuzaga keladigan ideal (psixik) strukturadir. Ma'no obyektiv 
    borliq elementi yoki ushbu elementlar guruhining kishi ongidagi shartli ramzi (belgisi, 
    ishorasi) emas, balki bu element (yoki elementlar guruhining) kishi ongida mavhumlik 
    kasb etgan obrazi, umumlashgan in'ikosi hisoblanadi. 
    So’zning mazmun tomonini o’zicha biron shaxsga ma'lum qilish mumkin 
    bo’lmaganligi uchun uning tovush jihati, ramzi talaffuz qilinadi. Bu ramz (belgi) 
    tinglovchi ongida tegishli tushuncha, tasavvur uyg’otadi. Demak, til sistemasida ramziy 


    18 
    munosabat tovush va ma'no orasidagi shartli bog’lanish tarzida yuzaga chiqadi. Ma'noda 
    aks etadigan aniq narsa yoki hodisa tasavvuri (denotat) ikkinchi planda bo’ladi.
    So’z mazmun planida ikki hodisa farqlanadi: leksik ma'no (signifikat) va 
    denotat.
    15
    Denotat so’z ma'nosi emas, balki so’z yordamida ko’rsatiladigan, 
    nomlanadigan, ataladigan hodisadir. Ma'no esa, qayd etilganidek, obyektiv borliq 
    elementlariga xos bo’lgan xususiyatlarning inson ongida mavhumlik kasb etishi, 
    umumlashuvi natijasida shakllanishidir. Nutqda so’z denotatning (obyektiv borliq 
    elementining) lingvistik vakili vazifasini bajaradi. So’zda tovush ifodalovchi (ramz, 
    belgi) bo’lsa, ma'no ifodalanuvchi bo’ladi.
    So’zdan yirik so’z birikmalari va gaplar ham ifoda va mazmun planlariga ega 
    bo’lib, ularning mazkur ikki jihati ko’proq grammatika va semantikaning aloqasi 
    doirasida qaraladi. Ushbu nutq birliklari ham aslida ifoda va mazmun planiga ega 
    so’zlarning birikuvidan, o’zaro bog’lanishidan yuzaga keladi. Shu sababli ularni 
    o’rganish, ularni hosil qilgan so’zlarni o’rganishdan boshlanadi. 
    Informatsiya nazariyasi informatsiyani uzatish va saqlashning mazmun tomonini 
    emas, balki uning statistik qurilishi bilan shug’ullanadi, ya'ni informatsiya nazariyasi 
    axborot matnini statistik struktura sifatida o’rganadi. Statistik struktura axborotdagi 
    signal (simvol) va signallar birlashuvining voqelanish chastotasi - soni, miqdoridir. 
    Signalning ko’p marta takrorlanishida signal orqali uzatiladigan axborotning miqdorini 
    aniqlash juda muhimdir. Demak, informatsiya nazariyasi muayyan axborotdagi 
    ma'lumotlarni ushbu ma'lumotlarning tabiatiga - mazmuniga bog’liq bo’lmagan holda 
    miqdorini o’lchash (tekshirish) yo’llarini, usullarini ishlab chiqadi. Shunga ko’ra 
    informatsiya nazariyasining muhim va asosiy xulosalari tilshunoslikda ham o’z 
    ifodasini topadi. Informatsiya nazariyasining asoschisi amerikalik olim K.Shennon 
    informatsiyaning quyidagi aloqa kanallari bo’yicha uzatilishini sxema asosida 
    tushuntiradi:
    16
    Manba uzatuvchi kanal priyomnik axborotni oluvchi 
    Ushbu holat til vositasida insonlarning kommunikatsiyaga kirishuv jarayoniga 
    ham to’la mos keladi. Aslida ushbu model til, tafakkur va nutq munosabatidan kelib 
    chiqqan. Informatsiya tabiiy yoki sun’iy tillar orqali uzatilar ekan, bunda til sistemasi 
    kodlash va dekodlash jarayonlariga bog’liq holda talqin etiladi.
    Informatsiya nazariyasi ma'lumotlarini o’rganish jarayonida maxsus 
    terminlardan - tushunchalardan foydalanadi. Bular quyidagilar:
    1. Kod - axborotni yozib olish vositasi (usuli). 
    2. Matn (tekst) - muayyan axborotni berish, uzatish jarayonidagi belgilarning 
    (til birliklarining, simvollarning) izchilligi, ketma - ket kelishi. 
    15

    Download 1.93 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   117




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word kompyuter lingvistikasi doc

    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish